O’zbekisтon aloqa va aхboroтlashтirish agenтligi тoshkenт aхboroт тeхnologiyalari universiтeтi urganch filiali aхboroт тeхnologiyalari fakulтeтi



Download 0,79 Mb.
bet51/51
Sana11.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#339321
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
O’zbekisòon aloqa va aõboroòlashòirish agenòligi òoshkenò aõboro

Xodim_ID

Ism

Fam

Farzand1_ismi

Farzand2_ismi

Farzand3_ismi

F1_tug_k

F2_tug_k

F3_tug_k

1001

Jane

Doye

Masu

Sam




1/1/92

5/15/94




1002

John

Doye

Mary,

Sam




2/2/92,

5/10/94




1003

Jane

Smith

John,

Pat

Lee

10/5/94

10/12/90

6/6/96

1004

John

Smith

Michael







7/4/96







1005

Jane

Jones

Edward

Martha




10/21/95

10/15/89





Rasm 2. Тakrorlanuvchi guruxlarni noto’g’ri bartaraf etilishi
2 - rasmda keltirilgan jadval birinchi normal forma talablarini qanoatlantiradi. Biroq unda bir qator muammolar vujudga kelgan.

  • Jadvalda xar bir xodim uchun faqat uchta farzand bilan chegaralangan. Unda xodimning 4 – farzandi haqida ma’lumot saqlash imkoni yo’q.

  • Хodimlarning farzandi uchtadan kam bo’lgan xodimlarda jadvalning ko’pgina qismi bekor qoladi.

  • Konkret farzandni izlash amali murakkablashadi.


Тo’g’ri usul. Ikkinchi usulda boshlang’ich jadvaldagi biror atribut yoki atributlar kalit sifatida belgilanadi, keyin takrolanuvchi guruxlar joriy jadvaldan olinib aloxida jadvalga o’tkaziladi. Bunda takrorlunvchi guruxdagi har bir qiymat kalit nusxasi bilan birga yangi jadvalga o’tkaziladi. Yangi jadvalga o’tkazish har bir takrorlanuvchi gurux uchun bajariladi. Agar yaratilgan jadvalda ham takrorlanuvchi guruxlar mavjud bo’lsa ular uchun ham to’g’ri yoki noto’g’ri usul qo’llaniladi.

Misol. Keltirilgan misolda farzand ismlari va tug’ilgan kunlari haqidagi ma’lumotlar yangi jadvalga o’tkaziladi. Unda boshlang’ich jadvalda
Xodimlar

Xodim_ID

Ism

Fam

1001

Jane

Doye

1002

John

Doye

1003

Jane

Smith

1004

John

Smith

1005

Jane

Jones


Farzand

Xodim_ID

Ism

Tug_yil

1001

Masu

1/1/92

1001

Sam

5/15/94

1002

Mary

2/2/92

1002

Sam

5/10/94

1003

John

10/5/94

1003

Pat

10/12/90

1003

Lee

6/6/96

1003

Masu

8/21/94

1004

Michael

7/4/96

1005

Edward

10/21/95

1005

Martha

10/15/89


3 – rasm. Тakrorlanuvchi guruxlarni to’g’ri bartaraf etilishi
Birinchi normal formaga bo’lgan talablar quyidagilardan iborat:

1) Berilgan boshlang’ich munosabat tasvirlangan relyatsion jadvalning har bir atributining qiymati atomar bo’lishi kerak. Ya’ni bu qiymat relyatsion jadval (munosabat) bo’lishi mumkin emas;

2) boshlang’ich munosabat ma’lumotlar orqali – ya’ni relyatsion jadval va unga tegishli bo’lgan ma’lumotlar bazasining butunlik shartlari orqali ifodalanadi.

3) jadvalda bir satrlar (kortejlar, yozuvlar) mavjud emas;

4) har bir ustun jadvalda atribut nomi bilan nomlangan va atriutning joriy qiymatlaridan iborat bo’ladi;

5) har bir atribut ma’lum domen (ma’lumotlarning abstrakt tipi) bilan bog’langan;

6)agar relyatsion jadvalda (munosabatda) ushbu jadval ilan ishlashe’tiborga olinishi kerak bo’lgan funksional bog’lanishlar mavjud bo’lsa, u xolda ushbu bog’lanishlar ma’lumotlar bazasining butunlik shartida qayd qilinadi;

7) yozuvlar yaqqol va noyaqqol tartiblangan (masalan, jimlikka ko’ra - foydalanuvchiga ma’lum yoki noma’lum shaklda). Хususan tartiblanganligiga qat’iy talablar qo’yilmaydi (bu talab effektiflik bilan yoki ishlashdagi qulaylik bilan bog’liq);

8) birlamchi kalitning xech biri bo’sh (NULL) bo’lmasligi kerak;

9) agar 1NF darajasida kalitlar belgilansa (kalit keyinroq – 2NF da aniqlanishi ham mumkin), u xolda ko’rsatgichlarning butunlik sharti qanoatlantirilishi kerak.


Normallashtirish protsedurasi


Normallashtirish – bu jadvallarni ma’lumotlarni yangilanishda, qo‘shishda va o‘chirishda bir nechaga bo‘lishdir.

Normallashtirish – bu ma‘lumotlarni qo‘shishda, o‘zgartirishda va o‘chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki undan ortiq bo‘laklarga jadvalni bo‘lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasini olishga qaratilganki, unda har bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, ya’ni ma‘lumotlar ortib ketmaydi. Bu faqat xotiradan tejam foydalanlish maqsadida qilinmay, balki saqlanayotgan ma‘lumotlar orasida qaramaqarshiliklarni bartaraf qilish uchundir.

Har bir jadval relyatsion ma‘lumotlar bazasida shunday shartlarni qoniqtiradiki, unga ko’ra jadvalning har bir ustun va satrining kesishish joyida har doim yagona atomar qiymat joylashadi va hech qachon ko‘p miqdorda xuddi shunday qiymatlar bo‘lishi mumkin emas. Shu shartni qoniqtiruvchi har qanday jadval normallashgan deyiladi. Umuman olganda normallashmagan jadvallar, ya’ni takrorlanuvchi ma‘lumotlar guruhiga ega jadvallar relatsion ma‘lumotlar bazasiga kiritilmaydi.



Normallashtirish jadvallarni barcha dekompozitsiyalari bilan ketma ket almashtirish jarayoni bo‘lib, bu almashtirish jadvallarning barcha dekompozitsiyalar 5NF joylashmagancha davom etadi. Amaliyotda esa jadvallarni BKNF ga keltirish kifoya va katta kafolat bilan aytish mumkin-ki, ular 5NF joylashadi.

Jadvallarni NFBK ga o‘tkazish protsedurasi

Bu protsedura, ixtiyoriy jadvalda yagona funktsional bog‘liqliklar K->F ko‘rinishda bo‘lishga asoslanadi, bunda K – dastlabki kalit, F - esa qandaydir boshqa maydon. Shuni inobatga olish kerak-ki, bu dastlabki kalit ta’rifidan kelib chiqadi, yani K->F bog‘lanish berilgan jadvalning barcha maydonlari uchun bajariladi. "Bir joyda bir fakt" degani boshqa funktsional bog‘liqliklar hech qanday kuchga ega emas ma’noni bildiradi. Normallashnitishdan maqsad K->F kurinishdagi bog‘lanishdan tashqari boshqa bog‘lanishlsrdan vos kechishdir.

Agar norlashtirish vaqtida birlamchi(tashqi) kalitlar kodlarini boshlang‘ich kalitlarnikiga almashtirilsa, u holda quyidagi ikki holni kurib chiqish kerak bo‘ladi:


  1. Jadval birinchi tarkibli kalit ko‘rinishida bo‘lsin, aytaylik (K1,K2). Bundan tashqari, bu kalitning biror qismiga funktsional bog‘liq, lekin to‘la kalitga bog‘liq bo‘magan, masalan K2, F maydonni o‘z ichiga olsin. Bu holda K2 va F(K2-birlamchi kalit) ni o‘z ichiga oluvchi boshqa jadval tashkil qilish taklif etiladi va boshlang‘ich jadvaldan F o‘chiriladi:

Almashtirilsin T(K1,K2,F) , birlamchi kalit (K1,K2), FZ K2->F T1(K1,K2)ga, birlamchi kalit (K1,K2) va T2(K2,F), birlamchi kalit K2.

  1. Jadval birlamchi K kalitga ega, F1 maydonning mumkin bo‘lgan kaliti bo‘lmagan holda, qaysiki albatta Kga funktsional jihatdan bog‘liq va boshqa kalitsiz F2 maydoni, qaysiki F1ga funktsional jihatdan bog‘liq. Bu erda echim, aslida, avvalgining o‘zi – F1 va F2 ni o‘zida aks ettirgan jadval shakllantiriladi, boshlang‘ich kalit F1 bo‘lgan holda va F2 boshlang‘ich jadvaldan olib tashlanadi:

Almashtirilsin T(K,F1,F2), birinchi kalit K, FZ F1->F2 T1(K,F1)ga, birinchi kalit K va T2(F1,F2), birinchi kalit F1.

Berilgan har qanday jadval uchun, ko‘rib chiqilgan 2 qoidalarga asoslangan o‘zgaruvchilarni takrorlab, deyarli barcha holatlarda oxir-oqibat ko‘p jadvallarni olish mumkin, ular “oxiri” normal ko‘rinishda (Formada) bo‘ladi va shunday qilib K->F dan farqli bo‘lgan hech qanday functsional bog‘lanishga ega bo‘lmaydi.


Normal formalar

Birinchi normal forma:

Jadval birinchi normal formada deyiladi , qachonki hech bir undagi qator istalgan maydonda bittadan ortiq bo’lmagan ma’noga ega bo’lmasa va birorta kalit maydoni bo’sh bo’lmasa ;



Ikkinchi normal forma:

Jadval ikkinchi normal formada deyiladi , qachonki agar u birinchi normal formadagi ifodalarni ,maydonlarni qanoatlantiradi va birlamchi kalit bo’lmaganda hamda birlamchi kalitga to’liq funksional qaram bolmaganda ;



Uchinchi normal forma:

Jadval uchinchi normal formada deyiladi, qachonki u 2NF ning barcha shartlarini qanoatlantirsa va birorta ham uning kalitsiz maydonlari boshqa bir kalitsiz maydonlar bilan bog’liq bo’lmasa;



Boysa-Kodd normal formasi

Jadval Boysa-Kodd normal (BKNF) formasida bo’ladi, agar maydonlar orasidagi har qanday funktsional bog’lanish to’liq funktsional bog’lanishga ega bo’lsa.



Beshinchi normal forma:

Jadval beshinchi normal formada (5 NF) bo’ladi, qachonki har bir to’liq dekompozitsiya barcha proektsiyalari mumkin bo’lgan kalitlarni saqlasa. Birorta to’liq dekompozitsiyaga ega bo’lmagan jadval ham beshinchi normal formada (5NF) bo’ladi.

To’rtinci normal forma agar to’liq dekompozitsiya ikkita proektsiya birlashmasidan iborat bo’lsa beshinchi normal formaning xususiy holi bo’ladi.

Ma’lumotlar sxemasini yaratish

Ma’lumotlar sxemasini yaratish Базы данных (Database) oynasida quyidagi buyruqlarni bajarish orqali bajariladi Сервис | Схема данных (Tools | Relationships) yoki ma’lumotlar omborining instrumentlar paneldan Схема данных (Relationships) degan tugmani bosish orqali amalgam oshiriladi.

Jadvallarni ma’lumotlar sxemasiga qo’shish: Схема данных (Relationships) tugmasini bosganingizdan so’ng Добавление таблицы (Show table) oynasi ochiladi, unda siz o’zingizga kerak bo’lgan jadval va so’rovlarni ma’lumotlar sxemasiga qo’shishingiz mumkin. Jadvalni ma’lumotlar sxemasida joylashtirish uchun Добавление таблицы (Show table) oynasida kerak bo’lgan jadvalni tanlab Добавить (Add) tugmasini bosish kerak. Bir necha jadvallarni sxemaga qo’shish uchun tugmasini bosgan holatda jadvallar nomini belgilab chiqib Добавить (Add) tugmasini bosish kerak. Hamma kerak bo’lgan jadvallarni sxemaga qo’shib bo’lgandan kegin Закрыть (Close) tugmasini bosish kerak.





Jadvallar orasida bogliklar yaratish: Ma’lumotlar sxemasida jadvallar o’rtasidagi bogliqlikni aniqlashda informasion-mantiqiy modelni kanonik ko’rinishda foydalanish qulaylik tugdiradi bunda bosh va bo’ysunivchi jadvallar orasidagi munosabatlarni oson aniqlab olish mumkin bo‘ladi chunki informasion – mantiqiy modeldagiga o’hshab bosh jadvallar bo’ysunuvchi jadvallarga qaraganda yuqoriroqda joylashgan bo’ladi. birga – bir boglanishlar kamdan – kam holda ishlatilganli b boglanishlar realiasion omborlarda asosiy hisoblanadi.

Ma’lumotlar sxemasida jadvallar o’rtasida 1:M munosabatlarni o’rnata turib, bosh jadvalda boglanish o’rnatilishi kerak bo’lgan unikal kalitli maydonni belgilab oling. Keyin sichqonchaning tugmasini qo’yib yubormasdan turib kursorni bo’ysunuvchi jadvalning mos maydoniga qo’ying.

Tarkibiy kalit orqali jadvallar o’rtasida munosabat o’rnatayotganingizda, bosh jadvalaning kaliti bo’ladigan hamma maydonlarni tanlab ularni bo’ysunuvchi jadvalning birorta maydoniga olib o’ting. Tarkibli kalitga kiradigan hamma maydonlarni belgilash uchun ularni knopkasini bosib belgilab chiqiladi. Munosabat o’rnatilgandan keyin Изменение связей (Edit Relationships) oynasi ochiladi. Тип отношений maydonida avtomatik tarzda birga-ko’p boglanish o’rnatiladi.

Tarkibli kalit bo’lgan holda Изменение связей (Edit Relationships) oynasida bosh jadvalning har bir maydoni uchun Таблица / Запрос (Table/Query) da bo’ysunuvchi jadvalning mos ravishdagi maydonini tanlash kerak.





Nazorat savollari


1. Ma‘lumotlarni normallashtirish deganda nima tushuniladi?

2. Qanday normal formalar mavjud?

3. Normal forma?

4. Normallashtirish protsedurasi?

5. Ma’lumotlar sxemasini yaratish.

7 – MA’RUZA.

TRANZAKSIYALAR VA MA’LUMOTLAR BAZASINING TO’LIQLILIGI.
Reja:



  1. Tranzaksiya va uning xususiyatlari.

  2. Tranzaksiya mexanizmi.



Tayanch tushunchalar: Tranzaksiya, To’laqonlilik, kuchga kiruvchanlik, Ihotalanganlik, SQL
1. Ma’lumotlar bazasi serveridagi asosiy amallardan biri tranzaksiya hisoblanadi, yoxud serverdagi ma’lumotlarning o’zgartirilishi tranzaksiyalar ko’rinishida ro’y beradi.

Тranzaksiya so’zi inglizcha ikki so’zning qo’shilishi oqibatida yuzaga kelgan (transformation action – o’zgartirish amali (harakati)). Ya’ni tranzaksiya – bu ma’lumotlar bazasini bir to’laqonli holatdan ikkinchi to’laqonli holatga o’zgartiruvchi operatsiya yoki operatsiyalar guruhidan iborat. Тranzaksiya 4 asosiy xususiyat bilan tavsiflanadi:

Bo’linmaslik (atomarlilik xususiyatiga ega bo’lish, Atomicity) – «hammasi yoki hech qaysisi» xususiyati, ya’ni tranzaksiyaning ma’lum bir qismini bajarish mumkin emas, uni to’laligicha bajarish yoki umuman bajarmaslik zarur bo’ladi. Ushbu xususiyatga quyidagicha aniqlik kiritish mumkin. Masalan, ma’lumotlar bazasida bir hisob raqamidan ikkinchisiga ma’lum miqdordagi pul o’tkazilishi zarur. Mazkur amal ikki operatsiyadan iborat bo’ladi:

- birinchi hisob raqamidan ko’rsatilgan miqdordagi pulni olish;

- ikkinchi hisob raqamiga ko’rsatilgan miqdordagi pulni qo’shib qo’yish.

Agarda faqat birinchi operatsiya bajariladigan bo’lsa, ko’rsatilgan miqdordagi pul butunlay yo’qolib qoladi, ya’ni barcha hisob raqamlaridagi pullar miqdori kamayadi va balans o’zgaradi. Shuning uchun, birinchi operatsiya bajarilgandan so’ng ikkinchi operatsiyani bajarish mumkin emasligi ma’lum bo’lib qolsa, birinchi operatsiya ham inkor qilinadi va ma’lumotlar bazasi o’zining dastlabki holatiga qaytariladi.



Тo’laqonlilik (Consistency) – tranzaksiya ma’lumotlar bazasini bir to’laqonli holatdan boshqasiga o’tkazishi zarur. Тo’laqonlilik ma’lumotlar bazasi rioya etishi zarur bo’lgan mantiq bilan belgilanadi va uni axborot tizimi ta’minlab beradi.

Ihotalanganlik (Isolation) – tranzaksiya serverda o’zi bilan birgalikda bajarilayotgan boshqa tranzaksiyalardan bexabar bo’lishi (ularni bilmasligi, ko’rmasligi) kerak.

Kuchga kiruvchanlik (Durability) – tranzaksiya tomonidan bajarilgan o’zgartirishlar albatta kuchga kirishi zarur.

Adabiyotlarda bu xususiyatlar jamlanmasi ACID – xususiyatlar deb nomlanadi.

Umuman olganda, har bir so’rov alohida bir tranzaksiya hisoblanadi.

Тranzaksiya faqat maxsus tasdiqlash amali (commit) bajarilgandan so’ngra amalga oshirilgan hisoblanadi. Bu paytgacha boshqa foydalanuvchilar tranzaksiya natijalaridan bexabar bo’lishadi. Тasdiqlanmagan tranzaksiya faol tranzaksiya deb nomlanadi.

Ma’lumotlar bazalariga oid boshqa tushunchalar, ularni yaratish uchun asos bo’lgan ma’lumotlar modeli va qo’llanilgan boshqaruv tizimi bilan uzviy bog’liq. Bu tushunchalarni to’laqonli tasavvur etish uchun, albatta, ma’lumotlarni modellash hamda ma’lumotlar modellari masalalari bilan atroflicha tanishish zarurati seziladi.
2. Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari istalgan vaqtda to’liq va himoyalangan bo’lishi lozim. Buni ta’minlash yo’llaridan biri tranzaksiya mexanizmidan foydalanishdir.

Tranzaksiya jarayonlarni bajarishda ikki holat bo’lishi mumkin:



  • Barcha jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlansa, tranzaksiya jarayoni ham muvaffaqiyatli hisoblanadi va ma’lumotlar bazasida tranzaksiya doirasida alohida jarayon sifatida qilingan barcha o’zgarishlar tasdiqlanadi. Natijada ma’lumotlar bazasi muayyan yaxlit holatdan boshqasiga o’tadi.

  • Lokal tarmoqda bitta jarayon muvaffaqiyatsiz yakunlansa, barcha tranzaksiya muvaffaqiyatsiz hisoblanadi va barcha jarayonlarning bajarilishi (hatto muvaffaqiyatli yakunlanganlarning ham) natijalari bekor qilinadi. Natigada ma’lumotlar bazasi tranzaksiya boshlanishida qanday bo’lsa, o’sha holatga qaytadi.

Shunday qilib, muvaffaqiyatli tranzaksiya ma’lumotlar bazasini bitta yaxlit holatdan boshqasiga o’tkazadi. Tranzaksiya mexanizmidan foydalanish quyidagi holatlarda zarur:

  • Ma’lumotlar bazasi bilan o’zaro bog’liq jarayonlar amalga oshirishda;

  • Ma’lumotlar bazasiga ko’p maqsadli vazifalar bilan kirishda.

Tranzaksiya avtomatik tarzda yoki dasturchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Avtomat tarzdagi tranzaksiya avtomat ravishda ishga tushadi, tugaganidan keyin ham avtomat ravishda yakunlanadi yoki bekor qilinadi. Dasturchi tomonidan amalgam oshiriladigan tranzaksiyani dasturchi Database va SQL vositalari unsurlaridan foydalanib bajaradilar.

Jadvallar o’rtasida bog’lanishlarga o’zgartirishlar kiritish jarayonida tranzaksiyalash qo’llaniladi. Yozuvlar bitta jadvaldan boshqasiga o’tishi mumkin. Agar yozuv dastlab birinchi jadvaldan o’chirilsa, keyin ikkinchi jadvalga kiritilsa, ish to’xtab qolsa, masalan, kompyuterni quvvat bilan ta’minlashda uzilish ro’y bersa,

Yozuv birinchi jadvaldan olib ikkinchisiga o’tkazilmagani singari holat yuzaga kelishi mumkin. Agar yozuv dastlabki ikkinchi jadvalga kiritilsa, keyin birinchi jadvaldan olib tashlansa, kompyuter ishlashidagi uzilish natijasida yozuv ikki jadvalda ham bo’lishi mumkin. Har ikki holatda ham ma’lumotlar bazasi yaxlitligi buzilishi ro’y berishi mumkin.

Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun yozuvni bitta jadvaldan olib, ikkinchisiga kiritish jarayoni bitta tranzaksiyaga birlashtiriladi. Bunday tranzaksiya bajarilishi uning natijasidan qat’iy nazar ma’lumotlar bazasining yaxlitligi buzilmasligini kafolatlaydi.



Tranzaksiya mexanizmini qo’llash zarurligini isbotlaydigan yana bir misol mahsulotni omborxonada hisobga olish hisoblanadi. Omborxonaga mahsulot kelganda unga tegishli bo’lgan jadvalga nomi, miqdori va keltirilgan sanasiga oid ma’lumotlar yozuvi kiritiladi. Keyin omborxona jadvalida keltirilgan mahsulot miqdoriga mos ravishda ayni mahsulotning mavjud miqdori ko’paytiriladi. Mavjud mahsulot miqdori yozuvi bilan bog’liq biron – bir xatolik yuzaga kelganda, yangi qiymat kiritilmasligi mukin, natijada ma’lumotlat bazasi yaxlitligi buziladi va ahamiyatsiz tus oladi. MBBT tranzaksiyasi mexanizmini amalga oshirish uchun tegishli vositalar taqdim etiladi.


Nazorat savollari:


  1. Tranzaksiya nima?

  2. Tranzaksiya xususiyatlarini sanab bering.

  3. ACID – xususiyatlar deb nimaga aytiladi?

  4. Tranzaksiya jarayonlarni bajarishda qanday xolatlardan foydalaniladi?

  5. Tranzaksiya mexanizmi nima va u qanday xolatlardan foydalaniladi?



8 – MA’RUZA.

TRANZAKSIYALARDA PARALLELIZM VA MA’LUMOTLARNI TIKLASH.
Reja:



  1. Тranzaksiyalarni boshqarish operatorlari.

  2. So’rovlarga ishlov berishning bazaviy texnologiyalari.


Tayanch tushunchalar: server, commit, rollback, savepoint, fayl serveri, mijosserver, clipper, foxpro,  IBM PC, mahalliy hisoblash tarmoqlari (MHТ), differensial fayllar (DF), tranzaksiya, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlalri (MBBT).
Тranzaksiyalarni boshqarish operatorlari

Operator

Ma’nosi

Amal

COMMIT

Тranzaksiyani tugatish

Тarnzaksiyani tashkil qiluvchi ma’lumotlarni qayta ishlovchi murakkab va o’zaro bog’langan amalarni tugatish

ROLLBACK

Тranzaksiyani bekor qilish

Тranzaksiya bajarilishi natijasida yuz bergan o’zgarishlarni bekor qilish

SAVEPOINT

Тarnzaksiya bajarilishida oraliq nuqta saqlash

MB ni oraliq xolatini saqlash. Bu keyinchalik shu xolatga qaytish uchun zarur bo’ladi.


So’rovlarga ishlov berishning bazaviy texnologiyalari
Ma’lumotlarni boshqarishning amaliy dasturlari ularga taqsimlangan ishlov berish uchun zarur vosita hisoblanadi. Тarmoqning mijoz-server arxitekturasi turli amaliy dasturlarga bir vaqtning o’zida umumiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beradi. Shu narsa ravshanki, ma’lumotlarni boshqarish dasturlarini ishchi stansiyalaridan serverga ko’chirish ishchi stansiyalari resurslari ortishiga yordam beradi, ko’proq xususiy, mahalliy vazifalarni bajarish imkonini beradi. Ushbu arxitektura shuningdek ma’lumotlarni boshqarishning ma’lumotlar bazasini muhofazalash, ma’lumotlarning butunligini (yaxlitligini) ta’minlash, resurslardan birgalikda foydalanishni boshqarish kabi bir qator muhim funksiyalarini markazlashtirish imkonini beradi.

Ma’lumotlarga tarmoqda ishlov berishda mijoz-serveri arxitekturasining muhim afzalliklaridan biri so’rovlarni amalga oshirish vaqtini qisqartirish imkoniyatidir. Buning tasdig’i sifatida tarmoq mijoz-serveri arxitekturasida axborotga ishlov berishning ikkita bazaviy texnologiyasini va an’anaviy bo’lgan fayl-serverdan foydalanish texnologiyasini ko’rib chiqamiz. 

Aytaylik, ma’lumotlar bazasining amaliy dasturi ishchi stansiyasida ishga tushirilgan va foydalanuvchiga ba’zi izlash shartlariga javob beradigan barcha yozuvlarni olishi zarur. An’anaviy fayl serveri muhitida ishchi stansiyasida bajariladigan ma’lumotlarni boshqarish dasturi ma’lumotlar bazasining har bir yozuvi serveriga so’rov yuborishi zarur bo’ladi (3.19a-rasm). Ishchi stansiyasidagi ma’lumotlarni boshqarish dasturi yozuv izlash shartlariga javob berishini faqat u ishchi stansiyasiga uzatilgandan so’nggina aniqlashi mumkin.

Axborotga ishlov berishning ushbu texnologik varianti ma’lumotlarni tarmoq kanali bo’ylab uzatishga ko’p vaqt sarflaydi.



Mijoz-server muhitida esa, aksincha, ishchi stansiyasi ma’lumotlar bazasi serveriga yuqori darajali so’rov yuboradi. Ma’lumotlar bazasi serveri diskda yozuvlarni izlaydi va ularni tahlil qiladi. So’rov shartlariga javob beradigan yozuvlar serverda to’planishi mumkin. So’ngra so’rov to’la bajarib bo’lingandan keyin ishchi stansiyasidagi foydalanuvchiga izlash shartlariga javob beradigan barcha yozuvlar uzatiladi (3.19,b-rasm).

Ushbu texnologiya tarmoq trafigini pasaytirish va tarmoqning o’tkazish qobiliyatini oshirish imkonini beradi. Buning ustiga diskdan foydalanish va ma’lumotlarga ishlov berish operatsiyalarini bir tizimda bajarish hisobiga server so’rovlarga ishchi stansiyasida ishlov berilgandan ko’ra tezroq ishlov berish va izlashni ta’minlaydi. 

O’zgaruvchanlik darajasiga ko’ra barcha MBni ikki sinfga bo’lish mumkin:

A – shartli-doimiy (asosan ma’lumotnomalar tizimi uchun);

B – kuchli dinamik (bank, birja tizimlari uchun va h.k.).

Birinchi va ikkinchi sinf MBni yuritish uchun MBBТdan foydalaniladi, ular bir-biridan ham funksional imkoniyatlar ham ishlatish tavsiflari bo’yicha ancha farq qiladi.



Masalan,

·  shartli-doimiy MB uchun eng muhim ko’rsatkichlar so’rovlarga ishlov berish tezligi va MB bo’yicha chiqish hisobotlarini tuzish tezligidir, tranzaksiyalarni ishlash tezligi va MB ning butunligini nazorat qilish kabi ko’rsatkichlar unchalik muhim bo’lmaydi;

·   o’ta kuchli MB uchun, tranzaksiyalarning ishlash tezligi, hisobotlarni tuzish tezligi, MB ning butunligini nazorat qilish imkoniyati, tranzaksiyalar va o’qish bo’yicha kelishilganlik kabi ko’rsatkichlar birinchi o’ringa chiqadi. Bu yerda so’rovlarga ishlov berish tezligi unchalik muhim emas.

Shuning uchun ham har qanday MBBТ turli sinfdagi MB bilan ishlashda birdek muvaffaqiyatli qo’llanavermaydi. CLIPPER, FOXPRO kabi tizimlar birinchi sinf MB-(A) larga mo’ljallangan va bunda yaxshi natijalar mavjud, Informix kabi MBBТ va boshqalar sanoatda qo’llanilishi uchun yaratilgan.

Yuqorida aytib o’tilganlardan shunday xulosa kelib chiqadi: qanday qilib har ikki (A) va (B) sinf talablarini qondiradigan eng maqbul yo’lni topish mumkin. Bu bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan masalaning yechimi ma’lumotlar bazasining fayllarini differensial tashkillashtirishdan yoki differensial fayllardan (DF) foydalanishdan iborat. 

Keyingi vaqtda MBBТ ishlab chiqaruvchi yetakchi firmalar DF g’oyasidan foydalanishga kirishdilar. Quyidagi omillar bunga sabab bo’ldi:

· IBM PC da hal qilinadigan masalalar sinfi ancha kengaydi, endi «shaxsiy kompyuter» atamasi haqiqatga mos kelmay qoldi;

· mahalliy hisoblash tarmoqlarining (MHТ) keng tarqalganligi;

· ko’p odam foydalanadigan va ko’p vazifali tizimlarning ishlab chiqilishi;

· EHM texnika bazasining (asosan disk xotirasining) jadal rivojlanishi.

MB va MHТ ga nisbatan qo’llanishda DF ning mohiyatiga to’xtalib o’tamiz. Тurli MHТ g’oyasini amalga oshirish MBBТ larida ancha farq qiladi. DF g’oyasi o’z ichiga uchta qoidani oladi:

· ma’lumotlar bazasi har qanaqasiga yangilangan hollarda ham MB ning asosiy fayli o’zgarishsiz qoladi, ya’ni MB ning har qanday o’zgarishlari maxsus o’zgarishlar fayli – DF da sekin-asta to’planib boradi;

· uning uchun hech qanday indekslar tuzilmaydi va saqlab turilmaydi

· DFning o’lchami ancha kattalashib, muayyan o’lchamga (MB ning taxminan 24-40%) yetganda ma’mur qulay vaqt topib paket rejimida barcha o’zgarishlarni MB ning asosiy fayliga kiritadi.



DF ning afzalliklariga MB ning yuqori daraja ishonchliligi, butunligini va tranzaksiyalarning ishlash tezligini ta’minlashni kiritish mumkin.

DF dan foydalanilganda tranzaksiyalar ishlashining qanday tezligini ta’minlash mumkin degan savol muhim ahamiyat kasb etadi. MB bunday tashkil etilganida tranzaksiyalarning ishlash tezligi o’nlab marta ortadi. Bunda ma’lumotlar bazasining serveri oddiy fayl-serverni eslatadi.

Indekslarga kelganda esa ularni saqlab turish muammosi yo’q (MB da yozuvlarni qo’shish, o’chirish va modifikatsiya qilish tezligi eng yuqori darajada bo’ladi). MB ga qo’shimchalar kiritish oddiy faylga qo’shimchalar kiritishdan farqlanmaydi. MB yozuvlarini yangilash vaqti MB ning o’lchamiga, kalitlarning uzunligiga, ularning soniga bog’liq emas. Blokirovkaga vaqt sarfi (MB va MHТ larining eng nozik joylaridan biri) imkon qadar kamaytirilgan. O’qish bo’yicha ma’lumotlarning kelishilganligini ta’minlash uchun jadvalni butunlay blokirovkalash zaruriyati yo’q, bir qator MBBТ da shunday bo’ladi, ya’ni so’rov (hisobotni tuzish) bajarila boshlanganda MBBТ DF dagi katta manzilni «eslaydi» (bir zumda rasmga olish kabi). Bunda o’z so’rovini initsializatsiyalovchi foydalanuvchi «o’z vaqti»ni kutib o’tirishga majbur emas. U foydalanuvchilardan hech birini «ko’rmaydi» va MB ning rasmini aynan shu vaqtning o’zida oladi. Keyin so’rov bajarilib borgani sayin (hatto juda tez) yozuv-maqsadlarning bir qismi o’zgartirilishi yoki o’chirib tashlanishi mumkin bo’ladi. Bu DF katta manzillarida o’z aksini topadi, shuning uchun MBBТ so’rovni bajarish boshlangandan keyin bo’ladigan ma’lumotlarning har qanday o’zgartirilishini e’tiborga olmaydi.

MB ga tushgan murakkab va uzoq muddatli so’rovlarni tuzatish kafolatlanadi, ya’ni o’qish va tranzaksiyalar bo’yicha kelishuv ta’minlanadi. Bunda MB da izlash qanday olib boriladi? Bu holda assotsiator bo’yicha ko’plab yozuv-maqsadlar, ularning asosiy MB dagi manzillari soni va ro’yxati topiladi, shundan so’ng DF «assotsiatori»ning o’qishi boshlanadi va bu ro’yxat tuzatiladi. Shu tuzatish hisobiga izlash vaqti oshadi, bunda uning kattaligi DF o’lchamiga bog’liq bo’ladi. MB ni o’z vaqtida yangilash MB ma’muri zimmasiga yuklatilgan bo’ladi. DF bilan bog’liq sarf-xarajatlarni istisno etishda MB dagi o’zgarishlarni ularga paket usulida ishlov berish uchun to’plash va DF ni izlashda hisobga olmaslik mumkin. Bir qator tizimlarda, masalan bank tizimida, yangilash – «nazorat qilinadigan kechikish» sikllari o’rtasida aniqlikning birmuncha yo’qotilishiga yo’l qo’yiladi. Yuqoridagilardan tashqari, DF dan foydalanish quyidagilarni ta’minlaydi:

· ma’murga tasodifan o’chirib yuborilgan yozuvlarni qayta tiklash imkoniyati berilishini;

· indeksli fayllarni ISning o’zida saqlash (zaruriyat bo’lsa) imkoniyatini;

· taqsimlangan MBni yaratish imkoniyatini;

· tranzaksiyalarning bir vaqtda bajarilishini.

Ma’lumotlarning bir-biriga zid bo’lmasligi yozuvlar pog’onasida egallash mexanizmi bilanta’minlanishi mumkin. Ma’lumotlarning bir- biriga zid kelmasligi (noziddiyatliligi) yozish pog’onasidagi tutib olish mexanizmi- istalgan mumkin bo’lgan kiritilishlardagi tranzaksiyalarning qaytib tushishi bilan ta’minlanadi.

Nazorat savollari:


  1. Тranzaksiyalarni boshqarish operatorlarini sanab bering.

  2. O’zgaruvchanlik darajasiga ko’ra barcha ma’lumotlar bazasi necha sinfga bo’linadi?

  3. DF ning afzalliklari.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Григорев Ю.А., Ревунков Г.И.. Банки данных. М.: Изд. МГTУ им. Баумана, 2002.

2. Ревунков Г.И., Самохвалов Э.Н., Чистов В.В. Базы и банки данных и знаний. Под.ред.Четверикова. М.: Высшая школа, 1992.

3. Григорев Ю.А., Плутенко А.Д.. Жизненный тсикл проектов распределенных баз данных. Благовещеснк АмГУ, 1999.

4. Дунаев С.С.. Доступ к базам данных и техника работы в сети. Практические приемы современного программирования. М.: Диалог – МИФИ, 1999.

5. Дж.Улман, Дж Уидом. Введение системы баз данных. Пер.с англ. М.: «Лори», 2000.

6. Мейер Д. Tеория релятсионных баз данных. Пер.с англ. М.: Мир, 1987.

7. Мартин Дж,.Организатсия баз данных в ВС,М.Мир 1980



8. Конноли T., Брегк К. Базы данных, проектирование, реализатсия и сопровождения, теория и практика, Университет Пейсли, Шотландия, изд. М.- СПБ.- Киев, 2003.


1





Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish