Ikkinchi me’yoriy shakl (2NF). Munosabat ikkinchi me’yoriy shaklda bo’lishi uchun unda qisman funksional bog’liqlikka ega atributlar bo’lmasligi zarur, ya’ni birlamchi bo’lmagan har bir atribut tarkibiy kalitga qisman emas, balki to’laligicha bog’liq bo’lishi zarur.
Uchinchi me’yoriy shakl (3NF) tranzitiv bog’liqliklardan xoli bo’lishni talab etadi. Amaliyotda ushbu talab birlamchi bo’lmagan atributlar orasida bog’liqlik bo’lmasligi bilan ifodalanadi.
Boys-Kodd me’yoriy shakli (BCNF) har bir diterminant ehtimoldagi kalit bo’lishini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |