O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik


Adabiyot bo‘yicha uyga berilgan topshiriqlarni hisobga olish



Download 1,12 Mb.
bet59/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Adabiyot bo‘yicha uyga berilgan topshiriqlarni hisobga olish
Adabiyot bo‘yicha uyga beriladigan topshiriqlar ikki xil bo‘ladi: sinfda o‘rganilgan bilimni mustahkamlash va topshiriqni aniqlash, uyga topshirilgan vazifani tushunib, puxta o‘zlashtirib olishlari uchun beriladi. Uyga beriladigan topshiriqlar o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi, ularni bajarish yo‘llari ko‘rsatiladi. Uyga topshiriqlar berishda o‘quvchilarning bilim darajasini hisobga olish zarur. Masalan, asardagi badiiy tasvir vositalarini aniqlash, qahramonlarga xos xususiyatlarni aniqlash, ularni so‘zlab berish, asardagi perso‘zbek jlarga qiyosiy tavsif beriladigan insholarga tayyorlanish kabilar.
Uy insholari o‘rganilgan asarlar matni, darslik bo‘yicha, qo‘shimcha yoki tanqidiy adabiyotlarni o‘qish turlarida bo‘lishi mumkin. Uy topshirig‘ining bajarilishi sinfda aniqlanadi.
Bilishni nazorat tariqasida hisobga olish
O‘tilgan mavzu bo‘yicha har bir chorakda, yarim yilda va o‘quv yili oxirida nazorat uyushtiriladi. Bu xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan bosqichli yoki yakuniy hisob – imtihonlardan farq qiladi. O‘tkaziladigan nazorat hisobi ta’lim oluvchilaning tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun uyushtiriladi, unda o‘qituvchining yil davomida olib borgan ish faoliyati o‘z ifodasini topadi.
Reyting tizimida o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’iy nazar, besh (5) ballik, (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O‘quvilarning har bir nazorat turi bo‘yicha bilimini baholash va reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash ularning o‘quv fani mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning o‘quv yili davomida nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda yillik baholari asosida har bir o‘quv fanidan yillik reyting ko‘satkichi aniqlanadi: Bunda o‘qvchining yillik bahosi:
“5” bo‘lganda – 86, 95 va 100 reyting ko‘ratkich ballaridan biri;
“4” bo‘lganda – 71, 75, 80 va 85 reyting ko‘ratkich ballaridan biri;
“3” bo‘lganda – 56, 60, 65 va 70 reyting ko‘ratkich ballaridan biri qo‘yiladi.
Yillik reyting ko‘rsatkich ballardan iborat bo‘ib, uni belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball bundan mustasno. Agar o‘qitvch o‘quvchining reyting ko‘rsatkich balini 56 baldan kamligini e’tirof etsa, u holda o‘quvchining yillik bali minimal 55 ball etib belgilanadi. O‘quvchilar tomonidan foydalanilgan balni quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezoni asosida to‘ldirish, qo‘shimcalar kiritish, choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholarni va yillik reyting balini aniqlash faqat fan oqituvchisining vakolatida bo‘lib, bu jarayo‘zbek chetdan aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich ballarini aniqlash usuli o‘quv fani xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi taomonidan belgilanadi. O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
O‘quvchilar bilimlarini quyidan yuqoriga ijobiy baholash mezoni
Reyting tizimida ballar “1”, “2”, “3”, “4”, “5” raqamlari bilan qayd etilib, ular so‘zlar bilan quyidagicha ifodalanadi:
“1” ball – 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanildi.
“2” ball – 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanildi.
“3” ball – 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanildi.
“4” ball – 5 ta imkoniyatning 4 tasidan foydalanildi.
“5” ball – 5 ta imkoniyatning 5 tasidan foydalanildi.
Savol va topshiriqlar

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish