O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Jinoyat ishini muhokama qilish chogʻida sud tarkibining oʻzgarmasligi



Download 1,8 Mb.
bet127/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

24.3. Jinoyat ishini muhokama qilish chogʻida sud tarkibining oʻzgarmasligi


Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritishda sud tarkibining doimiyligi va oʻzgarmasligi sud muhokamasining umumiy shartlaridan va sud muhokamasining bevositaligini ta’minlashning protsessual vositalaridan biridir. JPKning 406-moddasida jinoyat ishini muhokama qilish chogʻida sud tarkibining oʻzgarmasligi belgilangan. Unga koʻra har bir jinoyat ishi bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.


Jinoyat ishini sud muhokamasining har qanday qismida toʻliqsiz sud tarkibi tomonidan koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.


24.4. Sud muhokamasining doirasi


JPKning 414-moddasiga koʻra sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga, shuningdek haqiqatni aniqlash maqsadida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinmagan boshqa shaxslarga nisbatan olib boriladi. Tayinlangan jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi tufayli hukm bekor qilinganidan keyin ish koʻrib chiqilgan taqdirda, sud muhokamasi sudlanuvchining, umuman, aybdor yoki aybdor emasligi masalasiga dahl qilmagan holda jinoyatni tavsiflash va jazo chorasi xususidagina boradi. Sudlanuvchini himoya qilish huquqi bilan ta’minlash maqsadida sud muhokamasida sudlanuvchiga qanday ayb qoʻyilib sudga berilgan boʻlsa, shu ayb yuzasidan ish yuritiladi.


24.5. Ayblovning sud tomonidan oʻzgartirilishi


Sud muhokamasida boʻlgan jinoiy ish yuzasidan sudlanuvchiga qoʻyilgan ayb faqat yengillashtiruvchi tomonga oʻzgartirilishi mumkin. Jinoyat huquqida moddiy tomondan bir xil deb olingan jinoyatlar mazmun jihatdan oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


Sudda aniqlangan holatlarga bogʻliq boʻlgan, dastlabki tergovda ayblanuvchiga e’lon qilingan va ayblov xulosasi yoki dalolatnomasida bayon etilgan ayblov oʻzgarishi mumkin. Agar ayblov sudda ogʻir boʻlmagan va ilgarigisidan faktik ma’lumotlariga koʻra farq qilmagani bilan almashtirilsa, sud ishning muhokamasini davom ettiradi va oʻzgartirilgan yangi ayblov boʻyicha hukm chiqaradi. Masalan: JKning 97-moddasi 2-qismdagi jinoyatni sodir etishda sudlanuvchiga e’lon qilingan ayblov boʻyicha sudda ishni koʻrish uchun tayinlangan boʻlsa, sudda esa ogʻirlashtiruvchi holatlar tasdiqlanmasa, sud ish muhokamasini davom ettirishga va ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz odam oʻldirishda ayblov boʻyicha hukm chiqarishga haqli. Shuningdek, agar sudda ayblovning biror-bir qismi olib tashlansa, sudlanuvchi ayblanayotgan qator jinoyatlarda uning faoliyatini u yoki bu holati tasdiqlanmasa, sud ish muhokamasini davom ettirish va hukm chiqarishga haqli (masalan, bir necha oʻgʻrilik jinoyatlaridan birining tasdiqlanmasligi). Sudlanuvchiga qoʻyilgan aybni mazmunan oʻzgartirish uchun protsessual asoslar boʻlishi shart.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish