O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
KURS ISHI
Fanidan:Moliyaviy xisobotining taxlili
Bajardi MBXA-1 gurux magistranti Hayitmurodov.U.U
Kabul kildi: i.f.n dotsent Djumanova A.B
TOSHKENT 2022
KURS ISHI MAZMUNI
Kirish.
1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona moliyaviy xolati tushunchasi, uning mazmuni va dolzarbligi.
2.Moliyaviy xolatni tahlil qilish zarurati, ahamiyati.
3.Korxona va temir yo’l transportining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni, ahamiyati.
1-bob. Korxona buxgalteriya balansi va uning tavsifi.
Buxgalteriya balansi, uning tushunchasi, maqsadi, tuzilishi.
1.2.Buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari, ular mazmuni
va tahlili.
2-bob. Korxona ishlab chiqarish faoliyati tahlili.
2.1. Korxona mol – mulki va uning manb’alari tahlili.
Korxona zahira va harajatlari, xususiy aylanma vositalari bilan qoplanganligi, uning mazmuni va tahlili.
3-bob. Korxona moliyaviy holati tahlili.
Moliyaviy koeffitsiyentlar, ular mazmuni va tahili.
Rentabellik ko’rsatkichlari, ular mazmuni va tahili.
Xulosa va takliflar
Adabiyot ro’yxati
KIRISH
Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari, foyda va rentabellik, korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlariga aylanishiga olib keladi. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo’jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta ro’l o’ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti xisoblanadi. Korporativ boshqaruvni tubdan o’zgartirish lozim. Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy xisobot shakllari qabul qilindi, ularni o’rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir kator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar xam kam emas. Moliyaviy tahlilni o’tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar. Korxonalar moliyaviy holati tahlili tushunchasi va asosiy talablari. Korxonalar moliyaviy holatini baholash korxonaning mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va banklar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishlari uchun juda katta ahamiyatga ega. Zero, ijobiy moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan korxonalar hech qanday to‘siqlarsiz kredit olishlari va uning hisobidan tovar-moddiy boyliklarni sotib olishi, salmoqli mablag‘larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga, asbob-uskunalarni yangilashga yo‘naltirishlari mumkin. Salbiy moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan korxonalar bankdan kredit olmasada, o‘z moliyaviy ahvolini yaxshilash, ishlab chiqarish, sotuv hajmini, o‘z mablag‘lari miqdorini, rentabellik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish lozimligi to‘g‘risida axborotga ega bo‘ladilar. Korxonalarning moliyaviy holati bu: - kompleks ravishdagi tushuncha bo’lib, u o’z ichiga keng ko’rsatkichlar tizimini oladi, ular korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi; - korxonalar faoliyatidagi butun ishlab chiqarish va xo’jalik omillarining xarakati, ularning o’zaro aloqadorligi natijasidir; - korxonalarning mo’tadil ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa faoliyati uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanish ifodasidir; - korxonalarning boshqa xo’jalik sub’ektlari, organlari va tashkilotlari bilan o’zaro aloqalarni xaqiqiy aks ettirishidir. Korxonalarning ichki va tashki omillar ta’siri ostida shakllangan moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, bu korxona bilan aloqada bo’lgan boshqa tashkilotlar va korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatadi. Umuman korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatini, jumladan ularning moliyaviy holati tahlili asosini bir butun kompleks iqtisodiy fanlar: iqtisodiy nazariya, makro va mikro iqtisodiyot, menejment va marketing, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliya, kredit, pul muomalasi va boshqalar tashkil etadi. Demak, tahlilchi mutaxassis-auditorlar keng iqtisodiy ilmga ega bo’lishlari lozim. Iqtisodiy adabiyotda, ma’lumki, “Moliyaviy tahlil” atamasidan foydalaniladi. “Moliyaviy tahlil” iqtisodiy tahlilning bir shakli xisoblanadi, ikkinchi shakli - bu “boshqaruv tahlili”. Demak, mazmunan “Moliyaviy tahlil” va “Korxonalarning moliyaviy holati tahlili” - bu xar xil mazmunga ega bo’lgan iboralar. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, ya’ni moliyaviy tahlil — keng ko’rsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foydalanib korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalashdir. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab jarayon bo’lib, u tashkil qilinishi, buning uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat: - mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalarni borligini bilish; - moliyaviy tahlil mobaynida mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlardan birgalikda foydalanish; - moliyaviy tahlil mantiqiy ravishda amalga oshirilib, u induktiv usulga — alohida xodisalardan umumiy xodisalarga o’tish, moliyaviy holatning bir shakl ko’rinishidan umumiy ko’rinishga o’tish va deduktiv usulga — umumiy xodisalardan alohida xodisalarga o’tishga asoslanib tahlil qilish; - hamma foydalanilayotgan ko’rsatkichlar bir xil, asoslangan usulda aniqlanishi lozim; - moliyaviy holatni tahlil qilishda tahlil qilinayotgan korxona
Bozor munosabatlariga o’tish bilan moliyaviy va boshqaruvlik tahlilidan keng foydalanilmoqda va bu tahlil shakllari katta ahamiyat kasb etayapti. Moliyaviy tahlil korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy xisobotlarining ma’lumotlariga asoslanib o’tkaziladigan tahlildir. Yuqorida ta’kidlanganidek moliyaviy tahlilni korxonalarning xodimlari o’tkazishi mumkin, lekin moliyaviy xisobot ochiq bo’lganligi uchun bu tahlilni boshqa tashqi organlar, korxonalar va tashkilotlar — soliq, moliya, bank va boshqalar tomonidan o’tkaziladi hamda korxonalarning moliyaviy xolatiga baho beriladi. Boshqaruv tahlili bevosita korxonalar tomonidan o’tkazilib, u ham ochiq, ham yopiq xisobot axborotlariga asoslanadi va bu tahlil yakunlari korxonalar raxbariyati tomonidan boshqaruvlikni takomillashtirish uchun foydalaniladi. Bu tahlilda yopiq ma’lumotlardan foydalanilganligi uchun bu tahlilni asosan tashqi korxona va organlar emas, bevosita korxona xodimlari olib boradilar, chunki bozor munosabatlari davrida xar bir korxona o’zining xisob siyosatiga ega. Shuningdek, uning faoliyatida tijorat sirlari bo’lib, ular moliyaviy xisob va xisobotda emas, boshqarma xisob va xisobotida ifodalanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlil shakllari bir birini inkor qilmaydi, ular bir-biri bilan bog’lik, lekin bajaradigan vazifalari va xususiyatlari xar xil. Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega: - moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo’lib, ulardan hamma foydalanishi mumkin; - moliyaviy tahlilning sub’yektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng;
- moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan xisobot ma’lumotlariga asoslanadi; - moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o’tkaziladi; - moliyaviy tahlilning yo’nalishi moliyaviy xisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo’lib, unda chegaralangan aniq bir vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustaxkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir.
Korxonalarning moliyaviy darajasini baholash.
Moliyaviy holatning o’zgarishini aniqlash.
Moliya holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish.
Korxonalarda qo’lga kiritilgan moliyaviy holat darajasini ifodalab, bu borada hali foydalanilmagan imkoniyatlarni, mavjud zaxiralarni ko’rsatib berish.
Korxonalarda hali foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish maqsadida tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish shartsharoitlarini ko’rsatib berish
Bozor munosabatlarining shakllanishi natijasida korxonalarni strategik boshqarishda yangi talablar paydo bo`lmoqda. O`zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o`tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik shakllariga o`tish bilan tavsiflanadi. Bu o`z navbatida samarali boshqarishning zarurligini taqozo etadi. Samarali boshqarish o`z navbatida ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini va buning natijasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona muhitida tashkilotni maqsad sari yo’naltirish, menejerlarning strategik rejalarini va vazifalarini amalga oshirish, tanlangan strategiyani hayotga tadbiq etish kabi faoliyatlarni bajarishga to’g’ri keladi. Strategik boshqaruv - bu korxona mavqeini mustahkamlashga, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga va muayyan natijalarga erishishga qaratilgan boshqaruv rejasidir. Korxonalarda boshqarish tizimini barpo qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning turiga to`la mos keluvchi boshqaruv yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir bo`g`inining ishlab chiqarish texnika, xo`jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo`yicha hamma funktsiyalarning bajarilishi zaruratidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv funksiyalarini samarali taqsimlash boshqaruv maqsadini aniq belgilash bo`yicha bir qator tadbirlarni o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Lekin hozirgi bozor sharoitida ko`pgina korxona va tashkilotlarda, xususan loyihalar tashkilotlarida hamon boshqaruv tuzilmasida ortiqcha bo`g`inlar mavjud bo`lib, bular o`z navbatida yuqorida ta`kidlaganimizdek, strategik boshqaruvda mehnat unumdorligining pasayishiga va pirovard natijada korxonaning yakuniy faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu sababli bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida korxonalarda strategik boshqaruv tizimini bozor talablariga moslashtirish muhimdir.
O’ztemiryo’lyo’lovchi AJ temiryo’l yo’lovchi transporti ishini yanada yaxshilash, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish madaniyatini ko’tarish, yo’lovchilarni tashish boshqaruvini takomillashtirish va temir yo’l transporti boshqarmalarini bozor iqtisodiyoti muomilalarini tashkil qilishda sharoitlar yaratish uchun tashkil topdi.Tashkilotning markaziy boshqarmasi quyidagi manzil bo’yicha joylashgan: Toshkent sh., Turkiston ko’chasi 7. Tashkilot asosiy faoliyati bo’yicha 7 ta regional filiallardan iborat: Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Xorazm, Surxandar’yo, Qashqadar’yo va Orolbo’yi, O’zbekiston Respublikasi o’sha viloyatlarida joylashgan. Undan tashqari, tashkilot quyidagi filiallardan xam iborat:
yulovchi poyezdlarni reysga texnik va texnologik tayerlash filiali;
"Toshkent markaziy vokzali" filiali;
temiryo’l agentligi;
turizm, reklama i marketing tadqiqotlar agentligi;
yo’lovchi poyezdlarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish filiali;
Jamoaning ustav bo’yicha kapitali 51,4 mlrd. sumni tashkil qiladi, 500 nominal miqdorida 102 812 890 oddiy aksiyalarga bulingan. Aksiya kapitali quyidagicha bo’lingan:
- (O’zbekiston temir yo’llari) AJ - 51%;
- jamoada mexnat qiluvchi kollektiv va (O’zbekiston temir yo’llari) AJ xodimlari - 2%;
- chet el investorlari - 47%.
(O’ztemiryo’lyo’lovchi) AJning ishchilar miqdori 01.12.2011 yilda 5693 odamni tashkil qildi.
Xozirgi kunda tashkilot xar yili 15,4 mln.dan kup yo’lovchilarni tashimoqda va yo’lovchi aylanmasi 2.9 mlrd. yo’lovchi km.ga yetdi.
Umumiy vagonlar parki 01.09.2006 yilda 765 vagondan iborat edi. 2005 yilning oxirida Toshkent - markaziy vokzalini ta’mirlash ishlar tugatildi.
Yulovchilarga servis xizmatarini oshirish maqsadida yangi vokzal binosida 6 ta juda qulay zallar tashkil qilindi:
- Yo’lovchilarni xamma kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida vokzal binosining markaziy xolida zamonaviy talablarga javob beradigan ma’lumotlar tablosi qo’yildi;
- Xollning birinchi qavatida bolalar kafesi va maydonchasidan iborat bolalar zali joylashgan;
- o’yin zali orqasida dam olish uchun qulay 25 joyli ona va bola xonasi joylashgan. SHuningdek ikkinchi qavatda xarbiy xizmatga chaqirilganlarni xizmat kursatish uchun komendatura tuzildi;
- Kutish zali tomon yurganizda ung tomonda VIP zal joylashgan, u 2 qavatni egallagan. VIP zal kompleksiga 40 kishilik restoran, 30 kishilik dam olish zali, dam olish uchun yumshoq kreslolik qishki bog’ kiradi. Zaldan passajirlar poyezdlar perroniga chiqish va ikkinchi qavatdagi kutish zaliga kirish mumkin;
- Kutish zali birinchi va ikkinchi qavatlarda joylashgan. Ular yulovchilarga kerakli ma’lumot berish uchun video va tele apparatura bilan ta’minlangan, shuningdek 1 soat davomida 500 kishiga xizmat ko’rsatish uchun qo’shimcha zallardan (bar, tualet,chekish xonalaridan) tashkil topgan;
- Kutish zalidan chiqishda bir vaqtda 500 ta yo’lovchini qabul qiladigan, poyezdlarni kutish uchun dam olish joylari berk zal-perron joylashgan;
- Vokzal binosining chap tarafida delegatsiyalarni qabul qilish muxtasham zali joylashgan;
- Markaziy xollning chap va ung tarafida yo’lovchilar uchun qulay o’tirish joylari va fontanlardan iborat ichki xovli joylashgan.
To’la ta’mirlash ishlari tugagandan sung vokzal o’rta xisobda 50 mingta odamga xizmat kursatishi mumkin buladi. Xozirgi kunda xamma keluvchi va ketuvchi yo’lovchilarni inobatga olganda markaziy Toshkent vokzali o’rta xisobda 29 ming odamni qabul qilyapti. O’rta xisobda bir kunda vokzaldan 6 ta xalqaro va 20 ta maxalliy poyezdlar junatilmoqda va kutib olinmoqda.
Markaziy Toshkent vokzali qoshida (Ekspress-3) yangi terminallar bilan jixozlangan, shuningdek yo’lovchilar uchun kompleks xizmatlar ko’rsatadigan yangi tranzit kassalrai qurildi.
Markaziy Toshkent vokzali xamma O’zbekiston Respublikasi fuqrolari va mehmonlarini kutish uchun tayer.O’ztemiryo’lyo’lovchi AJ faoliyatini mukammallashtirish
hozirgi kunda tashkilot tomonidan kompleks tadbirlar amalga oshmoqda:
- boshqaruv strukturasi va ishlab chiqarishni takomillashtirish;
- vagonlar parkini yangilash;
- yo’lovchilarga progressiv xizmat ko’rsatish sistemalarini kiritish;
-bozor kon’yunkturasi, hohish va talablarni inobatga olgan holda qulay narx siyosatini olib borish;
-marketing tadqiqotlarni kengaytirish.
Mustaqqil O’zbekiston Respublikasiga, uning tarixi, madaniyati, qadimiy tarixiy obidalariga qiziqish kuchayganini inobatga olgan holda (O’ztemiryo’lyo’lovchi) AJda Turizm, reklama va marketing tadqiqotlar agenstligi mavjud bo’lib, uning asosiy vazifalaridan biri "Buyuk ipak yo’li" shaxarlari bo’ylab temir yo’l transportida turistlarni tashish va xamma turistik xizmatlarni ko’rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |