O‗zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar davlat


 o‘quv materiallarini jo‘natishning boshqa shakllari - 5 - 20%



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/86
Sana08.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#434939
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida informatikadan masofaviy oqitish shakl va uslublarini tashkil etish uslubiyoti

 

o‘quv materiallarini jo‘natishning boshqa shakllari - 5 - 20%.
 
Elektron pochta - dasturiy-uskunaviy vositalar to‘plami bo‘lib, u 
kompyuterlar o‘rtasida ma‘lumotlarni uzatishga qaratilgan. Ma‘lumotlar oddiy 
matn ko‘rinishida yoki matnli bo‘lmagan (dastur, grafik, video, tovush) shaklda 
bo‘lib, bunda ma‘lumotlarni etkazish uchun esa bir necha sekundlardan bir necha 
o‘n minutlargacha vaqt sarflanadi.


Elektron ma‘lumotlarni olish, shu bilan birgalikda javobni tayyorlash va 
jo‘natish qatnashchilarning har biri uchun qulay paytda amalga oshiriladi. SHuning 
uchun, elektron pochta interaktiv bo‘lmagan axborot texnologiyalari qatoriga 
kiritiladi va «off-line» rejimida amalga oshiriladi. Elektron pochta, 
telekommunikasion texnologiyalarining eng arzon va uncha murakkab bo‘lmagan 
turlaridan biri hisoblanadi. Lekin elektron pochta joriy vaqt rejimida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muloqot o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi uchun, uning pedagogik 
jarayondagi samarasi cheklangandir. 
Masofaviy ta‘limni amalga oshirishda elektron pochta quyidagi vazifalarni 
bajarish uchun qo‘llanilishi mumkin: 

tinglovchiga o‘quv va o‘quv-uslubiy materiallarni hamda ma‘muriy 
ma‘lumotlarni tezkor etkazish; 

o‘qituvchiga bajarilgan uy vazifalarini tez etkazish. 

o‘qituvchi va tinglovchi o‘rtasida o‘zaro aloqani o‘rnatish; 

tinglovchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni tashkil qilish; 

off-line rejimida telekonferensiyalarni tashkil qilish; 

masofaviy ta‘lim tizimi ichida xizmat ma‘lumotlarini ayir-boshlashni tashkil 
qilish. 
Elektron pochtaning, masofaviy ta‘lim kurslarini o‘tkazishda o‘qituvchi 
uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari 
quyidagilardir: 

xabarlarni tarqatish ro‘yxatini tuzish; 

xatga ilovalarni yaratish (faylni biriktirish); 

xabarga tayyor fayldan matn yoki rasmni kiritish;

xabarlarni qayta ishlash qoidalarini o‘rnatish. 
Masofaviy ta‘limda o‘qituvchi va talaba hamda talabalararo aloqani 
o‘rnatish uchun telekonferensiyalardan foydalanish mumkin. Bu texnologiya 
yordamida o‘qituvchi har bir tinglovchi bilan individual shug‘ullanishdan ozod 
bo‘lib, tinglovchilar jamoasiga bir vaqtning o‘zida ta‘lim beradi. 


Telekonferensiyalar yozuvlar almashinuvi shaklida elektron pochta 
yordamida(off-line rejimida) yoki joriy vaqt (on-line) rejimida tashkil qilinishi 
mumkin. Birinchi holatda ma‘lumotlar tinglovchilarga ro‘yxat bo‘yicha jo‘natiladi. 
Ikkinchi holatda esa telekonferensiyani tashkil qilish uchun maxsus dasturiy 
ta‘minotdan foydalaniladi. Bunda telekon-ferensiyaning o‘zi joriy vaqtda matnli 
ma‘lumotlarni almashishidan iborat bo‘lib, ma‘lumotlar barcha telekonferensiya 
ishtirokchilari kompyuterlarining ekranida darhol hosil bo‘ladi.
Joriy vaqt rejimidagi telekonferensiya maxsus dasturlarining interfeysi 
asosan uchta elementdan tashkil topadi: 

xabar matnini kiritish va taxrirlash maydoni; 

asosiy maydon (bu erda hamma qatnashchilar yuborgan matnli xabarlar 
joylashtiriladi); 

qatnashchilar ro‘yxatini aks ettiruvchi maydon. 
Ma‘lumotlarni ayirboshlash bir vaqtning o‘zida yoki differensial ravishda 
amalga oshirish mumkin.
Konferensiya yakunlangandan so‘ng, har bir qatnashchi matn ma‘lumotlarini 
fayl tarzida saqlab qolish imkoniyatlariga ega. 
1-rasm. Masofaviy ta‘lim oluvchilariga elektron pochta orqali ma‘lumotlarni 
jo‘natish oynasi. 


Masofaviy ta‘limni tashkil qilishda qo‘llaniladigan asosiy vositalardan biri 
Internetdagi Web-muhitdir. Bu muhit orqali turli ko‘rinishdagi ma‘lumotlarni 
birlashtirishi va ularni istalgan masofaga jo‘natishi mumkin. Bundan tashqari
Web-muhit ma‘lumotlarini universal ko‘rinishlarini (interfeysni) yaratish bo‘yicha 
keng imkoniyatlarga ega.
YUqoridagilarga asoslangan holda, Web-muhit yordamida masofaviy 
ta‘limning bir nechta vazifalarini amalga oshirish mumkin: o‘quv va test o‘tkazish 
vositalarini yaratish, istalgan ko‘rinishdagi (matnli, grafikli, audio va 
videomateriallar) o‘quv kurslarini saqlash va namoyish etish, talabada hosil 
bo‘ladigan savollarga tezkor javoblarni jo‘natish hamda tarmoq bo‘yicha 
yuklanadigan ilovalarni yaratish. Bu esa o‘z navbatida turli asoslardagi dasturiy 
ta‘minotning ishlashini ta‘minlaydi. O‘qituvchining talaba bergan savollarga javob 
oynasi 2-rasmda ko‘rsatilgan. 
Web-muhitda masofaviy ta‘limni tashkil qilish shuni ko‘rsatdiki, bu 
muxitdagi o‘quv materiallari, an‘anaviy darslik va o‘quv qo‘llan-malaridan farq 
qilgan holda, o‘ziga hos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ana shunday xususiyatlardan 
biri bu o‘quv jarayonini interaktiv vositalar yordamida olib borishdir. Harakatdagi 
tasvirni hamda audio axborotni kodlash va dekodlash texnologiyalari 
yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlar Web-server tarkibiga harakatlanuvchi videoni 
kiritish imkoniyatini yaratdi. Umuman olganda, Web-hujjatni harakatlanuvchi 
video bilan ta‘minlash ikki xil turdagi modellarda amalga oshiriladi: 

Web-server va videoserverlar funksiyalarini birlashtirish. 

Ikki mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan serverlarni tashkil qilish. 
Ikkinchi variant grafikli oqimni boshqarishda juda katta imkoniyatlarni 
ochib beradi, kommunikasion tarmoqlarning yuklamalarini kamaytiradi va ko‘p 
mijozlarga qulay bo‘lgan xizmatni tashkil qiladi.
Zamonaviy videoserverlar «jonli» video va audio material (ma‘ruza) larni 
uzatish imkoniyatiga ega bo‘lib, ushbu texnologiyani ta‘lim jarayonida ishlatish 
qo‘shimcha qulayliklarni yaratmoqda. 


Mediaserverlar Web-o‘quv materiallarining samaradorligini oshi-rish uchun 
ham foydalanilmoqda. Uning yuqori didaktiv imkoniyatlari, o‘quv kursining 
fragmentlari sifatida video materiallar kiritish, noyob asbob-uskunalarning 
ishlashini, zararli muhit va kirishga noqulay bo‘lgan joylarda bo‘layotgan 
jarayonlarni o‘rganishda yordam beradi. 
Auditoriyalarda olib boriladigan an‘anaviy o‘quv jarayonidagi o‘qituvchi va 
talaba o‘rtasidagi muloqot, kerakli darajada kompyuterli videokonferensaloqa 
yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Video-konferensaloqaning tarixi 
televizion tizimlarni ishlatish davri bilan bog‘liq. Audio va video raqamli 
signallarni uzatish sohasidagi yutuqlari kompyuterli videokonferensaloqa 
tizimlaridan keng foydalanish imko-niyatini bermoqda.
Kompyuterli videokonferensaloqasining sifati ko‘p jihatdan kompyuter lokal 
tarmog‘ida ham, Internet tarmog‘ida ham foydalanuvchilar o‘rtasidagi 
ma‘lumotlarni almashtirish tezligiga bog‘liqdir. Bu tezlik o‘z navbatida kanalning 
o‘tkazish darajasi hamda bu kanaldagi foydala-nuvchilar soniga bog‘liqdir. 
Afsuski, hozirda talab qilinayotgan sifat faqat ma‘lum bir lokal tarmoq ichida 
ta‘minlanmoqda. Internet tarmog‘ida esa bu ko‘rsatkich qoniqarsizdir. SHuning 
uchun hozirda ushbu tizimlarning yuqori sifati ISDN (Integrated Services Digital 
NetWork) tarmoq bazasida ta‘minlanmoqda.
Zamonaviy 
kompyuterli 
videokonferensaloqa 
tizimlarining 
asosiy 
vazifalarni quyidagilardan iborat: 

audio ma‘lumotlarni almashish; 

video ma‘lumotlarni almashish; 

virtual auditoriya doskasini yaratish; 

klaviatura orqali matnli ma‘lumotni kiritish orqali muxokamani tashkil etish; 

fayllarni jo‘natish; 

amaliy dasturlardan birga foydalanish; 

ko‘p tomonlama konferensiyalarni o‘tkazish. 



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish