SUVNING O'SIMLIK
HAYOTIDAGI
O'RNI
O'simliklar to'qimalari tarkibining 70-
95% suvdan iborat. Suv o'zining
ajoyib xususiyatlari tufayli
organizmlar hayot faoliyatida birinchi
va boshqa moddalarga tenglashtirib
bo'lmaydigan o'rinni egallaydi. Ammo
uning hujayra tuzilishida
va undagi
molekulyar darajada boradigan turli
metabolik jarayonlardagi o'rni to'la
o'rganilmagan.
Suvning butun bir organizmdagi o'rni
turlichadir. Butun
yer yuzidagi hayot
formalari faqatgina suvli holatdagina
mavjud. Shuning uchun ham hujayra
tarkibidagi suvning kamayishi, tirik
tuzilmalarning tinchlik, ya'ni anabioz
holatiga o'tishiga olib keladi.
Biologik ob'ektlarda
suv quyidagi
asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Hujayra, molekula, to'qimalar va organlarni bir butun qilib birlashtirib
turadi. Suv uzluksiz muhitni tashkil qiladi.
2. Biokimyoviy reaktsiyalar uchun eng yaxshi va muhim muhitdir.
3. Hujayra tuzilmalarini tartibga solishda qatnashadigan oqsillar tarkibiga
kirib, ularning konformasiyasini belgilaydi.
4. Bir qancha biokimyoviy reaksiyalarning tarkibiy qismidir;
a) fotosintez jarayonida elektronlar donoridir.
b)Kreps tsiklida oksidlanish-qaytarilish jarayoni ishtirokchisi.
5. Hujayra hayotiy jarayonlarida, xususan suvning membranalardagi
elektronlar va protonlar tashiluvidagi o'rni beqiyosdir.
6. Moddalar almashinuvida asosiy o'rinni tutadi. Masalan ksilema to'qimalari
bo'ylab esa suv va unda erigan moddalarni tashisa, flozma to`qimalari bo'ylab
moddalarning simplast va apoplast tashiluvi amalga oshadi.
7. Issiqlikni boshqaruvidir. Suv tufayli o'simlik to'qimalarida haroratning
birdan o'zgarishi ro'y bermaydi. Bu hol suvning yuqori issiqlik sig'imi bilan
o'lchanadi.
8. Suv tufayli yuzaga keladigan egiluvchanliklik hususiyati tufayli o'simliklar
har xil mexanik ta'sirlardan saqlanadi.
9. Suv tufayli bo'ladigan osmos va turgor holatlari tufayli to'qimalarning
nisbatan qattiq holati saqlanadi.
Suvning tuzilishi va xossalari.
Ma'lumki suv uch agregat holatida bo'lishi mumkin, ya'ni
suyuq, qattiq va gaz holatlarida. Bu tuzilmalarning har
birida suv turlicha tuzilishga ega.
Shuningdek tarkibidagi
moddalarga qarab suv boshqa xususiyatlarga ham ega
bo'ladi. Suvning qattiq holati ham kamida ikki xil bo'ladi.
Bular, muzning sof krisstall holati va krisstal bo'lmagan
shishasimon muz holati. Muzning shishasimon holati suv
tez muzlaganda ro'y beradi. Bunda
suv molekulalari
krisstall panjaralari hosil qilishga ulgurmaydi. Buni biz
suvni suyuq azot bilan muzlatganimizda ko'rishimiz
mumkin.
Osmos.
Suv va boshqa erituvchilarning
yarim o'tkazgich parda
orqali
diffuziyasi osmos hodisasi deb
ataladi. Osmos
suvda erigan
moddalarning konsetratsiyalarining
farqi natijasida paydo bo'ladi.
Osmos ikki xil bo'ladi, ya'ni
endoosmos va ekzoosmos.
Endoosmos-eritmaning ichkariga
kirishi.
Ekzoosmos-eritmaning tashqariga
chiqishi.