O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)



Download 2,17 Mb.
bet26/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Savol va topshiriqlar

  1. Moniylik oqimining mohiyati nimalami o‘z ichiga oladi?

  2. Beruniyning Moniy shaxsi va ta’limoti haqidagi qarashlari haqi- da so'zlab bering.

  3. Moniy yaratgan sinkretik tizim nima?

  4. Moniylik oqimidagi adabiyotning o‘zak masalalari haqida so‘zlang.

  5. “Xuastuanift” necha bo‘limdan iborat? Dastlabki besh bo'limning mazmunini so‘zlab bering.

  6. “Xuastuanift”ning oltinchi-o‘ninchi bo‘limlari mazmunini so‘zlab bering.

  7. “Xuastuanift”ning o‘n birinchi-o‘n beshinchi bo‘limlari mazmu­nini so‘zlab bering.

  8. “Xuastuanift”dagi ruhan poklanish aqidasi nimalami o‘z ichiga oladi?

  9. Moniylik she’rlarida ko‘tarilgan masalalar nimalardan iborat?

Buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot
Reja:

  1. Buddaviylik haqida qisqacha ma'lumot.

  2. Buddaviylikda “to‘rt oliy haqiqat”.

  3. Buddaning va'dalari va ulaming hayotiy ahamiyati.

  4. “Oltun yorug‘”ning yaratilishi. Asarda falsafiy ta'limot.

  5. “Oltun yorug‘”ning yaratilishida turkiy qavmlaming ishtiroki.

  6. Maxayana mazhabi haqida.

  7. “Oltun yorug‘”dano‘m lushunchasi.

  8. “Oltun yorug‘”da zamon tushunchasi. Darma.

  9. “Oltun yorug‘”dagi afsonalar. Ku tau afsonasi.

  10. “Shahzoda va bars” afsonasi.

  11. “Udaqatati tabib va uning o‘g‘li” afsonasi.

  12. “Oltun yorug‘” o‘gitlari.

Tayanch so‘z va iboralar: maxayana, masihiylik, sanskritcha, moniylik, maxayana, masihiylik, Uchta Yo 7, darma, о ‘nta va ’da, najot, “Xustuanift”, ixtiyoriy'faqirlik, “Oltunyorug‘”, chadik.
Buddaviylik haqida qisqacha ma’lumot.Buddaviylik dunyodagi yirik, keng tarqalgan dinlar - islom va masihiylik (xristianlik)dan ham qadimiydir. “Budda” degan nom sanskritcha bo‘lib, “ong tiniqlashuvi” ma’nosini bildiradi. Buddaning hayotini tasvirlaydigan hikoyalar “cha­dik” deb ataladi va mifologik mazmunga yo‘g‘rilgan bo‘lib, “xudoning odami” timsolini gavdalantiradi.
Budda tarixiy shaxs sifatida talqin qilinadi. Tirik mavjudotlami azob-uqubatlardan qutqarish Buddaning asosiy maqsadi bo‘lgan.
Budda - haqiqat najotkori demakdir. Uning asl nomi - Siddxartxa. Siddxartxaning onasi - shakiylar hukmdori Mayyaning xotini bir kuni tushida yoniga oq filning kirib yotganini ko‘rdi. Ma’lum vaqtdan so‘ng u o‘g‘il tug‘di. U boshqa ayollar singari tug‘may, qo‘ltig‘idan tug‘di. Ayolning ovozini koinotdagi hamma xudolar eshitdi. Borliqdagi uqu- batlaming oldini oladigan Zot keldi, deb xursand bo‘ldilar. Dono Asita chaqaloqning buyuk qahramonliklar ko‘rsatishi haqida karomat qildi. Chaqaloqqa Siddxartxa deb ism qo‘ydilar. Bu - “topshiriqni bajaruvchi” deganidir.
Siddxartxaning tug‘ilgan yili mil.ol. 642-448-yillar oralig‘ida deb taxmin qilinadi. Onasi Siddxartxani tuqqandan keyin bir necha kun O'tgach vafot etdi. Onaga vafotidan oldin, siz g‘ayritabiiy narsani dun- yoga keltirdingiz, deb xabar berishga ulgurdilar. Buddaning tug'ilishi haqidagi rivoyatlarga ko‘ra, u nuqsonsiz homila bo'lgan va homilador- lik davri ham nuqsonsiz bo‘lib o‘tdi, shu bois Buddani onasi dunyoga keltirgandan keyin ham, u bokira qizligicha qolgan. Buddaning tanasida olamning bo‘lg‘usi hukmdori alomatlari ko‘ringan.
Siddxartxaning otasi o‘g‘li diniy tarbiya olishini istamadi. Ota ha- yotning salbiy tomonlarini o‘g‘lidan yashirib, dabdabali hayotni muhay- yo qildi. 0‘g‘liga haqiqiy dunyoviy tarbiya berdi.
Siddxartxa o‘n olti yoshida ikkita malikaga uylanib, otasining sa- royida betashvish hayot kechiraverdi. U saroydan uch marta tashqariga chiqib, uchta muqarrar yovuzlikni bilib oldi: bular - keksalik, azob-uqu- bat va o ‘lim edi. To‘rtinchi marta saroydan tashqari chiqib, qashshoq rohibga duch keldi. Rohibning xotirjam va shod ekanini ko‘rib, zaminiy yovuzliklarga qarshi dori-darmonni topdi. Yarim tundan uyg‘onib, yoni- da yotgan malikalaming horg‘in tanasiga nazar tashladi va yana butun za- minning og‘ir yukini anglab yetdi. 0‘sha zohoti Siddaxartxa saroyni tark etib, saroyidan butunlay chiqib ketdi va zohidona hayot kechira boshladi, ismini Gautama deb o‘zgartirdi. Ikki muallim rahbarligida falsafani va yog texnikasini o‘rgandi, beshta shogirdi bilan o‘z tanasini azoblashni mashq qildi. yetti yil davomida u azob-uqubat bilan ter to‘kib, kohin braxmanlaming muqaddas kitoblarini o‘qidi. Ammo maqsadga erishlo- may va bu singari riyozat chekishning behudaligini tushunib yetdi. Endi U guruch bilan oziqlana boshladi, Siddxartxaning zaiflashib borayotgani- dan xafa bo‘lgan shogirdlari uni tark etdilar. Shundan keyin Shakyamu- ni (Shakya shohligidan kelgan zohid) anjir daraxti ostiga o‘mashib oldi va “Menda “ong tiniqlashuvi” yuz bermaguncha joyimdan qimirlamay- man”, deb qaror qildi. U O‘lim va Yovuzlik ilohi Maraning siquvlariga va tazyiqlariga bardosh berdi. Ertasiga tong payti Mara ustidan g‘alaba qilib, Buddaga aylandi va “to‘rt oliyjanob haqiqat”ni anglab yetdi. Shu tariqa u “to‘rt oliy haqiqat”ning sohibi bo‘ldi. Ilgari uni tark etib ketgan beshta shogirdiga Banoras shahrida ana shu haqiqatni va’z qila boshladi.
Buddaviylikda “to‘rt oliy haqiqat”. Birinchi oliy haqiqat shundan iboratki, hamma narsa Azobdir: tug‘ilish - azob, o‘lim - azob, xastalik - azob, jamiki beqaror narsalar - azob. Ikkinchi haqiqat shuki, azob- ning sababi shahvatdir. Uchinchisi - shahvatdan xalos bo‘lish azoblar- dan xalos bo'lishga olib boradi. To‘rtinchisi - haqiqat azoblardan xa­los bo‘lishga olib boradigan sakkizta yo‘l yoki 0‘rta Yo‘lni ko‘rsatadi. Bular - Fikrlash, Tafakkur, Kalom, Faoliyat, Hayot tarzi, Tirishqoqlik, Diqqat-E’tibor, Mushohada. To‘rtala haqiqat Buddaning insoniyatga yo‘llagan chinakam maktubini aks ettiradi.
Budda Banoras shahrida birinchi marta va’z aytgandan keyin, yan- gi imonga yuz burgan jamoat braxmanlar, shohlar va zohidlar hisobiga to‘lib boraverdi. Ongi tiniqlashganning - Buddaning fikricha, ulaming ko‘pchiligi ortiqcha edi, shuning uchun ibodatxonaga ayollar kirishiga ham ijozat berdi. Shu tariqa Buddaning jamoati mukammallashib bora­verdi. E’tiqodi chinakam bo‘lmaganiami nazarda tutib, Qonunning inqi- rozga yuz tutishi haqida bashorat qildi. Bu darma deyiladi.
Budda sakson yoshida vafot etgan. U o‘limi oldidan odamlarga shunday degan ekan: “Ey odamlar! Hamma yaratilgan narsalar buzilish- ga mahkum qilingan. Kuchingiz boricha o‘sha narsalami qutqarishga intiling”. Buddaning bu o‘gitidan shu narsa anglashiladiki, buzilishga yoki aynishga mahkum bo‘lgan jonzotlar qayta tug‘ilganlaridan keyin, buzilish yoki aynish ulaming awalgi olamida qolib ketadi.
Buddaning yo‘li - “Men”ning hech narsaga aylanishi yo‘lidir, atrof olam hodisalarining hech narsaga aylanishidir. Budda qilgan va’zlarida shunday degan ekan: “Olam abadiy va olam abadiy emas, olamning ni- hoyasi bor va olamning nihoyasi yo‘q, ruh va tana birdir, ruh va tana bir emasdir, arxat (valiy) o‘limdan keyin yashaydi va arxat o‘limdan keyin yashamaydi, u mavjud va mavjud emas...” Rohiblardan biri buni tus- huntirib berishni Buddadan so‘raganda, u shunday javob olgan: “Bu qu- yidagi hodisaga o‘xshaydi: zaharlangan o‘qdan yarador bo‘lgan odam- ga do‘stlari va qarindosh-urug'lari tabibni olib kelishga shoshilganda, yarador odam shunday deyayotganday bo‘ladi: “Meni kim yaraladi - jangchimi, braxmanmi, dehqonmi yoki qarolmi, uning ismi kim, qay- si urug‘dan...baland bo‘ylimi yoki o‘rta bo‘ylimi yo pakanami...uning sochlari qorami yoki sariqmi va h. - shulami bilmagunimcha, tanamdagi o‘qni chiqarib tashlashiga ijozat bermayman” Tasdiq va inkor Budda falsafasining asosi bo‘lgan. Bu falsafaga ko‘ra, har bir hodisaning yoki narsalarning tub mohiyatini bilish asosiy shart edi.
Budda oddiy mantiq qonunlariga ko‘ra fikr yuritayotgan (agar A yolg‘on bo'lsa, demak, A-emas haqiqiydir) rohibning parishon bo‘lganini ко ‘rib undan so‘radi: “Sen shu savolimga javob bera olasanmi: so‘ngan olov sharqqa ketdimi, g‘arbga ketdimi, janubga ketdimi, shimolga ket­dimi?” Budda arxant (valiy)ni so‘ngan olovga qiyoslashiga suhbatdosh rohib imkon berib, o‘z johilligini tan oldi: arxantning mavjudligiga alo- qador har bir tasdiqning noto‘g‘riligini isbotlash mumkin edi.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish