O’zbekiston me’morchiligi (Samarqand shaxridagi tarixiy obidalar haqida umumiy ma’lumot) Reja



Download 28,01 Kb.
bet1/6
Sana18.01.2023
Hajmi28,01 Kb.
#900123
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kkkkk



O’zbekiston me’morchiligi (Samarqand shaxridagi tarixiy obidalar haqida umumiy ma’lumot)


Reja:

1.O‘zbekiston me‘morchiligida betakror tarixiy yodgorliklar.


2. Samarqand afsonaviy shahar
3. Imom al Buxoriy yodgorlik majmuasi
4. Amir Temur maqbarasi
5. Bibixonim Jome masjidi
6. Xulosa

Me'morlik — insonning har kungi hayotidan ajralmas san'atdir. Me'morlik ham san'atning boshqa turlari singari davlat tarixi, madaniy-ma'naviy ettiradi, xalqning turmush tarzi, esteti li shakllarda namoyon etadi. Shuning uchun bu san'at tarixiy voqealarning solnomasi, davr oynasi sifatida e'tirof etiladi. O'zbekiston zamini me'moriy obidalarga boy o'lka. Bu zamonlardan boshlab me'morlik san'ati rivojlanib kelgan. Dastlab odamlar g'orlarda yashash bilan birga yer ustiga ham turarjoylar qura boshlaganlar. Loy va turli shakldagi xom g'ishtdan foydalanib uylar qurishgan, bino devorlari, pollarni suvashgan va rang berib xonalarni bezashgan. Neolit (mil. aw. 6—4 minginchi yillar) davri so'ngiga kelib O'zbekiston yerlarida qo'rg'ontepalar qurilishi zaminida shahar va shahar-davlatlari rivojlanib bordi. Shu shahar-davlatlarda me'morlik majmualari yaratildi. O'zbekiston me'morligining antik va ilk feodalizm davrlari ham me'moriy boy bo'lgan. Bu davrda yangi me'moriy g'oyalar paydo bo'ldi, me'morlik majmualari, mavzuli rassomlik kompozitsiyalari, mahobatli haykaltaroshlik asarlari yaratildi. Feodallarning qasr-qo'rg'onlari, boy va yangilandi. Bu davr me'morligining o'ziga xos tomonlari qo'rg'on-qasrlar — ko'shklar qurilishida sezilarli bo'ldi. Bu qo'rg'on-qasrlar awalgi badiiy-madaniy markazlardan birmuncha chekkada bo'lib, asosan, dehqon-feodallarning turarjoyi sifatida paydo bo'ldi. Bu qo'rg'onlar mustahkam devorlar bilan o'ralgan. Shu qo'rg'on-qasrlar atrofida keyinchalik turarjoylar, bozorlar paydo bo'la borgan. Vaqt o'tishi bilan ana shu yerlar ham qalin devorlar bilan aylantirib o'rab olina boshlangan. O'zbekiston me'morlik san'atining yangi bosqichi rivojlangan feodalizm davriga to'g'ri keladi. Shu davrda O'zbekiston jahonga ajoyib olimlarni berdi. Me'morlikda yangi tipdagi binolar, ijodiy g'oyalar yuzaga keldi. Shahar hayoti rabotga ko'chdi. Shu yerda gavjum bozorlar paydo bo'ldi. Savdo qatorlari yaqinida esa hunarmandlar jamoalari shakllana bordi. Shaharda va undan tashqarida jamoat va turarjoylar ko'plab qurildi. Bu qurilishlarda asta islom dini bilan bog'liq me'morlik shahar qiyofasini belgilashda muhim o'rin egallab, dinlar bilan bog'liq diniy binolar masjid tiplari yuzaga kelib, juma masjidi hamda shahardan chekkada namozgohlar barpo etilib, ichida qibla tomonda — mehrob yonida minbar qurilgan. Uzun minora ishlanishi ham shu davr mahsulidir. O'quv dargohlari — madrasalar qurilishi ham jonlana boshladi. Xonaqohlar alohida masjid-madrasalarda, ularning yaqinida qurilgan. Shunday xonaqohlar Samarqand, Buxoroda ko'plab uchraydi. Savdo chorrahalarida Chorsu savdo gumbazlari, shahar darbozalari oldida karvonsaroylar hamda shahar va undan tashqarida maqbaralar qurilishi shu davr me'morligining o'ziga xos yangi yo'nalishlari mahsuli edi. Ayniqsa, maqbaralar qurilishida bezak san'ati yutuqlari o'z ifodasini topdi. Qurilishda xom g'isht, paxsadan tashqari pishiq g'isht va alebastr qorishmalaridan foydalanish ham muhim bo'ldi. Uchli toqilar ham me'morlik san'ati o'zgarishlarini belgiladi. Minora qurilishi ham odat tusiga kirib kela boshladi. Temur va Temuriylar davrida me'morlik san'ati nihoyatda rivojlandi. Bu davrda me'morlikda birinchi bor vujudga kelgan yirik va murakkab me'morlik majmualari muhim o'rinni egallaydi. Me'morchilik yodgorliklarini rangli koshinlar bilan boyishi katta badiiy-estetik ahamiyat kasb etdi. Albatta, rangli bezak O'rta Osiyo me'morligida awal ham bo'lgan, lekin XW asrga kelib bino ichki va, ayniqsa, tashqi pardozida bu uslub alohida o'rinni egallay Sirli sopol taxtachalardan ishlangan rangli koshinlar XTV asr oxiridan tarqaldi. Temur nafaqat o'z ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandda, balki o'z tasarrufidagi yerlarda ham hashamatli bipolar qurdirdi.Temur va Temuriylar davri me'moriigini Shohizinda me'morliktasavvur etib bo'lmaydi. Afsonaviy Afrosiyob i bu majmua XI — XII asrlarda mavjud maqbaralar o'rniga i bu yer musulmonlarga jadar ham muqaddas sajdagoh joyi bo'lgan. Bu yerda avliyo Qusam ibn Abbos maqbarasi bo'lib, go'yo ―u shu yerda tirilib yer ostiga kirib ketgan va oxiratgacha o'sha yerda yashagan ― nomi shu yerdan olingan. Hozirgi Shohizinda i ko'rinishi XIV — XV asrlarning birinchi yarmida shakllangan. U 1434 — 1435-yillarda Ulug'bek tomonidan qurdirilgan peshtoq bilan boshlanadi. Ulug'bek davrida me'moriy san'atda qator nodir yodgorliklar barpo etildi. Ulug'bek madrasasi, rasadxona shular jumlasidandir. Ulug'bek rasadxonasi uch qavatli bo'lib, ichki qismi rasmlar bilan bezatilgan. Unda tabiat manzaralari keng o'rinni egallagan. Shayboniylar davrida Buxoro Markaziy Osiyoning yirik biriga aylanadi. Shaharda Temuriylar i binolar qad ko'tardi. Buxorodagi markaziy ansambllardan Katta Kalon Jome' jidi va Mir Arab madrasasi ham shu uslubda barpo etildi. Ulug'bek madrasasi qarshisiga mahobatli Sherdor va uning yoniga Tillakori madrasalarini qurdiradi. XTV asrda Chor-Bakr majmuasi, Toshkentdagi Ko'kaldosh madrasasi barpo XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Xivaning mashhur yodgorliklari o'zining Lo'rinishiga ega bo'ladi. Darvozalar, karvonsaroylar va madrasalar shahar ko'rki ochiladi. Pahlavon Mahmud maqbarasi, Tosh Hovli kabi dari bugungi kunda bezakdorligi hamda go'zalligi bilan kishilarni hayratga i. Islomxo'ja minorasi shaharning ajoyib me'morchilik yodgorligi hisoblanadi. Xorazm davlati miloddan avvalgi II — I asrlarda esa o'zining gullagan davrini boshidan kechiradi. Tuproqqal'a shu davrning muhim yodgorligidir. Qal'a qalin devor bilan aylantirilib o'rab va atrofidan zovur o'tkazilgan. Asosiy darvozadan shahai keng va to'g'ri yo'l shaharning bosh maydoni va u yerda mavjud bo'lgan va hokim saroyiga olib borgan. Qal'adagi saroy va ibodatxonalar bezakka boy va hashamatli qilib qurilgan bo'lib, uni bezashda rassomlik va haykaltaroshlik san'atidan foydalanilgan. Rivojlangan feodalizm davrining nodir yodgorligi Somoniylar. Bu maqbara haqli ravishdajahon i hisoblanib, dastlab o'zining sodda va 1 mutanosibligi va me'moriy shakl devorining nihoyatda nafis holda bir-biri bilan uyg'unlashib ketganligi bilan ajralib turadi. Maqbara asosi kvadrat bo'lib (7,20 x 7,20), to'rt tomonida arkli eshik mavjud. Maqbara tashqi tomondan tepaga bir oz torayib boruvchi kub va uning ustiga o'rnatilgan yarim aylana shaklidagi qozonni eslatadi. Binoning tashqi devor yuzasi pishiq g'ishtni tmii holda taxlanishi hisobiga badiiylashtirilgan. G'ishtning goh yon, goh burchagi bilan qo'yilishi yuzada yorug'- soya o'yinini oshirib, uni xushmanzarali bo'lishini ta'minlagan. Bu yorug'lik-soya o'yini esa kurash nurining o'zgarishi bilan turlanib boradi va har safar qaytarilmas joziba beradi. Bir oz mungli ko'ringandek bino abad uyqudagilar uchun sokin va mungli sukut saqlayotgandek tuyuladi.

Download 28,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish