IDILLIYA (yun. eidyllion – kichik manzara, uncha katta bo‘lmagan asar) – shakliy tuzilishga ko‘ra turlicha, mazmun xususiyatlariga ko‘ra tasniflanuvchi poetik janr. I. dastlab qadimgi YUnonistonda cho‘pon qo‘shig’i sifatida yuzaga kyelgan. Antik yunon shoiri Fyeokritning aksar asarlari I. dyeb atalgan. SHaklan turlicha bo‘lgan Fyeokrit I.lari mazmun jihatidan umumiylikka ega: ularni insonning kundalik hayoti, intim tuyg’ulari, tabiatga qiziqish birlashtirib turadi, shoir e’tibori ko‘proq kishilarning g’am-tashvishdan xoli, osoyishta hayotiga qaratiladi. I.da tabiatdagi uyg’unlik va go‘zallik mutlaqlashtiriladi, ularga daxlsiz va o‘zgarmas hodisalar sifatida qaraladi. I. janr sifatida, ayniqsa, XVII – XVIII asrlarda Yevropa, XVIII asr o‘rtalarida esa rus shye’riyatida kyeng ommalashdi va rivojlandiki, bu ko‘p jihatdan syentimyentalistlarning “tabiiy inson” g’oyasi bilan bog’liqdir. Ko‘chma ma’noda I. tinchlik holati, ichki va tashqi uyg’unlik, osoyishtalik va xotirjamlikni ifodalaydi.
IDILLIYAVIYLIK (ruschadan kalka “idillichyeskoye”) – badiiylik modusi. I. modus sifatida elyegiya, dramatizm bilan birgalikda qahramonlik, satira va tragizmdan farqlanadigan guruhni tashkil etadi. YA’ni I.da dunyo mutlaq tartibot sifatida emas, balki shaxs byevosita munosabatda bo‘ladigan borliq (ya’ni konkryet inson harakatlanayotgan muhit) sifatida idrok etiladi. Idilliyaviy “myen” o‘zini tashqi olam bilan birlikda his qilishi nuqtai nazaridan qahramonlikka (q.) yaqin, biroq undan farqli ravishda, I.da kishilik jamiyati, mamlakat taqdiri bilan bog’liq muammo qo‘yilmaydi. Idilliyaviy “myen” o‘zi byevosita munosabatda bo‘layotgan muhit qadriyatlarini so‘zsiz qabul qiladi va o‘zligini ularga og’ishmay amal qilish, muhit bilan birlashib, uyg’unlashib kyetish orqali namoyon etadi. Idilliyaviy qahramon butun olam tartiboti oldidagi emas, o‘zgalar (va ular tashiyotgan an’ana, qadriyatlar) oldidagi mas’uliyat hissi bilan yashaydi (mas., T.Murod. “YUlduzlar mangu yonadi”). SHuning uchun idilliyaviy modus qahramoni, ko‘pincha, maishiy turmush doirasidagina harakatlanadi. U o‘zini borliqning ajralmas qismi sifatida idrok etadi, o‘zini qurshagan muhit (tabiat, maishiy turmush) stixiyasiga byeriladi. Idilliyaviy modusga xos asosiy xronotop – ajdodlar bilan avlodlarni birlashtirib turuvchi “qadrdon uy”, “qadrdon go‘sha”. Avlodlar o‘rtasidagi vorisiylik, inson hayotining avlodlarda davom etishi – idilliyaviy qahramon mavjudligining asosi, uning uchun hayotning mazmun-mohiyati shunda. Ayni shunday qarash idilliyaviy qahramonga o‘limning muqarrarligidan kyeluvchi iztirob va tushkunlikni yengishga kuch byeradi, I.ni elyegiyaviylikdan farqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |