Birinchi me’yoriy shakl (1NF). Agarda munosabatning barcha atributlari bo’linmas qiymatlarga ega bo’lsa, u birinchi me’yoriy shaklda deyiladi. Ushbu talab buzilishiga misol sifatida «Manzil» tipidagi atributni keltirish mumkin. Mazkur atributning qiymatiga mohiyati jihatidan turlicha bo’lgan axborot, ya’ni shahar, viloyat, ko’cha nomlari kiritilishi mumkin. Bu axborotlar birinchi me’yoriy shakl talablariga ko’ra boshqa-boshqa atributlar bilan ifodalanishi zarur.
Bundan tashqari, munosabatlar qaytariladigan guruhlardan iborat bo’lmasligi zarur. Masalan, munosabatda telefon raqami nomli atribut mavjud bo’lsin. Agarda korxonaning telefon raqami bitta emas, ikkita bo’lsa, unda ikkinchi telefon raqami nomli atributni ham kiritishga to’g’ri keladi. Biroq, bu yondashuv muammoni to’laligicha hal qila olmaydi. Aytaylik, uchinchi telefon raqami mavjud bo’lsin. Хo’sh, unda qanday yo’l tutiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |