Bitiruv malakaviy ish ta‘lim jarayonida talabalarni
axborot texnologiyalari
asosida tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘lib ushbu mavzu bo‘yicha
mavjud manbalardan foydalangan holda o‘rganib chiqiladi va zaruriy xulosalar
chiqariladi. Bitiruv malakaviy ishi
4 ta bob, 7 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yhatidan iborat
.
Kirish qismida
Respublikamizda «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish borasida qator ishlar amalga
oshirilishi, ta‘lim
tizimi tubdan isloh qilinib, davlat standartlari asosida o‘quv
dasturlari yangidan tuzilyatgani xaqida gap yuritilgan.
Asosiy qismda asosan,
masofaviy o‘qitish — bu informatsion va
kommunikatsion texnologiyalar —
elektron pochta, Internet,
video konferentsiya,
audio, video ma‘lumotlar va mul‘timedia o‘quv qo‘llanmalariga
asoslangan
uzoqdan turib o‘qitish, o‘rgatish usulidir. Masalan masofadan biror yangi mavzu
yoki predmet bo‘yicha ma‘lumotlarni viloyatlardagi ixtiyoriy o‘quv yurtlariga
uzatish mumkinligi haqida so‘z yuritilgan.
Analitik qismda ―Masofaviy o‘qitishning texnologiya
elementlari hatto yuz
yillardan beri ko‘rib kelinadi. Bunga Rossiya tajribasidan misol qilib general
A.M.Shanyavskiy nomidagi Moskva Xalq Universiteti,
Naxotka shaxridagi
Morexodnaya maktablarini olish mumkin. Bu yerda V. P. Chernov 1987 yili
masofaviy o‘qitishni joriy etilganligi ta‘kidlangan.
Ma‘lumki dunyoda ilmiy izlanishlar bo‘yicha axborotlar doim o‘sib, ularni
tahlil qilish jarayoni tobora murakkablashib bormoqda.
Pedagogik qismda nima uchun t‘yutorlik zarur degan savolga javob berish
uchun o‘quvchining masofadan o‘qitish kurslarida qatnashish
tajribasini ularning
nuqtai nazaridan tasavvur qilish zarur: bir pedagog tavsiya qilganidek o‘quvchi
kabi o‘ylamoq, keyin esa o‘qituvchi kabi harakat qilish kerakligi aytib o‘tilgan
.
Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi,
xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar qismlarini o‘z ichiga oladi.
Ishning xulosasida masofaviy ta‘lim — bu informatsion va kommunikatsion
texnologiyalar — elektron pochta, Internet, video konferentsiya, audio, video
ma‘lumotlar va mul‘timedia o‘quv qo‘llanmalariga asoslangan uzoqdan turib
o‘qitish, o‘rgatish usulidir. Masofaviy ta‘limda talabadan doimiy faoliyat —
interaktiv o‘qitish talab etiladi. Bu esa mutaxassisning bilimi
va qobiliyatini sifat
xarakteristikasini oshirishi xaqida so‘z yuritilgan.
Mehnat muxofazasi, inson faoliyatini xavfsizligi va xulosa bitiruv
malakaviy ishning oxirgi bo‘limlaridan o‘rin olgan.
Ish so‘ngida xulosa va foydalanilgan manbalar ro‘yxati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: