24-Mavzu: Narxlar tizimi. Narxlarni shakllanish mexanizmi.
(2 soat seminar)
Reja:
1. Narx va uning vazifalari.
2. Narxning mazmuni, uning shakllanishi va harakati.
3. Narx turlari va ularning mazmuni.
4. Bozorning turli sharoitlarida narxning tashkil topishi xususiyatlari.
5. Ozbekistonda narx sohasidagi siyosat va uning asosiy yonalishlari.
Tayanch soz va iboralar:
Narx, ulgurji narxlar, chakana narxlar, erkin narxlar, shartnomaviy narxlar demping narx, nufuzli narx, narx diapazoni, narx pariteti, narxlarni erkinlashtirish.
Savollar va oquv topshiriqlari:
1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering. Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering.
2. Sof raqobat sharoitida narxning tashkil topish mexanizmini tushuntirib bering. Mahsulotga bozor talabi haqidagi malumotlar quyidagicha.
Narx, som
|
26
|
32
|
38
|
41
|
46
|
56
|
66
|
Umumiy talab qilingan miqdor
|
17000
|
15000
|
135000
|
12000
|
10500
|
9500
|
8000
|
Umumiy taklif qilingan miqdor
|
7000
|
8500
|
11000
|
12000
|
14000
|
15500
|
16000
|
Muvozanatli narx qanday boladi? Har bir firma uchun mahsulot ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday boladi? Mahsulot birligiga foyda yoki zarar miqdori qanday boladi? Firma uchunchi? Uzoq muddatli davrda tarmoq kengayadimi yoki qisqaradimi?
3. Nima uchun qoshimcha daromad va qoshimcha xarajat tengligi bozorning barcha nusxalarida foydani maksimallashtirish uchun xos xususiyat hisoblanadi? Tarmoq va tipik firma uchun diagrammadan foydalanib, uzoq muddatli raqobatli muvozanatlikni tasvirlang. Bozor talabining a) ortishi va b) kamayishi bu uzoq, muddatli muvozanatlikni qanday ozgartirishini korsating.
4. Sof monopolist va sof raqobatlashuvchi firma mahsulot birligiga bir xil xarajat qilgan deb faraz qilamiz. Bu ikkalasini qoyidagi nuqtai nazardan taqqoslang: a) narxlar, b) mahsulot chiqarish, v) foyda, g) daromadlarni taqsimlash va d) daromadlarni taqsimlashga tasir korsatish. Monopolist va raqobatlashuvchi firmalar foydani maksimallashtirish qoidasiga amal qilsada, har xil natijalarga erishishini nima bilan tushuntirasiz? Nima uchun ularning ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bolmaydi xarajatlardagi bunday farqlarning ahamiyati qanday?
5. Universitet ayrim talabalarga oqish uchun toliq haq tolashni belgilasa va boshqalariga moliyaviy yordam korsatsa baholi kamsitish hisoblanmaydimi? Bu amaliyotning afzallik va kamchiliklari nimadan iborat?
6. Monopolistik raqobat sharoitida narx qanday aniqlanadi? Mahsulot tabaqalanishi nimaga olib keladi? Monopolistik raqobat sharoitida nima uchun firma kopincha narxli raqobatdan, narxsiz raqobatni afzal koradi?
7. Nima uchun oligopoliya mavjud boladi? Oligopoliya monopolistik raqobatdan nima bilan farq qiladi? Siz doimiy ravishda mahsulotini xarid qiladigan bir nechta oligopolistlarni sanab korsating.
8. Nima uchun oligopolistik tarmoqda narxga nisbatan xufyona kelishuv roy berishi mumkin? Narx belgilashda xufyona kelishuv taqozo qiladigan iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni aniqlang. Agar har bir firma raqiblarining bir-biri tomonidan ortaniladigan, narx, uning ozining narxlariga bogliqligini bilsa, narxlar qanday aniqlanishi mumkin? Xufyona kelishuv uchun asosiy tosiqlar qanday?
9. Oligopolistik tarmoqda narxdagi hukmronlik qanday rivojlanishi va amalga oshirilishi mumkinligini tushuntiring. Oligopolistik tarmoq texnika taraqqiyotiga moyillikni va uni amalga oshirish uchun zarur mablaglarga ega boladi. Siz bu tasdiq bilan kelishasizmi? Tushuntiring.
10. Narxlarni erkinlashtirish nima uchun zarur? Narxlar qanday yollar bilan erkinlashtiriladi? Ozbekistonda narxlarni erkinlashtirish yolining xususiyatlari va amalga oshirish bosqichlarini tavsiflab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |