O‘zbek qissalari poetikasi



Download 4,85 Mb.
bet15/54
Sana03.06.2022
Hajmi4,85 Mb.
#633643
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
d6aa521ca26ac2dd372cf773ccec8658 O‘ZBEK QISSALARI POETIKASI (1)

GLOSSARIY


ARXETIP (yun. archetypon – obrazning ilk asosi, modyel) – inson tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos bo‘lgan turg’un “sxema”, fikriy konstruksiya va qoliplar, motivlar va ularning turli kombinasiyalari. A. tushunchasi shvyeysariyalik ruhshunos K.YUng ta’limoti bilan bog’liq holda ommalashdi. Unga ko‘ra, A.lar kishilik jamiyatining eng qadimgi davrlaridan boshlab insoniyat xotirasida “kollyektiv ongsizlik” sifatida yashaydi va ijod jarayonida turli shakllarda o‘zini namoyon etavyeradi. Ya’ni A.lar univyersal xaraktyerga ega bo‘lib, ularning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi adabiyotgacha ko‘rish mumkin. A. konstruksiya va sxemalardan o‘ziga xos “syujyet va syujyet holatlari” jamg’armasi hosil bo‘ladiki, ular asardan asarga, davrdan davrga ko‘chib yuradi. K.YUngga ko‘ra, A. avvalo shakl hodisasi bo‘lib, muayyan davrda yashayotgan ijodkor ongida uyg’onganidagina uning hayotiy tajribasi bilan boyitiladi va konkryet mazmun kasb etadi. Mas., yer yuzidagi birinchi qotillikdan naql qiluvchi “Qobil va Hobil” qissasida hasad, ko‘rolmaslik qotillikni kyeltirib chiqargan bo‘lsa, xuddi shu motiv turli kombinasiyalar ko‘rinishida jahon adabiyotida qayta-qayta jonlanavyeradi (Shyekspir. “Otyello”; A.Pushkin. “Mosart va Solyeri”). Shunga o‘xshash, xo‘jayin xotinining xizmatkorni yaqinlikka undashi motivi (“Ezop hayoti”, “Yusuf qissasi” va b.) qadimgi davrlardayoq kyeng ommalashgan bo‘lib, u kyeyingi davrlar adabiyotida, xususan, o‘zbyek adabiyotida ham turli kombinasiyalarda namoyon bo‘ladi (CHo‘lpon. “Kyecha”; U.Hamdam. “Muvozanat”). Yoki “Shoh Edip”dagi insyest motivi Gi dye Mopassanning “Portda” hikoyasi, T.Qayipbyerganovning “Qoraqalpoq qissasi”, O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, M.Alining “Sarbadorlar” romanlarida o‘zgacharoq ko‘rinishlarda akslanadi. Misolga olingan hollarning bari qadimdan mavjud bo‘lgan ilk asosga – A.iga ega bo‘lib, bu ilk asos konkryet davr xususiyatlari bilan bog’liq holda turlicha ko‘rinishlar oladi.
ATRIBUSIYA (lot. attribution – nisbat byermoq) – matnshunoslik sohasi oldida turuvchi asosiy ilmiy muammo (vazifa)lardan biri, adabiy asarning muallifi, yozilgan vaqti yoki joyini aniqlash, evristika. Bu muammo turli manbalardan (mas., tazkiralar, tarixiy asarlar, arxiv matyeriallari, xotiralar va b.) hujjatli dalillar topish; muallifi noma’lum asarning g’oyaviy-badiiy, til va uslub xususiyatlarini shak-shubhasiz nisbat byerilayotgan ijodkor qalamiga mansub asar bilan qiyosiy o‘rganish; asarning yozuvi (kotibi, xattotlik maktabi, xat va uning ommalashgan davri), kitobat qilinish xususiyatlari (qog’oz, siyoh, muqova, byezaklar va b.)ni tadqiq etish kabi yo‘llar bilan hal qilinadi. Shularning barini e’tiborda tutgan holda komplyeks yondashuv asosida amalga oshirilgan A.gina ilmiy sanaladi.
AFORIZM (yun. aphorismos – ta’rif, ixcham ifoda) – muallifi ma’lum bo‘lgan, ixcham shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr. A.ga byerilgan ta’riflarda turlichalik mavjud: ayrim manbalarda A. aniq muallifga ega bo‘lishi shart va shu narsa uni maqollardan farqlovchi asosiy jihat dyeyilsa, boshqalarida bu shart qo‘yilmaydi (q. aforistika). A.lar paydo bo‘lishi jihatidan turlicha. Ayrim hollarda A. maxsus yaratiladi, bu holda uni tom ma’noda janr dyeb hisoblash mumkin (mas., A.Qahhorning mashhur “Adabiyot atomdan kuchli, lyekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kyerak emas”, dyegan gapi). Zyero, bu holda ijodkorning hayotiy tajribasiga tayangan holda biron-bir masala yuzasidan umumlashma fikrini ifodalashga imkon byeruvchi shakl hodisasi haqida gap boradi. Mas., A.Muxtorning “Tundaliklar”, O‘.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”idan shu janrning ko‘pgina yaxshi namunalari joy olgan. Biroq ko‘p hollarda u yoki bu asardan olingan ixcham ibratli fikr ham A. sifatida ommalashadi (mas., “Sinchalak”dan: “To‘kilgandan tomchilagan yomon...” yoki “CHalasavod kishi o‘zidan past, nima dyesa “hikmat” dyeb turadigan odamlar bilan ulfatchilik qilishga moyilroq bo‘ladi”).

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish