Oxirgi variant davrlarga bo`lingan


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-



Download 438,43 Kb.
bet25/28
Sana09.01.2020
Hajmi438,43 Kb.
#32760
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
tarix 2018-2019 davrga bo`lingan -

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqi. i.

Bugungi kunda O'zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik an'analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat'iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo'lidan bormoqdamiz. Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko'zlangan maqsad - "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan oddiy va aniq-ravshan

tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo

etishdan iborat. Umumxalq muhokamasidan so'ng besh yilga mo'ljallangan O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Bu strategiyani ishlab chiqishda biz o'zimizga chetdan nazar tashlab, salohiyat va imkoniyatimizni olis baholash bilan birga, xato va kamchilikiarimizm ham atroflicha tanqidiy tahlil qildik.

Strategiya - bu yangilanish jarayoniarining haqiqiy harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotga

izchil joriy etilmoqda. 2017-yilmamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, debe'lon qilindi. Bizning maqsadimiz-yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat. Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidenming Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o'zlarining dolzarb muammolarini hal qildi. Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo'yicha ta*sirchan choralar ko'rildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari janob Al-Husaynning tashrifi

yakunlari bo'yicha inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar

dasturi ishlab chiqildi. Odamlaraing erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo o'tab bo'lgan o'tmish qoldiqlari bekor qilindi. Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotimiz faollashib bormoqda.

Insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shaxsni qamoqda saqlash bilan bog'liq ko'plab holatlar qayta

ко'rib chiqildi. Ekstremizm g'oyalari ta'siriga tushib qolgan, to'g'ri yo'ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinmoqda, ulami sog'lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari

faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining roli ortib bormoqda, sud organlarining chinakam

mustaqilligi ta'minlanmoqda. Ommaviy axborot vositalarining o'mi sezilarli darajada ortib bormoqda.

Iqtisodiyot tizimini Hberallashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish amalga oshirilayotgan

o'zgarishlaming eng muhim yo'nalishlaridir. Biz oddiy bir xaqiqatdan kelib chiqmoqdamiz: xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi. O'zbekiston shu oyning boshidan milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga to'liq o'tdi. Bu borada aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarni yumshatish bo'yicha barcha zarur choralar ko'rildi. Mamlakatimizda ilk bor tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha Ombudsman instituti joriy etildi. Biznes sohasidagi soliqlar sezilarli ravishda qisqartirildi, kredit olish imkoniyatlari kengaytirildi. Yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, ularda investorlarga keng imtiyozlar yaratib berildi. Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, biz Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik aloqalarini yangitdan tikladik.

Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish

maqsadlari bilan to'la hamohang ekanini ta'kidlashni istardim. Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Biz qat'iy ishonamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal

qiluvchi o'rin tutadi. O'zbekiston ushbu tashkilotning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdoridir. Biz Xavfsizlik Kengashini bugungi кип talablariga mos ravishda kengaytirish zarur, deb hisoblaymiz,

Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi rahbariyati tomonidan tashkilotni boshqarish tizimini

takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo'llab-quvvatlaymiz.

Ishontirib aytmoqchiman, O'zbekiston BMTning tuzilmalari bilan hamkorlikni bundan keyin ham izchil

davom ettiradi. Biz janob Bosh kotib Antoniu Guterrislining yaqinda O'zbekistonga tashrifi yakunlari bo'yicha ishlab chiqilgan "yo'l xaritasi"ning amaliy ijrosini ta'minlash bo'yicha qat'iy choralar ko'ramiz.

Xonimlarvajanoblar! O'zbekiston bugungi kunda o'zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu - har tomonlama chuqur o'ylab tanlangan yo'ldir.

Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O'zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va

yaxshi qo'shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir.

Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo - biz intiladigan eng muhim maqsad va

asosiy vazifadir. O'zbekiston o'zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlashning qat'iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo'yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli

darajada oshdi. Ko'plab masalalar bo'yicha prinsipial jihatdan muhim yechimlar topishga erishildi.

Sentabr oyining boshida O'zbekiston - Qirg'iziston davlat chegaralari to'g'risidagi shartnoma imzolanishi

torn ma'noda muhim voqea bo'Idi. Tomonlar o'z siyosiy irodasini, o'zaro maqbul qarorlar qabul qilishga tayyor ekanini namoyon etgani tufayli o'tgan yigirma olti yil davomida birinchi marta ushbu g'oyat nozik masala bo'yicha katta natijaga erishildi. Bir so'z bilan aytganda, o'tgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga erishildi.

Bu tendensiyaning mustahkamlanishi Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari muntazam uchrashuvlar

o'tkazishi uchun imkoniyat yaratgan bo'luredi, deb hisobfayman.

Biz noyabr oyida Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida o'tkaziladigan "Markaziy Osiyo:

yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi yuqori

darajadagi xalqaro anjumanda mintaqadagi fundamental muammolarni muhokama qilishni

rejalashtirganmiz. Ushbu anjuman yakunida biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo daviatlarining xavfsizlikni ta'minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa'y harakatlarini qo'Ilab-quvvatlashga doir maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifmi kiritishni mo'ljallaganmiz. Bu taklifhi BMT rahbariyati va xalqaro hamjamiyat qo'llab-quvvatlaydi, deb ishonamiz. Muhtaram Rais janoblari! Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bilan bog'liq muammolar to'g'risida so'z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab o'tolmaymiz. BMT Bosh kotibining "suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o'zaro chambarchas bog'liq", degan pozitsiyasini to'la qo'llab-quvvatlaymz.

Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng

hisobga olishdan boshqa oqilona yo'li yo'q. O'zbekiston BMTning preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to'g'risidagi konvensiyalar Ioyihalarini qo'llab-quvvatlaydi.Bugungi kunning eng o'tkir ekologik muammolaridan biri - Orol haJokatiga yana bir bor e'tiboringizni qaratmoqchiman.

Mana. mening qo'limda - Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O'ylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yo'q.

Dengizning qurishi bilan bog'liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa'y-harakatlami faol

birlashtirishni taqozo etmoqda.

Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko'rgan aholiga amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha shu yil qabul

qilingan maxsus dastur to'liq amalga oshirilishi tarafdorimiz.

Xonimlar va janoblar! Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni ta'minlashning muhim sharti bo'lib qoladi. Aminmizki, Afg'onistonda tinchlikka erishishning yagona yo'ii - markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o'rtasida oldindan hech qanday shart qo'ymasdan, to'g'ridan-to'g'ri muloqot olib borishdir. Muzokaralar afg'onistonliklarning o'zlari hal qiluvchi o'rin tutadigan holda, Afg'oniston hududida va BMT shafeligida o'tishi lozim. Donishmand afg'on xalqi o'ztaqdirinio'zi mustaqilhal qilishga haqlidir. AQSh Prezidenti j artob Donald Tramp ma'muriyatining Afg'oniston bilan qo'shni mamlakatlami afg'on muammosini tinch yo'l bilan hal qilishga ko'maklashishga oid da'vatini qo'Uab-quvvatlaymiz.

O'zbekiston Afg'onistonning iqtisodiy tiki an ishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini

rivoj Ian tirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo'shmoqda va bundan keyin ham hissa qo'shadi.

Afg'oniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida bo'lishi lozim. Xalqaro hamjamiyatning sa"y-

harakatlari, birinchi navbatda, Afg'onistondagi o'tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilishi

kerak. Bujafokash yurtda tinchliko'matishga ko'maklashish yo'lidagi bizning umumiy qat'iy harakatlarimiz aslo

susaymasligi lozim. Hurmatli sessiya ishtirokchilari! Dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, so'tiggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch ishlatish yo'ii bilan kurashish usuli o'zini oqlamayotganidan dalolat beradi.

Bu borada ko'p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning

oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini

boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman.

Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlaming ongu tafakkurini ma'rifat asosida

shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Ekstremistik faoliyat va zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Bugungi dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq.

Bizning asosiy vazifamiz - yoshlaming o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish,

zo'ravonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir.

Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish

borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivoj lantirish lozim, deb hisoblaymiz.

Shu munosabat bilan O'zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyatari jadal rivojlanib

borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakliantirish va amalga oshirishga qaratilgan

umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat - BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini

ishlab chiqishni taklif etadi. Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o'z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo'nalishlaridan biri darajasiga ko'tarish bo'yicha qat'iy majburiyatlarni o'z zimmasiga olishi kerak. Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila oimaymiz.

Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlami asrab-avaylashga da'vat etadi.

Markaziy Osiyo Uyg'onish davrining ko'plab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga

qo'shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqehiman. Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o'z ahamiyatiga ko'ra islom dinida Qur'oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Bu ulug' zotning g'oyat boy merosini asrab-avaylash va o'rganish, ma'rifatiy islom to'g'risidagi ta'Iimotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildik. Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi. Bugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman.

Bu hujjatning asosiy maqsadi - barchaning ta'fim olish huquqini ta'minlashga, savodsizlik va jaholatga

barham berishga ko'maklashishdan iborat. Ushbu rezolutsiya bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilaming huquqini himoya qilish, ulaming kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan. Xonimlar va janoblar! O'zbekiston hech qanday blokka qo'shilmaslik maqomini saqlab qolgan holda, ochiq muloqotga tayyordir. Bizbarcha sheriklarimiz bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlikyo'lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz. Biz mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlaming asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini ta'minlashdan iborat bo'Igan eng muhim ustuvor vazifalami muvaffaqiyatli amalga oshirishning ha! Qiluvchi sharti aynan shunda mujassam, deb bilamiz.

E'tiboringiz uchun rahmat

280. 2017 yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida BMT shafeligida "Markaziy Osiyo: bir o'tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o'zaro farovonlik uchun hamkorlik" uomli xalqaro konferensiya maqsad va vazifalari. 10 noyabr kuni Samarqand shahrida BMT shafeligida «Markaziy Osiyo: bir o'tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o'zaro farovonlik uchun hamkorlik» nomli xalqaro konferensiyasi o'z ishini boshladi. Tadbimi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kirish va tabrik so'zi bilan boshlab berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida o'tkazilayotgan mazkur forum Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash masalalariga qaratilgan.

Anjumanda mintaqa davlatlarining tashqi ishlar vazirlari, BMT, Yevropa Ittifoqi, YeXHT, ShHT, MDH, YeTTB kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, taniqli ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jami 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Konferentsiyada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi.

«Mintaqaning kelajagi qanday barpo etiladi? Ixtilof va ziddiyatlar ichra yo mustahkam hamkorlik va barqaror tinchlik bilanmi? Biz barchamiz Markaziy Osiyo kelajagi uchun mas'ulmiz. O'zbekiston har doim o'zaro anglashuv va yaxshi qo'shnichilik aloqalarini rivojlantirishni qo'llab-quwatlaydi. Bizning maqsadimiz mintaqani iqtisodiy rivojlangan va gullab-yashnagan makonga aylantirishdir», dedi prezident Shavkat Mirziyoyev. Prezident mamlakatning mintaqada ko'zlagan tashqi siyosatini aniq ifodalar ekan, chegara, umumiy suv zaxiralaridan foydalanish, savdo sonasidagi nuqsonlarni sanab o'tdi. Yuqoridagi masalalami konstruktiv yechimga ega ekanligini ta'kidlagan prezident, birinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sharoitini yaxshilash lozimligini bildirdj. «Biz buning uchun «Mintaqaviy iqtisodiy forum» tashkil etishni taklif qilamiz, Shuningdek, mahalliy hokimlar, tadbirkorlar doirasidan tashkil topgan «Rahbarlar assotsiatsiyasi» tuzilishi taklif qilindi.



«Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillik yillarida bundan ham yaxshiroq rivojlanishi mumkin edi. Gap, tadbirkorlar va rasmiy vakiliar ishtirokida yangi investitsion, savdo-iqtisodiy loyihalarni ochiq maydonda muhokama etish haqida ketmoqda. Turli darajadagi ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan uchrashuvlarimiz, yaqindan hamkorlik qilish o'z natijasini berdi. Yil boshidan beri O'zbekistonning mintaqa davlatlari bilan o'zaro tovar ayirboshlashi 20 foizga oshdi. Alohida davlatlar bilan esa 70 foizgacha oshgan. BMT ekspertlarining hisobotiga ko'ra, mamlakatlarimizning samarali hamkorligi orqali so'nggi o'n yilda mintaqadagi YalM hajmi ikki barobarga oshishi mumkin edi», deydi prezident.

Shavkat Mirziyoyev beshta mamlakatning o'zaro anglashuvi va iqtisodiy hamkorligi istiqboldagidan past ekanini ta'kidladi.

281. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2017 yil 22-dekabr kuni Oliy majlisga Murojaatnomasida Tashqi siyosat masalalari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz parlamenti - Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etilmoqda.

Sizlarga yaxshi ma'lumki, dunyodagi ko'pchilik taraqqiy topgan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy

parlament a'zolari huzurida eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni

demokratik rivojlantirish bo'yicha Murojaatnoma bilan chiqish tajribasi mavjud.

Davlat boshqaruvining bunday demokratik usuli bugun G'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli

islohotlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga g'oyat uyg'un va hamohang bo'lib, bizning ish

faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi, deb o'ylayman.

Bugungi nufuzli anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolari bilan birga,

videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy Kengashlarga saylangan xalq noiblari hamda barcha bo'g'indagi ijro hokimiyati va xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat

tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Taraqqiyotimizningyangi bosqichi bo'lgan 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O'zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Murojaatnomani e'tiboringizga havola etishga ruxsat bergaysiz. Avvalo, yil davomida mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ko'zda tutilgan maqsad va vazifalami bajarish uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari safarbar etilganini ta'kidlash joiz. Bu borada "Xalq bilan mutoqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlanii amalga oshirish muhim qadam bo'ldi, desak, ayni haqiqat bo'ladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar xalqimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Bu o'zgarishlaming dastlabki natijalari aholimiz hayoti va kundalik turmushida o'zining yaqqol ifodasini topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi. ertangi kunga ishonchi o'sib bormoqda.

Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul

qilmoqdamiz. "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xatqimizgaxizmat qilishi kerak"

degan g'oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda.

Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o'tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta

qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shug'ullanmoqda.

Shu ma'noda 2017-yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini

samarali hal etish bo'yicha yangi tizim yaratilgan yil bo'ldi, deb aytishga to'la haqlimiz.

Bu tizimning asosi bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual

qabulxonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning o'ziga xos demokratik instituti sifatida

amalda o'zini oqlamoqda. Qisqa muddatda ana shu qabulxonalarga bir yarim milliondan ziyod fuqaro murojaat qilgani va qancha- qancha odamning yillar davomida hal etilmagan muammolari ijobiy yechilgani O'zbekistonda xalq hokimiyati nomiga emas, amalda joriy etilayotganini ko'rsatmoqda. Joylarda rahbarlaming yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklami tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaxsiy javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi bo'ldi. Aynan xalqimiz manfaatlarini hisobga olib, ijtimoiy adolatni ta'minlash bo'yicha eng muhim institute bo'lgan sud-huquq sohasida, prokuratura va ichki ishlar organlari tizimida ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda atroflicha so'z yuritilgani uchun, o'ylaymanki, bugun bu mavzuda ortiqcha to'xtalib o'tirishga zaruratyo'q.

Joriy yilda O'zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish, Xotin-qizlar qo'mitasi, "Mahalla" va "Nuroniy"

jamg'armalari ishini yanada faollashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo'lmagan 1100 dan ortiq shaxsga O'zbekiston fuqaroligi

berildi. O'ylaymanki, bu inson huquq va erkinliklarini amalda ta'minlashga qaratilgan ishlarimizning yana

bir tasdig'idir. 2017-yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma'no-mazmundagi va samarali islohotlami amalga oshirish yo'lida birinchi qadamlarni qo'ydik.

Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, lining huquqiy asoslarini

takotnillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversiflkatsiya qilish bo'yicha qator qonunlar,

farmon va qarorlar, puxta o'ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo'shimcha 1,5 trillion so'mlikmahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug'-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo'shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug'-gaz qurilmasi, Qizilqum bag'ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo'yicha ishlar davom etmoqda. Hozirgi vaqtda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan "Yoshlik - I", "Yoshlik - 2" konlarini

o'zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg'ona va To'palang suv omborlarini qurish bo'yicha ishlar

jadal olib borilmoqda. Bu yirik inshootlar ham, hech shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim

voqea bo'ladi. Farg'ona - Marg'ilon yo'nalishidagi temir yo'I tarmog'i ayni paytda elektrlashtirilmoqda.

Yana bir yirik obyekt - Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan2018 yilda

qo'shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod

kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

O'zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan bin bo'Igan Muborak gazni qayta ishlash zavodida kelgusi

yili qo'shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar to'liq faoliyat

boshlaydi. Shular qatorida "O'zagrotex-sanoatxolding" aksiyadorlik jamiyatida yangi yilda 5 mingdan

ko'proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab

chiqarish yo'lga qo'yiladi. Bunday misollarni yana uzoq davom ettirish mumkin.

Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan

xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma'qul ish uslubi tanqidiy qayta ko'rib chiqildi.

Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati is Ion otl a ming bosh maqsadi etib

belgilandi. Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko'paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi. Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo'ldi. Chetel valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o'rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga ko'paydi. Joriy yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va45 ta sanoat zonasi faoliyati yo'lga qo'yildi vabu tashkiliy choralar hududlami jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Yil davomida biz uchun g'oyat muhim bo'Igan yangi ish o'rinlarini tashkil etish masalasi doimiy e'tiborimiz markazida bo'ldi. 2017 yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko'rsatish obyektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari tashkil etildi. O'z-o'zidan ayonki, biz aholi bandligini ta'minlashni o'z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo'ygan ekanmiz, bu masalaga nafaqat son, balki sifat jihatidan ham alohida ahamiyat berishimiz zarur. O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g'oyat muhim yo'nalishi bo'Igan ijtimoiy sohani isloh qilish bo'yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta'minlanmoqda. Ma'lumki, aholimizni, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam ta'minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko'pdan buyon qiynab kelardi. Bu og'ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e'tibor beimay kelganimiz ham bor gap- Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy- joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishdik. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namnnaviy uylar va ko'p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo'lsak, 2007-yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010-yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014-yiIga nisbatan esa 2 barobar ko'p uy-joy qurilganini ko'ramiz. Shuni alohida ta'kidlash o'rinliki, biz keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo'lgan ko'pqavatli uy-joylar qurishni boshladik. 2017-yilning o'zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o'zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko'pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o'tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko'pdir.

Odamlarimizning hayotiy ehtiyoj va manfaatlarini ta'minlashda bu muhim masalaning naqadar o'tkir va

dolzarb muammo bo'lib turganini hisobga olib, bu ishlarning hajmini oshirgan holda, biz yangi yilda ham

albatta davom ettiramiz. Chunki, xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o'z hayotida

ijobiy o'zgarishlarni ko'rishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqko'ngil, bag'rikeng xalqimiz bunga to'la

haqlidir.

Orolbo'yida ekoiogik vaziyatni yaxshilash yuzasidan aniq choralar ko'rildi. Moliya vazirligi huzurida

Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish jairig'armasi tuzildi va unga 200 milliard so'mdan ortiq mablag'

yo'naltirildi. Ana shu mablagiar hisobidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining

suv ta'minoti, turmush sharoiti yaxshiianmoqda. Shu bilan birga, mazkur hududlarda 3 ming kilometrdan

ortiq ichki yo'llar kapital ta'mirlandi va rekonstruksiya qilindi.

Joriy yilda yangi ta'lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta'mtrlashga alohida e'tibor qaratildi. 12 ta

umumta'lim maktabi yangitdan Ьафо etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital

ta'mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta'lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta

bog'cha kapital ta'mirlandi.

Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo'g'in hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimining jamiyatimiz

hayotidagi katta o'mi va ahamiyatini e'tiborga olib, Maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu

sohaningmoddiy-texnik bazasini mustahkamlashimizjumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab

yangi bog'chalar qurisltimiz, ta'Hm-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko'tarishimiz lozim.

Ko'plab ota-onalar, o'qituvchi va o'quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar

asosida yurtimizda 11 yillik ta'lim qayta tiklandi.

Joylardagi o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika

instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta'lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirtqi

bo'limlarda o'rta maxsus ma"lumotga ega bo'lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma'Iumot olish

imkoniyati yaratildi.

Ta'lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug'bek

nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuquro'qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi.

Oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,

2017-2021 yillarda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari soni 81 taga,

hududlardagi filiallar f 5 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida

Moskva po'lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQShning Vebster universitetining

filiallarini tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishilganini ta'kidlash lozim. Oliy ta'lim muassasalarida

iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo'limlar ochildi.

O'zbekiston Fanlar akademiyasi tizimi takomillashtirildi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, uning

tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklandi. Ko'p yillik tanaffusdan so'ng

Fanlar akademiyasiga saylov o'tkazilib, o'zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqyosda nom

qozongan iste'dodli olimlar akademik degan yuksak sharafga sazovor bo'ldilar. Endi barchamiz Fanlar

akademiyasidan yangi ilmiy ishlanmalar, istiqbolli tadqiqotlar yaratish bo'yicha amaliy natijalar kutib

qolamiz.

Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko'zda tutmoqdamiz. Ya'ni O'zbekiston ilm-fan,

intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'Iishi shart. Aziz do'stlar!

Joriy yilda madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish bo'yicha qilingan ishlar haqida gapirganda, avvalo,

madaniyat, adabiyot va san'at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli 12 ta muhim hujjat qabul

qiHnganini qayd etish lozim.

Yurtimizdagi ijodiy uyushmalarning ijtimoiy hayotimizdagi o'mi va nufuzini oshirish, moddiy-texnik

bazasini mustahkamlash maqsadida O'zbekiston ijodkorlarini qo'llab-quvvatiash "Ilhom" jamoat fondi,

shuningdek, madaniyat va san'at muassasalari hamda yirik kompaniya va banklar hamkorligida "Do'stlar

klublari" tashkil etildi.

Yana bir muhim yangilik - Toshkent shahridagi Milliy bog' hududida muhtasham Adiblar xiyoboni,

Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi, Qoraqalpog'istonda va bir qator viloyatlarimizda ulug'

adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etildi. Shuningdek, Qo'qon shahri, Xorazm va

Jizzax viloyat drama teatrlari qayta rekonstruksiya qilindi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat

institutining Farg'ona mintaqaviy filiali tashkil etildi.

Ma'naviy hayotimizda muhim voqea bo'lgan ana shunday loyihalar haqida gapirganda, O'zbekistondagi

Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot

markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-ma'rifiy muassasalar faoliyatini yo'lga qo'yish ishlari

boshlanganini alohida qayd etish zarur. Shular qatorida buyuk allomalarimizning yodgorlik majmualari

qoshida hadisshunoslik, islom huquqshunosligi, tasawufi, kalom va aqida ilmi kabi diniy-ma'rifiy

yo'nalishlami o'rganish bo'yicha maxsus maktablar tashkil etildi. Albatta, bizning bu ishlarimiz chuqur

ilmiy va amaliy asoslarga ega.

Ma'lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo'lgan yurtintiz zaminidan o'rta asrlarda

minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar

va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma'naviy mulki hisoblanadi.

Hozirgi kunda O'zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo'lyozma asarlar saqlanmoqda.

Afsuski, bu nodirkitoblarhali to'liq o'rganilmagan, ularolimlar va o'zo'quvchilarini kutibturibdi. Ushbu

noyob asarlarda bugungi davro'rtaga qo'yayotgan juda ko'p dolzarb muammolargajavob topish mumkin.

Xususan, islom dinining as! insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlami ezgulik,

mehr-oqibat va hamjihatlik yo'lida birlashishga da'vat etadigan teran ma'noli fikr va g'oyalar bugun ham

o'z qimmati va ahamiyatini yo'qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik

egalari bo'laturib, ulami har tomonlama o'qish-o'rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o'sib kelayotgan

yoshiarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo'yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish

kerak.

Biz diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma'rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko'p gapiramiz. Bu

to'g'ri, albatta. Lekin ma'rifat, ma"rifiy bilimlar qayerda - avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan

mana shunday mo'tabar kitoblarda emasmi?

Bizning ushbu yo'nalishdagi barcha amaliy harakatlarimiz aynan mana shunday ezgu maqsadga qaratilgan

bo'lib, nafaqat mamlakan'miz va musulmon dunyosida, balki jahon miqyosida ham katta qiziqish va e'tibor

uyg'otmoqda. Ana shunday bebaho boylikka, minglab bilimdon ulamolar, faol ziyolilarga ega bo'lgan, bu

sohada katta tashabbuslar bilan chiqayotgan xalq va davlat sifatida yurtimizdan qandaydir aqidaparast, diniy

oqimlarga berilgan kimsalaming chiqishi albatta bizga yarashmaydi.

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

2017-yil jismoniy tarbiya va sport sohasi bo'yicha ham katta ishlar qilindi. Yurtimiz yoshlarining sport

sohasidagi yutuqlari barchamizni quvontirmoqda. Jahon va qit'a miqyosida yangi-yangi chempionlar,

shaxmat bo'yicha xalqaro grossmeysterlar yetishib chiqmoqda.

Yakuniga yetib borayotgan yilda o'zbekistonlik sportchiiar boks, dzyudo, taekvando, og'ir atletika, erkin

kurash, sambo bo'yicha o'tkazilgan turli xalqaro musobaqalarda salmoqli yutuqlarga erishdilar. 2017-yil

ayniqsa o'zbek milliy kurashi tarixida yorqin sahifa bo'ldi. Sentabr oyida Turkmanistonda bo'lib o'tgan

Osiyo olimpiya kengashi Bosh assambleyasi yig'ilishida ushbu milliy sport turini Osiyo o'yinlari dasturiga

kiritish haqida qaror qabul qilindi. Ya'ni 2018 yil Indoneziyada bo'lib o'tadigan 18-Osiyoo'yinIarida

qit'amiz sportchilari o'zbek milliy kurashi bo'yicha ham o'zaro bellashaditar. Endi jahon sport

maydonlarida "halol", "g'irrom", "chala", "yonbosh" degan so'zlar jaranglab, o'zbek nomini,

O'zbekiston nomini dunyoga tarannum etadi.

Ayni vaqtda biz O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining faoliyatini takomillashtirish ustida ish olib

bormoqdamiz. Bo'lg'usi xalqaro olimpiada o'yinlari va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ishlari endi butunlay yangicha asosda yo'lga qo'yiladi.

Bugun, mana shu yuksak minbardan turib, barcha sportchi yoshlarimizga, ularning ustoz va murabbiylariga milliy sportimizni rivojlantirish yo'lidagi xizmatlari uchun katta minnatdorchilik bildirib, yangi zafarlar tilashga ruxsat bergaysiz.

Muhtaram yurtdoshlar! O'tgan davr mobaynida tashqi siyosat sohasida xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo'shni mamlakatlar bilan do'stona va o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishdik.

2017-yilda 21 ta oliy darajadagi tasliriflar amalga oshirildi, 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar

rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Natijada 400 dan ortiq bitim va kelishuvlarga erishildi, qariyb 60 milliard AQSh dollari hajmidagi savdo va sarmoyaviy shartnomalar imzolandi. Qabul qilingan hujjat va kelishuvlarni o'zvaqtida to'liq bajarish maqsadida40 ta "yo'l xaritasi" ishlab chiqildi va xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

282.


Download 438,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish