O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Kassatsiya instansiyasi vakolatlari



Download 1,8 Mb.
bet147/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Kassatsiya instansiyasi vakolatlari. Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
1) birinchi instansiya sudining hukmini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
2) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilishga va oqlov hukmi chiqarishga;
3) birinchi instansiya sudining oqlov hukmini bekor qilishga va ayblov hukmi chiqarishga;
4) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilishga va ishni tugatishga;
5) birinchi instansiya sudining hukmini oʻzgartirishga, shu jumladan, ayblov hajmini, jinoyat tavsifini oʻzgartirishga, jazoni yengillashtirishga yoki kuchaytirishga, xuddi shuningdek ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllashga haqli.
Agar birinchi instansiya sudi ish yuzasidan kamchiliklarga yoki sud tergovini bir tomonlama olib borishga yoxud protsessual qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudiga yangidan sudda koʻrib chiqishga yubormay, kamchiliklarni toʻldirish, protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi hamda koʻrib chiqish natijalarini inobatga olgan holda tegishli qaror qabul qiladi.

28.4. Nazorat tartibida ish yuritish va yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash



Nazorat tartibida ish yuritish jinoyat protsessining alohida bosqichi bo‘lib, mazkur jarayonda yuqori turuvchi sud ish yuzasidan qonun bilan vakolat berilgan sud raisi (uning o‘rinbosari) yoxud prokurorning (uning o‘rinbosari) protestiga asosan birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimlarining, yuqori instansiya sudlarining ajrim (qaror)larining qonuniy, asosli va adolatliligi tekshiriladi.

Nazorat tartibida ish yuritishning asosiy vazifasi qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud qarorlarida mavjud boʻlgan xatolarni tuzatish, sudlanganning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shu bilan birga, jabrlanuvchining manfaatlarini ta’minlash, tergov va sud amaliyotini toʻgʻri yoʻnaltirishdir.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish