O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)



Download 2,17 Mb.
bet29/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

"Besh olamdagi jonzotlar uchun о ‘z tanasining shu tariqa shodligi- ni, xursandchiligini, oziq-ovqatini, qurol-yarog‘ini (ko‘zda) tutmaydi- lar, jonlarini, boshlarinifido qilib, hayotini berib, sabr qilib, chidaydilar. Shu tariqa bo ‘distavlar bu singari (voqealar) bo ‘lishini biladilar, о ‘zlari tinch, shod bo ‘ladigan sabablar orqali ham eng (qattiq) azoblami tus- hunib yetadilar. jonzot bezovta.la.nsa, azoblansa, и tinchlikni, xursand- chilikni istamaydi. (Ular) o'zlarining tanalarini fido qilib, boshqalar (esa bundan) ezgulik, xursandchilik topadigan bo‘Isa, tanalarini, hayot- larini ayamaydilar. Shunday qilib, bu taxlitda bo ‘disatvlar о ‘zlarining tinchligini, shodligini tilamaydilar, tanalarini, hayotlarini ayamaydilar, shu bilan о ‘zidan yuqori turadiganlaming qo ‘rquv, azoblarini, о ‘zidan quyidagilaming xo ‘rliklarini, yomon niyatli dushmanlarning azob-uqu- batga solishini (va shunga o 'xshash) ko ‘p (azoblarning) turlariga sabr qiladilar, bardosh beradilar. Shudir о ‘zlarining tinchligini, xursandchi­ligini istamasdan, tanalarini, jonlarini ayamaslikka ishonib, sabr qilmoq fazilatiga erishmoq (degani) ” (IV 14a).
Zervan, Xo‘rmuzd, ulaming atrofiga yig‘ilgan barcha tangrilar in- soniyatning xaloskori, muhofaza etuvchisi bo‘lish bilan birga, “oltun nur”ni - buddaviylik aqidalarini yoyuvchilardir. Bu nurga itoat etib, uning yo‘l-yo‘rig‘idan yuradigan yurtning xalqi, podshohi katta manfaat topadi. Ular faqat ruhiy madad olib qolmay, bu olamda insoniyat xotir- jamligi uchun zarur bo‘lgan ko‘p narsalarga erishadilar. “birinchidan, sog‘-salomat, xavf-xatarsiz bo‘ladi, ikkinchidan, umri uzun bo‘ladi, uchinchidan, lashkarining kuch-qudrati oshib ko‘payadi, dushmanla- ri bo‘lmaydi, to‘rtinchidan, el-ulus shod-xurram, to‘g‘ri, qonun-qoida bo‘yicha yashaydi” (III, 33 a,b).
Bu - va’da emas, balki amalga oshishi mumkin bo‘lgan haqiqat- dir. Qolaversa, haqiqat faqat shundan iborat emas. Burxonning o‘gitlari, Zervanga, Xo‘rmuzdga va tangrilar orqali bergan o‘giti yurtni, inson- lami ma’naviy tomondan sog'lom qiladi, molparastlik illatidan xalos qiladi, illatlardan xalos bo‘lishning mahsuli sifatida insonlar bir-birlari- ga mehr-oqibatli bo‘ladilar. Hukmdorga o‘zining xalqi, atrofdagi dush- manlar ham sovg‘a-salom keltirib, do‘st tutinadigan bo‘ladilar, buning natijasi o‘laroq shon-shuhratga erishadilar, o'zligini namoyon qiladilar, hammaning izzat-hurmatiga sazovor bo‘ladilar. Podshohdan tortib xal- qigacha uzoq umr ko‘radilar, tinch-omon yashaydilar (111 35 a,b - 36 a,b).
Zervan, Xo‘rmuzd va to‘rt maxaranch tangrilari, xuddi ertak, epos qahramonlari singari, insoniyatni baxt-saodatga eltuvchi qudratli kuch bo‘lishlari bilan birga, ulaming dushmanlarini, ezgulikka qarshi kuchlar- ni tumtaraqay qochiradilar. Zotan, azaldan - yaratilish davridanberi Zer­van bilan Xo‘rmuzdning vazifasi shunday bo‘lgan edi. “Xuastuanift”ning boshlanishidagi Xo‘rmuzd bilan Zervanga oid voqealar ham buning da- lilidir. Ayni paytda ular insoniyat qalbidan joy olib, “bahodirlik, mer- ganlik, fazilat, mahorat, bilimni ulaming ko'ngillariga jo qilish“ uchun burxonga va’da beradilar. Bu fazilatlar faqat mhiy ma’noda emas, balki jisman inson qalbida jo bo'lishi lozim. Ellaming hukmdorlaridan tortib xalqigacha jismonan sog‘-salomat yashashining asosiy sharti - burxon bergan to‘g‘ri qonun-qoidalar, qonunlar tarkibidagi yorliqlardir. Insoni­yat yo‘lidagi azob-uqubatlami bartaraf qilish, shuningdek, axloqni jami- yatning sog‘lomligi uchun asosiy shart qilib qo‘yish, donolik, mushoha- da orqali ruhiy yetuklikka olib borishning pirovard maqsadi - nokomil bu olamni komillikka yetkalashdir. Inson hech qachon azob uqubatdan, keksayishdan, xastalik va o‘limdan xoli bo‘la olmagan. Buning imkoni ham yo‘q, zotan, hayot shunday qurilgan. “Oltun yorug‘”ning yana bir maqsadi - insoniyat azobni tushunsin, uni bartaraf etish yo'lni anglasin.
“Oltin yorug‘”da buddaviylik falsafasi, yuqorida ko‘rib o‘tganimizday, axloqiy-ta’limiy qarashlar asosiga qurilgan. Umuman olganda, bu falsafa insoniyatni kamtarlikka, xokisorlikka undaydi, in­sonlar mol-dunyoning o‘tkinchi, arzimas ekanini his qilishlariga un­daydi, jonzotlarga, insonlarga bo‘lgan sevgisi bo‘yicha mol-dunyosini, issiq jonini azobga duchor qilishga da’vat qiladi. Ayniqsa, ustozlarga, ulug‘larga, ota-onaga hurmat asarda alohida o‘rin egallaydi. Bu axlo- qiy muammolarga “Oltin yorug‘”da alohida e’tibor berilishi bejiz emas. Chunki insoniyat har doim gunoh qilishga moyil, “порок insonlar olami”da insonlaming qilmishlari ko'p.
Asarda uch qimmatbaho xazina tushunchasiga alohida e’tibor qara- tilgan. Bu uch xazina quyidagilardan iborat: Yovuzlik qilmaslik. Yaxshilik qilish. Aqlni poklash. Buddaviylikda uch xazina nihoyatda qadrlangan, shuning uchun ham har doim buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar bu uch xazinani ko‘z-ko‘z qilib emas, balki o'z zimmalariga majburiyat sifatida olib, e’tiqodning asosiy tayanchi sifati deb bilganlar.
Bu uch xazina “uch zahar” yoki uch turli yomon qilmish deb atala- digan zararli odat va ko'nikmalarga - ochko'zlik yoki shahvoniy istak, nafrat, yo'ldan ozish yoki nodonlikka qarshi qo'yiladi.
Insoniyat “uch xazina”ga bog'lanib, “uch zahar”dan qochishga in- tilishni maqsad qilib olishi lozim (IV 9b -10a). Darvoqe, odamzodning tabiati doimo dunyoviy lazzatga moyil bo‘lib kelgan. Dunyoviy lazzat

  • inson uchun boshpana, maskan. Faqat tashqi olam insonning tana is- taklarini qondira oladi. Kimdir pul va boylikdan lazzat topib, uni o‘ziga maskan deb biladi, kimdir giyohvand moddalardan, kimdir lazzatli ov- qatdan, kimdir dengiz bo'yida dam olishdan lazzat topib, tashqi olam- ning huzur-halovatini hayotning asosiy mazmuni deb biladi, o'zini bax- tiyor, hamma narsaga erishgan deb hisoblaydi. Ammo inson umr bo‘yi botiniy ozodlikni - botiniy maskanni izlaydi.

“Oltun yorug‘”da ruhiy kamolotga intilish jamiyatning hamma to- monini va hamma qatlamini qamrab olgan. Hammasining ostida insonga muhabbat yotadi. Insonning kamoloti uchun, birinchi navbatda, mamla- katda adolat barqaror bo‘lmog‘i, qonun-qoidalar amal qilmog'i lozimligi

  • asardagi muhim aq^^da^m Qonun-qoidalarga amal qilish - bud- daviylik aqidalariga rioya qilishni anglatadi, ya’ni solihlik, poklik har bir odamning shiori bo‘lishi kerak. Jumladan, asaming uchinchi bobida bu haqda shunday deyiladi: “Qaysi bir yurtdagi podshoh, bek, amaldor to‘g‘ri qonun-qoida bo‘yicha yursa, bu kitobdagi farmonlar bo‘yicha yursa, xalqi ham shu kitobdagi qonun bo‘yicha yuradi”.

“Oltun yorug‘”ning shu bobida yana aytilishicha, insonning shon- shuhrati uning mulkidan iborat emas. ya’ni inson boyligiga tayanib shon- shuhratga erishmaydi. “Boylik, - deyiladi bu asarda, - qonunni oyoq osti qilishga olib boradi. Inson boylikdan nafratlansagina, qonun-qoidani hurmat qiladigan bo'ladi. Inson bu olamdan manfaat izlamagandagina, shon-shuhratga erishib, ta’magirlikka, faoliyatsizlikka, ruhsizlikka chek qo‘yadi”. 0‘zlikni namoyon qilish, ko‘pchilikning izzat-hurmatiga sa- zovor bo‘lish ham manfaat izlamaganda paydo bo‘ladi. “Oltun yorug‘” asaridagi “haqiqiy bilim”ni - aqidalar, o‘gitlami yuragiga joylay olgan- dagina, inson fazilatlilar qatoriga o‘tadi. Haqiqiy bilimni egallagan odam bu dunyoda solih hayot kechirib, jamiki jonzotlaming azob-uqubatlariga sherik bo‘ladi. Jonzotlarga najot bag‘ishlash, ulaming azoblariga sherik bo‘lish, jon fido qilib bo‘lsa ham yordam berish - “Oltun yomg‘”dagi yana bir muhim aqidadir. Ana shu aqidaga amal qilgan odam “tanalar- ni, tirik jonlami o‘ldirmaydi, birovning mol-dunyosini tortib olmaydi, o‘g‘irlik qilmaydi, boshqalaming xotiniga bog‘lanmaydi, yolg‘on gapir- maydi, tuhmat qilmaydi, qo‘pol, yoqimsiz so‘z so'zlamaydi, tilyog‘la- malik qilmaydi, hasad qilmaydi, boshqalarga g‘azabini sochmaydi” (IV). Bir so ‘z bilan aytganda, oddiy hayotiy haqiqatni anglab, unga rioya qilish shudir.
Ochko‘zlikka olib keladigan oqibatlardan ham tanani, ham ko‘ngilni tiyish yana bir fazilatdir. G‘azabni tiyish, ko‘ngilni kirlardan ketkazib ruhan poklanish, bilimlilik va aqllilikni paydo qilish kabi qator fazilatlar ham insoniyatning bezagidir, deb uqtiriladi asarda.
Botinan va zohiran komil, ruhan sobit insonni tarbiyalash masa- lasi islomiyatdan oldin ham jiddiy masala bo‘lib ko'tarilgan. “Oltun yorug‘”dagi bu singari aqidalar ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash- da bugun ham katta ahamiyatga ega.
Turkiy budda she’rlarining asosiy mazmuni budda g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat bo‘lsa-da, bu she’rlaming orasida tabiatning go‘zal tasvi- ri madh qilingan, tabiat bilan inson ruhiyati o‘rtasidagi botiniy bog‘liqlik ko‘rsatilgan misralami ham ko‘ramiz. Turk budda she’rlarining asosiy mazmuni ham buddaviylik aqidalarini targ‘ib qilishdan iborat.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish