19
Kelajak ma’no har bir shaxs o‘zicha idrok qiladigan, elementlarining miqdori
va sifati har xil bo‘lgan subyektiv, xususiy ma’nodir.
A.A.Potebnyaning fikricha, ishora va yaqindagi ma’no lingvistikaning
obyekti bo‘lib, kelajak ma’no boshqa fan tekshiradigan hodisadirlar.
Zotan, bir predmet nomi boshqa predmetning nomi sifatida ishlatilganda,
dastlabki holat ma’nosi bilan emas, atashga xos bo‘lgan belgi-xususiyatni
bildiruvchi ma’nosi bilan muhim o‘rin tutadi.
Boshqacha aytganda, so‘zning nomlash xususiyati emas, balki,
xarakterlash xususiyati birinchi o‘ringa o‘tadi. Notanish, yangi predmetga duch
kelinganida dastlab, u tanish predmetlar bilan qiyoslanadi va shu asosda yangi
predmetning biron muhim belgisi (xususiyati) ajratiladi. Ana shu muhim belgi nom
berish uchun asos bo‘lib qoladi.
Xalq topishmoqlarida o‘zining keng ifodasini topgan konkret narsalarning
nomlari xalq topishmoqlarida, aksariyat ko‘chma ma’noda, ko‘pincha mustaqil
holda, aniqlovchi yoki izohlovchi bilan birga obrazli metafora sifatida
qo‘llanadi.
Metafora ko‘chma ma’noda qo‘llanganligiga ko‘ra, ularning yashirin
dastlabki holat farqlovchi belgi-xususiyatining obrazli tasvirlanishi bilan
belgilanadi. Chunonchi: Uzun ichak , uchi tugunchak. – Ilon ( o‘zb. t.,66-bet ):
ilon→uzun ichakning shakl–shamoyili, ko‘rinishining obrazli ifodasidir;
Uzun
terak, ichi kovak.– Qamish (o‘zb. t., 104-bet). Bu topishmoqda ham
yuqoridagiday, uzun terak so‘z birikmasi orqali qamishning shakli va
tuzilishiga ishora qilingan; Qizil qiz yer ostida, sochlari yer ustida. – Sabzi
(o‘zb.t., 110-bet): sabzi→ qizil qizning obrazli ko‘chma ifodasidir.
Belgi-xususiyat bildiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq o‘ziga
xos qirralaridan biri ularning shaklini u yoki bu darajada o‘zgartirib
qo‘llashda ko‘rinadi. Bunda shaklning juz’iy o‘zgarishidan jiddiy o‘zgarishigacha,
hatto butunlay o‘zgarishigacha kuzatish mumkin
14
.
14
Абдуллаев Ж.Х. Ўзбек халқ топишмоқларининг лексик-семантик хусусиятлари//Номз.дисс.-1993.
20
Tabiiyki, topishmoq mazmuniy mundarijasi uchun so‘zlarning yashirin
ko‘chma ma’nolari muhimdir. Chunki shu ma’nolari bilangina ular yashirin
dastlabki holatga aloqador bo‘la oladi.
Topishmoqlar mazmuniy mundarijasining o‘ziga xos xususiyati uning
tagma’no va yuza ma’nolarga egaligida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ko‘zning ma’no tomoni haqida gap borganda, so‘zning real va formal
(shakliy) ma’nosi haqida fikrlashiladi. Real ma’no, uningcha, faktning o‘ziga,
obyektiv borliqqa aloqador bo‘lsa, shakliy ma’no tilning o‘ziga aloqadordir.
Obyektning ta’sir doirasiga ko‘ra, unda yashirin obyektning mavjudligini
ham e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Masalan: Xizmatkorim mendan
yuqorida. –– Do‘ppi. Bu yerda birga keladigan obyekt “yuqorida” so‘ziga
ko‘chgan:
1) yuqorida bo‘lmoq →
yuqori ;
2) boshidan yuqorida. Ketaveradi, ketaveradi, orqasiga qaramaydi. ––
Suv, ariq (o‘zb.t., 18-bet). Bu topishmoqda birga
keladigan obyekt
→ harakat
va tezlik obyektidir; Qoziq ustida qor turmas. –– Tuxum (o‘zb.t.,73-bet).
Topishmoqlar narsalarning markaziy belgilariga tayanadi. Predmetning
hamma belgilaridan birinchi o‘ringa ko‘proq bittasi chiqadi, qolgan belgilari
esa ikkinchi o‘ringa surilib qoladi va go‘yoki yo‘qolib ketadi.
Topishmoqda berilgan qor so‘zida ham oqlik belgisi birinchi jihatga
chiqqan. Bu yerda implitsit belgi –– oqlik, dumaloqlik belgilari bo‘lib, ushbu
belgilar asosida topuvchi topishmoqning javobini oson topishga erishadi.
Chunki bunday muhim uzvlar yashiringan narsani boshqa narsa va
hodisalardan ajratib beradi.
Presuppozitsiya atamasi lotincha sub – osti, tagi va ponere – joylashtirmoq,
Do'stlaringiz bilan baham: