Moyun chur bitiktoshi. Bu bitikoshni 1909-yili G.l.Ramstedt top- gan. Moyun chur - uyg‘ur xoni,?45 yili oxirgi Turk xoqonligi hukmdori 0‘zmish teginni mag‘lub qildi. Bitiktosh shunisi bilan diqqatga sazovor- ki, uyg‘ur xoniga uyg‘ur-turk yozuvida emas, balki turkiy-run yozuvida- gi bitiktosh o‘matilgan.
Moyun chur bitiktoshi hajm jihatidan Kuli chur bitiktoshidan katta- roq bo‘lib, bitiktoshning shimol tomoni 12 satrdan, sharq tomoni ham 12 satrdan, janub tomoni 15 satrdan, garb tomoni 10 satrdan iborat. Bitiktosh ko‘p zararlangan.
Moyun chur bitikoshni, xuddi To'nyuquq bitiktoshi kabi, Moyun chur tomonidan hikoya qilinadi. Bitikosh Turk xoqonligining hududi, mavqei va qudratli davlat bo‘lganini hikoya qilish bilan boshlanadi. Qipchoq qavmining ellik yil hukmronlik qilgani haqida shu bitiktoshda ilk bor so‘z yuritiladi: “turk qipchoq (qavmi) ellik yil o‘tirdi turk xalqi ustidan, yigirma olti yoshimda (xoqon otamga shad unvonini) berdi” (4).
Moyun chur otasi Kul dono xoqon bilan birga turk xoqonligi qo‘shinim itoat ettirganini hikoya qiladi. Qo‘y yili (745-yili) 0‘zmish tiginni asir olgani va uning xotinini o‘ziga olganini hikoya qilar ekan, uch qarluq xalqi baribir, Moyun churga itoat etmasdan, g‘arbiy turk xo- qonligiga qo‘shilib ketgani haqida xabar beradi.
Moyun chur bitiktoshining qimmati shundaki, unda Turk xoqonligi tugagandan keyingi turkiy qavmlaming uyg‘ur xoqonligiga qo‘shilishi, ayrim qabilalaming isyoni, 757-yilgacha boigan turkiy qabilaiar bilan Moyun chur lashkari o'rtasidagi kurash voqealari bayon qilinadi. Bitik- tosh ko‘p zararlangani uchun izchillik yo‘qolgan.
Yenisey yozma yodgorliklari. yenisey bitiktoshlari miqdor jihatdan ko‘p. Bu bitiktoshlarda voqealar qisqa bo‘lsa ham, marhumning hayoti- ga oid muhim voqealar - kimligi, oila a’zolari, jangda ko‘rsatgan qah- ramonliklari lo‘nda bayon qilinadi. Bu yodgorliklarda voqealami epik- lashtirish (mifologik obrazlaming olib kirilishi, folklorga xos uslubning asosiy o‘rin tutgani va b.) xususiyatlari bor. yenisey yodgorliklari yig‘i janri namunasidir.
Yenisey bitikoshlarining hammasida voqealar marhum tilidan hiko- ya qilinadi. Bu yodgorliklar yig‘i janriga mansubdir. Voqealar birinchi ehaxs tilidan hikoya qilinishiga sabab shuki, marhum jismonan o‘lgan bo‘lsa ham, uning hayoti, huddi bu olamdagi singari, narigi dunyoda ham davom etadi degan animistik tasavvurlar mavjud edi.
Savol va topshiriqlar
Turk xoqonligidagi siyosiy vaziyatda qaysi davlatlar jiddiy rol o‘ynadi?
Xoqonlikning tashkil topishida qaysi tarixiy shaxslar asosiy rol o‘ynadi?
Turk xoqonligi va Eron Sosoniylar sulolasi munosabatlari haqi- da so‘zlab bering.
Qadimgi turkiy yodgorliklaming paydo boliishiga oid omillar haqida so‘zlang.
Kul tigin bitiktoshidan boshlanma, mazmun taraqqiyoti va tu- gallanmaga misol keltiring.
Kul tigin bitikoshidagi mifologik syujet qaysi o‘rinda ko‘rinadi?
Kul tigin bitikoshidan eposlarga xos parchalardan misol ayting.
Kul tigin bitiktoshida qaysi tarixiy shaxsga bagTshlangan yig‘i janriga oid parcha bor?
Nima uchun To'nyuquq bitiktoshini memuar janriga mansub deb qaraymiz?
yenisey yozma yodgorliklari qaysi janrga mansub?
Do'stlaringiz bilan baham: |