5-tajriba ishi. QIDIRUV USULLARINI TADQIQ QILISH
Ishdan maqsad: talabalar berilgan tuzilmaning shakliga qarab biror kalitga
mos elementni qidirishning optimal usulini qo‟llashni o‟rganishlari va qidiruv
usullarining samaradorligini taqqoslashlari kerak.
Qo‟yilgan masala: topshiriq variantidagi masalani so‟ralayotgan qidiruv
usuli yordamida yechishning C++ tilidagi dasturini yaratish ko‟nikmasiga ega
bo‟lish.
Ish tartibi:
Laboratoriya ishi nazariy ma‟lumotlarini o‟rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.