O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish



Download 1,8 Mb.
bet135/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

25.5. Dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish


Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, sud dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini JPKning 416 va 417-moddalariga muvofiq bartaraf etadi. Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash tartibi davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining iltimosnomasiga koʻra amalga oshiriladi. Iltimosnomada ayblovni toʻldirish yoki boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlarning oʻtkazilishi zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak.


Sud berilgan iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni toʻldirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini koʻrsatadi va uning ijrosini ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha koʻrsatgan holda topshiradi.

Muammoli savollar va kazuslar


1. Sud muhokamasining tayyorlov bosqichida protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmaganida jinoyat ishini koʻrish mumkinligi yoki mumkin emasligi masalasini hal qilish tartibini yoriting.
2. Sud tergovining boshlanishi jarayonida sud majlisida raislik qiluvchining vakolatlari va amalga oshiriladigan protsessual harakatlarga ta’rif bering.
3. Dalillarni tekshirish navbatini belgilash bilan bogʻliq masalani hal qilishga oid protsessual haraktlarni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari.


Kazus
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirobod tumani sudida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat ishi koʻrilayotgan vaqtda jinoyat ishi boʻyicha ishda sudya dastlabki tergov davomida jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash choralari koʻrilmaganligi sababli jinoyat ishini toʻxtatdi va tergovchiga mazkur vazifani yukladi.
Tergovchi esa ushbu holatdan norozi boʻladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 399-moddasida mulkiy zararni qoplash choralari koʻrilmaganligi uchun sud jinoyat ishini yuritishni toʻxtatish belgilanmaganligi keltirib oʻtadi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish