O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik



Download 1,8 Mb.
bet128/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

24.6. Surishtiruvning, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar, shuningdek jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari


JPKning 4151-moddasiga koʻra, surishtiruv va dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan bartaraf etiladi.


Sud tergovida sudlanuvchining unga ilgari qoʻyilgan ayblovdan boshqa jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov boʻyicha jinoyat ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqida prokurorga xabar beradi.
Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining iltimosnomasiga koʻra amalga oshiriladi. Iltimosnomada yangi ayblov boʻyicha protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Sud berilgan iltimosnoma boʻyicha uni qanoatlantirish yoki qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni toʻldirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini koʻrsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada koʻrsatgan holda topshiradi.
Qoʻshimcha protsessual harakatlar natijalariga koʻra davlat ayblovini quvvatlovchi prokuror sudga yigʻilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchani oʻqib eshittiradi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchi va uning himoyachisiga topshiradi.
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish