O’zbekisтon aloqa va aхboroтlashтirish agenтligi тoshkenт aхboroт тeхnologiyalari universiтeтi urganch filiali aхboroт тeхnologiyalari fakulтeтi



Download 0,79 Mb.
bet15/51
Sana11.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#339321
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Bog'liq
O’zbekisòon aloqa va aõboroòlashòirish agenòligi òoshkenò aõboro

Atribut (xususiyat) – mohiyat tavsifining nomi. Atribut tuzilmaning elementar birligi bo’lib, u mohiyat holatini aniqlash, qayd etish, tasniflash, raqamli tavsiflash yoki ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, «O’quvchi» mohiyatining atributlari – kod, familiyasi, ismi, sharifi, manzili, yoshi, jinsi va boshqalar bo’lishi mumkin.

Umumiy holda, mohiyat atributlari soni cheksiz bo’lishi mumkin. Axborot tizimlarini ishlab chiqishda atributlar soni va tarkibi foydalanuvchi talablari hamda amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalardan kelib chiqib belgilanadi. Odatda, infologik modelni qurishda predmet sohasiga doir tushunchalarning xususiyatlarini nisbatan kengroq va to’laroq ifodalashga harakat qilinadi. Bunda mavjud vazifalarni bajarish imkoniyatini hisobga olishdan tashqari istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan masalalarga ham e’tibor qaratiladi.

ER-diagrammalarda atributlar qo’llanilayotgan modelga bog’liq ravishda turlicha tasvirlanadi. Masalan, atributlar nomlari mohiyatni tasvirlaydigan to’g’ri to’rtburchakning ichki qismida, mohiyat nomi keltirilgan satrdan keyingi satrlarda, kichik harflarda keltirilishi mumkin. Boshqa hollarda atributlar mohiyatni tasvirlovchi to’g’ri to’rtburchakdan tashqarida, unga chiziqlar bilan bog’langan tarzda ifodalanishi mumkin. Qoidaga ko’ra, kalit toifasiga ega atributlar ajratib ko’rsatiladi. Ba’zi hollarda atributlar oval ichiga joylashtiriladi.

ER-diagrammalarning nisbatan murakkabroq elementlari qatoriga mohiyatlarning podtiplari kiradi. Mohiyat bir-birlarini o’zaro inkor etuvchi ikki va undan ortiq podtiplarga tarmoqlanishi mumkin. Ushbu podtiplarning har birida ular uchun umumiy bo’lgan atributlar va aloqalar mavjud bo’ladi. Mazkur umumiy atributlar yoki aloqalar nisbatan yuqoriroq darajada belgilanadi, podtiplarda esa faqat ularning o’zlarigagina tegishli bo’lgan atributlar va aloqalar ko’rsatiladi. Mohiyatlarni podtiplarga ajratish quyi darajalarga qarab xohlagancha davom ettirilishi mumkin. Biroq, tajribalarning ko’rsatishicha, ko’pgina hollarda ikki yoki uchta darajadan foydalanish yetarli bo’ladi.

Podtiplarni aniqlashda asos bo’lib xizmat qiladigan mohiyat supertip deb ataladi. Podtiplar birgalikda to’la to’plamni tashkil etishlari zarur, ya’ni supertipning xohlagan bir nusxasi biror-bir podtipga tegishli bo’lishi lozim. Masalan, «Jihoz» mohiyati uchun «Monitor», «Тizim bloki» va boshqa podtiplarni belgilash mumkin.

ER-diagrammalarni ishlab chiqishda universal munosabatni qurish, uni bo’laklarga ajratish, ikkinchi va uchinchi me’yoriy shakllarga keltirish zarurati bo’lmaydi. Mohiyatlarni to’laqonli aniqlashning o’zi – bu universal munosabatni uchinchi me’yoriy shaklga keltirishdan iborat.




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish