OQSAROY SHAHRI
Qarshi davlat DU Ijtimoiy fanlar fakulteti
1-kurs talabasi Ziyodov Husniddin
Ilmiy rahbar :Tuhtamishova Fotima
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Amir Temur davridagi ya`ni XIV-XV asrlarga oid Oqsaroy binosi Amir Temur va Temuriylardavrida ham hozirgi kunda ham Kesh shahrisabzga keluvchilarning diqqat e`tiborini tortib kelgan.
Oq saroy bunyod etilganidan buyon sayyohlar va olimlarni fikrlashlariga va qiziqishlariga sabab bo`lmoqda.
Kalit so`zlar:oqsaroy Kesh shahrisabz Abdurazzoq Samarqandiy sharafiddin Ali yozdiy peshtoq ustun Klaviho Kabanov Z.M.bobur X.T. Sultonov .
Binoning bunyod etilishi Amir Temurning 1379-yilda Xorazmga to`rtinchi yurish qilgan paytiga to`g`ri keladi .Xorazmning markazi Urganch qo`lga olinganidan so`ng Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha Temuriy ishga yaroqli barcha odamlarni Xorazmdan Movarounnahrga ko`chirib Kesh Shahriga joylashtirish haqida farmon berdi Sharofiddin Ali yozdiyning xabar berishicha ko`chirilganlar mashhur olimlar mullalar Qur`on bilimdonlari va turli kasbdagi quruvchi mutaxasssislar ham bor ediki ular temurning buyrug`i bilan Keshda yangi saroy qurishga ko`pchilikni tashkil etadilar. Shuning uchun ham Abdurazzoq Samarqandiy xorazmlik ustalar baland saroy bino etdilarki hozirgi kunda u Oqsaroy nomi bilan ataladi deb ma`lumot beradi.
Oqsaroy qasri sohibqiron Amir Temur hazratlari barpo ettirgan ulug`vor muhtasham tengsiz me`moray obidadir . Qudratli davlatning zaxira ma`muriy boshqaruv binosi tariqaswida 1380-1396 yillarda qurilgan koshona kechmishi xayratomuzdir. C.P. Ravshanov .
O`z davrida umumiy balandligi 70metrgayaqin bo`lgan oqsaroy binosining hozirgi kunda saqlanib qolgan qoldig`i 38 metr saqlanib qolgan kirish peshtoqining ikkita ulkan ustuni sirlangan mozaika va betakror o`y`ma naqshlar bilan bezatilgan . Bu yerdagi geometric va tabiiy naqshlar yeti xil rangda tanlangan bo`lib xalq orasida xaft rangi deb nomlanadi.
O`zbekiston qahramoni xalq shoiri Abdulla Oripov bu buyuk imorat haqida shunday o`lmas satrlarni bitgan ;
Qancha jahongirlar izsiz yo`qoldi
Moziy barchasini bag`riga oldi
Niyati oq ekan Sohibqironning
Undan mangu yodgor oqsaroy qoldi
Islom Karimov ilmiy marifiy majmuasi Abdulla Oripov satri
Saroyni bezashda me`moray naqshinkor usullarda bitilgan diniy-falsafiy yozuvlarga alohida e`tiboe berilgan. Hozirgi kunga kelib olib borilgan ko`pgina tadqiqotlar natijasida bu yerdagi ko`p`gina arab va fors tillaridagi yozuvlar o`qilib tarjima qilingan .
Sharofiddin Ali yozdiyning zafarnomasidagi Sohibqirobi saodatnomana Kesh Qal`asini solib oqsaroy imoratini buyurg`oni faslida amir temur qurdirgan oqsaroy jumladan shunday ta`rilanadi sichen yilda tarix yeti yuz sakson birda ul shaharg`a qal`a soldurdi va jahdlab tamom qildirdu va andoq shahar bo`ldikim gardun muhandisi muncha Yoshi bilan olamni kezib hech bir yerda mundoq shahar va ko`shk ko`rmagan turu olim oqsroy qurilishining boshlanishi haqida quyidagicha she`riy satrlar bitadi
Yerdan to samo qadar ko`tarilgan yangi nomi ila ataldi tanho go`zal oqsaroy oy sharofiddin ali yozdiy zafarnoma . tarix fanidan kelib chiqib qarasak shunday savol beriladi u 1552-yilda Shahrisabzni Shayboniy Hoshim Sultondan olib ukase ibodullo sultonga berdi. 1553-yilda Navro`z Ahmadxon yordamida Hoshim Sulton Shaxrisabzni egallaydi. 1563 –yilda u ikkinchi bor Hoshim Sultonni daf qilish uchun shaxrisabzni fath etib yaqini xusrav sultonga beradi va unga qarata haqiqat bilan hukmronlik qil kuchli va kuchsizni adolat sitamida barobar tut hamisha jabru zulm Bayrog`ini sindur deydi.
Liya Mankovskaya asosiga tayanib yozishicha 1707-yil Oqsaroy peshtoqi tagida buxoro xoni Ubaydullohonning toj kiyib taxtga o`tirgani haqidagi ma`lumot peshtoqning butunligidan dalolat beradi.
Oqsaroyning ilk ko`rinishi haqida ispan lechisi Klavixo shunaqa ma`lumot beradi :Saroyning kirish juda uzun va darvozasi ham juda baland . Kirish joyida op`ng va chap tomonida koshinlar va turli naqshlar bilan bezatilgan g`ishtin arklar qad ko`targan bu yerdagi bezash ishlarining barchasi oltin lojuvard va qimmatbaxo toshlardan qilinganki bunga xatto parijning mohir ustalari xam qoyil qolishi mumkin .Zahiriddin Muhammad bobur malumatiga asosan “Temurbekning zodubudi Keshdin uchun shaxr va poytaxt qilurg`a ko`p va xo`p ehtimollar qildi oliy imoratlar Keshga bino qildi “ zahiriddin Muhammad bobur s.k. Kbanov malumotiga ko`ra 1936-yil qazishlar asosida sharqiy ustunning janubiy tomonidan uzunligi bir metr bo`lgan ilk satx ochilgan . Bunda topilgan koshinlar qarshilik usta ali tomonidan bunyod etilgan shoxizinda maqbarasi koshinlar uslubida tayyorlangan 1976-yilda arxiolog X.T. sultonov oqsaroy binosini qoldirib konservatsiya qilish uchun kirish peshtoqi xarobalaridan uch turt metr janubda ish boshlab undan bir yarim metr chuqurlikda binoning satxiga qoplangan ajoyib rangli qoplama naqshlar topildi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Shaxrisabzdagi oqsaroyda ijtimoiy iqtisodiy soha rivojiga hissa qo`shish va shaxarni turistik salohiyatini oshirish maqsadida textile va oqsaroy textile korxonasini qurib unda 54 millionli 3 ta loyixani bajarish 1610 ta ish yaratish yiliga 22 million dollarlik mahsulot eksport qilish mo`ljallangan edi . [ Prezident shaxrisabzda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish haqida – Gazeta . uz so`zim o`rnida ayonki oqsaroy chinakamiga tashqi ta`sir bo`lmasa haroba bo`ladigan imorat emasdi . Buning ustiga ordan 50 yil o`tib 1920-yil 24-dekabrda sovet tuzumiga qarshi umumxalq qo`zg`olonini biostirish vaqtida Benbin degan kimsa tomonidan oqsaroy ko`pka tutilgani aytiladi .Oqsaroy sovetlr davrida 74 yil davomida qarovsiz qolgan .
Mustaqilligimiz keng nishonlanish arafasida nihoyat istiqlol shamolining esishi bizgacha nasib etib saqlangan oqsaroy peshtoqlarini qaddini ko`tarib bugungi kunda sayrgoh deb atalayotgan maydonning (82 ga ) ko`rkiga aylantirib yurtimiz insonlari va chet el olim va sayyohlarni hozirga qadar mamnun etib kelmoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: |