O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Sud majlisining tayyorlov qismi tushunchasi va uning mazmuni



Download 1,8 Mb.
bet132/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

25.1. Sud majlisining tayyorlov qismi tushunchasi va uning mazmuni


Sud muhokamasi murakkab va koʻp qirrali sud harakatlari majmuidan tashkil topgan boʻlib, besh bosqichdan iborat: tayyorlov qismi, sud tergovi, taraflar muzokarasi, sudlanuvchining oxirgi soʻzi, hukm chiqarish va e’lon qilish.



Sud majlisining tayyorlov qismi sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan ochish (JPKning 428-moddasi) va jinoyat ishining koʻrilishini e’lon qilinishidan boshlab jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov tomonidan tuzilgan ayblov xulosasini protsess ishtirokchilariga oʻqib eshittirishgacha boʻlgan protsessual harakatlarni oʻz ichiga oladi.


Umuman olganda, JPKning 51-bobi mazmunidan kelib chiqqan holda sud majlisining tayyorlov qismining shartli ravishda quyidagi bosqichlarini ajratib koʻrsatishimiz mumkin:

  1. sud majlisini ochish – sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan tayinlangan vaqtda ochiladi va qanday jinoyat ishi koʻrilishini e’lon qilishni koʻzda tutadi (428-modda);

  2. protsess ishtirokchilarining sudga kelgan-kelmaganligini tekshirish – sud majlisining kotibi protsess ishtirokchilarining sudga kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisida axborot berishini, sudga tarjimon, guvoh, ekspert va mutaxassislar kelgan-kelmaganligi tekshirilishini qamrab oladi (429-modda);

  3. sud tarkibini, taraflarni e’lon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish – raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qilishi, protsess ishtirokchilarini tanishtirishi, sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntirishini qamrab oladi (431-modda);

  4. guvohlarning toʻgʻri koʻrsatuv berishini ta’minlashga qaratilgan protsessual harakatlar – raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari toʻgʻrisida farmoyish beradi, keyinchalik soʻroq qilinmagan guvohlarning soʻroq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda boʻlmasligi choralarini koʻradi (432-modda);

  5. protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmaganida jinoyat ishini koʻrish mumkinligi yoki mumkin emasligi masalasini hal qilish – sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmagan taqdirda sud jinoyat ishini muhokama qilish mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida taraflarning fikrini eshitadi va muhokamani davom ettirish yoki uni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi (433-modda);

  6. protsess ishtirokchilariga huquqlarini tushuntirish – raislik qiluvchi sudlanuvchi, taraflar, ekspert, mutaxassis va tarjimonga ularning JPKda belgilangan huquq va majburiyatlarini tushuntiradi (430, 435–437-moddalar);

  7. iltimoslar qilish va ularni hal etish – sud majlisining tayyorlov qismining yakunlovchi bosqichi boʻlib, raislik qiluvchi taraflardan yangi guvoh, ekspert yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy dalil va hujjatlar talab qilib olish toʻgʻrisida ularning iltimosi bor-yoʻqligini soʻrashini va ularni qanoatlantirish yoki rad etish bilan bogʻliq protsessual harakatlarni qamrab oladi (438-modda).




Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish