Iqtisodiyot samaradorligi nimalarda oz ifodasini topadi?
Iqtisodiyot samaradorligi bir necha iqtisodiy korsatkichlar (kategoriyalar) orqali tavsiflanadi. Samaradorlik deyilganda ishlab chiqarish natijalarining (mahsulot, xizmat) ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan resurslar (harajatlar)ga nisbati tushuniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi bir kancha jozhiy korsatkichlar orqali ham tavsiflanadi. Samaradorlikning umumlashgan korsatkichi mehnat unumdorligidir. U mahsulot miqdori (MM)ning jonli mehnat (JM) sarfiga nisbati bilan ifodalanadi. Jonli mehnat sarfi odam-kunlarda, odam-soatlarda hisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga mehnat sigimi degan samaradorlik korsatkichi ham qollaniladi. Mehnat sigimi jonli mehnat (JM)ning mahsulot miqdori (MM)ga nisbati orqali aniqlanadi. Mahsulotning material sigimi degan iqtisodiy korsatkich ham bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmoqda. Material sigimi moddiy ashyolar sarfining (BM) mahsulot miqdori (MM)ga nisbati orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarining samaradorligi mahsulotning fond sigimi yoki fondlar qaytimi korsatkichlari orqali olchanadi. Korinib turibdiki, barcha jozhiy korsatkichlar samaradorlik umumiy ifodasining aniqlashtirilgan shaklidir. Bu nisbatlarda mahsulot miqdori korsatkichlari ornida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami ichki mahsulot, sof mahsulot, qoshimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda, milliy daromad kabi kategoriyalar qollaniladi.
Ishlab chiqarish samaradorligining umumiy integral ifodasi quyidagi formula orqali bayon etilishi mumkin:
IS=JM + BM + UF
bu erda: IS ishlab chiqarish samaradorligi; SM sof mahsulot; JM jonli mehnat harajatlari; BMjoriy yildagi buyumlashgan mehnat harajatlari; F ishlab chiqarish fondlariga quyilgan mablaglar; U
harajatlar va mablaglarni bir xil olchovga keltiruvchi koeffitsient.
Iqtisodiyot samaradorligini oshirish vositalari.
Bozor iqtisodiyotiga otish davrida, ayniqsa, respublikamizning xalq xojaligi sharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki xalq xojaligi davrda kopgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati xorijdan keltiriladi, zamonaviy texnologiya etishmaydi. SHuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur sohalarga joylashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni oshirish vositalariga etarli ehtibor berish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |