O‘zbek qissalari poetikasi


QISSANAVIS OBRAZI, TAFAKKUR VA MAHORAT



Download 4,85 Mb.
bet14/54
Sana03.06.2022
Hajmi4,85 Mb.
#633643
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
d6aa521ca26ac2dd372cf773ccec8658 O‘ZBEK QISSALARI POETIKASI (1)

11. QISSANAVIS OBRAZI, TAFAKKUR VA MAHORAT


Qissa janrida «qissanavis» obrazining ahamiyati katta. Qissanavis obrazini asardagi boshqa obrazlardan ajratib bo‘lmaydi. Ma’lumki, yirik asarda ko‘p obraz ishtirok etadi. Yozuvchi ularning har biriga alohida sayqal beradi. Qissanavis asardagi qahramonlarni birlashtirib turadi. Asarda qissanavis obrazi masalasini birinchilardan bo‘lib maxsus o‘rgangan yirik rus olimi V.V.Vinogradov hikoyanavis obrazini «asar mohiyatining jamlangan tarzda namoyon bo‘lishi»78 deb hisoblaydi.


Qissanavis obrazi bilan bog’liq masalalar taniqli olimlar Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo‘shjonov, Naim Karimov, Umarali Normatov, Salohiddin Mamajonov, Sobir Mirvaliyev va boshqa bir qator tadqiqotchilarning ishlarida o‘z aksini topgan. Rus adabiyotshunosligida ushbu muammo akademik V.V.Vinogradov, M.Baxtin M.P.Brandes, Yu.M.Lotman, B.O.Korman singari olimlarning ishlarida chuqur o‘rganilgan.
Qissanavis hamisha qahramonlar orasida bo‘ladi. Ularning hatti-harakatlarini kuzatadi, ularga baho beradi, xulosa chiqaradi. Bu obrazda, eng avvalo, yozuvchining kechinmalari mujassam bo‘ladi. Shuningdek, qissa qahramonlari o‘rtasidagi o‘zaro kurash psixologik aspektda qissanavisning «o‘z-o‘zi bilan ichki kurashini» namoyon etadi79.
Sa’dulla Siyoyevning "Otliq ayol" (1988) nomli qissasida qissanavisning shu kabi holatlariga guvoh bo‘lamiz.
Qissaga "Otliq ayol" deb nom berilishi bejiz emas. Unda mansabdor ayol va jamiyat muammolari o‘rtaga qo‘yiladi. Qissada aks ettirilgan va qayta shakllantirilgan voqealar o‘z badiiy ifodasini topgan. Uning bosh qahramoni Zumrad ismli go‘zal ayol. Yozuvchi qissaning dastlabki satrlarini kitobxonlarga uning go‘zal qiyofasini, oilaviy hayotini tasvirlashdan boshlaydi.
“Brezent etikchasini kiydi, boshiga ko‘k krepdeshin ro‘molini o‘rab, qo‘yniga daftarchasini oldi. O‘zini toshoynaga soldi. Oynada tabiatning bekamu ko‘st, mukammal bir farishtasi nozlanib qarab turardi: oqi-oq, qizili-qizil bo‘lib tovlangan lo‘ppi yuz, xiyol chimirilgan payvasta qoshlar, go‘yo qora uchqun sachratib, tutab turgan jodu ko‘zlaru shakarguftorlik uchungina yaratilgan qirmizi dudoqlar...”80
Qissada qahramonning xotiralari yordamida uning xarakteriga xos muayyan chizgilar tortiladi. Shu bilan birga yozuvchining nigohi sobiq ittifoq jamiyatidagi boshqarish siyosati, mansabdorlarning o‘zaro munosabatlari, hayotning sirli tomonlari tasvirlanadi. Qissada Zumrad shu qadar fidoyilik bilan ishlaydiki, bu holat shofyor Solijonni, raisni hayratga soladi. Zumrad mehnat qilayotgan jamoa xo‘jaligidagi ayollar, boshchorvoqning kimsasiz g’arib ko‘rinishlari tasvirga olib kiriladi. Hisobsiz artezian quduqlarning yordamida chiqarilayotgan suv buloqlarning qurib qolishiga olib keldi. Xo‘jalik raisi Mirzaahmad akaning qo‘l-oyog’i ishlamay betob bo‘lib yotishi manzarani yanada keskinlashtiradi. Tasvir davrning obyektiv ko‘rinishi bilan bog’lanib ketadi. "Voy, bu komissiyalarning ko‘pligi! Aql o‘rgatadigan kimsalarning serobligi! Ularni ataylab o‘qitib, peshma-pesh qishloqlarga jo‘natib turadimi deyman...» (225-bet).
Zumrad jamoa xo‘jaligiga rahbarlik qilar ekan, uzilgan olmalarning xaridorlarga o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi uni tashvishga soladi.
Mirzaahmad aka og’ir kasallikdan so‘ng vafot etadi. Raisning marosimiga xo‘jalik xodimlaridan tortib viloyatdagi barcha odamlar ishtirok etishadi. U bir umr atrofidagilarga yaxshilik qilgan. Rahmatlik qanday odam edi deb so‘ralganda: yaxshi odam edi degan javob bo‘ladi.
Zumrad tuman rahbarlari bilan qabristonga ham boradi. Raisning uyiga yetguncha uning xayolidan Mirzaahmad akaning xalqparvarligi, insoniyligi ketmaydi. Bu o‘rinda yozuvchi nigohi va pozisiyasi qahramon qarashlari bilan mushtarak, unda qissaga xos «lirizm» namoyon bo‘ladi81. Zumrad xo‘jalik raisi bo‘lgandan so‘ng, Gulbog’ tuman rahbari Mavlon Isayevich Nasriddinov tez-tez uchrashib turadigan bo‘lishdi. Ular o‘rtasidagi munosabatlar asta-sekinlik bilan fojiaga olib keldi. Zumrad jamoa xo‘jaligida jonini jabborga berib ishlaydi. Nasriddinov esa uni o‘zining shaxsiy tuzog’iga ilintirish, Zumradning shirin oilaviy turmushini buzish payida bo‘ladi. Muallif ko‘zlagan maqsad - tili va dili boshqa-boshqa bo‘lgan kimsalarni tubanligini ko‘rsatish. U kelarda Nasriddinovga o‘xshash rahbarlar jamiyatda ko‘pchilikni tashkil etar edi. U Zumrad bilan raykomning dala hovlisida gurunglashib o‘tirganida noxush holat ro‘y beradi.
«Zumrad noiloj qadahni ko‘tardi. Shu payt dahlizda gursillagan tovush eshitildi. Zumrad bilan Nasriddinov eshikka qarab qolishdi. Eshik zarb bilan ochildi-yu ostonada haykaldek bo‘lib... Yarash polvon ko‘rindi. Zumrad: «Voy!» deb qadahni yerga tashlab yubordi. Rangi bo‘zarib asta o‘rnidan turdi. Nasriddinov polvonga g’azabnok tikilgancha, g’o‘dayib o‘tiraverdi...»82
Yarash polvon mana shunday kechirilmas voqeaning ustidan chiqadi. Yozuvchi Zumradning bu vaziyatdagi ruhiy kechinmalarini ochishga shoshilmaydi. Aksincha, o‘zi bilan o‘zi olishayotgan Zumradning holati kitobxonga hozircha qorong’u bo‘lib qoladi.
Qissadagi voqealar butun bir tizimni tashkil qiladi.
Yozuvchi yaxlit asarni yuzaga keltirar ekan, uning nuqtai nazari satrlar ortida sizib turadi. Nasriy asarlarda uning qarashlari, nuqtai nazari qissanavis timsolida mujassam bo‘ladi. Asar qahramoni bo‘lsa, “...o‘zini harakatda ko‘rsatadi. U ma’lum tarixiy davr hayotining konkret sohasiga muvofiq bo‘lgan insonning konkret individual obrazidir.
Hikoyachi - prozaik asarda bayon egasi, yozuvchining nutqiy samarasi... Hikoyachi- asarning psixologik va bayon markazi. Uning asarda tasvirlanilayotgan voqealarga munosabati shaxsiyatli, tuyg’uli, faktlar va kishilarga yondoshishi baholi subyektivdir. Hikoyachida avtorning ma’naviy shaxsiyatiga yaqinlik mavjud bo‘ladi. Biroq uni barcha hikoyachilarga bab-baravar taalluqli deb bo‘lmaydi. Chunki avtor ba’zan o‘zining ma’naviy shaxsiyatiga zid bo‘lgan hikoyachidan ham o‘zini o‘zi fosh etish maqsadida foydalanadi. Jumladan, asar bosh qahramoni-hikoyachi salbiy obraz sifatida yaratilgan asarlarda hikoyachida avtorning ma’naviy olamiga yaqinlik bor deb aytish mushkul".83 Adabiy qahramon voqealar rivojiga qarab o‘zgarib turadi.
Shu tariqa, qissanavis va qahramon nutqida ham yozuvchi mahoratining o‘ziga xos qirralari alohida ajralib turadi. "Otliq ayol" qissasida Zumradning ikkita sinfdosh do‘st obrazi yaratilgan. Birinchisi – Xolqo‘zi, kasbi jurnalist. U ocherk yozib Zumradning jamiyatda tutgan o‘rnini ulug’lasa, ikkinchisi Zebuniso - o‘quvchilarni paxta yig’im-terimiga olib kelgan muallima. Yozuvchi o‘zi Zumradga aytolmagan fikrlarini shu ikki obraz orqali beradi.
Yozuvchi Zebuniso obrazi orqali davrga baho beradi, undan ijtimoiy turmush tasvirini berishda foydalanadi. Ushbu jarayonda davr jarohatlari yoritiladi. Yozuvchi belgilagan g’oyasini, ijodiy niyatini asar qahramonlari yordamida beradi. Qissada siyosat qurboniga aylangan ayollar misolida jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar qahramon nutqi orqali beriladi. Adabiyotshunos M.Baxtin ta’biri bilan aytganda, «Endilikda tarix real tarix» emas qissanavisning g’oyaviy fikriy tarixi sifatida namoyon bo‘ladi84.
"Men pedagogman, lekin hayot mendan ko‘ra ming chandon zo‘rroq muallim ekan. Bilasanmi, biz ayollar baxtli bo‘lsak ham, baxtsiz bo‘lsak ham o‘zimiz sababchi ekanmiz. Emansipasiya degan so‘z bor.Bu xotin-qizlarning har jihatdan ozodligi,teng huquqligi degani. Emansipasiya bizni ming yillik kishanlardan xalos qildi. Shu bilan birga biz begona kishining ko‘ziga tik boqishni o‘rgandik. Nazokat, hayo, andisha degan "eskilik sarqitlari"dan ham voz kechdik. Og’zimizni katta ochib xoxolab kulamiz. Chekishni o‘rgandik, ichishni o‘rgandik. Sekin-asta yigitlarni yechintirib, kiyimlarini ustimizga yopishtirib olayapmiz. Ba’zan kiyimiga qarab, bu yigitmi, qizmi- bilib bo‘lmaydi. Yoniga borib, ho‘v, sen kimsan, erkakmisan, ayolmisan, nimasan deb so‘raging keladi. Biz hamma ishda erkaklar bilan bas boylashmoqchi bo‘ldik, ulardan qayerimiz kam deb o‘yladik»... (271-bet).
Davr o‘zgarishlarini berishda yozuvchi ko‘pincha dialogdan foydalanadi. U suhbatdoshlar ortida turib turmush haqiqatini ular nigohi bilan tasvirlaydi. Bunday tasvirni qissada Zumrad rais bo‘lgan kunlarning birida "Eshik qiya ochiq edi" parchasida uchratish mumkin. Qabulga kelgan odamlarning rais haqidagi fikrlari xilma-xil, biri-biriga to‘g’ri kelmaydi. Suhbat chog’ida kolxozning sobiq raisi Mirzaahmad akaning faoliyati haqida gap ketsa, kimdir ayol kishining xo‘jalikni boshqarishiga ishonchsizlik bildiradi.
Asar so‘ngida Zumrad bilan Nasriddinovning munosabatlarini fosh bo‘lishi va Yarash polvonning oriyat yo‘lidagi harakatlari tasvirlangan. Unda xiyonatkor ayol bilan sadoqatli er o‘rtasidagi janjal o‘z aksini topgan. Qissa quyidagi so‘zlar bilan yakunlanadi:
"Zumrad emaklab kelib polvonning tizzasiga bosh urdi, uvvos tortib yig’ladi:
-Meni kechiring, men badbaxtni kechiring, dadasi. Keling, uring, o‘lguncha uring! Oyoq-qo‘limni sindiring! Biroq men sharmandani kechiring! Men sizning tirnog’ingizga ham arzimayman... Uv!...» (294-bet).
Zumrad mansab ko‘yida ma’naviy tanazzul yoqasiga kelib qoladi. U Nasriddinovning domiga ilinmaslik uchun ko‘p harakat qiladi, ammo mansabdan ayrilishdan qo‘rqib, hokimning taklifini qabul qiladi. Asarda xotin-qizlarni mas’uliyatli lavozimlarga ko‘tarish davrida jamiyatda ro‘y bergan bu kabi kamchiliklarning guvohi bo‘lamiz.
Yozuvchi badiiy asar yaratar ekan, kitobxonni doimo e’tibor doirasidan chetga chiqarmaydi. Qissanavis obrazi va tasvir madaniyatining mushtarakligi shunda ko‘rinadiki, kitobxonlar «Otliq ayol» dagi Zumrad va Yarash polvonni ham Nasriddinov va asarda ishtirok etuvchi barcha personajlarni qissanavis nigohi orqali tushunadi, anglaydi. Ammo, asarning biror yerida qissanavis obrazi qayerda ishtirok etyapti, uning ma’naviy qiyofasi qanday ilg’ash qiyin, u o‘z «men»i bilan ko‘rinmaydi. Lekin ayni bir paytning o‘zida u asarning hamma yerida hoziru nozir, har bir hujayrasida ishtirok etadi.
Qissanavis obrazi ijobiy va salbiy qahramonlar ortida (va ular tufayli) aniq ko‘rinib turadi. U salbiy qahramonlarga o‘z qarashi va ularning kirdikorlarini ko‘rsatish va fosh qilishi orqali ma’naviy pozisiyasini saqlaydi.
Qissanavis obrazining vazifasi shu bilan belgilanadiki, u kitobxonni badiiy haqiqat dunyosiga olib kirishi kerak bo‘ladi.
Sa’dulla Siyoyevning "Besh kun mister bo‘lganim" qissasi ham yozuvchi mahoratini yorqin aks ettiruvchi asardir. Ma’lumki, uzoq yillar hukm surgan kommunistik mafkura dunyoni ikki qutbga ajratib yuborgan edi. Asarda ishtirok etuvchi ayrim obrazlarning kulgili hayoti juda ishonarli chiqqan. Jamiyatda ildiz otgan soxtakorliklar qissada fosh etiladi. Qissaning ekspozisiya qismiga e’tibor beraylik:
"Kech bo‘lsa, tong otmasa deyman. Chunki tong otsa, yana ishga borish kerak. Son-sanoqsiz qog’ozlarni titkilab kunni o‘tkazish.... Qog’ozbozlik jonimga tegib ketgan! Ertalabdan to qora shomgacha papka ag’darib qog’oz sanaganim-sanagan...
...Toleimga o‘zi lop etkizib Charlz Stounni yetkazdi-yu, besh kun qog’oz zulmidan qutuldim.
Havo salqin tortib, kondensionerlar o‘chirilgan payt edi. Bir kuni peshindan keyin boshimni changallab ishga ko‘milib o‘tirsam, Javli Mardiyevich chaqirtirdi. Javli aka yarim xo‘jayin. U ilgari o‘t o‘chiruvchilarning kattasi bo‘lib ishlagan ekan. Pensiyaga chiqib uyda zerikib qolibdi. Keyin bizga ishga kelibdi. O‘zi pakanagina, taqirbosh, lekin unchalik yomon odam emas. Faqat jinday ezmaroq. Qorning oqligini, ko‘mirning qoraligini erinmay tushuntiradi» (295-bet).
Yozuvchi qissadagi - maorif ministrligi xizmatchisi hamda amerikalik sayyoh obraziga xos vazifa yuklaydi. Butun voqelikni bosh qahramon Rahmatov nigohi bilan kuzatadi. Javli Mardiyevich amerikalik sayyoh oldida o‘zini qanday tutishi kerakligi va to‘g’ri kelgan gapni gapirmaslik kerakligini tushuntiradi. Besh kun mobaynida gap talashib bahslashmaslik, mamlakat rahbari haqida yomon gap aytmaslik kabi ko‘rsatmalarni beradi.
Chet ellik mehmonni kutib olishda ham berilgan yo‘riqnomadan chetga chiqish mumkin emasligi uqtiriladi.
Mehmonning ismi Charlz Stoun, uni Charli deyishga kelishib olinadi.
Qissanavis voqealarni tasvirlashda sir saqlash usulidan mohirona foydalanadi. Mehmon bilan Hikmatillo Rahmatov o‘rtasidagi munosabatlarni hajviy usuldan foydalangan holda beradi. Ular uchrashgan kundan boshlab mezbonning ismi mister bo‘ladi. Ular shaharni aylanadilar. Anvoyi gullar, ming yillik chinorlar mehmonni hayratga soladi. Shu payt mehmonning telefon budkadagi go‘shagi yulib olingan apparatga ko‘zi tushadi. Mister buni "bezorilar qilgan" deb tushuntiradi unga. Shunda mehmon Toshkentda faoliyat ko‘rsatyotgan muallimlar sonini so‘raydi. Juda ko‘p o‘qituvchi ishlaydi, deb javob beradi mister. Shundan so‘ng, ular metroga tushadilar. Gorkiy, Pushkin, Tolstoy, Kirov, Frunze haqida gaplashadilar, ularni ardoqlab haykallar o‘rnatganmiz deydi, mister.
"...Charlini Ko‘k gumbaz choyxonasiga olib bordim. Eshikdan kirishimiz bilan choyxonachi yigitga: "Chet ellik, hushyor bo‘ling!" deb shipshidim. Choyxonachi zing’illab borib, bitta stolni tozalay boshladi. Biroq Charli yerga o‘tirishni istab qoldi. Choyxonachi to‘rga yangi ko‘rpacha olib chiqib yozdi, xontaxtadagi eski dasturxonni almashtirdi" (299-bet).
Ushbu epizoddan hatto choyxonachilar ham chet elliklar oldida hushyor tortishi, chang stollarni artib, yangi ko‘rpachalar solishi ko‘rinib turibdi. Choyxona epizodida yozuvchi yana bir detalga e’tiborni tortadi: "devorga, osig’liq dutorga" choyxonada o‘tirgan barchaning nigohi tushadi, lekin biror kishi chalishni bilmaydi va o‘zini olib qochadi.
Mana shu epizod orqali qissanavis milliylikdan uzoqlashib borayotgan kishilar obrazini mohirona tasvirlashga muvaffaq bo‘ladi. Voqyealar rivojida mafkura qurboniga aylangan kishilarning beozor qiyofalari birin-ketin kitobxon ko‘z o‘ngidan o‘taveradi.
Shundan so‘ng, Charlini musiqa o‘qituvchisi Erkayev bilan tanishtiradi. Mehmon sharq musiqasi bilan qiziqib qoladi. Bu o‘rinda Erkayevning diplomatik munosabatlardan xabari yo‘qligi sababli tanbeh eshitishi tasvirlanadi. O‘qish o‘qitish ishlaridagi kamchiliklar qayd etiladi.
Mister bilan Charli bozor aylanganda ham jamiyatdagi juda ko‘p qusurlarga duch kelishadi. Beshik bozorga yaqinlashganlarida o‘zbek hayotidan milliy urf-odatlar siqib chiqarilayotganligi o‘z badiiy ifodasini topadi. Mehmon unutilayotgan milliy urf-odatlarning barchasini qoralab bo‘lmasligini aytadi. Charlining maktabdagi o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatlari, uchrashuvlari juda qiziqarli o‘tadi. Biroq o‘qituvchilar bilan direktor xonasida bo‘lib o‘tgan suhbat kommunistik soxta mafkuraning xalq ta’limi sohasiga kirib borganligini ham ko‘rsatadi.
Asarda berilgan dialoglarda maktabda o‘qitilayotgan ingliz, o‘zbek tili fanlariga ajratilgan dars soatlari, seksiolog shtatining bor-yo‘qligi, o‘quvchilarning sigaret chekish-chekmasligi kabi masalalar xususida so‘z boradi.
Qissanavis qahramonlar zimmasiga g’oyaviy vazifa yuklar ekan, ko‘proq mavjud tuzum sharofati bilan o‘zbek xalqi hayotida sodir bo‘layotgan noxushliklarni fosh qilishni Charli zimmasiga qo‘yadi. Kolxozchilarning yashashi bilan qiziqqan Charlini mashinada olib ketayotib har qadamda yo‘l yoqasida poylab turgan yo‘lovchilarga duch keladilar. Charli bularni manzili tomon olib ketaylik deydi. Lekin mister Hikmatillo bu taklifni inkor qiladi. Mehmon kartoshka terayotgan qizlarning mashaqqatli mehnatini ko‘rishini istamaydi. Charli ayrim qizlarning o‘ziga o‘t qo‘yib yuborayotganligini aytib, bu qizlar mavjud hukumatdan norozimi deb so‘raydi. Mezbon buning sabablarini muhabbatga yo‘yadi. Ota-onalar qizlarining ko‘ngli bilan hisoblashmasligida deb tushuntiradi.
Charli besh kun mobaynida mister Hikmatillo Rahmatov bilan sobiq tuzum odamlarining soxta turmush tarzini tomosha qiladi. Jamiyatning shaxslarga ko‘rsatayotgan zulmi fosh etilgan sahnalarda, rang-barang tasvirlarga duch kelamiz. Asar kompozisiyasini mavzudan ajratgan holda tanlab bo‘lmaydi. S.Siyoyevning “Besh kun mister bo‘lganim” qissasida esa, yozuvchi-qissanavisni bezovta qilgan, ijodiy niyatiga aylangan mavzu - soxtakorlikni fosh etish.
Yozuvchining tafakkuri qanchalik keng bo‘lsa, asarning ko‘lami, salmog’i, "yuki" shunchalik og’ir bo‘ladi. Yozuvchi nigohidan hyech narsa chetda qolmaydi. Qahramonlarning ichki dunyosi, voqealar rivoji tasvirlar zamirida yozuvchining o‘ziga xos kashfiyoti yotadi. Shu ma’noda XX asr so‘nggi choragida o‘zbek qissachiligida yaratilgan keng ko‘lamli qissalarda yaratilgan qissanavis obrazi muayyan xarakterga ega, hatto ular ayni bir yozuvchi qalamiga mansub bo‘lsada, qissada ko‘p o‘rinni tashkil etadi. S.Siyoyevning «Otliq ayol» asaridagi qissanavis obrazi «Besh kun mister bo‘lganim»dagi obrazdan keskin farq qiladi. «Otliq ayol»da qissanavis obrazi, bosiq va olijanob inson sifatida gavdalanadi, ikkinchi qissada ham qissanavis obraziga olijanoblik xos, lekin uning tabiatida hajv, hazil-mutoyiba yetakchilik qiladi. Undagi hajv ortida esa inkor ruhi seziladi.
Bundan tashqari ikkinchi qissada, nomlanishidan ham ma’lum qissanavis «roli»ni Hikmatillo Rahmatov bajaradi. Go‘yo bu bilan u qissanavis o‘rnini to‘liq egallab olgandek tuyuladi, shu bois bu asarda qissanavis obrazi yo‘q ekan-da, degan fikr tug’ilishi mumkin. Aslida bunday emas. Rahmatov «men»i ortidan ham qissanavis qiyofasi bo‘y ko‘rsatadi. U quvnoq va dilkash inson. Ammo uning quvnoqligi zamirida o‘sha davr jamiyatidagi soxtakorlik, ikkiyuzlamachilik, yo‘qni bor qilib ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan faol shaxs yashiringan.
V.Shklovskiyning yozishicha: «Adabiy izlanish – bu hayotdan yangi mazmun qidirish, shu tarzda voqelikning ibtidoiy talqinini yangilashdir»85. Bu xulosa biz quyida tahlil etmoqchi bo‘lgan qissa haqida aytilgandek.
Xayriddin Sultonov qissalarida ham yozuvchi dunyoqarashi va qissanavis obrazining o‘ziga xos tomonlarini ko‘ramiz. Yozuvchi qissalarida hayotdan olgan taassurotlari va saboqlarini qayta idrok etib, obrazli tafakkur chig’irig’idan o‘tkazadi.
Uning "Ko‘ngil ozodadur" qissasi saksoninchi yillar qissachiligida alohida o‘rin tutadi. Qissada mehr-oqibat bilan yovuzlik o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro muqoyasa qilinadi. Yozuvchi o‘z qahramonining ruhiy dunyosini keng planda yoritishga muvaffaq bo‘lgan.
"Yarim tunga qadar ravonda o‘ltirardim, o‘pkam tutun hidiga to‘lardi, dimog’im achishib "Zarbulmasal" o‘qirdim va qor tushguncha oyog’imga etik sotib olishimgayu qonimga tashna qilgan dissertasiyani yozib tugatishimga negadir qattiq ishonar edim. Garchi bundoq xomxayollar bilan shu ravonda o‘zimni aldab necha kuzu necha bahorni besamar o‘tkazib yuborgan bo‘lsam-da, bari bir bu safar ishonchim komildek tuyulardi. Deydilarki, ilon-chayonlarni o‘rganayotgan odam, oxir-oqibat shu gazandalarga ham mehr qo‘yib qolar ekan. Shundanmikan yoki yosh umrimni bag’ishlab o‘ltirganim uchunmi, qay bir zamonlarda yashab o‘tgan Muhammad Sharif Gulxaniy degan rindnafas bir odam ham endi menga otamdek aziz bo‘lib qolgan, uzun, sovuq kechalarda uch xonali bo‘m-bo‘sh ijara uyda yolg’izlik nimadir - bilmas edim"86.
Bu parchada qissanavis pokiza tuyg’ular bilan yashayotgan navqiron ko‘ngilning kechinmalarini, o‘ylarini shu qadar mehr bilan beradiki, kitobxon beixtiyor adabiy qahramonning yaqin kishisiga aylanadi.
Ayni bir paytning o‘zida qissa qahramonining o‘zi tadqiqot olib borayotgan "Zarbulmasal" asariga , uning muallifiga nechog’lik mehr qo‘yib qolganini anglash mumkin. Bu yerda qissanavisning o‘ziga xos dunyoqarashi ham namoyon bo‘ladi. Shu tariqa subyektiv talqinning yetakchiligi «qissa kompozisiyasidagi subyektivizmni» ta’min etadi87.
Qissada yosh tadqiqotchining ruhiy dunyosi g’oyat ishonarli tasvirlanadi. Xo‘sh, Gulxaniy ijodi bo‘yicha ilmiy ish qilayotgan tadqiqotchining qalbidan nimalar kechayapti. Yozuvchi bu holatni quyidagicha bayon etadi.
"Ishxonadagi butkul faoliyatimni bir og’iz qilib "ozgina" degan so‘z bilan ifoda etib qo‘yaqolish mumkin. Lekin bu faqat meninggina faoliyatim desam, haqim ketadi. Hammamizning ham hayotimiz ishxonadagi shu "ozgina" degan so‘zda mujassam. Har qalay, men o‘zim ko‘rgan idoralarni aytayapman, boshqalariga kafolat berolmayman. Xullas, ishdagi kun tartibi taxminan shunday: ozgina salom-alik, ozgina gazetxonlik, ozgina kashandalik, ozgina g’iybat, ozgina hasad, ozgina xushomad, ozgina haqiqat, ozgina ovqat, ozgina sayr, ozgina shaxmat. Shu. Kun kech bo‘ladi. Darvoqe, bu orada ozgina ish ham qilib qo‘yiladi - boshliq so‘kmasligi va vijdon qiynalmasligi uchun" (6-bet).
Bu tasvirda kechagi kun odamlarining qiyofasi o‘z aksini topgan. Mana shu "ozgina" fikri bilan yashayotganlar dunyoga, hayotga befarq odamlardir.
Yozuvchi mahorati yana shunda ko‘rinadiki, u Gulxaniy yashagan davrni o‘z zamonasi bilan chog’ishtirib, ulardan ibrat olib, xulosa chiqara bilgan.
Qissada sho‘rolar davrining zo‘ravonlik siyosati ham shu kishilar orqali ochib beriladi. Qissanavis bir-biridan olis ikki davr kishilarini uchrashtiradi. Garchi bu ishonish qiyin bo‘lgan holat bo‘lsa-da, yozuvchi buni badiiy haqiqatga aylantiradi. Buni qissanavis maqsadini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi majoziy talqin deb qarash lozim.
"Mavlono Gulxaniy, meni ma’zur tuting-u, lekin andisha degan narsani sizdan anqoning urug’iga ham topib bo‘lmaydi. Koinot gultoji va sarvari bo‘lmish insoni sharifni allaqaydagi isqirt qushlarga mazax qildirib qo‘yganingiz uchun ham har ne jazoga mustahiqsiz. Sizning baxtingiz shundaki, to‘qson sakkiz foiz savodsizlik zamonida yallo qilib o‘tib ketgansiz- gulxan yonida turshak shimib, qush o‘ynatib, baytu g’azal bitib! Eh, mavlono Gulxaniy, biz bilan zamondosh bo‘lganingizda edi, holingiz ne kechardi - men tasavvur qilolmayman, qo‘limdan kelmaydi. Har qalay, shuni aniq bilamanki, oxir-oqibat "Zarbulmasal" ham chala qolib, tiriklayin ro‘yan kavlamoqqà ravona bo‘lur edingiz. "Birpaslikka yo‘liqdi, bechora", der edik so‘ng ortingizdan bosh chayqab. Mabodo, umr vafo qilib, "Zarbulmasal"ni bitirgan chog’ingizda ham, ahvolingizga maymunu najjorlar yig’lardi." (12-bet).
Yozuvchi qissa qahramoni tilidan Gulxaniyga murojaat qilib, o‘sha yillarning ijtimoiy hayotini tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan. Yozuvchining "... biz bilan zamondosh bo‘lganingizda edi, holingiz..." bundan-da battar bo‘lishini ta’kidlar ekan, o‘z davri ziddiyatlariga ishora etadi. Agar qissani davr nuqtai nazaridan baholaydigan bo‘lsak, bir yoqlamalikka yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Qissada faqat davr jarohatlari tasvirlanayotgani yo‘q. Asarda ma’naviy qashshoqlik fojealari ham ochib berilgan. Qissada Shodiyor ismli obraz bor. Shodiyor o‘ziga to‘q oiladan, otasi badavlat va mansabdor shaxs. Shodiyorlar G’ulom ijaraga olgan xonani sotib oladi. Shu ondan e’tiboran adabiy qahramon ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi.
Ma’naviy jarohatlarga qissa qahramoni o‘quvchilik yillarida duch kelgan edi. Uning o‘sha yillardagi iztiroblari o‘quvchini befarq qoldirmaydi.
"Ming la’nat! Ming karra la’nat, mavlono Gulxaniy! Endi jirkanaman o‘zimdan-o‘sha paytda Tursun boyoqishdan jirkanganim uchun! O‘shanda boshqalarga qo‘shilib suyunchiga yugurganim uchun! Bir mahal sho‘rlik Maluv keldi, yig’lab-yig’lab jigarini pokiza qildi, kimlarnidir qarg’adi, otasini yo‘qlab yana ko‘zyosh to‘kdi. Biz esa tashqarida, turkning ayvonchasida hamon hiringlashib turardik.
Saldan keyin muallimlar, direktor keldi, "Tez yordam", do‘xtirlar keldi, lekin ulardan avval qazo elchisi allaqachonlar kelib Tursun bechoraning qismatini hal kilgan ekan-u, hyech kimsa buni sezmagan ekan.
Tursunni kasalxonaga olib ketishdi.
Keyin biz uni qaytib ko‘rmadik" (24-bet).
Ijtimoiy adolatsizlik kishini hayotini izdan chiqaradi. Biz yuqorida keltirgan parchada paxta dalasida vafot etgan Tursun, unga befarq qàragan odamlar hamda hiringlab kulgan bolalarning ma’naviy dunyosi aks ettirilgan.
Yozuvchi qahramon hayotini tasvirlashda davom etadi. Dalada paxta yig’im-terimidan bezillab qolgan G’ulom taqdirning turli sinovlariga duch keladi. Bu voqea esa oradan bir necha yillar o‘tib sodir bo‘ladi.
Asarda yosh ko‘ngilning iztirob va quvonchlari o‘z aksini topgan. Voqyea rivojida bundan boshqa manzara tasviriga ham o‘rin ajratilgan: paxta dalasida bevaqt vafot etgan Tursun qismati; yillar o‘tib ulg’aygan insonning sof muhabbati. Qismat uni Qunduzdan ham mahrum etadi. Biroq kutilmaganda uning hayoti fojia bilan tugaydi. Yozuvchi bu soniyadagi qahramon ruhiy holatini quyidagicha tasvirlaydi:
"Taloto‘p bo‘ldi, so‘roq-tergov boshlandi. Qunduz umr bo‘yi biror odamga, odam nima, hatto chumoliga ham ozorni ravo ko‘rgan emas edi, favqulodda fojiasidan ham biror kishiga aytarli ziyon-zahmat yetmadi. Yostig’i ostidan chiqqan ikki enli xatga bir og’izgina qilib: "Charchadim" deb yozib qoldirgan ekan. Men ham el qatori so‘roq berdim. Ko‘p gapni quduq bo‘lib ichimga yutdim. Bilardimki, endi ularning hyech biri Qunduzga sharaf keltirmagay. Da’vo-janjal yo‘q, guvoh-isbot yo‘q, tergovlar tugadi. Yengil-yelpi hayfsanlar, ko‘z yoshlari, dafn, hayot abadiyati... Yana yolg’on, aytyapman, tergov tugagani yo‘q. Toki men tirik ekanman, u davom etmog’i muqarrar, muhtaram Muhammad Sharif. O‘zimni hargiz kechirolmayman: o‘shanda Qunduzning sabr kosasi to‘lgan ekan-u, men so‘nggi tomchi bo‘lgan ekanman" (29-bet).
Bu o‘rinda biz qahramonning ichki bir dunyosini kashf etamiz. G’ulom Qunduzning boshidan kechgan g’avg’olarni yaxshi bilardi. Lekin ularning hyech biri, uning o‘zi aytganidek, unga sharaf keltirmaydi. Xuddi shu yerda biz befarq kishilar bilan to‘qnash kelamiz. Lekin ular orasida G’ulomga o‘xshash dunyoni teran nigoh bilan idrok etadigan bedor kishilar borligini ham unutmasligimiz kerak. U Qunduzning o‘limi bilan bog’liq "tergov tugagani yo‘q" der ekan, bunda chuqur haqiqat bor. «Tergov tugagani yo‘q». Bu - muallif o‘rtaga tashlagan muammo. Uning yechimi yozuvchining ijtimoiy hayotdagi o‘rnini belgilaydi. Bu - haqiqatga chorlovchi yo‘ldir.
Shu tariqa qahramon kitobxonni butun borlig’i bilan o‘ziga jalb etadi. Uning kechinmalari kitobxonni befarq qoldirmaydi.
Asardagi Shodiyor obrazi tamomila uning aksi. Yozuvchi Shodiyorga G’ulom nigohi bilan qaraydi. Muallif tasvir madaniyatini shu yo‘nalishda davom ettiradi. Bu yozuvchi qo‘llagan usullardan yana biri, ya’ni qahramonni boshqa bir qahramon nuqtai nazari bilan baholash, idrok etish.
"Kasbingiz benihoya nozik, Shodiyorjon, - dedim salmoqlab, - bunaqa chala-yarim o‘qisangiz, erta bir kun qiynalib qolmasmikansiz? Har qalay, inson taqdiri degan gaplar bor". "Ey, qiziq ekansiz, - dedi Shodiyor tamaki burqsitib, - bitirib olsam, ishning enasini ko‘rsatib qo‘yardim. Otam..." "Ota-onaga suyangan tuzuk, lekin mavlono Gulxaniydan qolgan bir gap borki, o‘z aqling bilan kengash." "Qanaqa gulxan?" - deb so‘radi Shodiyor. "Gulxan emas, Gulxaniy. Shoir o‘tgan shunaqa". "Ha, - dedi Shodiyor, - men "Gulxan" jurnalimi deb o‘ylabman". "Shu kishining dono bir hikmati borki, -dedim uning hafsalasi so‘nganiga e’tibor bermay- o‘ynashga ishonib, ersiz qolma, degan... Yosh yigitsiz, hali istiqbolingiz oldinda, bir martagina beriladigan umrni harom-harish yo‘llarga sarf qilsangiz, bilmadim, oxiri qandoq bo‘larkin?" "Nima harom-harish? - dedi Shodiyor yelka qisib, - hamma qatori, ko‘pchilik nima bo‘lsa, biz ham shu. O‘zingiz aytdingiz, umr bir marta beriladi, o‘ynab-kulgan qoladi, boshkasi bir tiyin" (44-45- betlar).
"Ko‘ngul ozodadur..." qissasidagi domla Eshmuhamedov, Rohibar, Shodiyor va Safarboylar davrning bugungi kuni bilan yashayotgan kelajakni tasavvur qilish imkoniyati cheklangan manfaatparast kimsalar toifasidandir. Bu personajlar uchun mansab, pul, maishat hamma narsadan ustun. Ularning maqsad va intilishlarini ana shu narsalar belgilaydi. Shu o‘rinda qissa qahramoni G’ulom obrazi musaffo tuyg’ulari bilan kitobxon qalbiga yaqin. Bu qissada turli toifadagi kishilarning maqsad va intilishlari o‘z ifodasini topgan. Mazkur qissa yuzasidan turli fikrlar bildirilgan. Shulardan biri adabiyotshunos T.Shermurodovning fikriga ko‘ra:
"Qissada maromiga yetmagan jihatlar ham mavjud. Jumladan, bosh qahramon bayoni orqali gavdalantirilayotgan G’ulom- Qunduz sevgisi, qizning o‘limi epizodlari chuqurlashtirilishi, jangu ayriliq dardi tasviri G’ulom xarakterida muhim belgilardan biri bo‘lib turishi darkor edi. Demakki, G’ulom obrazi bundan ham ta’sirchan bo‘lardi"88. Bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi.
Yozuvchi G’ulom va Qunduz o‘rtasidagi munosabatga kengroq o‘rin berishi, voqealarni chuqurlashtirishi mumkin edi. Lekin gap faqat muhabbat haqida borayotgani yo‘q. Biz birgina G’ulomning kechmishi, sarguzashtlari orqali qahramonlar xarakteriga oid chizgilarni o‘rganamiz. Bu jarayonda inson ruhiyatiga xos tomonlar ochilgan.
Yozuvchi G’ulomning o‘z maqsadi yo‘lidagi intilishlarini tasvirlash bilan birga uning hayotga befarq emasligiga urg’u beradi.
Muallif Shodiyor tabiatiga xos nuqtalarni, hatto uning taqdirini Gulxaniy iborasidan foydalangan holda ochishga muvaffaq bo‘lgan.
"Shu payt ko‘nglimdan kechgan xayollarni anglagandek Muhammad Sharif deraza oldida o‘ltirgan joyidan ovoz berdi: "Shul bola uch xislatdin tashqari emas: avvalo, ko‘zi bejo-uyatni unutgandir; ikkinchi, vujudidan taryok isi kelur - afyunga rag’bati zo‘rdur; uchinchi, boshdin -oyoq zino botqog’iga botgandur, oxir - oqibat el andin nafrat qilur". "Taqsir, mehringizga ham, qahringizga ham taraf yo‘q, - dedim qizishganimni sezdirmaslikka tirishib,-lekin bu safar nazarimda, hiyla oshirib yubordingiz. Mushtdek o‘spiringa buncha malomat toshini otmaylik-da, yaxshisi, uning ham dil asroridan boxabar bo‘laylik. Ne balo, yo meni rashk qilyapsizmi?" Shunday deb boshimni ko‘tarib qarasamki, mavlono Gulxaniy allaqachon pinakka ketibdi..." (45-46-betlar).
Yozuvchining qahramon xarakterini ochishda Gulxaniyga murojaat etishi tasodif emas. Chunki Gulxaniy qahramonlari ham o‘z davrining, ham hamma davrlarga xos chizgilarni bera olish qudratiga ega. Ayni paytda Gulxaniy iborasiga murojaat etish asar jarayonida ko‘zlagan mo‘ljalni bexato olish imkonini bergan.
Adabiyotshunos Ibrohim G’afurov o‘zining "O‘ttiz yil izhori" kitobida Xayriddin Sultonov ijodi xususida quyidagi fikrni bildirgan:
"Xayriddin Sultonovning ijodiy muvaffaqiyatlari uning badiiy tilining tozaligi, individual bo‘yoqlarga boyligi, sodda - shirali ekanligida. U Lukian aytganday, favqulodda, odamni hayratga soladigan til materiali -ifodalar izlamaydi. U voqea-predmetni ongi va qalbida chuqur o‘zlashtiradi. So‘ng predmet, voqea so‘zlarga aylanadi. Keyin bu so‘zlar - "ko‘radi", "eshitadi", "kuladi", "nola qiladi", "ko‘z yosh to‘kadi..."89.
Biz yuqorida tahlil qilgan ishga Xayriddin Sultonovning qissalarida Ibrohim G’afurov qayd etganidek so‘zlar jozibasini xis qilamiz. Bu so‘zlar yozuvchi tomonidan "ko‘rish, eshitish, hatto, nola chekish" darajasiga yetkazilgan. Quyida keltirilgan parcha fikrimizning isbotidir.
"Kuni bo‘yi qo‘sh haydagan chorakordek horib-charchab, namozshomdayoq uxlab qoldimu kechasi to‘rt yil mobaynida birinchi marotaba Qunduzni tushimda ko‘rdim! O‘sha ilk daf’a uchratganimdek oq, oppoq ko‘ylakda, sochlari to‘lqin -to‘lqin chayqalib osmoni falakda, parqu bulutlar ustida qaygadir ohista uchib ketayotgan emish. Harchand zo‘r berib chorlasam hamki, ovozim yetmasmish. Bir mahal naq qulog’im ostida uning: -"Shahrisabzga keling, G’ulom aka, -degan qadrdon tovushini aniq - taniq eshitdim, haroratli nafasini yaqqol tuyib, a’zoyi badanim bir totli jimirlab ketdi. Shahrisabzga keling, - deb takrorlardi u,- ko‘klamda , maylimi? Albatta kelasiz-a?". U benihoya yuksakda, qo‘l yetmas, ko‘z yetmas samo bag’rida oqqushdek suzib yurardi- yu, men uning ma’sum chehrasini shundoqqina ko‘rib turardim...» (66-67- betlar).
Yozuvchi bu o‘rinda qahramonning sof muhabbatidan bizni yana bir bor ogoh etadi. Tasvir yanada chuqurlashadi. Shu bilan birga qissanavis harakatlarida yaqinlashib kelayotgan fojeaga ishora ham bor. Bu o‘rinda qissanavis iztiroblari kitobxonga ham ko‘chadi. Bu fojea ijaraga olingan xonadonda ro‘y beradi. Shodiyorning nopok qiliqlariga dosh berolmay yordam so‘rayotgan qiz G’ulomning xayoliga Qunduz fojeasini soladi. "Ko‘zlarim tinib, nafasim bo‘g’zimga tiqildi. Daf’atan, Shodiyor men umrimda birinchi marotaba ko‘rib turgan, yetti yot begona, nasl-nasabi betayin bir qizni emas ... Qunduzni sudrab ketayotgandek tuyuldi!
Balki Qunduz ham o‘shanda, o‘sha mash’um soatda mana shundoq vahshiy mal’un changaliga tushgandir? Bundan battar qiynoqlarga duchor bo‘lgandir? O‘shanda ham madad qo‘lini cho‘zgali biror kimsa topilmagandir? Qunduz, sho‘rlik, baxtiqaro Qunduz ..." (72-bet).
Qissa qahramoni umrining oxirigacha iztirobda yashadi. Ko‘ramizki, X.Sultonov qalamga olgan mavzu ijtimoiy-ma’naviy hayotning nihoyatda dolzarb mavzusini qamrab olganligi bilan xarakterlidir. X.Sultonov obraz yaratish borasida ancha tajribaga ega bo‘lgan yozuvchilardan biri. Yozuvchidagi tasvir mahoratining takomillashuvi qahramon obrazini yanada sayqallashib borishida ko‘rinadi.
Har bir ijodkor o‘z uslubiga ega bo‘ladi. Qissanavis obrazini yaratishda ham yozuvchi uslubiga ko‘p narsa bog’liq. Ammo qissa janridagi qissanavis obrazini «Hyech qachon yozuvchi shaxsiyati bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Badiiy so‘z individualligi qissanavisga nisbatan muayyan xarakterni ifodalash vositasi vazifasini bajaradi»90.
Uslubda ijodkorning butun ijodi, qobiliyati, uni boshqa ijodkorlardan farq qiluvchi tomonlari namoyon bo‘ladi. Ayni paytda uslub yozuvchi mahoratini ham belgilaydigan mezondir. Bu o‘z navbatida qissanavis obrazining yorqin chiqishini ta’minlaydi. Qissanavis obrazi yozuvchi tomonidan maxsus yaratilmaydi. Lekin uning qanday chiqishi yozuvchi mahorati va o‘zligini qanday namoyon etishiga bog’liq. Shu jihatdan u mustaqil obraz bo‘lib, asar tizimidagi boshqa obrazlardan farq qilib turadi. M.Baxtin fikriga ko‘ra: «Agar ushbu obraz haqqoniy va teran bo‘lsa, u tinglovchi-kitobxonga shu muallif asarini to‘la chuqurroq tushunishga yordam beradi»91.
Yozuvchi qalamga olayotgan mavzuni atroflicha tahlil qiladi, har bir obrazni shakllantirish uchun butun mahoratini ishga soladi. Bu jarayonda yozuvchi nimalarga qodirligi, salohiyati namoyon bo‘ladi. Ayni paytda asardagi har bir voqea, tasvir, xarakter yozuvchi dunyoqarashidan kelib chiqadi. Yozuvchi mahorati asarning badiiyligini, inson xarakterini yaratish san’ati uning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida o‘ziga xos qissanavis obrazini yuzaga keltiradi.
Yozuvchi Abbos Saidov "Rayhon isi tutgan hovli" nomli qissasida jamiyatda mavjud bo‘lgan yovuzlikning ijtimoiy ildizlarini ochishga urinadi. Qissaning kompozision tuzilishi "Yigirma to‘rt yil keyin", "Yigirma to‘rt yil avval", "Yigirma to‘rt yil keyin" singari uchta asosiy mustaqil bobdan iborat. Ma’lumki, asar kompozisiyasi ekspozisiya, tugun, voqea rivoji va yechim kabi qismlardan iborat. Bu komponentlar asardagi voqea, syujetni asarning asosiy g’oyasidan iborat markaz atrofiga ixcham va muvofiq uyushtirish prinsipi asosiga qurilishi kerak. Shu nuqta nazardan Abbos Said qissasida kompozisiya masalasi qanday hal etilganini ko‘rib chiqaylik.
Qissaning birinchi bobi qissa qahramoni Appon cholning Dalavoy ismli go‘rkovga o‘lmasidan oldin go‘r qazdirib qo‘ymoqchi bo‘lganini tasvirlashdan boshlanadi. Albatta, Dalavoy bunga rozi bo‘lmaydi. Qolaversa, bu Dalavoy uchun odamgarchilikka kirmaydi. Ammo cholning yalinib, yolvorishidan noiloj qolgan Dalavoy rozi bo‘ladi.
Asarlarda tush motividan foydalanish keng qo‘llaniladi. Pushkinning «Kapitan qizi» qissasida Grenyovning, Chingiz Aytmatov «Oq kema»sida bolaning tushi kabi o‘rinlar asar kompozisiyasida o‘ziga xos vazifani bajaradi. “Psixologiyada badiiy asardagi tush motivlari avtor va qahramon ong osti oqimining namoyon bo‘lish shakli deb tushuntiriladi”92. Ushbu qissadagi Appon cholning tushi ham asar kompozisiyasiga besabab kiritilmagan.
Nima uchun Appon cholning ko‘ngliga o‘lim bilan bog’liq o‘ylar keldi. Voqyea rivojida bu ochib beriladi. Appon chol o‘sha oqshom tush ko‘radi. Tushning tafsilotini cholning o‘zi gapirib beradi. Chol tushini Dalavoyga aytish epizodida yozuvchi badiiy tahlilni chuqurlashtiradi. Cholning og’ir, vazmin so‘zlashi, erinmay go‘rkovga o‘z dardini so‘zlashi sabab - kechagi ko‘rgan tushidir.
"-Tirik odamga go‘r qazish mumkinmas-da, Appon aka. U ilgarilari edi.
- Nega mumkin emas?
- Qonun yo‘l qo‘ymaydi.
Go‘rkovning qonunni peshlashi uning kasb-koriga yarashmadi. Go‘rkovning qonunni peshlashi Appon cholga ayil botdi.

  • Menga qonunni peshlama, uka!...

Dalavoy go‘rkov uning jahli chiqa boshlaganini sezdi, shuning uchun ham sal pastdan kelib tushuntirdi:
-O‘lganlik haqida do‘xtirdan, ZAGSdan qog’oz kerak bo‘ladi.
- Machitko‘chadagi Sohib Sodiqzoda qaysi do‘xtirdan qog’oz opkepti, a Dalavoy? Uyam bundan o‘n yillar burun qazittirib qo‘ygandi. Mana o‘zi haliyam hayot.

  • Uning yo‘rig’i bo‘lak. U hukumatning odami. Appon aka». 93

Qissanavis Appon cholning hayot yo‘lini shunchaki hikoya qilmaydi, qahramon xotiralaridan foydalaniladi. Yozuvchi hyech qachon Appon chol falon yili frontda jang qilgan deb qayd etmaydi. Xotiralarni qayta tiklashga nimadir sabab bo‘ladi. Mana shunday sabablardan biri quroldosh do‘sti Abdulazizning televizor orqali yolg’on gapirishi bo‘ldi. Appon chol Abdulaziz bilan birga jang qilgan, u o‘z quroldoshining xatti-harakatlarini juda yaxshi biladi. Abdulaziz jang maydonida qo‘lidan otib ana shu yo‘l bilan urushdan qutulib qolmoqchi bo‘ladi.
Qissada, ma’lum vaqt soxta qahramonlarning ishi yurishib, Appon chol kabi sofdil, chin insonlar chetga chiqib qolishi tasvirlanadi.
Yozuvchi Appon cholning iztiroblarini uning xotirotlari, tili orqali tasvirlar ekan, yukning yarmi qissanavisga, yarmi chol zimmasiga tushadi. Yozuvchi shu zaylda qissanavis va asar qahramoniga asar kompozisiyasida mushtarak vazifani bajartiradi.
Yozuvchi Appon cholning iztiroblarini tasvirlar ekan, kitobxon bunga ishonadi, chunki Appon chol umr bo‘yi yolg’onga qarshi kurashib kelgan halol inson. Qissada chol obrazi alohida ajralib turadi. Biz u haqida ko‘proq uning so‘zlaridan, fikrlaridan, odamlarga munosabatidan bilib olamiz. Chunki adabiyotshunos N.Shodiyev yozganidek: "Adib uchun nutqiy xarakteristika obraz yaratish va ular ichki dunyosini ochishning asosiy vositalaridandir. Qahramonlarning ahvol-ruhiyasi, kayfiyati, kechinma va his – tuyg’ulari, bir so‘z bilan aytganda, butun ichki hayoti, shu hayotning oqimlari bevosita ularning gaplarida namoyon bo‘ladi"94.
Biz qissada Appon chol obrazi bilan tanisha borar ekanmiz, N.Shodiyev qayd etganidek, bu - ruhiy holat mahsuli ekaniga shubha qilmaymiz.
Qissada davrning murakkab ijtimoiy muammolari qamrab olingan.
Qissa kompozisiyasida retrospektiv, orqaga qaytib hikoya qilish kabi usul qo‘llangan bo‘lib, bu usul yordamida Apponning yoshlik yillari Ayamboyning hayoti qayta jonlantiriladi. Apponning Toshkent, Bekoboddagi mehnati, qiyinchiliklarini tasviri, ota-bola o‘rtasidagi suhbat usuli yozuvchiga davrni haqqoniy chizib berish imkonini bergan.
"- O‘sha sizni olib ketishgandan so‘ng meniyam o‘qishdan chetlashtirishdi. Chetlashtirishdi emas, rabfakdan ketishimga majbur etishdi. Har chekkadan qo‘l niqtab ko‘rsatadigan, o‘zlarini mendan nari oladigan bo‘lib qolishdi. Hatto menga o‘zini yaqin tutib yurgan oshnalarim ham shu ishni qilishdi, dada...
Ayamboy aka boshini egdi, yanayam xomush tortdi. Chuqur xo‘rsindi.
-Ha, shunday ekan. Boshingga musibat tushganda qo‘plar dumini quruqqa olib qocharkan».95
Yozuvchi Ayamboy, Apponlar turmushini tasvirlar ekan, qissaga Sodir aka obrazi kirib keladi. U Ayamboy bilan Abdulla Qodiriyning do‘stligini kuzatadi. Qissadagi voqealar zanjirida qatag’on yillarning qurbonlarini yana bir marta yodga olish haqida gap boradi. Apponboyning otasi Ayamboy bosmaxonada ishlaydi. Ayamboy mashhur yozuvchi Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romanini nashr etishda ishtirok etganligi uchun qamaladi. Abdulla Qodiriyga tuhmat va zug’um kuchayib borayotgan bir paytda Sodirga o‘xshashlar Ayamboyni Qodiriyga yaqin deb tegishli organlarga sotadi. Oqibat begunoh Ayamboy qamaladi. Ammo o‘sha yillari sof vijdonli kishilar nomini sotib kun ko‘rganlar hanuzgacha tirik. Shulardan biri Sodir. Davr taqozasi bilan Sodir kabi sotqin kishilar bilan hisob - kitob qilish vaqti yetdi. Xalqda "qing’ir ishning qiyig’i qirq yilda ham bilinadi" degan maqol bor. Sodir yelkasida qirq yillik gunohni ko‘tarib yashayotgan kishi. Shundan so‘ng, Abdulla Qodiriyning do‘sti Porsa bilan suhbati tasvirlanadi. Porsa ba’zida topganlarini och-yupunlarga ulashib turishi epizodi qissaga kiritiladi.
Yozuvchi sobiq imperiya tuzumi tomonidan xalq dushmani deb tamg’a bosilganlar ichidan chinakam qahramonlarni topadi va ularni qissa qahramoni darajasiga ko‘taradi. Umri oxirlayotganini tushungan Ayamboy aka o‘g’liga quyidagicha vasiyat qiladi.
" - Bolam, sendan ikkita iltimosim bor. Bittasi, boshqa narsalarni ehtiyot qilmasang ham anuv uydagi kitoblarimni ko‘z qorachig’iday asra! O‘tmishimizdan uzilib qolganmiz, qachondir albatta qaytish bo‘ladi, o‘shanda o‘zbekning biror koriga yarab qolar! Ikkinchisi, menga bir narsa bo‘lguday bo‘lsa, Kichikoyni xafa qilmanglar. Mayli, buyam birovning farzandi, buyam meni deb besh - olti yil umrini, shu dargohda o‘tkazdi. O‘z onangday ko‘ringlar, kam bo‘lmaysizlar, - deb nasihat qildi» (47-bet).
Yozuvchi Ayamboy ota va Appon obrazlarini yaratar ekan, ularning ichki dunyosini tahlil qilishga urinadi. Bu ikki qahramon ham xalq uchun kurashadi. Ayamboyning Apponga aytgan fikrlarida, otalik mehrining tasvirida yozuvchining nuqtai nazari o‘z ifodasini topgan.
Habibaning o‘g’li o‘lim to‘shagida yotgan cholning oldiga Apponni olib boradi. Bemorning ko‘zlari “nuroniy yoxud beozor mo‘ysafidlarnikiga o‘xshamas, aksincha, ular odamga o‘qrayib qarayotganga o‘xshar",... "yana, tan-joni sog’ odamlarga hasad o‘tida boqayotgandek, ularga "senlar yuribsanlar, men esa mana bunday dardi bedavoga chalinib yotibman" deyayotgandek edi (51-bet). Bu satrlar bejiz berilmagan.
Yozuvchi qissaga kiritgan har bir obrazda o‘zi boshidan kechirganlarni ham uyg’unlashtirib yuboradi. Bunday holni Sodir aka sarguzashtlari tasvirida uchratamiz. Qissada qo‘rquv saltanati tasvirining ta’sirdor chiqishi davr voqealarini yozuvchi tomonidan badiiy talqin etilishidadir.
Sodir endi tavba-tazarru qilish payti, intiqom muhlati yaqinlashib qolganini his etadi. Sodir aka qilmishlari Ayamboyning boshiga yetganini yashirmay aytib beradi. Endi, uni kechiradigan, uning gunohidan o‘tadigan odam bu dunyoda yo‘q. U, allaqachon armon va alam bilan bu dunyodan ko‘z yumgan. Sodir akani Ayamboyning o‘g’li, Appon ham kechirolmaydi. Uning hayolidan:
"Sodir akaning qilgan ablahligini xudo kechirarmikin?" degan o‘y o‘tdi, o‘tdiyu. Yo‘q, yo‘q, bu dunyoda hammasining hisob-kitobi bor. Ha, uni otamning arvohi uradi, qaydam, balki urgani shu bo‘lsayam kerak, deb hukm chiqardi (57-bet).
Qissanavis qatag’on davrida ezilganlarni ham, davrdan o‘z maqsadi yo‘lida foydalangan sotqinlarni ham tasvir obyektiga kiritar ekan hyech kim taqdir hukmidan qutula olmasligini qayd etadi.
Qissadagi aksar qahramonlar ko‘ngli shikasta, mo‘min-qobil kishilardir. Shu bois tasvir jarayonida yozuvchi har bir qahramonining tabiatidan kelib chiqib ularni tasvirlaydi.
Qissa «kahramon ruhiyatidagi murakkab holatlarni, ijtimoiy turmushdagi chigal voqealarni tasvir etish bilan boshqa epik janrlardan farqlanadi»96. Bu farq Abbos Saidov qissasi qahramonlari xarakterida ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Asardagi qahramonlar xarakterida, hatto, ularning ovoz intonasiyalarida, ohangida qandaydir siniqlik bor. Ayamboy qatag’on qurboni bo‘lib ketdi. Uning o‘g’li Apponboy ham bu dunyoda yorug’lik ko‘rmadi. Amal-taqal qilib kun ko‘radi. Urushga borib keladi. Undan keyingi hayoti ham ko‘p qatori o‘ta boshlaydi. Yozuvchi Apponboy boshidan o‘tgan voqealarni shunchaki hikoya qilmaydi. Uning kechinmalarini tahlil qiladi. Ammo, bizning fikrimizcha qissada qiyomiga yetmagan o‘rinlar ham bor. Bu Ayamboyning tush ko‘rish tafsiloti bilan bog’liq. Yozuvchi Ayamboyning tushi tafsilotini uzundan-uzoq hikoyaga aylantirib yuborgan.
"- Oyingdan ayrilganimni bilganman, Appon. O‘sha kun hali-hali ko‘z oldimdan ketmaydi. Taygada daraxt kesib yurib, choshgoh paytida ko‘zim ketib uxlab qopman. Tushimga oying kirdi... to‘yimiz, to‘ydan avvalgi kunlar kirdi" (41-bet).
Ayamboyning tushida o‘tin yorishlari, Oydinni chimildiqqà olib kirib ketishlari, keyin ularning jannat bog’iga kirib ketishlari, jannat bog’i o‘rnini jahannam egallashi bilan bog’liq tafsilotlar cho‘zilib ketgan. Bu kabi qahramon tushini uzoq tasvirlash o‘zini oqlamagan.
Qissanavis asar qahramonlari boshidan kechirgan fojialar bilan bir qatorda ekologik muammolarga ham e’tiborni qaratadi.
Asarning ayrim joylarida publisistik ruh kuchlilik qiladi, bu asar qahramonlarining nutqida yaqqol seziladi:
"Sebzordagi, Taxtapuldagi qancha-qancha mevali daraxtlar kesilib ketibdi, qanchadan-qancha hovli-joy yo‘q bo‘p ketibdi. Anavi gugurt qutisiga o‘xshagan uylarni ko‘rib yana ichim biram achidiki ... O‘zbek hovli bilan, yer bilan tirik-da!" (72-bet).
Appon cholning gaplari gazeta va jurnallarda chop etilayotgan publisistik maqolalarni eslatadi. E’tibor bering Toshkentning markazida tug’ilib o‘sgan Apponboy " daraxtlar kesilib ketibdi... hovli-joy yo‘q bo‘b ketibdi" deb shunchaki gapiryapti. Bu Appon chol tabiatiga zid holat. Asardagi personajlar tiliga kitobiylik o‘z ta’sirini o‘tkazgandek.
Qissanavis Shokirbazzoz va Appon chol o‘rtasidagi suhbatdan ikki quroldosh do‘stning xarakterini to‘laroq ochish niyatida foydalanadi, ammo bu usulni haddan ziyod ko‘p qo‘llaydi. Bu usul o‘quvchini zeriktirishi mumkin. Asar qahramoni Abbos Saidov tasvirida ko‘p joylarda so‘z mas’uliyatini unutib qo‘yadi. Buning oqibatida dialoglar, ortiqcha savol - javoblar ko‘payib ketadi. Asar nihoyasiga yaqinlashganda Appon chol qalbining iztirobli o‘ylari quyidagicha tasvirlangan:
-"Qanday zamon bo‘ldi" emish-a? Zamonning shunday bo‘lishiga senlar sababchisanlar-ku, xudosiz! Tag’in uyalmay- netmay "Qanday zamon bo‘ldi?" deydi-ya!" deb mulohaza yuritdi, mulohazasi ortidan Sen qayerdan bilarding Tillaning dardi nimada ekanini?! Sen qayerdan bilarding uning yuragida nimalar kechayotganini?! Sening yo seni unga olqishlab qo‘ygan satang o‘ynashingning yuragi ana shu galdirnikichalik bo‘lsa, jon derdilaring-a?! Afsus, u senlarga o‘xshamaganiday, senlaram uningdek bo‘lolmaysanlar!- deb so‘zlandi-da, davrani tark etib, Rahmonberdinikiga qarab jo‘nadi» (153-154-betlar).
Qissadagi qahramonlar beozor chollardir. Appon chol xarakteridagi bu beg’uborlikni tanqidchi Rahimjon Otayev:
"Appon choldek, "rayhon isi tutgan hovli" sohibi, ya’ni odamiylik va odamshavandalik tarixini mahkam tutib yashagan dilkash inson, nuroniy zot esa, tabiiyki, shamdek o‘chishdan avval favqulodda kuch bilan yona boshlaydi: odamlarga so‘nggi ehsonini ulashib, yorug’ yuz bilan rozi-rizolik tilashadi, o‘tgan umrini batafsil sarhisob qiladi..."97, - deb talqin qiladi.
So‘nggi yillarda biz mana shu sodda "sarhisob"lik zamirida sharq qàriyalariga xos beg’uborlikni aks ettirgan bir qator asarlar yaratilganining guvohi bo‘lamiz.
Abbos Saidovning "Rayhon isi tutgan hovli" qissasida ba’zi qahramonlar xarakteri yaxshi chiqmagan o‘rinlar, xarakter tipikligi va individualligi qiyomiga yetmagan o‘rinlar uchrab turadi, xususan “qissanavis” bilan bog’liq o‘rinlarda. Holbuki, «Qissanavis so‘zi asar tarkibida yetakchi funksiya bajarishi, mantiqiy, mazmuniy ohang asosida turishi, personajlar, voqealarga baho berishi lozim»98. Yozuvchi Appon chol obrazini yaratar ekan, bunga faqat xotiralar yordamida erishishga harakat qilgan. Sodir akaning ruhiy olamini tasvirlar ekan, qora bo‘yoqni quyuqlashtirib yuboradi. Zero, har bir insonning o‘z olami, hamma ham anglab yetmaydigan dunyoqarashi bor. Har bir inson qalbida yaxshilik va yomonlik, adolat-adovat, xiyonat va diyonat yonma-yon yashashini inkor qilib bo‘lmaydi. Demak, bu tomonlarni ham tasvir doirasiga kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
«Rayhon isi tutgan hovli» qissasining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, asardagi qissanavis obrazi undagi xarakterlarni nechog’lik qiyomiga yetgani, yaxshi ochib berilishi bilan bevosita bog’liq ekan.
Abbos Saidovning "Xonchorboqqa tun cho‘kkanda" nomli qissasiga Qaysin Qo‘liyevning quyidagi she’riy satrlari epigraf qilib olingan .
Xotirot-daraxtzor o‘rmonim mening,
Shivirlaydir unda zangor yaproqlar...
Neki kechmish, o‘rmonimda qolmishdir.
Inson umri ham zangor yaproqlarga o‘xshaydi. Fasllar tez almashadi. Inson umri tez o‘tadi. Yaproqlar xazonga aylanadi. Xazonlar xotira bo‘lib yerga to‘kiladi.
Yozuvchining ushbu qissasi dialog bilan boshlanadi, u qahramonlarning ichki dunyosini yoritishga xizmat qilgan.
Yozuvchi Tohir Malik Abbos Saidovning "Xonchorboqqa tun cho‘kkanda", "Rayhon isi tutgan hovli" qissalariga baho berar ekan: "Abbos Saidovning har ikki asari biz ko‘nikib qolgan qissalar sirasidan emas . Men bu asarlarga ko‘pqatlamli deb sifat bergan bo‘lardim. Bu qatlamlar, voqealar o‘zaro bog’lanib yagona bir oqimni tashkil etadi. Mana shu ko‘pqatlamlilik, qamrov, yozuvchining yanada kattaroq asarlar yozishga tayyorlanib borayotganidan dalolat beradi"99.
Haqiqatan Abbos Saidov qissalarida ruhiyat tahlili kuchli. Shu usul orqali asar g’oyasini kitobxonga yetkazishga harakat qiladi. «Xoncharboqqa tun cho‘kkanda» qissasida Nabi Taroqning qabristonda qilgan oyisiga murojaatidan asarni yuzaga kelishiga turtki bergan g’oyani anglash mumkin:
"Billo, oyi, shu bugun diydiyo qilgani keldim, tepangizga. Dardu alamlarni to‘kib- sochgani keldim. Erkak boshim bilan yig’lab keldim...
To‘g’ri, oyi, otam shahid ketganlarini eshitganimda, sizning tobutingizni shu yerga ko‘tarib kelayotganimizda farzand bo‘lib hungragandim, yetim qolib bo‘zlagandim...
To‘g’ri, oyi, Jo‘raxondan ayrilganimda, Sherali uni chimildiqqa ko‘tarib kirib ketganini eshitganimda oshiq bo‘lib yig’lagandim. Laylisidan judo bo‘lgan Majnun kabi...
Bugun, oyi, qadrim uchun yig’ladim»100 (263-bet).
Qahramon murojaatidan kitobxon ko‘z o‘ngida ma’lum manzara jonlanadi. Bu o‘rinda qissanavisning asardagi roli shakllanib borayotganligini ko‘rish mumkin.
Abbos Saidovning mazkur qissasidagi Nabi Taroq obrazi "Rayhon isi tutgan hovli" qissasidagi Ayamboy otadek qiyinchiliklarga bardosh berib, o‘zligini saqlab qolgan, milliy qiyofasini yo‘qotmagan badiiy obrazlar sirasiga kiradi. Buni XX asr so‘nggi choragida yaratilgan o‘zbek qissachiligi yutug’i deb baholash mumkin.
«Literaturnыy obozreniye» jurnalining 1986 yil 4-sonida zamonaviy o‘zbek adabiyotida qissa janri taraqqiyoti to‘g’risida bahs-munozara bo‘lib o‘tgan. Bu bahsda V. Oskoskiy, I. Rostovseva, Z.Kedrina, G.Rasulova, V.Gusev, Ya.Donov, N.Polivanovlar ishtirok etib, o‘zbek qissasining janr va uslub xususiyatlari va mavzuining xilma-xilligi to‘g’risida fikr bildirdilar. Jumladan, V. Oskoskiy E.A’zamov, T.Malik va boshqa yozuvchilarning qissalari haqida fikr yuritib quyidagicha xulosa chiqargan: «...barcha qissalarda liriklik poetik ustivorlik sezilib turadi. Borliqning keng qamrovli ijtimoiy tahliliga, qahramonlarning ruhiyatini chuqurlashtirilgan holda ochib berishga intilish hali sezilarli badiiy natijalarga olb kelganicha yo‘q. Ikki holat ham shaxsning axloqiy –ma’naviy konsepsiyasi bilan uning ijtimoiy va ma’naviy muammolarining falsafiy anglash kesishuvida yuzaga keladigan umumlashmalarni talab qilishi tabiiy».64 Lekin bu fikrlarga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki, o‘zbek qissalaridagi o‘sish janrning yangi qirralarini namoyon bo‘lishi doimiy ravishda bahs-munozaraga sabab bo‘lgan. Shu tufayli bizning qissachiligimizdagi ijobiy o‘zgarishlarni yutuq deb baholashimiz o‘zini oqlaydi.
Ma’lumki, qissanavis obrazi yozuvchining mahorat darajasini belgilovchi mezonlardan biri. Bunda yozuvchining nuqtai nazari qahramonlar dunyosini ochib berish imkoniyatlari yetakchilik qiladi. Yozuvchi adabiy qahramon yaratar ekan, eng avvalo, ularni haqiqatga yaqin turishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
M.M.Do‘st "Galatepaga qaytish" qissasida Toshpo‘lat G’aybarovdek obraz yaratib, adabiyotimizga yangi bir adabiy tipni olib kirdi. G’aybarov hyech kimni takrorlamaydigan obraz. Uning ma’naviy dunyosi boshqalardan tubdan farq qiladi.
"Tipik xarakterning o‘ziga xos individual xususiyatlari aniqlandimi, bas, bundan keyingi ish ancha yengil ko‘chaveradi. Yozuvchi personaj xarakterining mantiqidan kelib chiqib, u o‘zini qaysi vaziyatda qanday tuta olishini, qanaqa ishlarga qodir va qay muammolar oldida ojiz ekanini, (uning) ish joyi, ko‘cha - ko‘y va uy ichidagilarga muomalasini, turmushdoshi, bola-chaqalariga munosabatini, xullas, nimani va kimlardan uzoqlashishiga intilishigacha hamma-hamma narsani bemalol tasavvur qila olishi mumkin. Agar, u personaj hayotini shunday tasavvurlar bo‘yicha tasvirlay olsa,albatta tipik xarakterga ega bo‘lgan individual badiiy obraz vujudga keladi"101.
Individual badiiy obraz yaralgan asargina chinakam badiiy asar darajasiga ko‘tariladi. Bunday asarni o‘qib bo‘lib, bir qancha vaqt uning og’ushida yurar ekansiz, bir qiyofa fikrimizni band etadi. Bu – asardagi «qissanavis obrazi». Bu masalaga yozuvchilar avval ham e’tibor qaratishgan. Xususan, rus yozuvchisi L.Tolstoy o‘z kundaliklarida (1853. 24 oktyabr):
«Asarni, sof adabiy asarni o‘qir ekansiz - asarda o‘z aksini topgan muallif xarakteri asosiy diqqat markazida turadi... Eng rangsiz asarlar shuki, ularda muallif nigohi shunchalik tez o‘zgaradiki, oxiri butkul yo‘qoladi»102, - deb yozadi. L.Tolstoy bizning ishimizga dahli bo‘lgan muhim bir nuqtaga urg’u berayapti. Ya’ni: muallif nigohi o‘tkir va izchil bo‘lsagina kitobxon, o‘quvchi qissanavis xarakteri haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. O‘tkir va izchil nigoh tufayligina badiiy haqiqatga erishish mumkin. Shu tariqa qissa kompozisiyasi va real voqelik munosabati, qissanavis obrazining qissa kontekstida tutgan o‘rni yuzasidan olib borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosaga kelish imkoniga ega bo‘ldik:
Qissanavis obrazi asar kompozisiyasida ichki va tashqi muvozanatni tutib turadi. M.M.Do‘stning “Galatepaga qaytish» qissasida G’aybarov, S.Siyoyevning «Otliq ayol» qissasida Zumrad, «Besh kun mister bo‘lganim» qissasida Rahmatov, X.Sultonovning «Ko‘ngil ozodadur» qissasida G’ulom obrazlari shunday vazifani bajaradi.
Qissanavis obrazi hammavaqt ham bir xil vazifani bajarmaydi. Qissanavis obrazi asarning umumiy xarakteridan kelib chiqadi. Qissanavis ba’zi o‘rinlarda obyekt, boshqa o‘rinda subyekt vazifasida kelishi mumkin.

O‘ZBEK QISSALARI POETIKASI” FANIDAN



Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish