Sh.M.Mirzivoyev«Bilimli avlod- buyuk kelajakning, tadbirkor xalq--farovon hayotning, do'stona
hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir» nomli ma"ruzasinmg mazmun mohiyati to'g'risida.
"O'zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilingan kunning 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bayram O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni ushbu qutlug" ayyom bilan muborakbod etib, siyosiy-huquqiy hayotimizdagi o'zgarishlar haqida ma'ruza qildi.
Bosh qonunimizni chuqur o'rganish, anglash, hayotgajoriy etish vaunga so'zsiz amal qilish ■
barchamizningsharafli burchimiz ekanini alohida ta'kidladi.
Konstitutsiyamizning 2-moddasida davlat xalq irodasini ifoda elib, uning manfaatlariga xizmat qilishi,
davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul ekani belgilab qo'yilgan.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizrahbari bo'lgan ilk kunlardanoq mazkur konstitutsiyaviy prinsip davlat siyosatining asosiga aylandi. Prezidentimiz xalq bilan doimiy muloqotda bo'lish, odamlarning tashvish- muammolarini hal etish, ularni rozi qilishni oliy maqsad, mezon qilib qo'ydi. Tashkilotlar "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kcrak" degan tamoyil asosida ishlaydigan boidi. inson manfaatlarini ta'minlash maqsadida keyingi ikki yilda sud-huquq sohasida ham katta o'zgarishlar qilindi. Sudlarda ishlarni yillar davomida qayta-qayta ko'rish amaliyotiga butunlay chek qo'yildi. Fuqarolarimiz huquq va erkinliklarini ta'minlash borasida advokatlarning vakolatlari kengaytirildi. Sud- tergov faoliyatida ochiqlik va qonuniylikni ta'minlash, ovoragarchilik va ortiqcha sarf-xarajatga yo'l qo'ymaslik maqsadida tizimga axborot texnologiyalari joriy etildi.
Davlatimiz rahbari Konstitutsiyaning bosh maqsadi - xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish borasida qilingan va qilinajak ishlarga ham e'tibor qaratdi. Jamoatchilik va xalqaro ekspertlar fikrlari asosida Soliq siyosatini takomiUashtirish konsepsiyasi qabul qilingani, unga muvofiq soliq stavkalari pasaytirilishi, ba'zi badal va to'lovlar bekor qilinishi, tadbirkorlikni rivojlantirish va ish o'rinlari yaratish rag'batlantirilishini ta'kidladi.
Tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, investorlar uchun keng sharoitlar yaratish, ayniqsa,
inflyatsiya darajasini pasaytirish bo'yicha oldindagi muhim vazifalarni ko'rsatib o'tdi.
"Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo'lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo'lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo'Imasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o'tishimiz shart. Yagona yo'limiz shu. Bu - Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo'l yo'q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat'iy davom ettiramiz va ular albatta o'zining ijobiy natijasini beradi" dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentimiz o'z ma'ruzasida fuqarolarning ijtimoiy huquqiarini ro'yobga chiqarish, yoshlarni o'qitish va kasbga tayyorlash, ish va uy-joylar bilan ta'minlash, pensionerlami qo'Uab-quvvatlash kabi masalalar bo'yicha ham muhim chora-tadbirlar ko'rilayotganini ma'lum qildi.
Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga javobgarlik va
mas'uliyatni ham chuqur his etish zarurligini ta'kidladi. Yoshlarning ilmga intilishini kuchaytirish,
tadbirkorlarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatfar bilan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bundan buyon ham islohotlar markazida bo'lishini qayd etdi.
"Chunki bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa - taraqqiyotning kafolatidir!" dedi davlatimiz rahbari.
Tadbirda davlat vajamoat arboblari, ilm-fan va san'atnamoyandafari, xorijiy davlatlar elchixonalari va
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Bayramdagi konsert dasturi ilkborto'liqjonli ijrodao'tkazildi. Unda xalqimizhayotidagi o'zgarishlar,
mamlakatimizdagi mitlatlararo totuvlik va qo'shni davlatlar bilan do'stlik siyosati namoyon bo'ldi.
298. Prezident Sh.M.Mirziyoyevning "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" asarining mazmun mohiyati to'g'risida. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz Ana shunday shior ostida Buxoro viloyatida keng ko'lamli targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat, Oiiy va o'rta maxsus ta'litn, Xalq ta'limi, Mudofaa vazirliklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, "O'zbekkino" milliy agentligi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda taniqli shoir-yozuvchiiar, olimlar, kino va teatraktyorlari, estrada xonandalari, harbiylardan iborat targ'ibot guruhlari joylardagi ta'lim muassasalari, madaniyat va san'at maskanlari, xiyobonlar, Mehribonlik va Muravvat uylari, mahallalar, harbiy qismlarda bo'lib, uchrashuvlar o'tkazdi.
Ularda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yaqinda nashr etilgan "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" kitobida ilgari surilgan g'oyalar hayotiy misollar asosida, oddiy va ravon tilda keng tushuntirildi.
Kogon shahar 2-bolalar musiqa va san'at maktabida umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejiari o'quvchilari ishtirokida bo'lib o'tgan shunday uchrashuvda O'zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samaralari, yurtdoshlarimiz hayotida, ongu tafakkurida yuz berayotgan ulkan ijobiy o'zgarishlar xususida so'z yuritdi.
- Davlatimiz kelajagi ko'p jihatdan biz, yoshlarning ijtimoiy faolligi, ma'naviyatiga bog'liq ekanini yaxshi anglaymiz, - deydi Kogon shahridagi 4-umumta'lim maktabi o'quvchisi, "Kamalak" bilimdonlari" ko'rik- tanlovining mamlakat bosqichi ishtirokchisi T.Usmonova. - Binobarin, navqiron avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini turli mafkuraviy-ma'naviy tahdidlardan himoya qilish davrimizning engmiihim vazifalaridandir. Bunda san'atning o'rni katta. Shu jihatdan taniqli san'atkorlaming bu haqdagi samimiy muloqotlari bizda katta taassurot qoldirdi.Milliy mustaqillik xalqimizga o'z taqdirini o'zi hal etish, tinch va farovon hayot barpo etish, asriy qadriyatiarimizni tiklash imkoniyatini berdi. Bu uchrashuvlaro'tkazilgan joylarda tashkil etilgan "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" deb nomlangan fotoko'rgazmalarda ham namoyon bo'ldi. Unda xalqimizning istiqlolgacha bo'lgan davrdagi ma'naviy va ijtimoiy hayoti hamda mustaqillik yillarida yurtimizda yuz bergan ufkan o'zgarishlar haqida hikoya qiluvchi suratlar namoyish etildi.
Peshku tumanidagi Afshona qishlog'i tarixiy maskanlardan bin. Bu yerda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavailud topgan. Poytaxtdan kelgan targ'ibot guruhi a'zolari Afshona tibbiyot kolleji, Birinchi Prezidentimizning ushbu ta'lim maskani ochilish marosimidagi ishttrokini aks ettiruvchi fotostend va Ibn Sino hayoti hamda faoliyati haqida hikoya qiluvchi muzey bilan tanishdi, yoshlar bilan suhbatlashdi.
- Ta'lim olish va kasb egallash uchun zamonaviy qulayliklarga ega kollejda tahsil olayotgan yoshlarga
havasim keldi, - deydi O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Bahodir Nishonov. - Ularning
bilimi, dunyoqarashi, san'atni his etishini ko'rib, xursand bo'ldik. Bular buyuk kelajagimizni quradigan
mard va olijanob xalqimizning munosib farzandlaridir.
Targ'ibot tadbirlarida "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi ijrosini ta'minlash, 2017-202l-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini tizimli amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilishi, barcha viloyatlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyat ko'rsatishi "Inson manfaati - har narsadan ulug'" degan ezgu g'oyaning amaldagi ifodasidir.
299. Markaziy Osiyo-O'zbekiston respublikasi tashqi siyosatidagi asosiy yo'nalish ekanligi
to'g'risida. O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari - Markaziy Osiyo
Ulashing O'zbekiston tashqi siyosatidagi ustuvor vazifalarni belgiladi. Bu haqida bugun matubot anjumanida O'zbekistonning Qirg'izistondagi favqulodda va muxtor elchisi Komil Rashidov ma'lum qildi, deyiladi 24.kg saytida.
Uning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev asosiy e'tibor Maikaziy Osiyo
mamlakatlari — Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikistonga qaratilishini ma'lum qilgan. Chegaralarning belgilab olinishi va suv resurslarining taqsimlanishi mintaqa bilan uzviy bog'liq. 11 avgust kuni Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo - O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari" nomli konferensiya bo'Hb o'tdi va u BMT Taraqqiyot Dasturi vakolatxonasi hamda YeXHT tomonidan qo'llab-quvvatlangan.
"Наг qanday yirik mintaqaviy transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini mintaqa mamlakatlari
ishtirokisiz amalga oshirib bo'lmaydi. Xalqlarimizni umumiy ma'naviy qadriyatlar, umumiy tarix
birlashtirib turadi", - deya ta'kidladi Komil Rashidov.
U Afg'oniston ham bundan istisno emasligini qo'shimcha qildi. O'zbekiston uning qayta tiklanishiga doimo
o'z hissasini qo'shib keladi, deyiladi manbada.
Eslatib o'tamiz, 16 avgust kuni Bishkek shahrida ikki tomonlama hamkoriik, chegaralar delimitatsiyasi va
demarkatsiyasi bo'yicha hukumatlararo komissiya yig'ilishi bo'Hb o'tdi. O'zbekiston bosh vaziri Abdulla
Aripov Qirg'iziston rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o'tkazdi.
300. 2019 yil yurtimizda «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» va ushbu yilda amalga oshiriladigan islohotlar to'g'risida. aol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilingan 2018 yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qabul qilingan 2018 yilgi Davlat dasturini ro'yobga chiqarish doirasida 21 trillion so'm va 1 milliard AQSH
dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi.
''Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlariga muvofiq 400 dan ortiq qishloq va mahallalarda munosib
turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion so'm mablag'
yo'naltirildi, "Har bir oila - tadbirkor" va "Yoshiar - kelajagimiz" dasturlari doirasida 2 trillion so'mga yaqin mablag' ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalar amalga oshirildi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish^ aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehnatga haq to'lash tizimini
yanada takomillashtirishga alohida e'tibor qaratildi hamda bu aholining real daromadlarini 2017 yilga
nisbatan 12 foizga oshirish imkonini berdi.
Yangi o'quv yo'nalishlarini ochish va qabul kvotalarini oshirish hisobiga oliy ta'lim olish imkoniyatlari
salmoqli darajada kengaytirildi. Soliq ma'muriyatchiligining mohiyatan yangi tartibi joriy etilgani sababli soliqlaming prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so'm mablag' qoldirildi. Bu 2017 yilgi ko'rsatkichlarga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan 32 barobar ko'pdir. Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi. Xususan, yagona ijtimoiy toiov stavkasining 12 foizgacha pasaytirilishi hamda yuridik shaxslaming aylanmasi (tushumi)dan davlat maqsadli jamg'armalariga undiriladigan majburiy ajrarmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida qo'shimcha mablag'lar qolishi uchun shart-sharoit yaratdi. 2018 yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSH dollariga teng investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard AQSH dollari miqdoridagi 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
Harakatlar strategiyasi ijrosini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28
dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalami amalga oshirish maqsadida:
ESLATMA: Ushbu YADA taxminiy savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |