Ma’lumotlar tipi – bu tushuncha dasturlash tillarida xuddi shu ma’noda qo’llaniladigan tushunchaga mos keladi. Hozirda mavjud bo’lgan barcha zamonaviy ma’lumotlar bazalari maxsus ma’lumotlar tiplarini ishlatish imkonini beradi. Bular – butun va suzuvchi vergulli kasr sonlar, simvollar va matn satrlari, mantiqiy ifoda, sana tipidagi ma’lumotlarni saqlashga mo’ljallangan ma’lumotlar tiplaridir. Ko’pgina ma’lumotlar bazalarining serverlarida boshqa ma’lumotlar tiplari ham amalga oshirilgan. Masalan, binar axborotlarning yirik massivini saqlashga qaratilgan (BLOB), joriy etiladigan ob’ektlar uchun (OLE-ob’ekt) mo’ljallangan ma’lumotlar tiplari shular jumlasidandir.
Domen – ma’lumotlar tipi qiymatlarining potensial to’plamidir. Domen ikki element – ma’lumotlar tipi va ma’lumotlarga nisbatan qo’llaniladigan mantiqiy ifoda bilan belgilanadi. Agarda ushbu mantiqiy ifodaning qiymati «to’g’ri (chin)» natijani taqdim etsa, ma’lumotlar nusxasi domenga taalluqli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |