O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet57/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Ko‘rgazma. 1. Ko‘rish, tomosha qilish uchun qo‘yilgan narsalar va shu narsalar qo‘yilgan joy. 2. ayn. ko‘rsatma.
Ko‘rgazmali. 1. O‘rgatish, tushuntirishda namuna tarzida xizmat qiladigan narsa, materialga ega. Ko‘rgazmali dars. Ko‘rgazmali mashg‘ulot. 2. (to‘g‘risiko‘rgazma) Ko‘rsatish uchun foydalaniladigan, xizmat qiladigan. Ko‘rgazmali qurollar120.
“Har bir darsning mazmun-mohiyatini turli xil tasviriy rasmlar, jadvallar va boshqa vositalar orqali jonlantirib, qayta yodga solish – ko‘rgazmalilik deb ataladi”121.
Ko‘rgazmali qurollar darsda va sinfdan tashqari ishlarda ma’lum maqsadlarda ishlatiladi. O‘qituvchi ulardan dars jarayonlaridan tashqari fakultativ, to‘garak va boshqa mashg‘ulotlarda ham keng foydalanishi mumkin.
Ko‘rgazmali qurollar darslikda berilgan nazariy va amaliy materiallarni chuqur o‘zlashtirishga yordam berishi, u yoki bu mavzu bo‘yicha hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga, ta’lim oluvchilarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilishi lozim. Ko‘rgazmali qurollar (plakat, slayd, jadval va h.k.)da berilgan har bir so‘z, jumla va ularga mos ishlangan shakllar, rasmlar, turli ifodalar ta’limiy xususiyatga ega bo‘lib, o‘quvchini tarbiyalashi, estetik didini shakllantirishi va rivojlantirib borishi kerak.
Ko‘rgazmali qurollarning turli didaktik vazifalari va imkoniyatlarini nazarda tutib, darsda ularni kompleks holda qo‘llash talab qilinadi. Shu holatda darsning har bir vazifasini hal qilishda eng yuqori samaraga erishish mumkin. O‘rganilayotgan mavzularning turli jihatlarini yoritish lozim bo‘lgandagina har xil ko‘rgazmalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Ko‘rgazmali qurollarni tanlashda ularning imkoniyatlarini har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyati va har qaysi darsning mazmuni bilan taqqoslash zarur.
Ko‘rsatish metodidan foydalanganda ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati shakllanadi va rivojlanib boradi. Ko‘rgazmali qurollar namoyish qilinib, yaxlit obraz hosil qilinadi, abstraksiyani shakllantirish jarayonini yengillashtiradi, bilimlarning tushunarlilik darajasi oshadi.
Pedagogik adabiyotlarda qayd etilishicha, “ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya shaklida olib boriladi”122. Namoyish etish va ekskursiya o‘quvchilarning o‘quv materiallarini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini ta’minlashi uchun muhim ahamiyatga ega.
Odatda, har bir dars mumkin qadar ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda olib boriladi. Ta’lim jarayonida namoyish etish metodidan foydalanish, asosan, o‘quv materiallarining xarakteriga, mazmuni, shakli va hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali materiallarni xarakter jihatidan quyidagi turlarda bo‘lish mumkin:
1. Asl holida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar (tabiiy ko‘rgazmali qurollar).
2. Tasviriy ko‘rgazmali qurollar. Bular:
a) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi materiallar, rasmlar, fotosuratlar, slaydlar, diafilmlar, kinofilmlar va boshqalar.
b) buyum, narsa va hodisa, voqealar biror shartli belgi orqali ifodalangan timsol va jadvalli tasviriy materiallar, xaritalar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar va boshqalar.
Tasviriy ko‘rgazmali materiallarning har ikkala turi ham ikki xil shaklda qo‘llanilishi mumkin:
a) ko‘rgazmali materialni o‘qituvchi namoyish qiladi;
b) ko‘rgazmali materiallar ta’lim oluvchilarga tarqatiladi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar tomonidan tasviriy materiallardan keng foydalaniladi. Undan unumli va samarali foydalanish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: ta’lim oluvchilarga o‘tiladigan dars oldida namoyish o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad qisqacha tushuntiriladi; ko‘rgazmali materiallar o‘qituvchi bayonining ma’lum paytida ko‘rsatiladi yoki tarqatiladi; namoyish jarayoni o‘qituvchi tomonidan izohlab beriladi.
3. Texnik vositalardan foydalanish ko‘rgazmaliligi – bunda plastinkalar, magnitofon, kompakt disklar, televizor, videomagnitofon, kodoskop kabi vositalardan dars davomida o‘rinli foydalanish mumkin.
Ayrim mavzularning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf yoki auditoriya sharoitida namoyish qilish ko‘zlangan maqsadni bermasligi mumkin. Shuning uchun o‘tiladigan mavzularning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Ekskursiya ham ko‘rgazmalilik metodining eng samarali va tabiiy usuli hisoblanadi.
Dars berish jarayonida doska, undagi yozuvlar va xomaki rasmlar ham ko‘rgazmali vosita sanaladi. Har bir o‘qituvchi doskadan foydalanishda unga qo‘yilgan didaktik talablarga to‘liq rioya qilishi kerak bo‘ladi.
Ta’limda ko‘rgazmalilik metodidan foydalanishga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:
1. Ko‘rgazmalar o‘quvchilarda ko‘rgazmali, obrazli taffakkurni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
2. Ko‘rgazmali qurollar o‘rganilayotgan o‘quv materialini o‘zlashtirishda nazariy bilimlarni aniqlashtirish va sistemaga solishga imkon yaratishi kerak.
3. Ko‘rgazmali qurollardan maqsadga muvofiq o‘rganiladigan mavzuning asosiy muhim masalalarini o‘zlashtirishga bevosita yordam beradigan holda foydalanish kerak.
4. Ko‘rgazmali qurollar tegishli sinf yoki guruhning o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim oluvchilar tafakkurining og‘zaki mantiqiy yoki ko‘rgazmali, obrazli ekanligiga qarab tanlanishi kerak.
5. Ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilishda ularning tuzilishini aniq tushuntirish, butun sinf yoki guruh uchun aniq ko‘rinishini ta’minlash va tushuntirishlarni ko‘rgazmali qurollar, darslik va daftardagi yozuvlar bilan birgalikda qo‘shib olib borish kerak.
O‘zbek tili va adabiyot darslarida ham ko‘rgazmalilikni amalga oshirishda birinchi o‘rinda ta’lim oluvchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Darsdagi har bir ko‘rgazmali quroldan foydalanishning o‘ziga xos talablari va xavfsizligiga to‘liq rioya qilish o‘qituvchilarning doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim. Chunki tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar gigiyenik va psixologik tomondan o‘quvchilarga mos bo‘lishi kerak. Bundan tashqari har bir tayyorlangan ko‘rgazmali quroldan foydalanishda vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish hamda darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi. Tayyorlangan ko‘rgazmalarning sifati, ko‘zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va ulardan to‘g‘ri foydalanish dars samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rgazmalilik ta’lim oluvchilar tomonidan o‘rganilayotgan u yoki bu narsalar to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lmagan paytda juda zarurdir. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, ko‘rgazmali qurollarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto‘g‘ri tanlash ta’lim oluvchilarga va dars jarayoniga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rgazmali qurollar ta’lim oluvchilarning bilimlarini izchillashtirish va boyitishda, shuningdek, ularning fikr yuritish jarayonini faollashtirishda katta ahamiyatga ega.
Barcha fanlar kabi o‘zbek tili va adabiyot ta’limida ham yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rgazmalilik turlari bilan bir qatorda ifodali so‘z ko‘rgazmaliligi, tasviriy san’at ko‘rgazmaliligi, grafik ko‘rgazmalilik, texnika vositalaridan foydalanish ko‘rgazmaliligi va adabiy ekskursiyalar kabi turlari faol qo‘llaniladi.
Dars jarayonlarida o‘quvchilarga ta’sir etish uchun sinf yoki auditoriyada emotsio‘zbek l sharoit yaratish, “ko‘rish ko‘rgazmaliligi” ni tashkil etish, sinf yoki auditoriyani jihozlash ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan, adabiyot darslarida shoirlarimiz ijodiga mansub bo‘lgan bahor mavzusidagi she’rlar o‘rganilganda sinfni bahoriy gullar, qushlar va kapalakchalar tasviri bilan jihozlash maqsadga mos keladi. O‘quvchilar bilan ertak matni ustida ishlaganda esa sinf xo‘zbek sini ilmiy-fantastik va sarguzasht adabiyotlar bilan jihozlash, shuningdek, tabiat to‘g‘risidagi asarlarni o‘rganishda darslarni tabiat qo‘ynida tashkil etish yuqori samara berishi tajribada sinalgan.
O‘qituvchining o‘rganiladigan mavzu materialini bayon qilish jarayonidagi hikoyasi, ya’ni izohi ham ko‘rgazmalilik hisoblanadi. Bu, ayniqsa, o‘zbek tili va adabiyot darslarida fan o‘qituvchisiga eng katta yordam beradigan ko‘rgazmali quroldir. “Hikoyalash ko‘rgazmaliligini qo‘llashda darsda shunday vaziyatni yaratish kerakki, ta’lim oluvchilar faol holda o‘qituvchining suhbatiga qatnashib, berilgan vazifalarni mustaqil tarzda bajarsinlar”123. Mana shunday ko‘rgazmalilik asosida tashkil qilingan darslarda ta’lim oluvchilar o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini aniq tushuna olishi va o‘zicha xulosalar chiqarishi, erkin mushohada qilishi mumkin bo‘ladi.
Ko‘rgazmali qurollar orasida grafik-chizma shakli ham muhim ahamiyatga ega. Unda muhim ma’lumotlarni so‘z va raqamlar vositasida doskaga yozish, namoyish qilish mumkin. Eng muhimi, ular shu joydayoq ta’lim oluvchilar ishtirokida tuziladi. Bunday ko‘rgazmalar jadval, sxema, sitata, plakat, diagramma, xarita, albom kabi shakllardagi qurollar bo‘lib, ular ta’lim oluvchilarning o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha xulosa va umumlashma fikrlarini aks ettiradi. Dars davomida o‘quvchilarning ko‘rish, eshitish va topshiriqlarni mustaqil bajarishi orqali mavzuni tez, oson o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi. Shuningdek, grafik ko‘rgazmali qurollar o‘zining tuzilishi va shakllari bilan ko‘rgazmalilikning boshqa turlaridan ajralib turadi.
Umuman, ko‘rgazmalilikning vazifalari xilma-xil bo‘lib, u ta’lim oluvchilarda emotsio‘zbek llikni uyg‘otadi, fanlar bo‘yicha egallagan bilimlarini to‘ldirishda, ularni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilikning muhim ahamiyat kasb etishi uchun o‘qituvchi tomonidan har bir darsda uning didaktik vazifalari aniqlab olinishi kerak bo‘ladi.
1-topshiriq. Adabiy ta’limda o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning o‘ziga xos jihatlari haqida fikrlaringizni bayon eting.
2-topshiriq. Adabiy ta’limda o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning me’yorlari yuzasidan mulohaza yuriting va “Adabiy ta’limda o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash” mavzusida qisqacha ilmiy-metodik matn yarating.
3-topshiriq. Insho, bayon, taqriz, taassurot, test kabi yozma ishlarni baholashga qo‘yiladigan talablarni bayon eting.
4- topshiriq. Joriy, oraliq va yakuniy baholash mezoni talablarini izohlang.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish