Buzuqlar - 0‘g‘uz xoqonning yoyga egalik qilgan uch o‘g‘li Kun, Oy, Yulduzdan kelib chiqqan qabilalar buzuq nomini va laqabini olgan. Buzuqning ma'nosi - qismlarga bo‘lmoq deganidir. Bu so‘zni shuning uchun ulaming laqabi qilib berdiki, yoyni bo‘lish imkoni bo'lsin, zarur bo‘lganda, sindirilsin, dedi va lashkaming o‘ng qanoti ana shu uchala o‘g‘limga va uning nasliga tegishli bo‘lsin, deb tayinladi.
Uchuqlar - o‘qlami olgan uchala o‘g‘ildan kelib chiqqan avloddir. Uchuq - uch о ‘q deganidir. 0‘g‘uz shunday degan edi: “Endilikda ular- ning nasli men bergan laqabga aloqador bo‘lsin. U lashkaming qaysi qanotidan ekanini hamma bilib qo'ysin. 0‘ng qo‘I yo‘li yuqoridir, shuning uchun men ularga yoyni berdim. Ular shoh darajasiga tengdir. Elchi darajasida turadigan o‘qlami esa chap qanotda turadiganlarga berdim” (O'zbek mumtoz adabiyoti namunalari, 1 jild, 252—b.). O‘g‘uz xoqon haqidagi dostonlarning qiyosiy tahlili. 0‘g‘uzxon - Sharq adabiyotidagi tarixiy asarlarda ko‘p uchraydigan, ko‘p tilga olinadigan shaxs. Jumladan, Rashididdin Fazlulloh Hamadoniyning “Jome' ut-tavorix”, Mirzo Ulug‘bekning “To'rt ulus tarixi”, Hofiz Ta- nish Buxoriyning “Abdullanoma”, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” asarlarida 0‘g‘uz hoqon bilan bog‘liq afsonalar o‘z aksini topgan. Mazkur asarlardagi 0‘g‘uz xoqon afsonasi va “0‘g‘uznoma” dostoni o‘rtasida bir qancha umumiy va farqli jihatlar mavjud. Yuqorida kel- tirilgan asarlaming barchasida 0‘g‘uz hoqon musulmon sifatida talqin qilinadi. Rashididdin ham, Abdulg‘ozi Bahodirxon, Mirzo Ulug‘beklar ham turkiy qavmlaming 0‘g‘uzxondan tarqalganini aytib, 0‘g‘uz hoqon shajarasini Nuh payg‘ambarga borib taqalishini ko‘rsatadilar.
“0‘g‘uznoma” dostoni bilan sanab o‘tilgan tarixiy asarlardagi 0‘g‘uz afsonasi o‘rtasidagi umumiylik va farqlar 0‘g‘uzxonning tur- kiylarga nom berishi bilan bog‘liq voqealarda ham ko‘zga tashlanadi. “Jome' ut-tavorix”da ham, “To‘rtulus tarixi”, “Abdullanoma”, “Shajarai turk”da ham qipchoq, qorluq, qalach (xalaj), qang kabi qabilalaming kelib chiqishi haqida rivoyatlar mavjud. Faqat bu rivoyatlar keltiril- gan tarixiy asarlarda turlicha bo‘lib, syujetida o‘zgarishlar yuz bergan. Birgina qang umg‘ining kelib chiqishi haqidagi rivoyatlami solishtirib ko‘ramiz. Mazkur rivoyat “0‘g‘uznoma” dostonida quyidagicha beril- gan: “... Jangdan so‘ng 0‘g‘uz xoqonning qo‘shiniga, navkarlarigayu xalqiga shunday katta oija keldiki, ulami olib ketishga ot, xachir, ho‘kiz kamlik qildi. 0‘g‘uz xoqonning qo‘shinida chaqqon, gavdali bir yaxshi odam bor edi. Uning oti Barmaqliq Jusun Bilik edi. Bu chaqqon odam bir qang‘a chopti. Qang‘a ustiga mol-mulklami yukladi, qang‘a boshig‘a tirik boyliklami yukladi, jo‘nab ketdilar. Navkarlaming, xalqning ham- masi buni ko‘rdilar, shcxsl^c^illa. ... 0‘g‘uz xoqon qang‘alami ko‘rdi, kul- di. Yana aytdiki, qang‘a bilan boylikni ezgulik tortib borsin, qang‘alik senga ot bo‘lganligini «qang‘a» so‘zi bildirsin, deb o‘z yo‘liga ketdi.” (O ‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari, 1 jild, 252-b.) Aynan shu etnologik mif Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi”da quyidagicha berilgan: “Ammo, qangli aqllilik, farosatlilik ma’nosidadir. Chunonchi, bir jangda 0‘g‘uzxon qo‘liga juda ko‘p boylik o‘lja tushgan edi. G‘animdan hushyor o‘lja olib, uning qulfini ocha olmagandi. Lash- karboshlaming to‘g‘ri fikr yurituvchi bir to‘dasi urinib ko‘rishdi. Bar- tartib qildilar ul o‘ljani osonlikcha olib tashib oldilar. 0‘z aqlu farosati bilan dunyo mushkullarini yecha olganliklari sababli ularga qongli deb nom qo‘ydi.”67 Qang urug‘ining paydo bo‘lishi, umuman, yuqorida keltirilgan barcha xalqlaming paydo bo‘lishi tarixiga oid ma’lumotlar Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarida ham mavjud: «O‘g‘uz va uning ammakivachchalari o‘rtasida nizo kuchayib (ular bir-biri bilan) tig‘ va tili bilan so‘zlashib yurgan vaqtlarida (qangli qavmi) ulaming mulkini, xirojini, taxtu tojini talon-taroj qildi va had-hisobdan tashqari qimmatba- ho toshlari, naqdinalari va turli mato va kiyimlari (qangli) qo‘liga tushdi. Bu (narsalar)ni o‘sha tomondan olib ketish mushkul va qiyin ko‘rindi. (Shu vaqtda bu jamoa nazar va fikming nozikligi bilan aravalar yasadi- lar; qo‘laridagi yukning hammasini aravalarga ortirdilar. Va shu maq- bul ishlari tufayli «qangli» laqabini olganlar, (qangli) aravaning nomi bo‘lgan. Qanglaming barchalari o‘sha nomning qatralari va o‘sha daryo- ning tomchilaridir.”68 Yuqoridagi parchalardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, “0‘g‘uznoma” va tarixiy asarlarda berilgan etnologik miflarda u qadar katta farq- lar ko‘zga tashlanmaydi. Faqatgina syujetida bir oz farqlar mavjudligi ko‘rinadi. Biz faqat bir urug‘ nomidagi farqlami keltirish bilan chek- landik. Rashiddin Fazlulloh Hamadoniyning “Jome’ ut-tavorix” asarida bayon qilingan O‘g‘uz xon haqidagi afsona syujet jihatdan tamomila eski uyg‘ur-turk yozuvidagi “0‘g‘uznoma”dan farq qiladi (“Jome’ ut- tavorix”dagi 0‘g‘uz xon afsonasi haqida “Rashididdin Fazlulloh Hama- doniy” mavzusida to‘xtalamiz).
Savol va topshiriqlar “0‘g‘uznoma” dostoni qachon va qaysi yozuvda yozib qoldiril- gan?
“0‘g‘uznoma”ning asosiy qatlamini qaysi turdagi mifologiya tashkil qiladi?
“0‘g‘uznoma”da mifologik syujet qaysi o‘rinda ko‘rinadi?
“O‘g‘uznoma”da kosmogonik mifologiya qaysi lavhalarda bor?
“0‘g‘uznoma”dagi uch qavatli olam modeliga ta’rif bering.
“O‘g‘uznoma”dagi tush motivini sharhlab bering.
Ko‘k rang qanday ma’no anglatgan? Kengroq izohlang.
“0‘g‘uznoma” dagi ko‘k yolli bo‘ri timsolini sharhlab bering.
0‘g‘uz xoqon haqidagi dostonlaming qaysi birida qadimiylik xususiyati saqlangan?
“0‘g‘unoma”dagi rang va inonch-e’tiqodlar qaysi timsollarda ifodalangan?
Dostondagi qorluq qabilasining kelib chiqishiga oid rivoyatni ayting.