Chag’oniyon amirlari



Download 54,73 Kb.
bet1/6
Sana26.02.2022
Hajmi54,73 Kb.
#471687
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chag\'aniyon amirlari
1-mavzu. Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifalari (B1 soat), kiber.3-amaliy, bank tizimi va bank turlari, FAKSIMIL ALOKA, Epson Руководство по работе в сети M200 Series333, Filetoupload,678508,en (1), foydalanilgan adabiyotlar, Kirish, CHiziqli algebra savollar 300 ta, 2 5300836864217845861

CHAG’ONIYON AMIRLARI

IX asrning oxiri XI asrning birinchi choragida Chag’oniyonda amirlar sulolasi xukmronlik qiladi xamda bu sulolaga Amir al Muxtoj degan shaxs asos solganligi bois sulola uning nomi bilan Muxtojiylar sulolasi deb yuritiladi. Al Muxtojning ismi sharifini bilmaymiz, yozma manbalarda uning nomi nari borsa,Amir al Muxtoj Chag’oniy shaklida bitilgani uchrab turadi,xolos.Aftidan, Muxtojiylar sulolasi Somoniylarga oilaviy yaqin bo’lgan,Ismoil Somoniy (xukmronligi 892-907 yillar)ning o’zi xam Muxtojiylar xonadonini qo’llab-quvvatlagan. Chunki Ismoil Somoniy manbalarining guvohlik berishicha Termiz atrofidagi Somon qishlog’idan ekan va xatto Termiz shaxri ma’lum muddat bekorga shaxri Somon deb nomlanmagan bo’lsa kerak. Qolaversa, mamlakat xukmroni Ismoil Somoniy (tavalludi 849 yil) tez-tez Termiz va Chag’oniyonga tashrif buyurib turgan va uning Maxsuma(asli Moxisiymo) ismli qiziga Termiz sayidlarining asoschisi Xasan al Amir (865 yildan Termizda yashay boshlagan) ning o’g’li Sayid Amir Abdulla uylanadi. Xasan al Amir xazrat Ali va Bibi Fotima avlodlaridan bo’lib uning otasi Amir Xusayn,bobosi esa Ja’far al Xujjat Madina xokimi lavozimida faoliyat ko’rstagan. Ja’far al Xujjatning otasi Amir Ubaydulla xatto xalifa al Mansur (754-755) daavrida xalifa deb e’lon qilinadi. Amir Ubaydullaning otasi Xusayn al Asqar, bobosi esa Ali nomida yuritilgan. Alining otasi xazrat Ali va Bibi Fotimalarning farzandi Xusayndir. Xusayn so’nggi Sosoniy shoxi Yazdigurdning qiziga uylanadi va bosh farzandlariga xazrat Ali ibn Abu Tolib sharafiga Ali deb ism qo’yadilar. Termizlik sayidlarning shajarasi Xasan al Amirdan ibtido topadi va bu shajara avlodlari xazrat Ali xamda Bibi Fotimaning davomchilaridir. Demak, Xasan al Amir ibn Amir Xusayn ibn Ja’far al Xujjat ibn Amir Ubaydulla ibn Xusayn al Asqar ibn Ali ibn Xusayn ibn Ali ibn Abu Tolib Termiz sayidlari shajarasining bosh ajdodlari qatorida turadi.Qisqasi, Ismoil ibn Axmad ibn Asad ibn Somon (xukmronligi892-907 yillar) va Xasan al Amir quda-andachiligi xamda Sayid Amir Abdulla va Maxsumadan tarqalgan avlodlar endilikda sayid emas, balki xudovandzoda laqabi bilan atala boshlaydi.


Chag’aniyon amirligining Somoniylar saltanati (875-999 yillar)dagi nufuzi g’oyat katta bo’lib, bu suloladan chiqqan amirlar aksar Xuroson noibligini bajargan. Chunonchi, Chag’oniylar sulolasining ajoyib bir vakili Abu Bakr 930-939 yillar Chag’aniyonni boshqargan va ayni zamonda u 933 yildan e’tiboran Xuroson noibi xam edi. Bu degani, Somoniylar saltanatining teng yarmi uning tasarrufida ekanini anglatadi va katta xuquq, ulkan imtiyoz noib ixtiyorida bo’lgan. Chag’oniylar sulolasining asoschisi Muxtoj Chag’oniy xisoblanadi,biroq u amirlik qilgan davr sanalari xozirga qadar noaniq qolib kelmoqda. Xuddi shu sulolaga mansub Toxir CHag’oniyning ismi-sharifi “Ash’ori xamasroni Rudaki”(13-C,325)da to’liq keltiriladi. Amir Abu Yaxyo Toxir ibn Abul Abbos Fazl ibn Abu Bakr Muhammad ibn Abu Said Muzaffar ibn Muxtoj Chag’oniy. Ana shu orqali Abu Bakrning ismi Muhammad ekani va Abu Said Muzaffar uning padari buzrukvori ekanligini bilib olamiz. Ayni paytda sulola asoschisi Muxtoj Chag’oniy biz so’ yuritayotgan amir Abu Bakr Muhammadning bobosidir. Abu Bakr Muhammad 930 yili Chag’oniyonga xukmronlikni boshlagan bo’lsa, tabiiyki, ungacha Chag’oniyonni uning otasi Abu Said Muzaffar xamda bobosi Muxtoj CHag’oniy boshqargan va ular xukmronligi sanalarini 900 va 930 yillar orasidan izlagan ma’qul. Demak sulolaning ibtidosi 900 yillar bilan bog’liq va bu sulola xukmronligi XI asrning 30-yillarigacha davom etgan. Zero, Chag’oniylar sulolasining biz bilgan oxirgi vakillaridan biri Faxr rlik ud Davla 1010-1018 yillar Chag’aniyonda amirlik qilgan.
Abu Bakr Muhammaddan so’ng Chag’aniyon amirligi mashxur Abu Ali Chag’oniyga tegadi, u Abul Abbos , ya’ni Toxir Chag’oniyning otasi bilan aka-uka. Xulosa, Abu Ali va Abul Abboslar Abu Bakrning o’g’lonlari va CHag’oniyon amirligi Abu Aliga ota meros ekan. Abu Ali Chag’oniyonni 939-952 yillar davomida boshqaradi va 945 yilgacha Xuroson noibligini bajaradi, boisi 945-yilga kelib amir Nux ibn Nasr (943-954 yillar) uni Xuroson noibligidan chetlatadi. Oqibatda 947 yilgi mash’um voqea, ya’ni Nasrning Buxorodan Samarqandga quvilishi sodir bo’ladi, Abu Ali bo’lsa ma’lum muddat Buxoroni Nasrning amakisi Ibrohim ibn Axmad qo’lida saqqlanishini ta’minlab turgan.Abu Alining Nuh ibn Nasrga qarshi isyon ko’tarishi ko’p jihatlari bilan uning Xuroson noibligidan chetlatishiga borib taqaladi. Nux ibn Nasr, nixoyat 952 yilga kelib Abu Ali Chag’oniyni qayta Xuroson noibligiga tayinlashga majbur bo’ladi.Abu Ali o’z navbatida Chag’oniyon amirligini o’g’li Abu Mansur Nasrga topshiradi va o’zi, asosan, Xuroson noibligi yumushlari bilan mashg’ul bo’ladi,Abu Ali 955 yili Xurosonda tarqalgan vabo kasalligidan vaft etadi.
Abu Ali Chag’oniy va Nuh ibn Nasr mojarolariga mobodo yana qaytadan bo’lsak, shu narsa oydinlashadiki:Nuh ibn Nasr davriga kelib mamlakatda alg’ov-dalg’ov xodisalar, ziddiyatli voqealar kuchayib ketadi. Nuh ibn Nasrdan norozi bo’lgan qo’shin va lashkar, ayniqsa qo’shin boshliqlari o’rtasida pala-partishlik sezilarli tus oladi, shu kezlarda Chag’oniyon amiri va Xuroson noibi Abu Ali Amir Nuh ibn Nasrga qarshi isyon ko’taradi. Ana shu isyondan foydalangan Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim ibn Axmad Buxoroni egallagan va Abu Ali qo’shinlari yordamida Somoniylar taxtiga ega bo’ladi. Ammo Ibrohim ibn Axmad taxtda uzoq turolmaydi, sababi Abu Ali qo’shinlari shaxar ahlining ma’lum noroziliklari tufayli Buxoroni tashlab chiqib ketdilar.Shundan so’ng Nuh ibn Nasr Buxoroga qaytadi,(bungacha Nuh Samarqandda bir oz turgan edi),taxtni qayta qo’lga kiritib, birinchi galda isyonchi qarindosh-urug’larini jazolashga xukmi oliy beradi. Abu Ali Chag’oniyning markaziy xokimiyat bilan kurashi va nizolari davom etaverad, ikki o’rtada tuzilgan bitim va shartnomalarda Nuh ibn Nasr vafotidan so’ng uning o’g’li Abdumalik (954-961) zamonida xam o’z asoratini yo’qotmagan edi.(49-B.304-305).
Abu Ali Chag’oniy va Nuh ibn Nasr oralaridagi janjal xamda jangu jadal o’z vaqtida o’sh davr tarixchilari tomonidan tarix sahifalariga bitilgan edi. Jumladan, X asrning birinchi yarmida yashab o’tgan iste’dodli tarixchi An Narshaxiy o’zi (vaf.959 yil)ning “Buxoro”(943-944 yillar yozilgan) nomli asarida xuddi shu voqealarni ushbu tarzda bayon etadi: “Amir Xamid (ya’ni Nuh ibn Nasr ) uch yuz o’ttiz birinchi (331-943) yili sha’bon oyining avvalida (10 aprel kuni) podshoxlik taxtiga o’tirdi.Amiri Sa’id (baxtli) vafot etgach, (ya’ni Nuh ibn Nasrning otasi Nasr ibn Axmad xukmronligi 914-943 yillar) podshoxlikni talab etuvchilardan xar bir kishi bir joyda qaror topdi. Amiri Xamid (maqtalgan) Buxorodan chiqib Nishopurga keldi. Abu Ali Isfaxoniy Nishopurga amir edi. Amiri Xamid Nux ibn Nasr lashkar yuborib, uni qo’lga oldirdi, o’ziga qarshi kishilarni tarqatib yuborib viloyatlarni tozaladi, Nishopurni Ibrohim Simjurga berdi. Abu Ali Isfaxoniy o’ziga: “Men uning podssssholigini barqaror qildim, u esa viloyatni boshqa kishiga berdi”,-deb o’yladi va Abu Isxoq Ibrohim ibn Axmad ibn Ismoil As Somoniyga: “Buxoroga borib podshoxlikni ol! Men sen bilan bo’lsam, amir (demak Nuh ibn Nasr) senga qarshi tura olmaydi”-dedi. Abu Isxoq lashkar tortib Amiri Xamid (Nux ibn Nasr)ga qarshilik oshkor qildi. Amiri Xamid Nishopurdan qaytayotganda Abu Isxoq unga xujum qildi. Ular o’rtasida jang bo’ldi va Amiri Xamid yengilib Buxoroga keldi. Uning ketidan amakisi Abu Isxoq xam Buxoroga keldi va u uch o’ttiz beshinchi yil jumod ul oxir oyida (yanvar 947 yil) butun Buxoro axolisi unga Ba’yat qil- (xukmdorni o’zlarining ustidan xokim deb tan ol)dilar.Buxoroning xamma minbarlarida Abu Isxoq nomiga xutba o’qidilar. Bir oz vaqt o’tganidan keyin Abu Isxoq o’z lashkari uning o’ziga qarshi yomon niyatda ekanini, uni o’ldirishga qasd qilganini va Amiri Xamidga sadoqat qilganini bilib qoldi va Buxorodan qaytib Chag’aniyonga ketdi” (9-. 162).
Narshaxiy matnini sharxlashga o’tsak,axborotda g’alizlik bor, masalan,Abu Ali Isfaxoniy emas, balki Chag’oniydir,uning Nishopur amiri bo’lgani aniq emas, lekin u Xuroson noibi edi, xatto Nasr ibn Axmad xukmronligining oxirgi yillari Abu Ali Chag’oniy Xuroson noibi bo’lgan ko’rinadi. Darxaqiqat, Abu Ali bilan Nuh Ibn Nasr (943-954-yillar) yoki Abdumalik (954-961—yillar) o’rtasidagi ziddiyatlar undan xam oldinroq boshlaganini taxmin etish mumkin.Chunki Abu Alining otasi Abu Bakr 939 yili olamdan o’tadi, u 930-939 yillar oralig’ida Chag’oniyon xokimi edi. Abu Bakr 933 yildan boshlab Nasr ibn Axmad (914-943 yillar)ning xoxish-irodasi bilan Xuroson noibi vasifasini xam bajara boshlaydi. Abu Bakr vafoti (939 yil)dan so’ng Chag’oniyon xokimligi va Xuroson noibligi uning o’g’li Abu Ali Chag’oniy zimmasiga yuklanadi. Xuddi shu voqealar Nasr ibn Axmad (914-943 yillar) davrida ro’y bergan va Abu Ali Chag’oniy 945 yilga kelib, ya’ni Nuh ibn Nasr (943-954 yillar) zamonida Xuroson noibligidan chetlatiladi. Demak, Abu Ali isyoni, noroziliklari, asosan, Nuh ibn Nasr zamoniga to’gg’ri kelar ekan. Ana shu o’zaro kelishmovchiliklar 945 yildan 952 yilgacha va xatto undan keyin xam davom etganini gumon qilish mumkinAbu Ali Chag’oniy 952 yili qayta Xuroson noibligiga tayinlanadi, bu Abu Alining Somoniylar saltanati siyosiy maydonida ustuvor maqomga egaligini namoyish etadi. Bundan tashari, Abu Alining siyosiy maydondagi obro’yi Abdumalik amirligi (954-961) yilari xam davom etganligi muqarrar xaqiqatdir.
Abu Ali Chag’oniy 945 yilda Xuroson noibligidan chetlatilgani xaqida aytib o’tdik, ana shu kezlar Abu Ali o’z inisi Abul Abbos Fazlni Jabal viloyati (Tus, Ray, Shirvon tomonlar)ga xokim etib tayinlaydi. Jabal arabcha tog’ demakdir, bu mintaqalar Kux(tog’)iston.(Dog’istonni eslang) deyiladi, Gerodotning guvohligicha, qadimda bu zaminda paretaken (paurata-paurat-par-sanskritchada tog’dir)qabilalari yashagan. Shunday qilib yana Abul Abbosga qaytsaku o’z og’asi Abu Ali xukmiga teskari Jabalga bormay, Buxoroga borgani va Nuh ibn Nasr unga Shosh xokimligini berganidan xabardormiz. Bu voqealardan so’ng Nuh ibn Nasr va Abu Ali ixtiloflari g’oyat jiddiylashadi, Abu Ali 946 yili Nasrga qarshi jangga kiradi,birinchi galda Xuroson noibligiga yangi tayinlangan Ibrohim binni Simjurni haydabyuboradi Keyin katta qo’shin bilan Amudaryodan o’tib Buxoroni bosadi, Nasr Samarqandga qochadi, Abu Ali amir Nasrning amakisi Ibrohim ibn Axmad nomiga xutba o’qiladi. Abu Ali 946 yilning dekabridan 947 yilning martigacha Buxoroda turadi, ammo Buxoro axolisining noroziligiga sabab u Chag’oniyga qaytishga majbur bo’ladi. Nihoyasi ko’rinmagan bu qarashlar 948 yilning dekabr oyida sulh tuzish bilan to’xtaydi, sulhga ko’ra Chag’oniyon xokimligi Abu Aliga qoladi. Buning evaziga Abu Ali Chag’oniyning o’g’li Abul Muzaffar garovga olinadi, Buxoroda Abul Muzaffar xurmat bilan qarshilanadi.
Voqealardan ayonki Nuh ibn Nasr ilojsiz Abu Alini takror Xuroson noibligiga tiklaydi, Abu Ali Xuroson mulkida tartib-intizom o’rnatadi. Abu Ali tufayli Somoniylar davlatiga qarshi xarakatlar qilayotgan Buvaxiylar bilan tinchlik bitimi amalga oshiriladi. Negadir bitim yangi xukmron Abdumalikni (954-961) qoniqtirmaydi va u Abu Alini Xuroson noibligida oladi, natijada g’azablangan Abu Ali Buvayxiylar ko’magida Abdumalikka qarshi g’alayon ko’taradi va o’z nomini xutbaga qo’shtiradi. Abdumalik 954 yili Abu Aliga qarshi yirik qo’shin yuboradi, lashkarga Xuroson noibligiga endi tayinlangan Bakr binni Malik bosh edi. Bu orada Abu Ali Xurosonda tarqalgan vabo kasalidan 955 yili o’ladi, Somoniylar va Buvayxiylar o’rtasida sulx tuzilgach, Abu Ali jasadi Chag’oniyonga olib kelinadi xamda dafn etiladi. Buvayxiylar sulolasiga Eron shohlari naslidan bo’lgan Buvayx ismli kimsa asos solgan, u 930 yili Somomniylarga bo’ysunishdan bo’yin tovlab ularga qarshi janglar olib bordi.
Abu Ali Chag’oniyning o’g’li Abu Mansur Nasr Chag’oniyonni 952 yildan 976 yilgacha boshqaradi, keyin Chag’aniyonda Abul Qosim al Xasan ibn Axmad xukmronligi boshlanadi. Abul Qosim al Xasan asli Abu Mansur Nasrning inisidir,u taxminan 976 yildan 986 yilgacha Chag’oniyonda amirlik qilgan. 986-987 yillar Chag’oniyonni Guzzgon (xozirgi Juzjon) amiri Abul Xoris boshqaradi, shundan so’ng Chag’aniyon amirlari taxtiga Toxir Chag’oniy keladi va u 987-992 yillar xukron bo’ladi. Shu tariqa 992-1010 yillar Abul Muzaffar Chag’oniy va 1010-1018 yillar Faxr ad Davla Axmad binni Muhammad xukmronligi yuz beradi.

Ikkinchi bob



Download 54,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi