1. … Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi boshlandi?
A) X asrdan B) XI asrdan C) XII asrdan D) XIII asrdan
2. Bu paytda hosildorlikni oshishiga sabab nima bo’lgan?
A) yerni almashlab ekish
B) botqoqlar o’rnida yangi yerlar tashkil etilishi
C) dehqonlar mahoratining oshishi
D) Mehnat qurollarining takomillashuvi
3. Rivojlangan or’ta asrlarda Germaniya shaharlari qaysi mamlakatlar bilan qizg’in savdo-sotiq olib brogan?
1.Fransiya 2. Angliya 3.Niderlandiya 4. Daniya
5. Italiya 6. Vengriya 7. Bolgariya 8. Bolqon yarim orolidagi mamlakatlar
A) 1,2,3,6,8 B) 1,2,3,4,8 C) 1,3,5,7,8 D)1,3,5,6,8
4. Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossaning hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1138-1186-yiIlar B) 1142-1192-yillar
C) 1152-1190-yillar D) 1156-1186-yillar
5. Fridrix I Barbarossa dastlab o'z istilolarini qaysi hududga qaratgan?
A) Fransiya B) Italiya C) Daniya D) Chexiya
6. Qaysi Germaniya imperatori "Qushlar bilan ov qilish" haqida kitob yozgan?
A) Genrix V B) Fridrix I C) Fridrix II D) Genrix VI
7. Fridrix I Barbarossaning asosiy maqsadi Italiyani Germaniyaning bir viloyatiga aylantirish edi. Bunga jiddiy qarshilik ko'rsatgan hududlarni aniqlang.
A) Milan va Lombardiyaning ko'plab shaharlari
B) Marsel va Sitsiliyaning ko'plab shaharlari
C) Marsel va Burgundiyaning ko'plab shaharlari
D) Genuya va Bavariyaning ko'plab shaharlari
8. Qachon Ronkal vodiysida chaqirilgan seym Fridrix I ning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan deb e'tirof etdi?
A)1156-yil B)1158-yil C)1160-yil D)1168-yil
9. Fridrix I o'z atrofida eng bilimdon, huquqshunoslarni to'plagan edi. Ular yordamida ko'plab qonunlar majmualari tuzilgan. Bu huquqshunoslar qayerdan chaqirilgan edi?
A) Rimdan B) Gamburgdan
C) Bolonyadan D) Kordovadan
10. Fridrix I davrida yaratilgan qonun to'plamlarida Fridrix I ….... deb e'tirof etilgan.
A) "yerdagi jonli qonun" B) "yagona qonun"
C) “oliy qonun chiqaruvchi”
D) “imperiya qonunlari asosi”
11. Qaysi shahar aholisiga sakkiz kun davomida shaharni tashlab ketish sharti qo’yilgan?
A) Milan B) Lombardiya C) Valensiya D) Venetsiya
12. Fridrix I ga qarshi ko'tarilgan Italiyadagi qo'zg'olonga qaysi shahar boshchilik qilgan?
A) Rim B) Marsel C) Milan D) Neapol
13. Nechanchi yilda Italiya shaharlari birlashib Fridrix I ritsarlarini tor-mor qiladi?
A) 1172-yilda B) 1174-yilda
C) 1175-yilda D)1176-yilda
14. Qaysi jangda Italiya shaharlari birlashib Fridrix I ritsarlarini tor-mor qiladi?
A) Milan jangi B) Lombardiya jangi
C) Lenyano jangi D) Kresi jangi
15. Fridrix II nechanchi yilda german knyazlari qiroli deb tan olinadi?
A) 1210-yilda B) 1211-yilda
C) 1212-yilda D) 1214-yilda
16. Fridrix II imperatorligining yigirma yilidan ko’pni qaysi qirollikda o’tkazgan?
A) Neapol B) Sardiniya C) Milan D) Sitsiliya
17. Fridrix II saroyida qayerlik olimlar to’plangan?
A) arab, vizantiyalik va yahudiylar
B) arab, hind, yunonlar C) arab, hind, vizantiyaliklar
D) arab, yunon, yahudiylar
18. Fridrix II ning qayerdagi saroyi arab xalifalarining saroyini eslatadi?
A) Neapol B) Sardiniya C) Milan D) Palermo
19. Germaniyada nechanchi yildan boshlab Gabsburglarning 369 yillik imperatorlik davri boshlandi?
A) 1273-yildan B) 1346-yildan
C) 1327-yildan D) 1437 yildan
20.Shvabiya savdo ittifoqi qaysi davlat shaharlari bilan bevosita savdo qilgan?
A) Fransiya B) Italiya C) Daniya D) Polsha
21. XIII-XV asrlarda Germaniyadagi qaysi shaharlar movut, surp, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda, metall buyumlar, qurol-aslahalar yasashda yetakchi o'rinni egallar edi?
A) Kyoln, Vorms, Strarburg
B) Erfurt, Leypsig, Vittenberg
C) Mayns, Kyoln, Erfurt
D) Augsburg, Ulm, Nyurenberg
22. Germaniyada hukmronlik sulolalarning tartib bilan berilgan qatorni toping.
1. Gabsburglar 2. Shtaufenlar 3. Lyuksemburg-lar 4. Saksoniyaliklar 5. Frankoniya
A) 4,2,5,3,1 B) 4,3,2,5,1 C) 4,5,2,3,1 D) 4,5,3,2,1
23. XIV asrda nemis knyazlarining qayerga qilingan istilolar Germaniyaning shimolidagi shahrlarning yuksalishiga yo’l ochadi?
A) Skandinaviyaga B) Boltiq bo’yiga
C) Bolqon yarim oroliga D) Rusga
24. Reyn daryosi bo’ylab joylashgan qaysi shaharlarda metal ishlab chiqarish va movut to’qish rivojlangan?
A) Kyoln, Vorms, Strarburg
B) Erfurt, Leypsig, Vittenberg
C) Mayns, Kyoln, Erfurt
D) Augsburg, Ulm, Nyurenberg
25. Germaniyaning Reyn daryosi bo’ylab g’arbda joylashgan shaharlari qaysi davlatlar bilan savdo-sotiq olib borgan?
A) Belgiya, Angliya, Italiya
B) Niderlandiya, Fransiya, Italiya
C) Italiya, Fransiya, Angliya
D) Niderlandiya, Angliya, Italiya
26. O'rta asrlarda Yevropada insonning o'rtacha umri uzoq bo'lmagan. Odamlar necha yoshdan so'ng qari hisoblanganlar.
A) 35 yosh B) 40 yosh C) 45yosh D) 50 yosh
27. Mashhur savdogar va sayyoh Marko Poloning vatanini aniqlang.
A) Rim B)Parij C) Venetsiya D) Florensiya
28. Qaysi voqea o’rta asrlarda yevropaliklar uchun dunyoga darcha ochgan?
A) Shaharlarning rivojlanishi
B) Savdoning rivojlanishi C) Salib yurishlari
D) kemasozlikning rivojlanishi
29. Marko Polo o'zining "Marko Polo kitobi" da qaysi yillar oralig'idagi ko'rgan kechirganlarini tasvirlagan?
A) 1271-1295-yillar B) 1272-1296-yillar
C) 1275-1298-yillar D) 1270-1299-yillar
30. Marko Polo o'z sayohati davomida asosan quyidagi qaysi hududlarda bo'lgan?
A) Yaqin Sharq va Hindiston B) Hindiston va Xitoy
C) Uzoq Sharq va Xitoy D) O'rta Sharq va Xitoy
31. G'arbiy Yevropa o’rta asrlarga xos madaniyat qachondan boshlab yuksala boshladi?
A) X-XI asrlardan B) XI-XII asrlardan
C) XII-XIII asrlardan D) XIII-XIV asrlardan
32. G'arbiy Yevropada dastlabki oliy maktablar -universitetlar qachon ochila boshlandi?
A) XI asr B) XII asr C) XIII asr D) XIV asr
33. Qirol xonadoni ruhoniysi bo'lgan Rober de Sabon qaysi shaharda universitetga asos solgan?
A) Parij B) Rim C) London D) Neapol
34. XII asrda G'arbiy Yevropadagi eng yirik universitet qaysi shaharda joylashgan edi?
A) London B) Florensiya C) Venetsiya D) Parij
35. Quyidagi shaharlardan qaysilarida boshqalariga nisbatan ertaroq universitetlar paydo bo'ldi?
A) London va Neapol B) Praga va Vena
C) Bolonya va Parij D) London va Krakov
36. XII-XIII asrlarda ochilgan Valensiya qaysi mamlakatning eng nufuzli universiteti edi?
A) Fransiya B) Italiya C) Angliya D) Ispaniya
37. Germaniya qiroli Fridrix II tomonidan asos solingan universitetni aniqlang.
A) Neapol B) Bolonya C) Parij D) Geydelberg
38. "Universitet" so'zining ma'nosini aniqlang.
A) "majmua" B) "oliy maktab"
C) "xalqaro" D) "turli-tuman"
39. O'rta asr universitetlarida taniqli o'qituvchilar ma'ruzalariga talabalar Yevropaning turli burchaklaridan kelishgan. Qaysi shaharda ba'zida bir paytning o'zida 30 minggacha talaba to'planar edi?
A) London B) Bolonya C) Venetsiya D) Parij
40. Yevropada talabalar hozirgi yotoqxonalarga o'xshash kollegiyalarda yashaganlar. Qaysi mamlakatlarda kollegiyalar yangi o'quv muassalari - kollejlarga asos bo'lgan?
A) Italiya va Polsha B) Angliya va Ispaniya
C) Fransiya va Angliya D) Italiya va Germaniya
41. O'rta asrlarda Yevropa universitetlarida fakultetlar kimlar tomonidan boshqarilgan?
A) rektor B) dekan C) magistr D) kansler
42. O'rta asrlarda Yevropa universitetlari hokimiyat tomonidan tayinlangan kimlar tomonidan boshqarilgan?
A) doktor B) dekan C) magistr D) kansler
43. Yevropada qachondan boshlab kitoblarni rohiblar bilan birgalikda shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar ham tayyorlay boshlaganlar?
A) XI asrdan B) XII asrdan
C) XIII asrdan D) XIV asrdan
44. Yevropada qachondan boshlab qog'ozdan keng foydalana boshlaganlar?
A) XI asrdan B) XII asrdan
C) XIII asrdan D) XIV asrdan
45. Nemis injeneri Iogann Gutenberg qachon kitob bosish dastgohini kashf etdi?
A) 1425-yil B) 1440-yil C) 1445-yil D)1450-yil
46. Fandagi yutuqlarga faqat ilimiy kuzatishlar va tajribalar yo'li bilan erishish mumkinligini isbotlagan olim kim?
A) Rojer Bekon B) G. Galiley C) Petrarka D) K. Salyutati
47. G`arbiy Yevropada qachondan boshlab qurilishda toshdan keng foydalanila boshlangan?
A)X asrdan B)XI asrdan C)XII asrdan D) XIII asrdan
48. Rivojlangan o'rta asrlarda qaysi mamlakatlarda qurilish toshlari bo'lmaganligi uchun saroy va ibodatxonalar pishiq g'ishtdan qurila boshlagan?
A) Fransiya va Angliyada B) Fransiya va Ispaniyada
C) Avstriya va Chexiyada D) Angliya va Polshada
49. Germaniyadagi Laax monastiri qachon bunyod etilgan?
A) X asr B) XI asr C) XII asr D) XIII asr
50. Roman uslubi G'arbiy Yevropa me'morchiligida qaysi davrlarda hukm surib kelgan?
A) V asrdan IX asrgacha
B) VII asrdan XI-XII asrlargacha
C) X asrdan XII-XIII asrlargacha
D) XII asrdan XIV-XV asrlargacha
51. Gotika uslubi Garbiy Yevropada qachon va qaysi mamlakatda yuzaga kelgan?
A) XII asr o'rtalarida Shimoliy Fransiyada
B) XII asr oxirlarida Shimoliy Italiyada
C) XII asr boshlarida Janubiy Fransiyada
D) XIII asr boshlarida Markaziy Italiyada
52. Gotika uslubi Garbiy Yevropada qachon yuksak darajada rivoj topdi?
A)XIII asr birinchi yarmida B)XIII asr ikkinchi yarmida
C) XIV asr birinchi yarmida
D) XIV asr ikkinchi yarmida
53. Germaniyadagi Laax monastiri qaysi me'morchilik uslubida qurilgan?
A) roman uslubi B) gotik uslub C) doriy usluabi D) vizantiya uslubi
54. Quyidagi binolardan gotika uslubga xos bo'lmaganini aniqlang.
A) Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi
B) Ruan va Reymsdagiga ibodatxonalar
C) Shartrdagi ibodatxona
D) Venetsiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi
55. Milan (Italiya) dagi ibodatxona qaysi me'morchilik uslubida qurilgan?
A) roman uslubi B) gotik uslub
C) doriy uslubi D) vizantiya uslubi
56. Venetsiyadagi Dojlar saroyi qaysi me'morchilik uslubida barpo etilgan?
A) roman uslubi B) gotik uslub
C) doriy uslubi D) vizantiya uslubi
57. Ajoyib me'morchilik durdonasi hisoblangan Al-Qasar qarsi qaysi shaharda joylashgan?
A) Granada B) Sevilya C) Venetsiya D) Kordova
58. Ajoyib me'morchilik durdonasi hisoblangan Al-Hamro qasri qaysi shaharda joylashgan?
A) Granada B) Sevilya C) Venetsiya D) Kordova
59. Qalin devorlar, baland minora va tor deraza-lar,binoning baland va salobatli bo'lishi qaysi me'morchilik uslubiga xos?
A) roman uslubi B) gotik uslub
C) doriy uslubi D) vizantiya uslubi
60. Qaysi uslubdagi binolar balandligi bilan ajralib turgan. Gumbazlari baland va uchli bo'lib, bino ichida baland va nafis ustunlar ko'plab qurilgan. Derazalar baland bo'lib, oynalarida vitrajlar, nafis chizma naqshlar bo'lgan?
A) roman uslubi B) gotik uslub
C) doriy uslubi D) vizantiya uslubi
61. Yevropada qaysi uslubda qurilgan ibodatxona devorlari va shiplarini diniy mavzudagi suratlar bezab turgan?
A) roman uslubi B) gotik uslub
C) doriy uslubi D) vizantiya uslubi
62. "Miniatura" so'zining ma'nosi to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
A) "kichik rasm" B) "nafis tasvir"
C) "qizil bo'yoq" D) "yashil bo'yoq"
63. O'rta asrlarda vujudga kelgan gumanistlar o'z oldilariga qanday maqsad qo'ygan edilar?
A) antik davr namoyondalarini o'rganishni maqsad qilgan edilar;
B) qadimgi germanlarning o'ziga xos madaniyatini o'rganishini maqsad qilgan edila
C) qadimgi diniy adabiyotni yanada rivojlanritishni maqsad qilgan edilar;
D) ular insonni o'rganishni maqsad qilgan edilar;
64. Qaysi shahar XV asrda Italiyaning eng yirik madaniyat markaziga aylangan edi?
A) Rim B) Venetsiya C) Neapol D) Florensiya
65. Mashhur shoir Franchesko Petrarka yashagan yillarni aniqlang.
A) 1304-1374-yillar B)1306-1372-yillar
C) 1313-1375-yillar B) 1331-1406-yillar
66. Rojer Bekon qaysi fanlarga oid tajribalar o’tkazgan?
A) Optika, fizika, botanika
B) Optika, fizika, kimyo
C) Optika, geografiya, biologiya
D) Optika, geografiya, astranomiya
67. Qachonga kelib ilk gumanizm yakunlandi?
A) XIV asr boshlarida B) XIV asr o’rtalarida
C) XIV asr oxirlarida D) XV asr boshlarida
68. Florensiyada shahar-respublika hokimlari qaysi kasb egalarining barakali ijodi uchun shart-sharoit yaratib berganlar?
1. Rassomlar 2. Haykaltaroshlar 3. Me’morlar
4. Xattotlar 5. Zargarlar
A) 1,3,5 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 1,3,4
69. Qaysi gumanist Florensiyada yashab yuqori davlat lavozimida ishlagan?
A) Franchesko Petrarka B) Jovanni Bokachcho
C) Rojer Bekon D) Kolyuchcho Salyutati
70. “She’riy maktublar”i bilan yangi Yevropa madaniyati yartilishi asoschilaridan biriga aylangan shoir kim?
A) Franchesko Petrarka B) Jovanni Bokachcho
C) Rojer Bekon D) Kolyuchcho Salyutati
71. XI asrda Kiyev Rusida beqarorlik yuzaga kelishiga asosan qaysi qabilalarning hujumlari sabab bo'lgan?
A) bolgarlar B) qipchoqlar
C) bijanaklar D) drevlyanlar
72. Vladimir Monomax qachon Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirgan?
A) 1097-yil B) 1099-yil C) 1105-yil D) 1112-yil
73. Vladimir Monomax Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishdan qanday maqsadni ko'zlagan edi?
A) Germaniya imperiyasiga qarshi birlashgan kuchli qo'shin tuzishni ko'zlagan edi;
B) barcha knyazlarni Vizantiyaga qarshi urushga jalb qilishni ko'zlagan edi;
C) barcha knyazlarni qipchoqlarga qarshi urush boshlashga chorlagan edi;
D) knyazlarning o'zaro urushlariga chek qo'yishni ko'zlagan edi;
74. XII asr o’rtalarida Rusda knyazlar o'rtasida nizolar kuchayib ketdi. Shu paytda rus hududida nechta mustaqil knyazlik tashkil topgan edi?
A) 15 ta B) 25ta C) 40ta D) 50ta
75. Chingizxonning nabirasi Botuxon bosqinlari arafasi-da Rus yerlarida nechta mustaqil knyazlik mavjud edi?
A)15ta B) 25ta C) 40 ta D) 50 ta
76. Kiyev bilan aloqani uzib mustaqil bo'lib olgan dastlabki knyazlikni aniqlang.
A)Pskov B)Vladimir-Suzdal C)Novgorod D) Yaroslavl
77. Monomaxning nabirasi Vsevolod Mstislavich qachon Novgorod vechesi qaroriga ko'ra, knyazlik taxtidan chetlatilib, zindonga tashlangan?
A) 1132-yil B)1134-yil C) 1136-yil D) 1140-yil
78. Novgorod qachon uzil-kesil boyarlar respublikasiga aylangan?
A) 1136-yil B) 1142-yil C) 1147-yil D)1156-yil
79. Mahalliy boyarlarning markaziy hokimiyat-ga qarshi kurashi XII-XIII asrlarda Rusning qaysi knyazliklarida kuzatilgan?
A) Kiyev, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal
B) Rostov, Yurev, Galich-Volin
C) Kiyev, Izborsk, Beloozero
D) Vladimir-Suzdal, Rostov, Galich-Volin
80. Vladimir Monomaxning o'g'li Yuriy Dolgorukiy XII asrda qaysi hududlarni boshqarar edi?
A) Don va Dnepr daryolari havzasidagi yerlami
B) Boltiq dengizi bo'yidagi hududlami
C) Laba daryosi havzasidagi hududlami
D) Volga va Oka daryolari havzasidagi yerlami
81. Knyaz Yuriy Dolgorukiy Kiyev ustidan qachon g'alabaga erishgan?
A) 1137-yil B) 1147-yil C) 1152-yil D) 1156-yil
82. Knyaz Yuriy Dolgorukiy Kiyev ustidan qozongan g'alabasi sharafiga qaysi qo'rg'onga asos solgan?
A) Rostov B) Kuchkovo C) Suzdal D) Vladimir
83. Yuriy Dolgorukiy avlodlari Vladimir knyazligini qachongacha boshqarganlar?
A) XVI asr boshlari B) XVI asr o’rtalari
C) XVI asr oxirlari D) XV asr oxirlari
84. XIV asrdan Rus yerlarining birlashishiga asos bo'lgan knyazlikni aniqlang.
A) Kiyev B) Galich-Volin
C) Vladimir-Suzdal D) Novgorod
85. Moskva shahriga asos bo'lgan qo'rg'onni aniqlang.
A) Rostov B) Kuchkovo C) Suzdal D) Vladimir
86. Svyatopolk quyidagi qaysi hududning knyazi bo'lgan?
A) Kiyev B) Galich-Volin
C) Vladimir-Suzdal D) Novgorod
87. "Har kim o'z yeriga egalik qilsin" degan qaror Rusda qachon chiqarilgan?
A) 1097-yil B) 1099-yil C) 1105-yil D) 1112-yil
88. XI-XIII asrlarda Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir kabi shaharlar Rusning qaysi knyazligi hududida yuzaga kelgan?
A) Kiyev B) Galich-Volin
C) Vladimir-Suzdal D) Novgorod
89. XI asrda an'anaga ko'ra, Kiyev knyazining to'ng'ich o'g'li qaysi hududga knyaz qilib qo'yilgan?
A) Kiyev B) Galich-Volin C) Pskov D) Novgorod
90. Mo'g'ul qo'shinlarining rus yerlariga hujumi qachon boshlanadi?
A) 1221-yil B) 1223-yil C) 1227-yil D) 1229-yil
91. Chingizxonning nabirasi Botuxonning sharqiy Yevropadagi istilochilik yurishlari qaysi yillarni o`z ichiga oladi?
A) 1227-1239-yillar B) 1227-1241-yillar
C) 1237-1242-yillar D) 1235-1245-yillar
92. Botuxon Kiyevni egallagan yilni aniqlang.
A) 1237-yiI B) 1240-yil C) 1242-yil D) 1244-yil
93. Aleksandr Nevskiy Pskov va uning atrofidagi hududlarni bosqinchilardan ozod qilishida unga qaysi hudud knyazi yordam bergan?
A) Galich-Volin B) Kiyev C) Suzdal D) Rostov
94. Aleksandr Nevskiy "Muz ustidagi jang" da kimlarni mag'lubiyatga uchratdi?
A) nemis ritsarlarini B) shved qo'shinlarini
C) mo'g'ul askarlarini D) qipchoq askarlarini
95. "Muz ustidagi jang" (Chud ko'lida) bo'lib o'tgan sanani aniqlang.
A) 1240-yil aprel B) 1241-yilmart
C) 1242-yil aprel D) 1243-yil fevral
96. Vladimir knyazligi chekkasi hisoblangan Tver va Moskva shaharlari qachondan boshlab rus yerlarining yangi markazi sifatida yuksala boshladi?
A) XIII oxirlari B) XIV asr boshlari
C) XIV asr o'rtlari D) XIV asr oxirlari
97. Oltin O’rda xoni yorlig’iga binoan Rus yerlaridan soliq yig’ish masalasida qaysi knyazlar o’rtasida jiddiy kurash ketadi?
A) Moskva va Vladimir B) Moskva va Kiyev
C) Moskva va Novgorod D) Moskva va Tver
98. Moskva knyazi Ivan Kalitaning hukmronlik yillarini aniqlang.
A)1312-1225-yillar B)1325-1340-yillar
C)1330-1345-yillar D)1335-1345-yillar
99. Rus yerlarida Oltin O'rda xoni yorlig'i bilan soliq yig'ish uchun kurash qaysi knyazlik g'alabasi bilan yakunlangan?
A) Novgorod B) Kiyev
C) Vladimir-Suzdal D) Moskva
100. Moskva knyazlari qo'lida Oltin O'rdaga qarshi kurashish mumkin bo'lgan kuch qachon to'plandi?
A) XIII oxirlari B) XIV asr boshlari
C) XIV asr o'rtlari D) XIV asr oxirlari
101. Rus yerlarining birlashishiga yordam bergan omillar berilgan qatorni toping.
1. Rus shaharlarida hunarmandchilik va savdo-sotiqning jonlanishi
2. Turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi
3. Qishloq xo’jaligidagi siljishlar
4. Oltin O’rda xonlariga qarshi kurash
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2,4 D) barchasi
102. Oltin O’rda qachonga kelib siyosiy nizolar davriga kiradi
A) XIII asr oxirlari B) XIV asr boshlari
C) XIV asr o'rtlari D) XIV asr oxirlari
103. Oltin O’rdada siyosiy nizolar davri necha yil davom etgan?
A) 20 yil B) 40 yil C) 60 yil D) 80 yil
104. Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich mo’g’ullarga qarshi kurashda nechanachi yilda dastlabki g’alabaga erishgan?
A)1376-yil B)1378-yil C)1380-yil D)1379-yil
105. Kulikova jangidan 100 yil o’tib …
A) Qunduzcha jangi bo’ldi
B) Tarak daryosi bo’yidagi jang bo’ldi
C) Ivan III Oltin O’rdaga boj to’lashdan bosh tortdi
D) Rus yerlariga Polsha bostirib kirdi
106. Nemis feodallari qachon Boltiq bo’yida yashovchi est va lit qabilalariga qarshi kurash olib boradi?
A) XIII asr boshlari B) XIII asr o’rtalari
C) XIII asr oxirlari D) XIV asr boshlari
107. 1240-yilda Aleksandr Yaroslavich Neva daryosi bo’yida kimlar ustidan g’alaba qozonadi
A) nemislar B) shvedlar C) mo’gullar D) serblar
Do'stlaringiz bilan baham: |