O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik



Download 1,8 Mb.
bet139/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Ayblov hukmining qaror qismida aks etishi lozim boʻlgan masalalarni quyidagicha tasniflashimiz mumkin boʻladi:
1) sudlanuvchiga va uning ayblilik darajasiga oid ma’lumotlar: sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi; sudlanuvchining jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilganligi toʻgʻrisidagi qaror; JKning sudlanuvchining aybli deb e’tirof etilishiga asos boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining oʻta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan boʻlsa;
2) tayinlangan jazo chorasining turi va miqdoriga oid ma’lumotlar: sudlanuvchi aybli deb topilgan har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va me’yori; JKning moddalariga muvofiq uzil-kesil tayinlangan va oʻtalishi lozim boʻlgan jazo chorasi; ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo muddatini oʻtashi lozim boʻlgan tegishli tartibli koloniya turi;
3) jazoni va boshqa ta’sir choralarini ijro etishni ta’minlashga oid ma’lumotlar: sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilingan boʻlsa, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa yoki shaxs; mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar; JPKning 533-moddasida nazarda tutilgan hukmning ijrosini kechiktirish bilan bogʻliq asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi qaror;
4) muddatlarni hisoblash va ehtiyot choralari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar: ushlab turilgan yoki qamoqda yoxud uy qamogʻida saqlangan vaqtni jazo tayinlashda jazo muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror; hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga doir qaror.
Basharti, sudlanuvchiga JKning bir necha moddasi bilan ayblov qoʻyilgan boʻlsa, hukmning qaror qismida quyidagi holatlar alohida-alohida koʻrsatilishi lozim:
1) sudlanuvchi JK Maxsus qismining qaysi moddalari boʻyicha oqlanganligi;
2) sudlanuvchi JK Maxsus qismining qaysi moddalari boʻyicha hukm qilinganligi.

Hukmning qonuniyligi – hukmning qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida, protsessual huquq me’yorlariga hamda shu huquqiy munosabatlarga tatbiq qilinishi lozim bo‘lgan moddiy huquq me’yorlariga to‘liq rioya qilingan holda chiqarilganligi.

Sud hukmiining qonuniyligi uning “normativ asoslanganligi”ni anglatadi. Shu sababli sud hujjatining asoslantirish qismida moddiy va protsessual qonunlarga havola mavjud boʻlishi lozim. Jumladan, jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror(ajrim)da protsessual va moddiy qonunlarda nazarda tutilgan asosga havola mavjud boʻlishi kerak1.




Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish