Chag’oniyon amirlari



Download 54,73 Kb.
bet4/6
Sana26.02.2022
Hajmi54,73 Kb.
#471687
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chag\'aniyon amirlari

ADABIYOT VA SHE’RIYAT
Chag’oniyon adabiy muhiti ko’p jihatlari bilan alohida ajralib turadi, fors-tojik adabiyotining peshqadam shirlaridan Daqiqiy va Farruxiy kabilar xamda boshqalar o’z ijodiy yo’llarini Chag’oniyon bag’rida, ayni shu tuproqda boshlaganlar.Chag’oniyon amirlari adabiyotga juda qiziqishgan, ular she’riyatni, she’rni, shoirni qadrlaganlari bois bu yurtga ko’plab shoirlar tashrif buyurgan, ulardan ayrimlarining ijodi ila tanishamiz.
Taxoriy-Chag’oniyon shoirlarining sardaftari xisoblanadi, uning taxallusi Taxoriston (xozirgi Surxon va Xisor vohalari) nomidan olingan; shoir X asr boshlarida yashagan. Ammo ayrim manbalar (Asadiy Tusiy, 1005-10073, “Lug’ati furs”, Nizomiy Aruziy Samarqandiy “Chaxori maqola”)da taxallusi Taxoviy shaklida biilishi xollari uchraydi. Biroq olimlar shoir taxallusining Taxoriy shaklini to’g’ri deyishib, ana shu shaklni maqbul bilishadi, “Farxangi Surury”da xam shu xol saqlangan. Shoirdan atigi to’rt misra she’r yetib kelgan:

Lab-t go’y, ki nimkafta gul ast,


Mai no’sh andar u nuxuftasty.
Zulf go’y ey lab nixozida,
Ba gila so’i chashm raftasti(13-C.99).
Mazmuni:
Labing yarim ochilgan guldir,
Unda xush may yashirundir.
Zulfing labdan lab burib,
Ko’z tomon og’ishdan shaylangandir.

Misol keltirilgan bu she’rni goho Tayyon Marg’aziyga nisbat berishadi, xullas, manbalarda Taxoriy xaqida keltirilgan xabar va ma’lumotlar o’ta darajada bir-biriga qarama-qarshi xamda g’oyat ziddiyatlidir. Xar xolda Taxoriy Chag’oniyonda ekanida yurtni Muxtoj Chag’oniy (taxminan 900-910 yillar) boshqarganini faraz qilish mumkin.


Ma’rufiy-Chag’oniyonda yashab ijod etgan navbatdagi shoirlardan biri, uning to’liq ismi sharifi ushbu xilda: Abu Abdulla Muhammad binni Xasan Ma’rufiy Balxiy. Shoirning taxallusi Ma’rufiy, uning Balxiy deyilishiga sabab, u aslida balxlik. Adib o’z she’rlaridan birida buyuk Rudakiy (858-941)ning muborak suxbatidan baxra olganini aytadi:
Az Rudakiy shunidam, sultini shoiron,
K:- “andar ba kas magarav, juz ba Fotimiy” (13-c.302).

Mazmunu:
Shoirlar sultoni Rudakiydan eshitganim bor:


O’zingni fotimiylardan o’zgaga garovga qo’yma.

Fotimiylar ijtimoiy tenglik g’oyalarini ilgari surgan, bu oqim tarafdorlari ko’p bo’lgan, ammo ular qattiq jazolarga mustaxiq etilgan, shu xarakatning vakili sifatida Rudakiyning ko’zlariga mil tortilgan edi.Shundan Ma’rufiyning Buxoroga tashrifini 935-940 yillar oralig’idan izlash lozim, zero, Rudakiy va Ma’rufiy uchrashuvi ayni Rudakiyning alamli yillariga to’g’ri kelishi xaqiqatga yaqin turadi.Ma’rufiy amiri Nuh ibn Nasr (943-954) davrida va xatto Abdumalik (954-961) zamonida xam Buxoroda bo’lgan ko’rinadi.Ma’rufiy amir Nuh ibn Nasr (943-954) davrida va xatto Abdumalik (954-961) zamonida xam Buxoroda bo’lgan ko’rinadi. Ma’rufiy ma’’lum fursat Seyistonda xam bo’lgan, uning Chag’oniyondalik kezlari, albatta, Buxoroga tashrifidan oldin ro’y bergan, uning Chag’oniyonda bo’lishi 925-935 yillarga to’g’ri kelishini taxmin etish mumkin. Ana shu 925-935 yillar Chag’oniyon taxtiga Abu Said Muzaffar ibn Muhtoj Chag’oniy (farazan 910-930) va Abu Bakr Muhammad ibn Abu Said Muzaffar (930-939)lar xukmron edilar. Ma’rufiyning tavalludi va vafoti sanalari noaniq, shoirdan 92 misra she’r saqlanib qolgan. Shoir she’rlaridan ayrim parchalar Umar ur Rodiyoniy (XI asr)ning “Tarjimonul balog’a” (33-C.44), Shams Qays Roziy (XIII asr)ning “Al mo’jam”(47-C.236) asarlaridan va boshqa tazkira xamda bayozlardan joy olgan.


Xulosa: Ma’rufiy keyingi umri va ijodiy batamom Buxoro bilan bog’langanligi ayon bo’ladi. Ma’rufiy X asr boshlarida tug’ilib, shu asrning 70-yillari olamdan o’tgan bo’lishi extimol. Ma’rufiyning ayrim she’rlari o’z vaqtida arabchaga xam tarjima qilingan edi. Bu birinchi galda Ma’rufiyning shoir sifatidagi e’tirofini isbotlasa, boshqa bir tomondan uning Buxoro adabiy muhitidagi (Somoniylar davri albatta) nufuzini ochiqdan-ochiq tayin etishga juda-juda qo’l keladi.Ma’rufiydan arabchaga tarjima qilingan she’rlar Saolibiyning “Yatimat ud daxr” asariga kiritilishining o’zi xam katta gapdir, chunki xar qanday shoirning she’ri birinchidan tarjima qilinavermagan yoki yirik to’plamlar (“Yatimat ud daxr”) ga kiritilavermagan.Shunday tarjimalardan biri Ibn al Muammal degan shoir tomonidan amalga oshirilgan, uning mazmuni ushbu xilda:

Bo’lmasa menga sendan saxovat,


Tyxfang umidi qalbda qaboxat.
Sen xam menga o’xshash odamsan,
Bil odam zotiga bosh egmasman (5-C.245).

Qizig’i, Marufiyning boshqa bir ikkita forsiy she’rini bir to’la Abul Xasan Balxiy (vaf. 937 yil) va noma’lum shoir arabchaga tarjima qilgan. Bu xodisalar Buxoro shoirlari o’rtasida she’riy tarjima sohasida ma’lum o’zaro musobaqa va baxs mavjudligini ta’kidlovchi xolatdir. DemakBuxoro adabiy muhiti badiiy tarjima bobida o’ziga yarasha kerakli tajriba to’play olgan bir adabiy doira sifatida e’tirofini topgan ko’rinadi.


Ma’rufiyning fors-tojik tilidagi she’rlari o’z tiliga xos, o’z usuliga mos ravishda san’atkorona xuxusiyatlarini namoyon etadi:

In dili miskini man asiri xavo shud,


Peshi xazoron xazor guna balo shud.
Jodi ki band kardu xilat bar mo,
Bandash bar mo biraftu xila ravo shud.
Xukmi qazo bud v-in ba dilam bar,
Maxkam az on shud ki yor yori qazo shud.
Xar chy biguyam zi man nigar, ki nagiri,
Aql judo shud zi man, ki yor judo shud. (130-C.302).

Mazmunu:
Miskin silim kibrli yorga asirdir,


Bu minglar oldida ming balo boldi.
Xiylalarining jodusi band ayladi meni,
Bandi biz bilan ketdi, xiylasi ravo bo’ldi.
Qalbimdagi og’ir yuk qazo xukmidir,
Shundan yor o’limning yori,bo’ldi.
Nima desam xam menga boq, boqmasang
Aql xam, yor xam mendan judo bo’ladi.

Shoir va ijodkorlar zikrida gap ketar ekan, shuni taassuf bilan aytish joizki,masalan, biz shu kungacha, Muhtoj Chag’oniy (taxminan 900-910 yillar), Abu Said Muzaffar (taxminan 910-930 yillar), Abu Bakr Muhamad (930-939 yillar) xukmronligi kezlari Chag’oniyonda yashab ijod etgan shoirlardan kimlar borligini bilmaymiz, buning uchun esa, ko’plab qadimiy manba va sarchashmalarni erinmay o’rganib chiqish zarur. Ammo Abu Ali Chag’oniy davrida Chag’oniyonda yashab o’tgan shoirlardan ayrimlarini bilamiz, quyida ana shu shoirlardan ba’zi birlarining xayot yo’li xaqida suxbat quramiz.


Abulxusayn Muhammad binni Muhammad al Murodiy Buxoriy


“Yatimat ud daxr” muallifi as Saolibiyning yozishicha, Murodiyning Abu Aliga bag’ishlab yozgan qasidalari bor ekan.Abu Ali Chag’oniy 947 yili Buxoroni zabt etganda, ko’plab shoirlar unga bag’ishlab qasidalar xam bitgan, shular qatorida Murodiy qasidalari xam mavjud. Biroq, Murodiyning vafoti 940 yillar ro’y bergan va u Rudakiyning eng sevimli shogirdlaridan biri edi.Rudakiy xatto Murodiy vafoti munosabati bilan dillarni larzaga soluvchi, ko’ngillarni achchiq g’il-g’ulaga chulg’ovchi marsiya bitadi, o’sha marsiya ushbu xilda boshlanadi:

Murd murodi na xamona, ki murd,


Margi chunon xoja na korest xurd (13-C.29).
Mazmuni:
Murodiy o’ldi, o’ldi emas so’ldi,
Shundan xojaning o’limi, oddiy ish emas.

Demak, Murodiyning Abu Aliga bag’ishlab yozgan qasidasi 938-940 yillarda bitilgan bo’lib chiqadi va bu davr Amir Nasr (914-943) xukmronligi davri edi.O’z-o’zidan ma’lumki, shir Murodiy Buxorodan turib, Chag’oniyon amiri Abu Aliga qasida bag’ishlay olmas edi. Xulosa shuki, Murodiy taxminan bir oz davr Chag’oniyonda bo’lgan, Abu Bakr xukmronligi (930-939 yillar)ning oxirgi yillari va Abu Bakr xukmronligi (939-952 yillar)ning boshlang’ich yillari bo’lishini faraz qilish mumkin. Chunki chuqur falsafiy muloxaza-mushoxada tizimida qurilgan, fikran teran, mantiqan mazmunli qasidada bir kun-ikki kun tanish odam tasviri emas,balki uzoq yillar qadrdon ta’rifi ifoda etilgan. Qasidaning mazmunini adabiyotshunos M.Azimov (10) matnini suyangan xolda keltiramiz.


Ilmni ko’p sarflagan odamlarni o’rgandim,


Lekin sendayini zinxor uchrata olmadim.
Senga o’xshashlar jahonda kam topiladi,
Qiliching zarbini, uning dushmanlarga-
Sanchilishini aniq ko’rib turibman,
Sen tirik ekansan, yo’ldan xech kim adashmaydi.
Adashgan tayanchini qilich zarbi yemiradi.
Qo’lingdan saxovat va xalokat yog’iladi.
Senga bo’ysunmagan omonlik topmaydi,
Senga ergashgan esa farovonlik topadi.

E’tibor berilsa, qasida Abu Alining o’z davri uchun nechog’lik ilkan nufuzga ega tarixiy shaxs ekanligini ro’y-rost tavsiflamoqda. Tarixdan ma’lumki, Somoniylarga barcha boshqa amirliklar to’da-to’da xiroj to’lasa, Abu Ali poytaxt Buxoroga Chag’oniyon amirligi nomidan atigi ramziy tuxfalar jo’natib turar edi.


Murodiy arab va fors-tojik tilida ijod etgan, shoirning she’rlar devoni el aro mashxuri manzur bo’lgan.Murodiy ijod bisotiga taalluqli fors-tojik tilidagi she’rlaridan bizning davrimizgacha ayrim namunalar yetib kelgan. Shoir o’z she’rlarida axloqiy-ta’limiy, ma’rifiy-ma’naviy g’oyalarni tajassum etadi:

Az xashamu ganch chi faryodi sud,


Marg kunad bar sari tu toxtan (13-C.29).
Mazmuni:
Boshing uzra o’lim charx urib turganda,
Xasham va xazinadan foyda nechun.

Basharti, baytning ichki ma’nosiga chuqurroq qarasak, undagi mantiq quyidagicha oydinlashadi: xashamatligi xayotdan, erishilgan baxtdan shodlanish befoyda, chunki o’lim xaq, o’lim muqarrar.


Yuqorida zikr etilgani kabi Abu Ali Chag’oniy 947 yili Buxoroni ishg’ol etganda, buxorolik qalam ahlining aksari unga bag’ishlab qasidalar bitgan edi.Shoirlardan Abu Tayyibiy at Toxiriy va Abu Axmad Muxammad ibn Abdulaziz an Nasafiy qasidalari alohida e’tiborga molik, At Toxiriy qasidasi mazmunidan 947 yil voqealari baxor (Narshaxiyning shoxidligicha voqealar qish)da ro’y berganini bilib olsak, an Nasafiy qasidasidan Abu Ali Chag’oniyning siyosiy maydondagi obro’yining naqadar ustuvorligini anglab olish qiyin emas. Qizig’i, al Murodiy, at Toxiriy, an Nasafiy qasidalarining barchasi arab tilida bitilgan xamda bu qasidalar as Saolibiyning :Yatimat us daxr” asarida keltirilgan




Download 54,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish