“Oltun yorug‘”da “uch qimmatbaho xazina” qaysi ta’limotni qamrab oladi?
“Oltun yorug‘”da “uch zahar” qanday ta’limotni o‘z ichiga oladi?
“Oltun yorug‘”da qanday axloqiy-ta’limiy masalalar ilgari su- riladi?
“Oltun yorug‘”da komil insonga xos sifatlarga ta’rif bering.
Maytri smit (Moyto‘ra bilan uchrashuv) Reja: “Maytri smit” asari haqida umumiy ma’lumot.
Maytri smit”ning bag‘ishlov mundarijasi.
“Maytri smit”ning nusxalari va tarijmasi haqidagi bahslar.
“Maytri smit”ning tarjimoni haqida.
“Maytri smit” va xtinayana mazhabi.
“Maytri smit”ning “Yukunch” bo‘limi.
Bitrinchi pardaning mazmuni.
Ikkinchi pardaning mazmuni.
Uchinchi pardaning mazmuni.
Tayanch so‘z va iboralar: turkiy qavmlar, buddaviylik, pesa, drama, adabiy tur, uyg ‘ur-turk yozuvi, an ‘anaviy obraz, turkiy afsonalar, bag ‘ishlov. “Maytrismit”asarihaqiha umumiyma’lumot.Bud daviyliVni turkiy qavmlar orasida targ'ib qilish, buddaviylik adabiyotini rivojlanti- rishning samarali yo‘llaridan biri turli janrdagi asarlami qadimgi turk- chaga tarjima qilish edi. Shu maqsadda “Maytri smit” (“Moyto‘ra bilan uchrashuv”) dramatik dostoni o‘z davrida taijima qilindi. Bu asaming eski uyg‘ur-turk yozuvidagi qo‘lyozmasi 27 pardadan iborat bo‘lib, sah- nada ijro qilish uchun mo‘ljallangan asardir. Dramaning bosh qahramoni Tangri burxon va uning sodiq hamrohi hamda shogirdi Maytridir.
Maytri obrazi qadimgi turkiy afsonalarda bor. Jumladan, “Olamning paydo boTishi” haqidagi afsonada Moyto‘ra eng faol obrazlardan biri- dir61 “Maytri smit” 37 pardadan tashkil topgan katta hajmli sahna asari- dir. Buddaviylik yozma yodgorliklari orasida bu asar turkiy tildagi eng qadimgi yozma yodgorlik deb e’tirof etiladi. Bu dramatik doston shaklan mukammal, badiiy yetuk, obrazlari jonli, tili ravon. Dramada buddaviylik oqimining najoktor shohi - kelajakdagi burxon Maytrining hayot tar- zi, faoliyati asosiy o‘rin egallaydi. Umuman, Maytri turkiy qavmlarga begona emasligi, an’anaviy obraz sifatida turkiy afsonalarda yashab kel- gani ma’lum bo‘ladi. Shu boisdan bu asaming qadimgi turkchaga tarjima qilingani ham tabiiy holatdir.
“Maytri smit” qo‘lyozmasining topilishi tarixi qiziq tasodif bilan bog'liq. Asaming mazkur qo‘lyozmasi Qumul nusxasi deb yuritiladi. Bu nusxa 1959-yili Xitoy Xalq Respublikasining Uyg‘ur avtonom res- publikasi Qumul tumanidan Qorg‘ayliq adiridan topilgan. Qo‘lyozmani Bahyor ismli bir chorvador mol boqib yurib topib olgan. Asaming qo‘lyozmasi kigizga o‘ralib, toshlar orasiga bostirib berkitib qo‘yilgan ekan.
Shu yili Qumul tumani mas’ullari uyg‘ur avtonom tumanidagi Shin- jon tarix muzeyiga bu qimmatli yozma manbani topshirdilar. Hozirda saqlanayotgan mazkur qo‘lyozma jami 293 varaqdan iborat. Varaqlar hajmi 47,5x21,7 santimetr hajmida. Qog‘ozi qoramtir sariq rangli, qa- lin. Har bir sahifaning ustida va ostida bo‘sh joylar qoldirilgan va in- gichka chiziqlar ustiga qora siyoh bilan chipdan o‘nga qarata tik shaklda eski uyg‘urcha xat chiroyli qilib yozilgan. Har bir sahifada 30-31- qator yozuv bor. Ba’zi bo‘limlaming boshiga voqyelik o‘mini ko'rsatuvchi jumlalar qizil siyohda berilgan. Har bir varaqning old beti chap tarafiga kichikroq qilib qaysi bo‘limning nechanchi varag‘i ekanligi ham alohida yozilgan. Bundan tashqari, har bir sahifaning 7-qatoridan 10-qatorigacha bo'lgan oraliq o'rtasiga diametri 4-6 santimetr keladigan ingichka doira chizilgan va doiraning ichiga kitob haqidagi qisqa ma’lumot berilgan.
“Maytri smit”ning mazkur nusxasining 193 varag'i ichida 110 varag'i yaxshi saqlangan, qolgan varaqlari zararlangan. Buning ustiga, ba’zi bo'limlaming boshi va oxiridagi varaqlari, shuningdek, bir qanc- ha bo'limlaming oraliqdagi varaqlari yo‘q. Yana 26, 27-bo ‘limlaming (ya’ni pardalaming) o‘mi ham yo‘q. Ba’zi bo'limlaming bir necha varaqlari qolgan. Shunga qaraganda, bu nusxa tosh ostida uzoq yillar yotib, ayrim varaqlari chirib ketmasidan avvalroq, ba’zi varaqlari yo'qolganga o'xshaydi.
“’’Maytri smit”ning Qumul nusxasi Kuchu uyg‘ur xonligi (milodiy 9-13 asrlar)ning yuqori lavozimdagi amaldori Chu Tash Yigan tomoni- dan xonlikning dastlabki yillarida ko'chirtirilgan.
“Maytri smit”ning bag‘ishlov mundarijasi. Asar “Yukunch bo‘lim” (Topinish bo‘limi) bilan boshlanib, 14-varaqdan oldingi sahifada quyidagicha mundarija beriladi:
Yiikiing tort yigirmi patar
Bo‘lim, o‘n to'rtinchi varaq
Yana madhiya (kuylayman) aytishga loyiq Oyga, orzu qilingan Kunga.
Bu debocha-bag‘ishlovdan mazkur asaming kimga bag‘ishlangani oydinlashadi. Bu debochada kitobni ko‘chirgan kotib “savob” haqida to‘xtalgan. Buddizm aqidasi bo‘yicha, Budda no‘mlarini ko‘chirish va haykallami bezatish, burxon suratlarini chizdirish, Budda ibodatxo- nalarini yasatish kabi ishlar savob ish hisoblangan edi. Bunday savob ish buddaviylikka e’tiqod qiluvchilaming e’tiqodi, dunyoqarashi bilan bog‘liqdir.
“Maytri smit”ning 1,3, 10, 12, 16,20,23,25-sahnalarining saqlanib qolgan oxirgi varaqlaridagi xotimalarda eski uyg‘ur-turk yozuvidagi bu asaming qaysi tillardan va kimlar tomonidan tarjima qilingani aniq esla- nadi.Jumladan, 3-sahna xotimasini misol qilib keltiramiz:
19. Borliq kitoblami (ya’ni bilimlami —N.R.) puxta o'rgangan va tadqiq qilgcin, 20. Voybosh kitoblarni о ‘rgangan Ochyochantri bo 'disatv 21. Ustoz Anatkak (sanskrit) tilidan tuxri tilida 22 yaratgan, Partaraks- hit Qirmovorshiq tuxri 23. tilidan turk tiliga tarjima qilgan Maytri smit 24 no'm bitigida...Aniriti arxantning 25. timsoli nomli uchinchi bo'lim. tugadi. Bu ma’lumotdan shunday fikr paydo bo‘ladiki, sankskrit nusxasi asl nusxadir. Ochyochantri bu asaming sankrit tilidagi nusxasiga asosan, tuxri tilidagi tarjimasini yaratgan. Partarakshit esa tuxri tilidagi nuxsasi- dan qadimgi turkchaga tarjima qilgan.
“Maytri smit”nmg nusxalari tarjimasi haqidagi bahslar.“Mayt- ri smit”ning eski uyg‘ur-turk yozuvidagi boshqa nusxalari ham bor. Ger- manyalik turkolog A. Fon Gabenning ma’lumotlariga qaraganda, yana eski uyg‘ur-turk yozuvidagi olti nusxa bor. Bu olti nusxadan ikkitasi Sharqiy Turkistonning Sangim degan qishlog‘idan, ikkitasi Murtuq de- gan qishlog‘idan topilgan. Ikkitasining qayerdan topilgan ma’lum emas.
A.fon Gaben 1957-yili Maynz Fanlar akademiyasida saqlanayot- gan parcha varaqlarining (114 varaq) Futu nusxasini, 1961-yili u yana Berlin Fanlar akademiyasida saqlanayotgan parchalar va varaqlaming (114 varaq) Futu nusxasini e’lon qildi. Gaben “Maytri smit”ni Kuchu xonligining ilk davrida taijima qilingan deb qaraydi. Olmon olimi Le Kok asaming Sangim nusxasiga asoslangan holda, VIII-IX asrlarda qadimgi turkchaga tarjima qilingan deb qaraydi. Gaben bu nusxa IX asrda ko‘chirilgan, tarjima qilingan davri oldinroq, deb aytadi. Fransuz olimi Xamilton Germaniyada saqlanayotgan nusxaning (Gaben nashr qilgan nusxaning) palegorafk xususiyatlariga asoslanib, Dunxuandan topilgan eski uyg‘ur-turk yozuvi yodgorliklarining xat uslubini o‘zida ifoda etis- hini aytadi va “Maytri smit” tarjimasi X asrga oid, deb qaraydi. Xitoy olimi Fing Shyo Shing esa Kumul nusxasiga tayangan holda, bu asar X-Xl asrda tarjima qilingan, degan fikmi o‘rtaga tashlaydi. Turk olimi Shinosi Tekin Qumul nusxasining 219-sahifasidagi nomi tilga olingan Klapratri (sanskritcha so‘z bo‘lib, “Oq ko'ngilli avliyo” yoki “Oliyja- nob donishmand” ma’nosida) ismining qo‘llanganini dalil qilib ko‘rsatar ekan, bu ism Turfondagi ibodatxona peshtoqiga yozilgan sadaqachi bilan bir odamdir, deb qaraydi. U Qumul nusxasining xati alohidaligini ta’kidlab, VIII-IX asrlarda tarjima qilingan, degan fikmi aytadi. Yana bir xitoy olimi Geng Shiminning bu asar tarjimasi haqidagi qarashi Shinosi Tekinniki bilan bir. Xullas, hanuzgacha bu asaming qachon yaratilgani to‘g‘risida jahon turkologiyasida yakdil fikr yo‘q37
Tadqiq etilayotgan mazkur Qumul nusxasining xat uslubi bir qadar qadimiyroqdir. Bu nusxa Mayli Partonrakshit tarjima qilgan eski uyg‘ur- turk yozuvidagi Tunji nusxasidan ko‘chirtirilgan. Tarjima nusxaga qara- 62 ganda Qumul nusxasining vaqt jihatidan keyin ko'chirilgani tushunarli. Shunga ko‘ra, Qumul nusxasi VIII asr o‘rtalarida tarjima qilingan deb qarash o‘rinli.
“Maytri smit”ning tarjimoni haqida.“Maytri smit”ni qadimgi turk tiliga tarjima qilgan Partonrakshit o‘z ona tili - qadimgi turk tilini mukammal bilishi bilan bir qatorda, tuxri tilini ham nihoyatda yaxshi bi- ladi. Asaming tili ravon, go‘zal, badiiy tasvir vositalari xilma-xil, kitob- xonni zeriktirmaydi. Tarjimon asami tarjima qilishda har doim kitobxon- ni ko‘z oldida tutgani ayon bo‘ladi. Asami o‘qish jarayonida kitobxon shunga amin bo'ladiki, tarjimon Partonrakshit qadimgi turkiy tilni yaxshi bilishi bilan birga, ijodkor ekanini ham namoyon qila olgan. Chamasi, u tarjimonlikdan tashqari, badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. Ijodiy jarayonda muvaffaqiyat qozongan Partonrakshit tarjimada ham o‘z iqti- dorini ko‘rsatgan. U “Oltun yorug‘”ning taijimoni Seni Seli singari ye- tuk til ustasi bo‘lgan. Tarjimonning Partonrakshit Qirmorovshiq degan taxallusidan shuni anglash mumkinki, u buddaviylikka qattiq e’tiqod qo'ygan va buddaviylik bo‘yicha katta olim bo‘lgan, shu bois o‘zi turkiy qavmdan bo'lgani holda, sanskritcha taxallusni olgan.
“Maytri smit” va xinayana mazhabi.“Maytri smit” buddaviylik- ning xinayana mazhabiga mansub asardir. Xinayana - “kichik g'ildirak” ma’nosini bildiradi. Buning ma’nosi - “kichik yoki quyi yo‘l, zarar yetgan yo‘l” yoki “tor yo‘l” deganidir. Maxayana va xinayana - bir- biridan tamomila farq qiladigan mazhablardir. Xinayana mazhabining asosi mavjudlikning ikki holati - zohiriylik va botiniylik haqidagi g‘oya, shuningdek, zohiriylikning darma bilan o‘xshashligi haqidagi g‘oyadir. Xinayanada “Men” va olam - darmaning tezlik bilan o‘tib ketadigan kombinatsiyasi ekaniga urg‘u qaratadi. Xinayananing diqqatga sazovor xususiyati shuki, u ruhni mustaqil ruhiy mohiyat sifatida inkor qiladi.
Xinayanada shaxsning kamolotga erishgan ideali - arxat bo‘lib, boshqalaming kamolotga erishuviga unchalik e’tibor qaratilmaydi, balki komillikka hamma mustaqil ravishda erishadi, deb qaraladi. Xinayanada Budda - komillik orzusi va ustozi, taqlid va e’zozlash ob’ektidir. Garchi xinayanada Buddani ilohiylashtirish bor bo‘lsa ham, unda biron murak- kab kult aslo yo‘q, kultlar monaxlik jamoasidagi hayot bilan almashti- rilgan.
Xinayana ta’limotiga muvofiq, nirvonga faqat budda monaxlari erishadilar. Dunyoviy odamlar, bu ta’limotga ko‘ra, oliyjanob ishlari orqali o‘z karmasini yaxshi tomonga o‘zgartirishlari lozim. Bu mazhab ta’limotiga muvofiq, dunyoviy odamlar o‘z hayotlari davomida monax bo‘lishlari mumkin.
Tuxricha nusxalardan birida asaming nomi “Diraxmanataka” (“Maytri smit no‘m bitigi”) deb ko‘rsatilgan. Asar muloqot (dialog) aso- siga qurilgan. Zotan, badiiy asaming bir turi bo'lgan drama janri qo- nuniyatlari sanskrit adabiyotshunosligida ishlab chiqilgani shundan ham ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, asaming adabiy turlardan dramaga mansub ekanini “ko'runch” (ko‘rinish) so'zining bir necha marta uchrashi ham dalillab turadi. “No‘m bitigi” termini keng ma’noda qo'llangan bo‘lib, “hikoya so‘zlash” deganidir.
“Maytri smit”ning “Yukunch” bo‘limi.Endi “Maytri smit”ning “Yukunch” bo'limi (ta’zim, topishi) va 1-2 sahnalari qisqa mazmuni bilan tanishamiz.
“Yukunch” bo ‘imi asaming kirish qismi bo‘lib, 14 varaqdan ibo- rat. Garchi bu bo'limda ayrim sahifalar zararlangan bo'lsa ham, obraz- lilik, ta’sirchan timsollar orqali Tangri burxon (Shakyamuni)ning ilohiy karomatlari mahorat bilan ifodalangan, xinayana mazhabiga oid termin- lar bor tafsiloti bilan sharhlangan. “Yukunch”ning mazmuni sinchkov- lik bilan bayon qilingan. Ko'hna Hindistondagi, Ko'chudagi va Sulmu (Qorashahar)dagi mashhur buddaviylik ustozlari hurmat bilan ta’rif va tavsif qilingan. Shuningdek, ko‘chiruvchi kotib bu nusxani xon va uning jamoatiga, o‘zining ota-onasiga, urug‘-aymog‘iga, farzandlariga bag‘ishlaganini va hammaga yaxshi tilaklarini bayon qilgan.