O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik


Guruhlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlari



Download 1,12 Mb.
bet58/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Guruhlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlari

Topshiriqlar, baholash, ko‘rsatkichlari va mezonlar

1- guruh

2-guruh

3-guruh

Maksimall ball – 2 ball










- savol to‘liq yoritib berildi (0,5 ball)










- javoblar etarli darajada asoslab berildi (0,5 ball)










- talabalarning faolligi (0,5 ball)










- berilgan savollarga javob berdi (0,3 ball)










- vaqt taqsimotiga rioya qildi (0,2 ball)










Jami: (2 ball)










1,5 – 2 ball – “а’lo”


1,0 – 1,4 ball – “yaxshi”
0,5 – 0,9 ball – “qoniqarli”
Matn bilan tanishing va topshiriqlarni bajaring.
Adabiyot o‘qitish jarayonida o‘quvchilar qobiliyati, bilimi muntazam ravishda hisobga olib boriladi. Ta’lim jarayonidagi bu nazorat ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Bilim. Adabiyot umumiy o‘rta ta’lim maktablarida asosiy o‘quv fanlaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘quvchilar bilimi adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Tabiiyki, o‘quvchilarning boshlang‘ich, V-IX sinflar yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida oladigan bilimlari bir-biridan farq qiladi. Shunga ko‘ra, I-IV, V-IX sinflar o‘quvchilarining bilimlari didaktika talablariga suyangan holda sodda, ta’limning keyingi bosqichlarida esa umumlashtirilgan tarzda hisobga olinadi va baholanadi.
O‘quvchilar umumta’lim maktablarida ilmiy bilimdan tashqari atrof-muhit, odamlar, ularning xulq-atvori, ma’naviyati xususida badiiy tasavvurga ega bo‘ladilar. Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim oluvchilarga bilim mazmuni va hajmi adabiyot dasturida belgilangan, bilimni baholash mezoni bayon etilgan. Masalan, o‘quvchilarning bilimi tahlil etilayotgan asar matnining g‘oyaviy-badiiy mazmunini tushunish va bilishi, obrazlar xulq-atvori, xarakteri, voqealarning o‘zaro bog‘liqligi badiiy tasvir vositalarining belgisi va ahamiyatini tushuntira olishi asarni ifodali o‘qishi, asar tahlili jarayonida egallanagan adabiy-nazariy ma’lumotlardan qanchalik foydalanish, javoblarining mantiqiyligi va nutqiy savodxonligiga qarab baholanadi.
O‘quvchilar bilimini sinash vositasi bo‘lgan savol-topshiriqlar, mustaqil ijodiy ishlar, testlar taqvim-mavzu reja va o‘quv dasturida belgilangan tartibda joriy, oraliq va yakuniy nazorat shaklida baholanadi.
Bilish (uquv). Ta’lim oluvchilarni baholashda ularning ma’naviy-axloqiy kamoloti, badiiy qobiliyati, estetik savodxonligi ham nazarda tutiladi. Shuning uchun ham ularning adabiyotdan bilimlari atroflicha o‘rganilishi va odilo‘zbek baholanisi kerak. Bugina emas, baholashda ta’lim oluvchining bilim sifati, asarni his qilishi, asar shakli va mazmunini tushunishi, obrazni tahlil qilish va umumlashtirishni bilishi hisobga olinmog‘i zarur.
Bilimni hisobga olish turlari
Hisobot. O‘rganilishi lozim bo‘lgan adabiy mavzu bo‘yicha material to‘plash ishi butun o‘quv yili davomida olib boriladi. Shuningdek, o‘quvchining har bir darsdagi faoliyati, topshiriqni yakka yoki ko‘pchilik bo‘lib bajarishi, sinf va uydagi tayyorgarlik ishlari hisobga olib turiladi.
Yakuniy hisobot o‘rganilgan bilimni mavzu bo‘yicha o‘zalshtirilgan bilimlarni aniqlshdan iborat bo‘ladi. Bu tur hisobot o‘tilgan mavzu bo‘yicha berilgan bilimni yakunlashda, masalan, o‘rganilgan asarlar, yozuvchi ijodi bo‘yicha ma’lumotlarni takrorlash maqsadida o‘tkaziladigan sinov va nazorat tarzida bo‘ladi. Har bir hisobot joriy, oraliq va yakuniy – og‘zaki va yozma shaklda uyushtiriladi.
So‘rash. So‘rashning mazmunini bilim va bilish tashkil etadi. So‘rash og‘zaki va yozma javob olish tarzida o‘tkaziladi. So‘rash orqali o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi aniqlanadi.
So‘rash ikki turda – yakka yoki frontal tarzda amalga oshiriladi. Yakka tartibda so‘ralganda o‘qilgan asar og‘zaki hikoya qilinadi, savollarga javob beriladi, matn ifodali o‘qiladi. Frontal so‘ralganda savolga olinadiga javob yakka o‘quvchi javobiga nisbatan chuqur va mulohazali xarakterda bo‘ladi.
Baholash. O‘qituvchi o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarni baholashda har biriga xos xususiyatlarni hisobga olinadi, ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirishga e’tibor beriladi.
Adabiyot bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikmalarni baholash – o‘quvchilarning adabiy asarni qabul qilishi va tahlil qilishi, shuningdek, nutq malakalari sifatini aniqlash va takomillashtirishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘quvchilarning adabiy nutqidagi savodxonlikni, yozma ishlarida bayon etilgan fikrdagi mantiqiylikni, izchillikni o‘zbek tili fanidan tuzilgan me’yor asosida baholaydi.
O‘quvchilarning og‘zaki javoblariga va yozma ishlariga beriladigan baho ularda adabiyotni so‘z san’ati sifatida qabul qilish va asarni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishi kerak. Bu vazifa uzluksiz adabiy ta’limda ta’lim oluvchilarning bilim darajasi hisobga olingan holda, badiiy-ijodiy ishlarni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatishdagi asosiy vazifa – ularda badiiy asarda tasvirlangan voqea va obrazlarni, yozuvchining fikr-o‘ylari va his-tuyg‘ularini so‘zlab berish ko‘nikmasini shakllantirish, voqealaga o‘z shaxsiy munosabatini bildirish malakasini o‘stirishdan iborat. Taqriz yozdirishdan maqsad esa, o‘quvchilarni mustaqil o‘qigan asarlarining g‘oyaviy-badiiy mazmunini tushunish va tahlil qilishga o‘rgatishdir.
O‘quvchilarning og‘zaki javoblari va yozma ishlarini, savollarga bergan javoblari, o‘qiganlarini qayta hikoya qilishni, qahramonlar obrazi haqida bildirilgan fikrlarni baholashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
– o‘quvchilarning asarda tasvirlangan voqea, obrazlarning xatti-harakati, xulq-atvori va ularni aks ettirishda yozuvchi qo‘llagan vositalarning o‘zaro aloqasini tushunishi;
– o‘qituvchi topshirgan vazifani hal qilish uchun asardan olingan lavha va misollarning maqsadga muvofiqligi;
– fikr bayonidagi izchillik;
– ular nutqidagi savodxonlik.
O‘quvchilar bilim ko‘nikma va malakalarini baholashda mustaqil fikrlash, vazifani mustaqil bajarish qobiliyati, javoblarning ta’sirchanligi, nutqlarining ifodali va obrazliligiga ham e’tibor beriladi.
O‘quvchi javobidagi dalillar to‘g‘ri bo‘lsa, u o‘z fikrini aniq bayon qilsa, nutqida kamchiliklar bo‘lmasa, – “5” ball qo‘yiladi.
O‘quvchi tanlagan dalillarda kamchiliklar bo‘lsa, adabiy hodisalarni bayon etishda 1-2 muhim kamchilikka yo‘l qo‘ysa, nutqida aniqlik yetishmasa – “4” ball qo‘yiladi.
O‘quvchi voqealarni bayon etishda, dalillar tanlashda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa, fikrini aniq, izchil bayon etmasa – “3” ball qo‘yiladi.
O‘quvchining javob uchun tanlagan misollari noto‘g‘ri, bayon etilgan fikr-mulohazalar asar mazmuniga mos kelmasa, nutqida jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, – “2” ball qo‘yiladi.
O‘quvchi javobidagi dalillar to‘g‘ri bo‘lmasa, u voqealarni aniq bo‘lmasa, nutqida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa – “1” ball qo‘yiladi.
Yozma ishlarni baholash. Yozma ishlarni baholashda qayd qilingan me’yordan tshqari, mavzuni ochishdagi mustaqillik, keltirilgan dalillarning to‘g‘riligi, fikrdagi izchillik va yangilik, ishning kompozitsion qurilishi va yakunlanishi ham hisobga olinadi.
Inshodagi savodxonlik o‘zbek tili dasturida ko‘rsatilgan me’yor asosida baholanadi. O‘qituvchining qo‘ygan bahosi tarbiyaviy xususiyat kasb etishi kerak. Shunga ko‘ra, og‘zaki va yozma javobga ham qo‘yilgan bahoga izoh berish talab etiladi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish