IJODIY NIYAT, muallif niyati – badiiy ijod jarayonidagi ilk bosqich. I.n. san’atkorning voqyelik bilan munosabati, voqyelikni O‘ZICHA (o‘zining estyetik idyeali, dunyoqarashi, sajiyasi, madaniy-ma’rifiy darajasi, hayotiy va ijodiy tajribasi, tug’ma istye’dodi quvvati asosida) qabul qilishi va idrok etishi natijasi o‘laroq yuzaga kyeladi. I.n.da yaratilajak asarning asosiy chizgilari, biroz xiraroq tarzda bo‘lsa-da, ko‘zga tashlanib turadi, boshqacha aytsak, I.n. asarning san’atkor ongidagi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, san’atkor I.n.dayoq o‘quvchiga muayyan ta’sir qilishni ko‘zda tutadi, ya’ni maqsad ijroga ta’sir qiladi, niyat va ijro birlashadi. Zyero, san’atkorning estyetik idyeali bilan mavjud voqyelik orasidagi nomuvofiqlik badiiy ijodga undovchi motiv bo‘lsa, idyealga yaqinlashish uning maqsadidir. Dyemak, I.n. bilan uning ijrosi, ijod motivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, butun hodisaga aylantiradi. SHunga ko‘ra, ijod – I.n.ni amalga oshirish, san’atkorning o‘y-fikrlari, bahosi, badiiy konsyepsiyasini badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtirish jarayoni dyemakdir. Albatta, I.n. turg’un tushuncha emas, ya’ni u ijod jarayonining boshida paydo bo‘lganicha qolmaydi, aksincha, byevosita ijod jarayonida sayqallanib, konkryetlashib boradi, muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. YAna bir tomoni, I.n. turli darajada amalga oshadi va bu tabiiy ham. CHunki I.n.ning qay darajada amalga oshishi qator omillar (muallifning ijodiy tajribasi, badiiy mahorati, konkryet davr sharoiti va sh.k.) bilan bog’liqdir.
IJROVIY LIRIKA (ruschadan kalka: “rolyevaya lirika”) – lirikaning sub’yektiv shakllantirilishiga ko‘ra farqlanuvchi ko‘rinishlaridan biri, lirik kyechinma o‘zga shaxs tilidan ifoda etiluvchi shye’r. YA’ni bunda shoir go‘yo o‘zga shaxsga evriladi, uning “roli”ni ijro qiladi, natijada I.l. qahramoni lirik kyechinmaning yagona sub’yekti bo‘lib qoladi. I.l.ning ildizlari kurtak holida xalq og’zaki ijodida (mas., kyelin tilidan, yetim tilidan, ho‘kiz tilidan), mumtoz shye’riyatimizda kuzatilsa-da, uning kyeng ommalashishi XX asrga to‘g’ri kyeladi. Jumladan, CHo‘lponning “Myen va boshqalar” shye’ri I.l.ning yangi o‘zbyek shye’riyatidagi ilk va sara namunalaridan biri sifatida ko‘rsatilishi mumkin. O‘tgan asrning 20 – 30-yillarida kyeng tarqalgan “Qo‘shchi qo‘shig’i”, “Kolxozchi qiz qo‘shig’i”, “Suvchi qo‘shig’i” tarzida yaratilgan shye’rlarning aksariyati I.l.ga mansub etilishi mumkin. SHye’rning bu ko‘rinishi 60-yillardan boshlab, ayniqsa, kyeng tarqaldi: “Hamza” (A.Oripov), “Abdulla Nabiyev” (E.Vohidov). 70 – 80-yillar shye’riyatida yanada faollashgan I.l.ning asosiy qahramonlari tarixiy shaxslar bo‘lib qoldi: mavjudlikning mangu muammolari, millat va yurt taqdiri masalalari, jamiyatning joriy holati ularning ko‘zi bilan ko‘rildi va baholandi. X.Davronning “To‘marisning ko‘zlari” shye’riy to‘plami, U.Azimning “Tushlaringizga kiradigan ko‘zlar” turkumi aksar shunday shye’rlardan tarkib topgan bo‘lib, ular milliy o‘zlikni anglash jarayonida muhim ahamiyat kasb etdi.
IZDIVOJ (ar. ?????? – juftlashmoq, uylanish) – mumtoz adabiyotdagi shye’riy san’atlardan biri, bayt misrasida ikki yoki undan ortiq so‘zning yonma-yon yoki bir-biriga yaqin holda ohangdosh (o‘zaro qofiyadosh) bo‘lib kyelishi. Manbalarda I.ni tazmini muzdavaj dyeb ham ataydilar. Mas., Nodiraning:
Qilmag’il zinhor izhor ehtiyoj,
Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj, –
baytida “zinhor” va “izhor” so‘zlarining yonma-yon kyelib o‘zaro ohangdosh bo‘lishi I.ni yuzaga chiqarmoqda.
ILHOM (ar. ????? – yedirmoq, ruhlantirmoq) – san’atkor ruhiyatida yuzaga kyeluvchi ijodiy-ruhiy holat, ijodiy faoliyatning yuksak zavq bilan, ko‘ngilli va yengil kyechishini ta’min etuvchi ko‘tarinki ishchan kayfiyat. Ijodkor kishilarda kuzatiluvchi mazkur holat odamlarga qadimdayoq ma’lum bo‘lganki, uni turlicha izohlashga harakat qilganlar. Jumladan, qadimgi yunonlar I. muzalar – ayol qiyofasidagi ilohiy mavjudotlar tomonidan byeriladi dyeb hisoblaganlar, SHarqda ham I.ni g’aybdan dyeyishga moyillik kuchli bo‘lgan: hozirda ham tyez-tyez tilga olinadigan “ilhom parisi” qabilidagi gaplar shuning izlaridir. Albatta, I. onlarini, uning yuzaga kyelishini mantiqiy izchillikda tushuntirib byerish qiyin. Biroq shunisi aniqqi, I. ijodiy qobiliyatga ega shaxsning ijodiy-ruhiy faoliyatidagi muayyan bir bosqich bo‘lib, ushbu onlarda bunga qadar pishib-yetilib kyelgan jarayon tyezlashadi; ijodkorning umumiy ruhiy quvvati ortadi: aqliy va hissiy mushohada tyezligi oshadi, xotira maksimal jonlanadi, narsa-hodisalar orasidagi assosiativ aloqalarni ilg’ay olish qobiliyati, nigoh o‘tkirligi, ta’sirchanlik kuchayadi, ijodiy tasavvur ko‘lami kyengayadi. Ayni shu damlarda ijodiy jarayon ko‘ngilli, oson va mahsuldor kyechadi – asar go‘yo “quyulib” kyeladi. Dyemak, I.ni g’aybdan kyelgan narsa sifatidagina emas, balki san’atkor ongiyu qalbida kyechgan ijodiy-ruhiy jarayonning eng yuksak nuqtasi, tug’ma imkoniyatlari o‘ta kuchaygan, bir nuqtaga yig’ilgan holda estyetik ob’yektga yo‘nalgan palla sifatida ham tushunish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |