G‘AZNAVIYLAR DAVRI ADABIYOTI Ilk uyg‘onish davridagi ijtimoiy hayot va madaniy muhit Reja: Xorazmiyning ilmiy faoliyati.
Ahmad al-Farg‘oniyning faoliyati.
Forobiyning fanga qo‘shgan hissasi.
Ibn Sinoning adabiyotga qo'shgan hissasi.
“Hayy bin Yaqzon” qissasining qisqacha mazmuni.
“Hayy bin Yaqzon”ning jahonshumul ahamiyati.
“Qush” va “Salomon va Ibsol” qissalari.
“She’r san’ati” asari.
Rudakiyning 0‘rta Osiyo adabiy muhitidagi o‘mi.
Ismoiliylar mazhabi
Firdavsiyning adabiyotga qo‘shgan hissasi.
Tayanch so‘z va iboralar: fors-tojik adabiyoti, ma’naviy-adabiy muhit, tarix, falsafa, mantiq, aniq fanlar, astronomiya ilmi, zij, matema- tika, geogyafiya. Ilk uyg‘onish davrida o‘zbek adabiyoti namunalari yo‘q.
Arablar istilosidan keyin O‘rta Osiyo, xususan, Movarounnahming madaniy, adabiy jarayonida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Birinchi nav- batda, ijtimoiy, siyosiy vaziyat o‘zgardi, xalifalik yuzaga keldi. Davlat boshqamvida yangicha tartib va qoidalar joriy qilindi. Xuroson noibi bo‘lib turgan Ma’mun otasi Xorun ar-Rashid vafotidan keyin taxt uc- hun kurashlar jarayonida 813-yili Xuroson va Movarounnahrdagi katta zamindorlar Tohir ibn Husayn va boshqalar yordami bilan Bag‘dodda xalifalik taxtini egalladi. Shundan so‘ng Tohir ibn Husayn xalifadan ke- yingi ikkinchi shaxs bo‘lib qoldi. U o‘zining bu mavqeidan foydalanib, Xuroson va Movarounnahrdagi hokimiyatni qo‘lga oldi va o‘zini bu yer- da mustaqil hokim deb e’lon qildi. Shu yo‘sinda Tohiriylar sulolasi (821873) paydo bo‘ldi.
Xuddi shu davrda Movarounnahrda Somon avlodlari hukmron- ligi ham kuchaydi. Mahalliy hukmdorlar yordamiga suyangan xalifa Ma’mun (813-833) Asad ibn Somonning o‘g‘illari Nuh ibn Asadni -
Farg‘onaga, Yahyo ibn Asadni - Shoshga va Usrushonaga, Ilyosni esa Hirotga hokim etib tayinladi.
Tohiriylar Movarounnahrda Somoniylar hokimiyatini tan olgach, Somoniylar vassal sifatida taxt so‘radi. 841-yili Nuh ibn Asad, ko‘p o‘tmay Yahyo ham vafot etib, Samarqand va Shosh Ahmad ibn Asad qo‘liga o‘tdi. U taxtni Farg‘onadan Samarqandga ko'chirib, bu shahami o‘z davlatining poytaxti deb e’lon qildi. Ahmad ibn Asad vafotidan keyin esa taxtni uning katta o‘g‘li Nasr ibn Ahmad egalladi (864-892).69 Somoniylar davrida fors- tojik adabiyoti Movarounnahrning ada- biy- ma’naviy hayotida muhim o‘rin egalladi. Adabiy jarayon ijtimoiy- tarixiy jarayondan ajralmagan holda rivojlana bordi. Ilm-fan rivoj topdi, Buxoro Sharqning yirik madaniy, hunarmanchilik va savdo markaziga aylandi. Bu haqda as-Saolibiyning “Yatimat at-dahr” asarida qimmatli ma’iumotlar berilgan.
X asr va XI asming birinchi yarmida badiiy adabiyot rivoj topdi. Bu davr adabiy jarayoni haqida o‘z o‘mida so‘z yuritiladi. 0‘rta Osiyo madaniy hayotida arab va fors tillaridagi adabiyot muhim rol o‘ynadi. Is- lomning yoyilishi va 0‘rta Osiyoda mustahkam qaror topishida arab tili asosiy rolni o‘ynadi. “Tarixda favqulodda bo‘lgan va biz Uyg‘onish deb ataydigan davmi yaratgan kuchlar” (Konrad) xuddi shu davrda yuzaga keldi. Uyg'onish davrining buyuk namoyandalari o'zlarining amaliy fa- oliyati, tarix, falsafa, mantiq, shuningdek, aniq fanlar sohasidagi kashfi- yotlari bilan 0‘rta Osiyo tarixida chuqur iz qoldirdilar.
Somoniylar, G‘aznaviylar va Qoraxoniylar davridagi madaniy, il- miy muhit, jamiyatning yangi bir o‘zanga solinishi natijasida Uyg‘onish davri paydo bo‘ldi.
Dunyoviy bilimlarga intilish, tabiiy fanlarga diqqat qaratish, in- sonparvarlik, har tomonlama bilimga ega bo‘lish va qomusiylik Sharq Uyg‘onish davrining asosiy belgilaridir. Quyida Uyg'onish davriga asos solgan 0‘rta Osiyo olimlaridan ayrimlarining faoliyati haqida qisqacha to‘xtalamiz.
Xorazmiy (taxminan 783- 850)mng ilmiy faoliyati. 0‘rta Osiyoda aniq fanlaming, xususan, matematika ilmining paydo bo‘lishi Xorazmiy nomi bilan bog‘liq. Uning jahonshumul olim ekanini butun olam e’tirof etadi. Xorazmiyning ilmiy faoliyati antik davr fanidan Uyg‘onish
“Qarang: Abu Mansur as-Saolibiy. Yatimat-ad-dahr, Tadqiq qiluvchi, tarjimon, izoh va ko'rsatkichlami tuzuvchi I. Abdullaev. Т.: “Fan" nashriyoti, 1976, 3-b. davridagi fanga ko‘prik bo‘lib xizmat qildi.70 44 71 Xorazmiy haqidagi dast- labki ma’lumot X asrda Ibn an-Nadim degan olimning “al-Fixrist” (“Ro‘yxat”) nomli asarida uchraydi. Ma’lumot qisqa bo‘lib, quyidagic- ha: “Al-Xorazmiy. Uning ismi - Muhammad ibn Muso, Xorazmdan. U al-Ma’mun davrida “Donolar xazinasi”ni boshqarish uchun tayinlangan, astronomiya ilmining bilimdonlaridan. Odamlar observatoriya kuza- tuvlari boshlangunga qadar va keyin ham uning ikki zijiga (astronomik jadvaliga) tayanganlar. Bu zij “as-Sindxind” nomi bilan mashhur. Xo- razmiyning quyidagi kitoblari bor: birinchi va ikkinchi tahrirdagi “Zij”, Quyosh soatlari haqidagi kitob”, “Usturloblar bilan ishlash haqidagi ki- tob”, “Usturlobning tuzilishi haqidagi kitob”, “Tarix kitobi” (Bulgakov P. G. va b. Yuqoridagi asar, 8-b.). Keyingi tarixiy manbalarda qayd eti- lishicha, Xorazmiy 813 - 833-yillar orasida “Tenglama va qarshilanti- rish hisobi muxtasari”, “Qo‘shuv va ayiruv haqida kitob”, “Hind raqam- lari haqida kitob”larini yozgan. Uning ’’yerning shakli haqidagi kitob”i geografiya ilmiga bag‘ishlangan. Xorazmiy yozgan kitoblarini hayotiy zaruratga bog‘ladi. Xorazm- ning xo‘jaligi uchun astronomiya va matematika nihoyatda kerak edi. Xususan, kanallar qurish uchun ulaming yo'nalishini to‘g‘ri belgilash, sug‘oriladigan yerlami o‘lchash va hisob-kitoblarini olish, qishloq xo‘jaligi taqvimini olib borish va boshqa qator ishlarga aynan astronomiya va matematika fanlarining xizmati kerak edi. Jumladan, algebraga oid risolasining debochasiga shunday yozadi: “Men tenglama va qars- hilantirish hisobi haqida kitob yozdim. Bu kitob ariftnetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oladi, chunki bu odamlarga meros bo‘lishuvda, vasiyatnoma tuzishda, mol-mulkni bo‘lishuvda va sud ish- larida, savdo ishlarida, har turli bitimlarda, shuningdek, yer o‘lchashda, kanallar o‘tkazishda, qurilish geometriyasida va boshqa shunga o‘xshash qator ishlarda kerakdir”.46 A1 -Xorazmi yning “Tarix kitobi” diqqatga sazovordir. Bu kitobning saqlanib qolgan parchalaridan Abu Rayhon Beruniy ham “Qadimgi xalq- lardan qolgan yodgorliklar” asarida Muhammad s. a.s.ning tug‘ilgan yi- lini keltirganda foydalangan. Shuningdek, Bag‘dod shahrining qurilishi tarixi to‘g‘risida ham juda aniqlik bilan bayon qiladi: “145-yilning pays- honbasido greklaming 1073-yil 1-nison oyi [eromizning 762-yil 1-ap- reli] boshlandi. Shu yili al-Mansur Bag‘dodni qurishni boshladi. U bu shahami Tinchlik shahri deb atadi..,146-yili dushanba kuni greklaming 1074-yili, adar oyining 21chisi [763-yil 21 mart] boshlandi. Al-Mansur Tinchlik shahrini qurishni boshladi va o‘z odamlari bilan u yerga ko‘chib o‘tdi...” Shuningdek, al-Xorazmiy xazarlar tomonidan Tibilisining oli- nishi, Ma’mun tarixiga oid qiziqarli voqealami shu asarida batafsil ba- yon qiladi. Xullas, al-Xorazmiyning “Tarix kitobi”ning saqlanib qolgan parchalari tarixiy voqealarga, tabiiy fanlarga oid mo’lumotlargo boydir.
Al-Xorazmiy ’’yeming shakli haqidagi kitob”ida butun damning geografik joylashuvi va ulaming o‘rtacha uzunliklari, qaysi gradusda joylashgani, mamlakatlar shaharlari, daryolari va xalqlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Ayni paytda al-Xorazmiy yunon olimi Ptolemeyning (taxminan 100-yilda tug‘ilib 170-yillarda vafot etgan) “Geografiya” asa- ridan va Sharqda yaratilgan boshqa geografiyaga oid asalardan foydalan- gan. Al-Xorazmiy ularga qaraganda ko‘p aniqliklar kiritgan. Ayniqsa, 0‘rta Osiyo geografiyasiga, jumladan, aholining etnik tarkibi va joy- lashuviga oid uning ma’lumotlari bugungi kunda diqqatga sazovordir. Masalan, Ptolemey “Geografiya” asarida Kaspiy va Orol dengizini bitta dengiz deb qoraydi vo 0‘rto Osiyodogi ikki yirik doryo - Oks (Amudor- yo) vo Yoksort (Sirdaryo) bu dengizlorga quyilodi, deb mo’lumot bero- di. Al-Xorozmiy bu ikkola dengizni olohido-olohida deb qoraydi va oyni paytdo Orolni ko‘l (botixo) deb tolqin qiladi, ikkolo daryoning bu ko‘lgo quyilishi hoqido so‘z yuritodi. Al-Xorozmiy Kospiy dengizini “Xorazm dengizi, Juijon, Tobariston vo Daylom dengizi” deb atogan edi (Bulgakov P.G. va b. Yuqoridagi asar, 204-b). Olim bu dengizning qirg‘og‘i chegarolarini ham aniqlik bilan hisoblab chiqdi.
Al-Xorozmiy Kospiy dengizini “Xorazm dengizi” deb atogan ekon, buni shunday tushunish kerok: qadimgi Xorazmning ta’siri vo movqei nofoqot Kospiy dengizining shorqida vo shimolida, balki bu dengizdon g‘orbda ham kuchli bo‘lgan edi.
Shuningdek, al-Xorazmiy 0‘rto Osiyoning, xususan, Shosh (hozir- gi Toshkent), Tarband, Isfijob (Soyram), Usroshona (O‘ratepo yaqini- da, hozirgi Istaravshon) kabi kichik turkiy davlatlari orablar istilosidan keyin hom mustaqilligini saqlab qolgonini oytadi. Bu shahorlaming hozirgi qaysi hududlarga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida keyingi torix osarlarigo tayanilodi. Jumladon, Tarband o‘rta osrlardogi 0‘trordir. Al-Xorozmiy
davrida Shosh va Tarband hozirgi Toshkent viloyati, Janubiy Qozog‘is- tonni o‘z ichiga olgan. Xullas, al-Xorazmiyning geografiyaga oid asarida hozirgi 0‘zbekiston hududidagi turkiy davlatlar, jumladan, Shosh haqida ham kerakli va ishonchli ma’lumotlami topish mumkin.