O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Ahmad al-Farg‘oniy (797-865) ning faoliyati



Download 2,17 Mb.
bet38/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Ahmad al-Farg‘oniy (797-865) ning faoliyati. Abu-1-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Qatir al-Farg‘oniy - 0‘rta Osiyodan yeti- shib chiqqan matematik va astronom. Farg‘ona vodiysi (hozirgi Quva shahri)da tug‘ilgani uchun “Farg‘oniy” taxallusini olgan. yevropada lotinchalashtirilgan Alfraganus degan nom bilan mashhur bo‘lgan edi. Xalifa al- Ma’mun asos solgan “Donishmandlar xonadoni” deb atalgan olimlar safida bo‘lgan. Bu ulkan ilmiy markazning boshqa nomi “al- Ma’mun akademiyasi” dir. Bu akademiyaga Xorazmdan, Farg‘onadan, So‘g‘diyonadan, Shoshdan, Forobdan, Xurosondan olimlar taklif qilin- gan.
Ahmad Farg‘oniyning tarjima hqli haqida ma’lumotlar juda kam. Farg‘oniyning ilmiy ishlari unga olam miqyosida shuhrat keltirdi. Uning usturlobga oid “Al-Komil fi-l-usturlob” (“Hammasi usturlob haqida”) kitobi bor. Shuningdek, Farg‘oniyning asosiy ishlaridan bo‘lgan astro- nomiyaga oid “Fi san’at al usturlob” (“Usturlob tayyorlashga oid”) asari ham mashhurdir. Bu asaming yana bir necha nomlari bor: “Javami’ ‘ilm an-nudjum va-l-xarakat as-samaviya” (“Yulduzlar va samoviy harakatlar haqida bilimlar to'plami»”), “Usul ‘ilm an-nudjum” (“Yulduzlar haqi- dagi ilm asoslari”), “Al-Mudxal ila ‘ilm xa’it al-aflak” (“Osmon tarkibi haqidagi fanga kirish”), “Kitab al-fusul attalatin” (“0‘ttiz bo‘lim kito­bi”). Farg‘oniyning bu asari astronomiyaga bag‘ishlangan arab tilidagi dastlabki adabiyotdir.
Ma’mun akademiyasida ikkita observatoriya ochilgan va o‘sha davming eng yaxshi astronomik asbob-uskunalari bilan jihozlangan edi. Ma’mun akademiyasining astronomlari yeming atrofini, yer meridiani- ning uzunlik darajasini o‘lchaganlar, yulduzlami kuzatganlar, Zij (j ad- val)lar tuzganlar, ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Farg'oniyning bu asari 12-asrda arab tilidan lotin tiliga, 13-asrda yevropaning boshqa til- lariga tarjima qilindi va mashhur bo‘ldi. 1493-yili chop etildi. Uning ast­ronomiyaga oid asarlari 700-yil davomida yevropada qomus va darslik sifatida xizmat qildi. Farg‘oniy yeming dumaloq ekanini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yilning eng uzun kuni 22-iyun va eng qisqa kun 23-dekabr ekanini aniqladi. Shuningdek, u Quyoshda dog‘ borligini kashf qildi va Quyosh tutilishini ham oldindan aytib berdi. Tarixiy ma’lumotlarga qa- raganda, bu о ‘zbek olimining qimmatli ilmiy merosi uning zamondosh olimlari uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Bu fikming dalili sifatida shuni aytish mumkin: X11 asrda Ahmad Farg‘oniyning “Asto- ronomiya asoslari haqida kitob”i lotin va ibroniy tiliga tarjima qilingan.
Ahmad Farg‘oniy geografiyaga oid asarlaming ham muallifidir.
Ahmad Farg‘oniy umrining oxirgi yillarini Qohirada o‘tkazdi. U Qohirada usturlobni qurish bilan mashg'ul bo‘ldi. Bu asbob yulduz- larning joylashuvini aniqlashda va ular orasidagi masofani o‘lchashda ishlatilgan. Shuningdek, Ahmad Farg‘oniy Nilomer deb atalgan insho­ot qurilishiga boshchilik qildi. Bu inshoot 861-yili Nil daryosi suvini o4chash uchun o‘rnatildi. Bu asbob Misr xalqining iqtisodiy hayoti uc­hun juda muhim bo‘lgan edi. Nil suvi ayrim paytlarda ko‘tarilib, botqoq hosil bo‘lishiga va suv toshqini oqibatida hosilning nobud bo‘lishiga olib kelardi. Yunon muarrixi Gerodotning xabar berishicha, Nil toshganda nafaqat daryo sohilini, balki atrof hududlarni ham suv bosardi. Buning oqibatida Nil daryosini kechib o‘tish uchun ikki kun vaqt ketardi. Ah­mad Farg‘oniy yaratgan Nilomer Rod orolida joylashgan bo‘lib, toshqin haqida ma’lumot olish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu inshoot hozirgacha odamlaming e’tiborida bo‘lib keladi. 2007-yili Qohirada Ah­mad Farg‘oniyning haykali o‘matildi.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish