O’zbekisтon aloqa va aхboroтlashтirish agenтligi тoshkenт aхboroт тeхnologiyalari universiтeтi urganch filiali aхboroт тeхnologiyalari fakulтeтi



Download 0,79 Mb.
bet13/51
Sana11.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#339321
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Bog'liq
O’zbekisòon aloqa va aõboroòlashòirish agenòligi òoshkenò aõboro

3 – MA’RUZA.

RELYATSION MA’LUMOTLARNING TO’LIQLIGI.
Reja:


  1. Semantik ma’lumotlar modellari. «Mohiyat-aloqa» ma’lumotlar modeli.

  2. Ma’lumotlarning binar modellari

  3. Semantik tarmoqlar

  4. Ma’lumotlarning infologik modellari

  5. Birlamchi va tashqi kalitlar haqida tushuncha



Tayanch tushunchalar: Ma’lumotlar bazalarini loyhalsh, ma;lumotlar modeli, mohiyat, aloqa, atribut (hususiyat), Ma’lumotlarning binar modellari, semantik, toifalar, tiplar grafi, binary munosabat, ob’ekt, ma’lumotlarning infologik modellari, kalit,filtrlar.
«Mohiyat-aloqa» ma’lumotlar modeli
Ma’lumotlar bazalarini loyihalashda yuqorida keltirilgan ma’lumotlar modellaridan foydalanish bir qadar noqulayliklar tug’diradi. Buning uchun amaliyotda turli semantik modellardan foydalaniladi. Amalda foydalanilayotgan MBBТlari uchun ma’lumotlar bazalarini loyihalashga mo’ljallangan model «Mohiyat-aloqa» tipidagi ma’lumotlar modeli hisoblanadi. Bu ma’lumotlar modelini shajaraviy va tarmoqli modellarning takomillashtirilgan va umumlashtirilgan ko’rinishi sifatida e’tirof etish mumkin. Bu esa, ushbu modelda butunlik cheklovlarini oshkor ko’rsatish hamda «ko’pga-ko’p» tipidagi aloqalarni bevosita tasvirlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.

Ushbu model Peter Chen tomonidan 1976 yili taklif etilgan. «Mohiyat-aloqa» modeli ER-model (inglizchadan – «entity-relationship») deb ham ataladi. U cheklangan sondagi turli jinsli komponentlardan tashkil topuvchi grafik diagrammalardan iborat. P.Chen ma’lumotlar tuzilmalarini mohiyatlar jamlanmasi va ular orasidagi aloqalar to’plami sifatida ifodalashni taklif qilgan. Chen hamda Хammer va Mak-Leodning ishlanmalari ER-model yoki «mohiyat-aloqa» modelining ishlab chiqilishiga asos bo’lgan. ER-modelning asosiy komponentlari mohiyat, aloqa va atributlar hisoblanadi.



Mohiyat – bu xohlagan bir haqiqiy yoki tasavvurdagi ob’ekt bo’lib, ma’lumotlar bazasida mazkur ob’ekt to’g’risida axborot saqlanishi zarur bo’ladi. Odatda, ER-model diagrammalarida mohiyat, ichki qismiga mohiyat nomi yozib qo’yilgan to’g’ri to’rtburchak shaklida ifodalanadi. Mohiyat aniq mazmun kasb etuvchi nomlanishga ega bo’lishi hamda mohiyat nomi ot so’z turkumida, birlik sonda belgilanishi zarur. Mohiyat tipi va mohiyat nusxasi (ekzempelyari) tushunchalarini chalkashtirib yubormaslik zarur. Mohiyat nomi mohiyat nusxasi uchun emas, uning tipi uchun belgilanadi. Mohiyat nusxasi bir jinsli predmetlar, hodisalar, g’oyalar jamlanmasidagi aniq muayyan bir narsani bildiradi.

M isol uchun, «O’quvchi» mohiyat tipi 2.5-rasmda ko’rsatilgani kabi tasvirlanadi. «O’quvchi» mohiyat tipining nomlanishi hisoblanadi, mazkur mohiyat nusxalari sifatida muayyan o’quvchilar – Botirov, Valiyev, Po’latov va boshqalar bo’lishi mumkin. Mohiyat nusxasi tushunchasi relyatsion modeldagi kortej tushunchasi bilan taxminan mos keladi. Shu nuqtai nazardan, mohiyatning har bir nusxasi mazkur mohiyatning boshqa xohlagan bir nusxasidan farq qilishi zarur bo’ladi.



Aloqa – bu ikki va undan ortiq mohiyatlarning o’zaro birlashuvi (assotsiatsiyasi)dir. Grafik diagrammalarda aloqa ikki mohiyatni bog’lovchi chiziq sifatida ifodalanadi. Aloqa ko’pincha bir xil bo’lmagan ikki mohiyat orasida mavjud bo’ladi. Biron-bir mohiyatni o’z-o’zi bilan bog’lovchi aloqa ham mavjud bo’lishi mumkin va bu turdagi aloqa rekursiv aloqa deb nomlanadi.

«Mohiyat-aloqa» diagrammalarini ishlab chiqishning bir qancha andozaviy uslubiyatlari mavjud. Bu uslubiyatlar sifatida IDEF1X, IE, DM kabilarni ko’rsatish mumkin va ularning har birida mohiyat va aloqalarni tasvirlash uchun o’ziga xos belgilashlar qabul qilingan.

U muman olganda, aloqaning har bir tugallanishiga aloqa ko’rsatkichi (1 yoki ko’p so’zini ifodalovchi simvol) qo’yiladi. Quyidagi xillardagi aloqa ko’rsatkichlari mavjud bo’lishi mumkin:


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish