O‗zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar davlat


O‟quv mashg‟ulotlarini o‟tish va o‟zlashtirish samaradorligini



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/86
Sana08.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#434939
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida informatikadan masofaviy oqitish shakl va uslublarini tashkil etish uslubiyoti

2. O‟quv mashg‟ulotlarini o‟tish va o‟zlashtirish samaradorligini 
oshirish. 
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari
(
AKT) o‘quv mashg‘ulotlarni 
tashkil etishda, talabalarga tavsiya etishda va talabalarning tavsiya etilayotgan 
o‘quv materiallarini to‘liq o‘zlashtirishlarida qo‘l keluvchi vosita bo‘lib, o‘quv 
materiallarini tinglovchilarga tushunarli va jonli, qisqa muddatda ko‘p 
ma‘lumotlarni etkazib berish kabi yuqori samarali pedagogik-didaktik xususiyatlari 
bilan ajralib turadi. 
3. Axborot madaniyatini shakllantirish. 
AKTni ta‘lim jarayonlariga 
tadbiq etilishi talabalarning, nafaqat talabalarning, balki pedagoglarning ham 
axborot madaniyati davr bilan hamnafas tarzda shakllanishiga munosib zamin 
yaratadi. Inchunun, axborot madaniyati axborotlashtirilgan jamiyatni yaratishda 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan komponentlardan hisoblanadi. 
4. Ta‟lim jarayonlarining ijobiy ko‟rsatkichlarini keskin ortishi.
Ba‘zan 
ayrim 
pedagoglarimizning 
talabalarning 
darsga 
qatnashishlaridan, 
bilim 
doiralaridan «nolib qolishlarini» guvohi bo‘lamiz. Albatta, hamma talabalarning 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, salohiyatlari bir xil emas. Buning sabablari ham 
turlicha. Lekin bir narsani e‘tirof etib o‘tishimiz ham farz, ham qarz: hozirda 
madaniy turmush tarzimiz, hayotimiz bundan 15-20 yillar oldingisidan juda katta 
farq qiladi. Zamonaviy texnika vositalari kundalik turmushimizda mustahkam o‘rin 
egallagan. Bularga televidenie, radio, video, kompyuter o‘yinlari va shu kabilar 
kiradi. Aksariyat hollarda mana shu vositalar talabalarimizning qo‘shimcha o‘quv 
mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlariga ajratilishi lozim vaqtni «olib qo‘yadilar», 
ya‘ni biz – pedagoglarga raqobatchi sifatida namoyon bo‘ladilar. Aynan mana shu 
texnikaviy vositalarni, zamonaviy texnologiyalarni o‘zimizning pedagogik 
faoliyatimizda foydalana bilishimiz, yoki boshqacha qilib aytganda o‘zimizga 
«ishlata bilishimiz» o‘quv jarayonlarini hammaga qiziqarli, o‘ziga jalb etuvchi 
tarzda tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqaradi. Tabiiyki, bu hol talabalarning 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta‘sir etmay qolmaydi. Bu esa o‘z navbatida, 
iqtidorli talabalar bilan ishlashdagi imkoniyatlarni oshiradi. E‘tirof etib o‘tishimiz 
kerakki, ko‘pincha iqtidorli talabalar bilan ishlash o‘rniga, aksariyat vaqtimiz 


o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalar bilan qo‘shimcha ishlashga sarflanayotir. YOki 
boshqacha qilib izohlaganda, «suvni loyqadan tozalashga ko‘proq kuch sarflab, 
toza suv bilan ishlashga» kamroq ahamiyat berilish hollari ham mavjud. AKTni 
o‘quv jarayonlariga tadbiq etilishi va ulardan o‘rinli hamda samarali foydalanish, 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan talabalarni yuqoriroq pog‘onalarga olib 
chiqish, iqtidorli talabalar bilan esa, yanada samaraliroq shug‘ullanish 
imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi bo‘yicha belgilangan 
vazifalardan kelib chiqib, hamda ta‘lim tizimini axborotlashtirish borasida oliy va 
o‘rta maxsus ta‘lim vazirligida AKT ta‘lim jarayonlariga tadbiq etish borasida 
sezilarli yutuqlarga erishildi. SHulardan ayrimlarini keltirib o‘tish joizdir: 
- Oliy o‘quv yurtlarining barchasida internetga chiqish imkoniyati yaratildi; 
- Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar o‘rniga ilmiy ishlar va axborot 
texnologiyalari buyicha prorektorlar, AKT bo‘yicha tayanch oliy o`quv 
yurtlarilarida esa alohida axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektorlar, hamda 
dekan muovinlari lavozimi tashkil etildi; 
- Ta‘lim muassasalarini kompyuterlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirishga 
e‘tibor kuchaytirildi va hozirga kelib oliy o`quv yurtlarilari bo‘yicha o‘rtacha 
ko‘rsatkich har 100 talabaga 5,62 bo‘lishiga erishildi (Vazirlar Mahkamasining 
2002 yil 6 iyundagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dasturga asosan
2003 yilning oxirigacha mazkur ko‘rsatkich 4,7 bo‘lishiga erishish rejalashtirilgan 
edi). 
- Mahalliy mutaxassislarning sayi-harakatlari bilan chet el andozalariga 
nafaqat javob bera oladigan, balki ba‘zi ko‘rsatkichlari bilan birmuncha ilg‘or 
bo‘lgan E-Saboq – elektron darsliklar yaratish platformasi (Toshkent davlat 
texnika universiteti) va AILS – avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi yaratildi 
(O‘zbekiston Milliy universiteti). Hozirda E-Saboq – elektron darsliklar yaratish 
platformasida 30 ga yaqin elektron kurslar, AILS – avtomatlashtirilgan kutubxona 
tizimining o‘quv adabiyotlari portali bazasida esa 2500 ga yaqin ma‘ruza matnlari 


va boshqa o‘quv adabiyotlari joylashtirilgan bo‘lib, ulardan masofaviy tarzda 
foydalanish ham mumkin. Ushbu tizimlar internetda faol ishlab turibdi; 
- Ta‘lim muassasalarining Internet orqali kerakli ma‘lumotlarni olishlarida 
bir qator qulayliklar yaratib beruvchi E-Collektor tizimi yaratildi (Toshkent davlat 
texnika universiteti) va unga barcha oliy o`quv yurtlari uchun imtiyozli foydalanish 
imkoniyatlari yaratib berildi; 
- Respublika «Ustoz» (endilikda «Iste‘dod») jamg‘armasi bilan birgalikda 
«Yozgi maktab» ruknida, AKT va mazkur texnologiyalar asosida masofaviy 
o‘qitishni tashkil etish yo‘nalishida doimiy ishlovchi, mintaqaviy seminar-trening 
kurslari tashkil etildi va hozirga qadar mazkur kurslarda oliy o`quv yurtlarilarining 
va kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarning 800 dan ortiq pedagog kadrlari 
malaka oshirib chiqdilar. 
- Vazirlik tomonidan vazirlik tasarrufidagi barcha (33 ta) malaka oshirish 
institutlari, markazlari va fakul‘tetlari uchun eng yangi kompyuterlar (P IV) bilan 
jihozlangan kompyuter sinflari tashkil etib berildi. Bundan tashqari kutubxonalar 
alohida zamonaviy kompyuterlar bilan qo‘shimcha ta‘minlandi.
- oliy o`quv yurtlarilarining Web-saytlarini yaratish va ulardan ta‘lim 
resurslarini rivojlantirishda samarali foydalanish bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar va 
tavsiyalar ishlab chiqildi va hozirga kelib aksariyat oliy o`quv yurtlarilari o‘z Web-
saytlarini faollashtirishga erishdilar. 
Albatta, ushbu erishilgan yutuqlar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. 
Lekin, e‘tiboringizni hozirda mavjud ayrim kamchiliklarga va muammolarga 
qaratmoqchimiz: 
1. Ta‘lim sifatini oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan omillardan biri 
– pedagogning o‘zini yuqori malakaga ega bo‘lishidir. Bunda u zamonaviy 
yangiliklardan va AKTni ta‘lim jarayonlarida samarali qo‘llashdan voqif bo‘lishi, 
bu borada etarli tajribalarga ega o‘lishi o‘ta muhim sanaladi. Ushbu naqlga hamma 
professor-o‘qituvchilarimiz ham jiddiy yondoshmoqdalar deyishimiz qiyin. Ayrim 
pedagog kadrlarimiz kompyuterlar bilan ishlash yoshlarning ishi deb qarasa, 
ayrimlari ta‘lim muassasasi tomonidan maxsus kurslar tashkil etilishini kutib 


o‘tirmoqdalar. Albatta, ta‘lim muassasalari tomonidan kompyuter savodxonligini 
oshirish va bu borada qayta tayyorlovdan o‘tish maqsadida maxsus kurslar tashkil 
etmoqdalar. Lekin pedagogning o‘zidan ham tashabbus, jiddiy yondoshuv va sa‘yi-
harakat lozimdir. 
2. O‘quv fanlari bo‘yicha elektron darsliklarni yaratish aksariyat hollarda 
o‘quv fanini o‘qituvchi birgina pedagogning «tashvishi» bo‘lib qolmoqda. CHet el 
tajribasidan kelib chiqqan holda, yakka tartibdagi ish usulidan doimiy ishlovchi 
ijodiy guruhlar usuliga o‘tish eng samarali hisoblanadi. Buning natijasida sifatli va 
uzluksiz yangilanib turuvchi, ya‘ni ma‘lumotlari eskirib qolmaydigan 
(«qarimaydigan») elektron darslikka ega bo‘lish mumkin. YAxshi va sifatli 
yaratilgan, ma‘lumotlari doimiy ravishda yangilanib turadigan elektron darsliklar 
garmonik ta‘sirga ega bo‘ladi, ya‘ni talabalar ham, fanni o‘tuvchi pedagog ham 
yangi ma‘lumotlarga ega bo‘ladilar. Bunda biri ta‘lim olsa, ikkinchisi malakasini 
oshiradi. 
3. Ta‘lim jarayonlariga Axborot-kommunikasiya texnologiyalari(AKT) keng 
joriy etishda, xususan elektron darsliklar yaratish, o‘quv mahsulotlarini 
kompyuterlashtirilgan o‘quv dasturlari asosida olib borish, muayyan fanlarni, 
ayniqsa texnika sohasidagi yo‘nalish fanlarini chet tilida olib borish borasida ilg‘or 
natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirib borilishi 
nazardan chetda hollari ham kuzatilmoqda. Ushbu yo‘nalishlar nisbatan yangiligi, 
pedagogdan qo‘shimcha izlanish, vaqt va mehnat talab etishini unutmaslik lozim. 
Qolaversa, bu ishning sifatiga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bu maqsadda 
vazirlikning maxsus buyrug‘i ham qabul qilingandir (2002 yil 25 yanvardagi 23-
sonli buyruq). 
4. Oliy o`quv yurtlarilarida lokal tarmoqlarni shakllantirish va rivojlantirish 
masalalari eng dolzarb masalalardan bo‘lishi lozim. Chunki ta‘lim muassasasining 
o‘zini hududida kommunikasiya muammolari hal etilishi mumkin. Lekin, yuqorida 
kompyuter misolida aytganimiz kabi, kompyuter tarmog‘i ham ishlashi, undan 
pedagoglar, mutaxassislar va albatta talabalar samarali foydalana olishlari mumkin 


bo‘lishi kerak. Lokal tarmoqlar albatta kutubxona resurslari ham o‘z tarkibiga 
olishi lozim. 
5. Ta‘lim muassasalarining Web-saytlarining ishini yanada faollashtirish 
zarurdir. 
Web resurslar faqatgina oliy o`quv yurtlari xususidagi tanishuv 
ma‘lumotlardangina emas, balki boshqa ta‘lim resurslari, ya‘ni ma‘ruza matnlari, 
yozma ishlar namunalari, yangi adabiyotlar, turli elektron o‘quv bazalarining va 
masofaviy o‘qitish kurslarining manzillaridan iborat bo‘lishi Web-saytlarni faol 
tarzda ushlab turishda va ularning keltiradigan samarasida juda muhim 
hisoblanadi. 
6. Pedagog kadrlarimiz orasida chet tilini o‘rganish hanuz muhim 
masalalardan biri hisoblanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda internet resurslarining 
qariyb 80 foizi ingliz, fransuz, nemis va italyan tillaridadir. Ko‘pincha ruscha 
internet ma‘lumotlari bilan chegaralanish hollari kuzatilmoqda. Modomiki, 
avtomatik tarzda tarjima etuvchi dasturiy mahsulotlar yordamida kerakli 
ma‘lumotlarni tarjima qilish va ularni keyin qayta ishlab chiqish mumkin. Buni 
yana bir muhim ta‘siri: izlanuvchi olingan ma‘lumotlar sohasida tayanch 
bilimlarga ega bo‘lsa, tarjima ma‘nosini keltirib olishi va aynan mana shu usul 
bilan ham tilni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtirishi mumkin bo‘ladi. 
7. Internetdan foydalanish samaradorligini unga ulangan kompyuterlar 
sonini oshirish sifatida tushunish hollari ham uchramoqda. Bu esa, kommunikasion 
imkoniyatlarni hisobga olmagan holda bir vaqtning o‘zida optimal sonidan ko‘proq 
bo‘lgan kompyuterlar internetga kirishi va trafik sifati keskin kamayib ketishiga 
sabab bo‘lmoqda. Bunday hollar internet bilan aloqa tez-tez uzilishiga, ish sifatini 
pasayishiga va ta‘lim muassasasining internet bilan bog‘liq harajatlari ortib 
ketishiga olib keladi. Har bir ta‘lim muassasasida internetga ulanishdagi o‘z 
imkoniyatlarini to‘liq o‘rganib chiqilib, trafikning sifati juda ham tushib 
ketmaydigan holatdagi bir vaqtda ishlaydigan kompyuterlar sonini belgilanishi va 
kompyuterlar qat‘iy belgilangan jadval asosida internetga chiqishini ta‘minlash 
zarurdir. Internetdan foydalanish samaradorligini oshirishda undan olinayotgan 


ma‘lumotlar hajmini orttirilishi bilan bir qatorda, internet orqali ma‘lumotlar 
uzatishga ham e‘tibor kuchaytirilishi lozimdir. CHunki, ushbu masalani ijobiy hal 
etilishi, internet bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy harajatlarni kamayishiga, va hatto 
daromad olishga ham olib kelishi mumkin. YUqorida ko‘rib chiqilgan kamchiliklar 
va muammolarni bartaraf etish borasida birinchi galda ta‘lim muassasalarining 
AKT ta‘lim tizimiga tadbiq etish va rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan 
tadbirlarni qat‘iy va og‘ishmay bajarilishiga e‘tiborni kuchaytirish, joiz bo‘lsa, bu 
dasturga tegishli o‘zgartirishlar kiritish lozimdir. 
Ta‘lim tizimini axborotlashtirish maqsadida har bir ta‘lim muassasasida 
quyidagi asosiy vazifalar bosqichma-bosqich va ketma-ket bajarilishini 
ta‘minlashimiz lozim bo‘ladi: 
- zamonaviy AKT bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish
- o‘quv-ta‘lim jarayonlarida AKT keng joriy etish va ulardan samaraliroq 
foydalanishni ta‘minlovchi moddiy-texnika bazasini yaxshilash; 
- ta‘lim sifatini oshirishga qaratilgan innovasion texnologiyalarni o‘qitish 
jarayonlarida samarali qo‘llash; 
- o‘quv jarayonlarini boshqarish va axborot ta‘minotini yo‘lga qo‘yishga 
qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. 
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi yo‘nalishlardagi olib 
borilayotgan faoliyatni kuchaytirish kerak bo‘ladi: 
- pedagog kadrlarni AKT sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlashda 
takomillashtirish; 
-
hamda xalqaro ta‘lim resurslaridan keng va samarali foydalanishni ta‘minlash; 
-
kelib chiqqan holda, yuqorida keltirib o‘tilgandek, garmonik tarzda o‘tilishini 
ta‘minlovchi elektron darsliklar, virtual stendlar va tajriba ishlari yaratishni 
kuchaytirish; 
- internet 
resurslaridan samarali foydalanishga erishish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish; 


- talabalarga qo‘shimcha ta‘lim berish, qolaversa pedagog kadrlar va 
mutaxassislarni malakasini oshirishga qaratilgan televidenie orqali masofaviy 
o‘qitish, internet orqali imtiyozli va bepul o‘qitiladigan ochiq (online) kurslaridan 
samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi, O‘zbekiston Aloqa va 
axborotlashtirish agentligi hamda O‘zInfoKom Markazi bilan birgalikda «Axborot 
texnologiyalari sohasida eng yaxshi dasturiy mahsulotlar» nomida respublika 
tanlovini o‘tkazdi. Tanlovda faqat oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarining, 
hamda umumta‘lim maktablarining o‘qituvchilari, talabalari va o‘quvchilari 
qatnashdilar. Tanlovga kelib tushgan ishlar, ularning ekspertizasi va mualliflarning 
chiqishlari shuni ko‘rsatdiki, respublikamizda, agar ular bilan alohida va muntazam 
ishlash tashkil etilsa, ularga to‘g‘ri yo‘nalish berilsa respublika iqtisodiyotini 
yanada baland bo‘lishini ta‘minlovchi yangi – dasturiy mahsulotlar industriyasini 
yaratish uchun munosib zamin yaratiladi. 
Umuman olgan AKT ta‘lim tizimida ajralmas bir bo‘lak bo‘lib, ta‘lim 
sifatini keskin oshishida, nafaqat ta‘lim tizimini, balki jamiyatimizni ham 
axborotlashtiriluvida, respublika iqtisodiyotini rivojlanishida va jahon axborot 
makonida vatanimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishida muhim omil bo‘lib 
hisoblanar ekan. 
Hozirgi ta`lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanilishi 
ta`lim sifatini oshishiga olib kelmoqda. Bu yo‘nalishning bir bo‘limi sifatida 
masofaviy ta`lim turadi. Masofaviy ta‘limda ishtirok etuvchilar bilan olib 
borilayotgan ishlar, asosan, ularni uch guruhga bo‘lgan holda amalga 
oshirilmoqda: o‘qituvchilar guruhi, talabalar guruhi va uslubchi (t‘yutor)lar guruhi.
Bunda masofaviy ta‘limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
ushbu jarayonda ishtirok etuvchilarning an‘anaviy o‘quv jarayonidagi faoliyatidan 
farq qiluvchi asosiy vazifalari belgilandi va ular tegishli guruhlarga tanishtirildi.
Masofaviy ta‘limda o‘qituvchining faoliyati ma‘lum bir darajada o‘zgaradi. 
Uning 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish