Jamiyat boyligini qaysi korsatkichlar tularoq ifodalaydi?
Jamiyatning boyligi, iqtisodiy taraqqiyot darajasi faqat yillik natijalar bilangina emas, balki ana shu natijalarning qanchasi saqlanib qolganligi,ishlab chiqarish va shaxsiy hayot uchun asqotayotganligi,joriy davr uchun qanday darajada xizmat qilishi bilan ham olchanadi. Milliy boylik ana shunday iqtisodiy korsatkichdir. U mamlakat malum bir paytda ega bolgan barcha narsalardir, uning butun tarixiy taraqqkiyoti davrida jamgarilgan vositalar, noz-nehmatlar, istemol buyumlaridir, nafaqat boyliklaridir. Milliy boylikka mamlakatdagi tarixiy obidalar, yodgorliklar, yozma manbalar, adabiyot va sanhat asarlari va boshqalar kiradi. Bizning Ozbekistonimiz, ozbek xalqi ozining boy moddiy va nafaqat boyliklari bilan jahon taraqqiyotida munosib, salmoqli mavqega ega boldi. Mustaqillik tufayli barcha narsalar xaqiiy milliylik kasb etmoqda.
Mamlakat milliy boyligida ishlab chiqarish fondlari, tabiiy resurslar, ijtimoiy sohaning barcha imkoniyatlari, toplangan tajribalar, fan-texnika yutuqlari, milliy kadrlarimizning tafakkuri va boshqalar katta orin tutadi. Bunday milliy boylikni yillik mahsulot xisobidan kopaytirib borish, uni xalq manfaatlariga xizmat qildirish eng muhim vazifadir.
Milliy daromad juda muhim korsatkich. Milliy daromad kategoriyasi ham iqtisodiyotning goyat muhim korsatkichi, samaradorlik mezoni, jamiyat boyligini tolaroq, tavsiflovchi iqtisodiy vositadir. Milliy daromad hosil qilingan sof mahsulotning qiymat ifodasi yoki pul korinishidir. Milliy daromad baholarning ozgarib turishidan «tozalangan», ozgarmas baholarda hisoblangan taqdirdagina iqtisodiyotning haqiqiy «kozgusi» bola oladi. Milliy daromad mamlakat xalqining farovonligi va barqaror rivojlanishining moddiy manbaidir. SHuning uchun milliy daromadni kopaytirishning barcha vositalari va yollari ishga solinadi.
Milliy daromadning kopayishi asosan uch omilga bogliq:
1) ishlab chiqarishda band bolgan kishilarning malum miqdori;
2) band aholi mehnati unumdorligining ortishi;
3) tadbirkorlik va ishbilarmonlik, biznes faoliyati.
Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida bu uch omil nisbati turlicha ahamiyat kasb etadi. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida ikkinchi omil kuchliroq rol uynamoqda. Aholining ishlab chiqaruvchilarga xizmat korsatuvchi qatlamlarining kopayishi ham ikkinchi omilda oz ifodasini topadi. Biroq, hozirda rivojlangan mamlakatlarda milliy daromadni kopaytirish tajribasi shuni korsatmoqdaki, ishlab chiqarish sohalarida bevosita band boladigan mehnat resurslari sonini kopaytirish yalpi milliy mahsulot miqorining kopayishiga har doim ham olib kelavermaydi, aksincha ishlab chiqarishning rivojlanishi noishlab chiqarish sohalarining rivojlanishiga, xizmat korsatish tarmoqlarida bandlikni oshirish, iqtisodiy osishga olib keladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish atrofida shakllanadigan iqtisodiy va ijtimoiy infrastruktraning rivojlanishi milliy daromadni kopaytiradi.
AQSH, Gollandiya, Germaniya kabi davlatlarda qishloq xojaligida 24 foiz aholi band bolishiga qaramay, ular ozlarining qishloq xojalik mahsulotlariga bolgan ichki ehtiyojlarini batamom taminlabgina qolmay, balki bu xil mahsulotlar asosiy qismini eksport qilishga ham erishmoqdalar. (hisob-kitoblarga qaraganda, bizning qishloq xojaligimizdagi ishlarni kopi bilan 1,52 mln. kishi bajarishi mumkin. Vaholanki, bu tarmoqda talab qilinganidan ikki baravardan ziyodroq kishi ishlamoqda. Bu sohaning mahsuldorligini keskin kotarish uchun ortiqcha mehnat resurslarini qishloqlarda olib borilayotgan sanoat, maishiy xizmat va madaniy sohadagi kurilishlarga jalb etish lozim. Ozbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy atrar siyosatning asosiy yonalishi ham ana shunday. Hozirgi davrda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish koproq ajratilayotgan investitsiyalardan foydalanish darajasiga bogliq. Muhimi, investitsiyalarni qaerga, qanday tarmoqlarga, qaysi yunalishlarga sarflashdir. Sarmoyalar shunday tarmoqlar va yunalishlarga sarflanishi kerakki, bu birinchidan, iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishi tubdan ozgarishiga olib kelsin; ikkinchidan, Ozbekiston taraqqiyotining bazaviy, ustuvor yunalishlariga sarflanib, uning iqtisodiy mustaqilligini tezroq taminlasin; uchinchidan, mamlakatimizning xalqaro mehnat taqsimotida oziga mos va munosib ornini belgilashga xizmat qilsin.
Investitsiya fondini oshirishga milliy korxonalar, tashkilotlar va aholining pul jamgarmalarini kengroq jalb etish, xorijiy investorlarning kirib kelishiga yana ham kengroq yol ochib berish, bu yoldagi barcha sunhiy tosiqdarni olib tashlash juda dolzarb vazifadir. Bu hakda Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 16 fevraldagi Majlisida Prezident I. A. Karimov jiddiy mulohazalar bildirdi.
Ozbekistonning buyuk kelajagini kafolatlovchi muhim boyliklarimizdan biri uning boy mehnat resurslaridir. Bizning iqtsodiyotimiz samaradorligi ana shu resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga koproq bogliqdir: birinchidan, mehnat resurslarining samarali bandligiga erishish, yani xozirda tayyor ish kuchi sifatidagi qismining bandligini tola taminlash; ikkinchidan, mehnat resurslarini koproq istemol qiladigan tarmoqlarni rivojlantirish lozim. Masalan, toqimachilik, tikuvchilik, maxalliy sanoat, orta va kichik ishlab chiqarish, mevasabzavotchilik kabi tarmoqlarga ustuvorlik berish; uchinchidan, yoshlarni zamonaviy kasbkorlarga orgatish, zamonaviy texnologiya bilan ishlay oluvchilarni koproq tayyorlash; tortinchidan, joylardagi mehnat birjalarining aholining vaqtincha band bolmagan kolamlar bilan bogliqligini kuchaytirish, ularning ishga joylanishi, kasblarini ozgartirish yoki mahoratini yangilash sohasidagi ishlarini yanada yaxshiroq, yolga qoyish.
Har bir mamlakatda uning boyligini kopaytirish,yuksak iqtisodiy rivojiga erishishning oz xususiyatlari, vositalari, yunalishlari mavjud. Prezident I. A. Karimovning bir qator asarlarida, mahroza va nutqlarida bu xususiyatlar etarli darajada keng bayon qilib berilgan. Xosh, Ozbekiston boyligi qanday qilib kopayadi, uning taraqdiyoti nimalar hisobiga taminlanishi mumkin:
1) Er osti va er usti resurslaridan, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ular bilan ozimizni taminlash bilan birga chetga eksport qilishga kirishish hisobiga;
2) ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishini tubdan qayta kurish, istemol buyumlari ishlab chiqarish ustuvorligini taminlash hisobiga;
3) qishloq xojaligida erga egalik qilishning yangicha shakllarini vujudga keltirish, qishloqdarda iqtisodiy islohotni amalga oshirish, sanoat va maishiy xizmatni rivojlantirish hisobiga;
4) bazaviy sohalarni (mashinasozlik, neft va gaz ishlab chiqarish, energetika) ustuvor rivojlantirish xisobiga;
5) mamlakatimizda sayyohlikni, ayniqsa, xalqaro sayyohlikni rivojlantirish va boshqalar hisobiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |