Hukmning asosliligi – hukmda ishning haqiqiy holatlari kerakligicha to‘la va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlanganligi.
Sud hukmida ish uchun huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan hamma holatlar bayon etilgan, tegishli dalillar keltirilgan va ish boʻyicha aniqlangan holatlar hamda taraflarning huquq va burchlari boʻyicha toʻgʻri xulosaga kelingan taqdirdagina, u asosli boʻlib hisoblanadi.
Hukmning adolatliligi – hukmda aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi e’tiborga olinib tayinlanganligi, aybsiz shaxs esa oqlanganligi va reabilitatsiya etilganligi.
27.2. Hukm turlari
Sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarishi mumkin boʻlib, sudlanuvchiga nisbatan qanday turda hukm chiqarish masalasini hal qilish vaqtida sud aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi talablariga amal qilishi shart. Demak, hukm ayblov yoki oqlov hukmi boʻlishi mumkin. Ayblov hukmi aybsizlik prezumpsiyasi tamoyili talablariga qat’iy amal qilgan holda, sud muhokamasida sudlanuvchining aybi isbotlanganida chiqariladi.
U
Oqlov hukmi – birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilinadigan odil sudlov hujjati bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, axloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lum ichki (qonuniylik, asoslilik va adolatlilik) va tashqi (mutloqlilik, majburiylik, o‘zgarmaslik) xususiyatlari bilan tavsiflanadi hamda shaxsning unga nisbatan e’lon qilingan va sud muhokamasi chog‘ida qo‘llab-quvvatlangan jinoyatni sodir etishda aybsizligini (aybliligi isbotlanmaganligini) o‘rnatadi.
shbu belgilar oqlov hukmini oqlovchi tusdagi boshqa jinoyat-protsessual qarorlardan farqlaydi. Huquqiy voqelik sifatida oqlashning mohiyati uning jinoyat-protsessual faoliyatining zaruriy xususiyati ekanligida ifodalanib, u odillik prinsipi bilan chambarchas aloqadorlikda boʻladi1.
Sud quyidagi hollarda jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi, basharti:
1) mazkur hukm bilan sudlanuvchiga tayinlangan jazoni qoʻllashdan ozod qiluvchi amnistiya akti e’lon qilingan boʻlsa;
2) shaxsning hukm chiqqunga qadar qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqti JKning 62-moddasida nazarda tutilgan dastlabki qamoq yoki uy qamogʻini hisobga olish qoidalarini nazarda tutib sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoki bu choradan ortiq boʻlsa.
Sud tomonidan jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqarishning olti asosini belgilangan:
1) mahkum sodir etgan jinoyat uchun jazo tayinlashni istisno etadigan amnistiya akti e’lon qilingan boʻlsa;
2) mazkur jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati oʻtib ketgan boʻlsa;
3) hukm chiqariladigan vaqtga kelib, qilmish ijtimoiy xavfliligini yoʻqotsa yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfli boʻlmay qolsa;
4) mahkumning tuzalishiga jamoat birlashmalari va jamoalar tomonidan qoʻllaniladigan jamoat ta’sir choralari yoki maʻmuriy jazo choralari koʻrish yoʻli bilan erishish mumkin boʻlsa;
5) hukm chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa;
6) JKning 71-moddasiga muvofiq shaxsni oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli jazodan ozod qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa.
Oqlov hukmi esa quyidagi hollarda chiqariladi, basharti:
1) jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa;
2) sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa;
3) jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor boʻlmasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |