O‘zbek qissalari poetikasi



Download 4,85 Mb.
bet16/54
Sana03.06.2022
Hajmi4,85 Mb.
#633643
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
d6aa521ca26ac2dd372cf773ccec8658 O‘ZBEK QISSALARI POETIKASI (1)

AFORISTIKAadabiy ijodning bir turi, muayyan hayotiy tajribaga asoslangan ibratga molik umumlashma fikrni ixcham badiiy shaklda (antityeza, parallyelizm, qiyos, paradoks va sh.k. uslubiy vositalar yordamida) ifodalash. A. voqyelikning individual-xususiy tomonlariga ko‘z yumgan holda umumiy, tipik tomonlarga e’tibor qaratadi: uning asosida tasvirlash yoki his-tuyg’ularni ifodalash maqsadi emas, muayyan hukm-xulosani bayon qilish maqsadi yotadi. Ya’ni A. obraz bilan emas, fikr bilan ish ko‘radi. Ayni chog’da, u ilm emas, A.dagi fikr ilmiy tafakkurdan farq qiladi: ilmiy fikr muayyan ob’yektning atroflicha tahlili asosida olinsa, aforistik fikr muallifning shaxsiy (ma’naviy, ruhiy, siyosiy, maishiy va h.) tajribasiga tayanadi; ilmiy fikrning to‘g’riligi dalillar silsilasi bilan isbotlansa, aforistik fikr ob’yektiv haqiqatlik da’vosini qilolmaydi, chunki uning to‘g’riligi isbot qilinmaydi, his etiladi. Agar A.ni adabiy ijod turi sifatida tushunilsa, uning janr ko‘rinishlari dyeb xalq og’zaki ijodidagi maqol, yozma adabiyotdagi gnoma, xriya, syentyensiya, apoftyegma, maksima kabilarni ko‘rsatish mumkin.
BADIIY TAHLIL (ar. ???? – tyekshirish, hal qilish) – adabiy asarning mazmun-mohiyatini idrok etish, uning yaxlit estyetik hodisa sifatidagi mavjudligini turli aspyektlarda o‘rganib, o‘ziga xosligini ochib byerish va qimmatini byelgilashga qaratilgan hissiy-intyellyektual faoliyat. Tahlil atamasi ilmda kyeng qo‘llanuvchi analiz (yun. analysis – qismlarga ajratish) tyerminining sinonimi sifatida ishlatiladi. Har ikki atama ham butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o‘rnini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, “uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas”, dyegan qarashga tayanib, tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zyero, birinchidan, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham – o‘qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish tushuniladi. YA’ni tadqiqotchining asarni qismlarga ajratishi maqsad emas, bir vosita – asarning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o‘quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo‘layotgan omillarni o‘rganish vositasidir. Ikkinchidan, B.t. jarayonida har vaqt talqin amali ham majud (bu o‘rinda talqin “intyerpryetasiya”ning sinonimi). Kyeng ma’noda “talqin” so‘zi o‘zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o‘zigina emas, tushuntirish hamdir) ma’nolarini anglatadi. Boshqacha aytganda, talqin badiiy asardagi “obrazlar tili”ni “mantiq tili”ga o‘girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir. SHunday ekan, chinakam ilmiy bo‘lishi uchun talqinning tahlilga tayanishi shart qilinadi. Zyero, agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni chuqur bilmasa, asar qismlarini, ularning o‘zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini ilmiylikdan yiroq sub’yektivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obraz esa assosiativ tafakkur mahsuli ekanligi e’tiborga olinsa, talqin sub’yektsiz mavjud emasligi ham ayon. CHunki ijodkorning assosiativ fikrlashi mahsuli o‘laroq yaratilgan va asarda aks etgan obrazning mazmun qirralari faqat sub’yekt ongidagina (ya’ni uning ham assosiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo‘ladi. Bular badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt hozirligiga yorqin dalildir. Oddiy o‘quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilishda tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kyelgani uchun ham ilmiy sanaladi. SHu ma’noda tahlil talqinning ilmiy asosi, badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish va uqish dyemakdir.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish