O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida tahlil qilgan holda huquqiy baho bering



Download 1,8 Mb.
bet136/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida tahlil qilgan holda huquqiy baho bering.

XXVI BOB. TARAFLARNING MUZOKARASI VA SUDLANUVCHINING OXIRGI SOʻZI


(Muallif – yuridik fanlar doktori, professor B.Pulatov)


Annotatsiya: Mazkur mavzuni oʻquvchilar tomonidan oʻrganilishi taraflar muzokarasining mazmuni va tartibi, tarafning nutqiga e’tirozlar, taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan takliflari, ularni taqdim etish tartibini aniqlab olish; sudlanuvchining oxirgi soʻzi, uni ifoda etish tartib, qoidalari egallash; sud tergovini yangidan boshlash, yangidan boshlangan sud tergovining protsessual tartibini va sudning qaror qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirish tartib-qoidalarini bilish imkonini beradi.


26.1. Taraflar muzokarasining mazmuni va sudlanuvchining oxirgi soʻzi


Taraflar muzokarasi sud muhokamasining mustaqil qismi boʻlib, unda taraflar va ularning vakillari oʻz nuqtai nazarlaridan kelib chiqib, sud tergovining natijalarini yoritgan holda, sud tergovi davomida tekshirilgan dalillarga huquqiy baho beradilar, koʻrilayotgan ishga boʻlgan huquqiy munosabatlarini belgilaydilar, sudlanuvchi tomonidan sodir qilingan jinoyatning isbot boʻlganligi yoki boʻlmaganligi, unga nisbatan tayinlanadigan jazo chorasi yoki jazodan uni ozod qilish, oqlov hukmi chiqarish, fuqaroviy da’volarining hal qilinishi hamda sud hukm chiqarayotganda hal qilinishi kerak boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha oʻzlarining fikrlarini bayon qiladilar.





Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun sud muzokarasida qatnashish majburiydir, ular nutq soʻzlashdan boʻyin tovlashga haqli emaslar, chunki bunday boʻyin tovlash oʻz protsessual vazifalarini bajarishdan bosh tortish deb hisoblanadi.

Davlat ayblovchisi va himoyachi nutqining kompozitsion tuzilishi qonunda belgilab berilmagan. Ularni tuzishda JPK 457-moddasi talablariga muvofiq hukm chiqarishda sud hal qiladigan hamda JPKning 409-moddasida belgilangan prokuror vakolatlari doirasidagi masalalardan kelib chiqiladi.





Davlat ayblovchisi va himoyachining nutqlarida sudlanuvchi harakatlarining huquqiy kvalifikatsiya qilish xususidagi takliflari aniq va loʻnda, aybdor sodir etgan qilmish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi huquqiy norma chuqur tahlil qilingan boʻlishi lozim.

Nutq sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlar, jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar va sodir qilgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi, unga qanday jazo tayinlanishi, jazoni qanday tartibli koloniyada oʻtashi lozim va shu jazoni oʻtash kerakmi yoki yoʻqligiga oid fikr-mulohazalarni oʻz ichiga olgan qismi ham muhim oʻrin tutadi.





Taraflar nutq soʻzlab boʻlganidan keyin ulardan har biri boshqa tarafning nutqida aytilgan masalalar yuzasidan e’tiroz yoki mulohazalar bilan yana bir martadan soʻzga chiqishi mumkin (JPKning 449-m.).

Muzokara ishtirokchilarining qoʻshimcha soʻzlari bir-birlarining aytgan soʻzlariga, ya’ni luqma (replika) tashlashi, protsessning boshqa ishtirokchilari, birinchi galda, himoyachining soʻzlariga javob qaytarishi yoki aniqrogʻi, e’tiroz bildirishdan iborat. Davlat ayblovchisi aynan qaysi nutqqa luqma bilan javob bermoqchi ekanligini, albatta, koʻrsatishi shart. Javob soʻzlari qisqa, ishga aloqador boʻlib, ularda bir-birlarini kamsituvchi, haqoratlovchi mazmunda boʻlmasligi kerak. Soʻnggi e’tiroz bildirish huquqi hamisha himoyachi va sudlanuvchiga beriladi.





Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish