O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Jinoyat ishini koʻrishni keyinga qoldirish, toʻxtatish va tugatish



Download 1,8 Mb.
bet129/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

24.7. Jinoyat ishini koʻrishni keyinga qoldirish, toʻxtatish va tugatish


JPKning 418-moddasiga koʻra sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasi kelmay qolganligi yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur boʻlganligi sababli, jinoyat ishini muhokama qilish mumkin boʻlmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish choralarini koʻradi.


Sud jinoyat ishining muhokamasini keyinga qoldirish sabablarini bartaraf etganida, ishni koʻrib chiqishni davom ettirishi mumkin. Sud ba’zi bir sabablarga koʻra jinoyat ishining muhokamasini keyinga qoldirib, boshqa ishni koʻrib chiqishga kirishgan boʻlsa, bu ish muhokamasini boshdan boshlashga asos boʻlmaydi.


24.8. Sud majlisining tartibiga amal qilish


Sud majlisi tartibi JPKning 424–425-moddalarida koʻrsatilgan boʻlib, bu tartib sud muhokamasining ibratli oʻtkazilishini ta’minlash bilan birga, sud protsessining tarbiyaviy ta’sirini hamda davlat nomidan ish koʻruvchi odil sudlovni amalga oshiruvchi sud organining nufuzini oshiradi.


JPKning 424-moddasiga asosan sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi oʻrinlaridan turadilar.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar, basharti, ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh boʻlmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar.
Sud majlisida tartibni buzish, sud muhokamasining bir me’yorda borishiga toʻsqinlik qiluvchi yoki xalaqit beruvchi harakatlarni sodir etish hisoblanib, sudga nisbatan hurmatsizlikni bildiradi, sud majlisining reglamentini yoki raislik qiluvchining protsessni normal borishini ta’minlovchi farmoyishlarini mensimaslikka olib keladi. Tartibbuzar sud majlisida tartibni buzganida, raislik qiluvchining farmoyishiga boʻysunmaganida yoki sudga hurmatsizlik qilganida unga nisbatan JPKning 272-moddasida nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi. Sud majlisidagi quyidagi harakatlar tartibni buzish hisoblanadi: raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunmaslik yoki sudni behurmat qilish; shaxsning, garchi u avval bunday harakatlarni toʻxtatish toʻgʻrisida ogohlantirilgan boʻlsa-da, ma’muriy tartibbuzarlik harakatlarini amalga oshirishi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish