3. Harakat yoki belgi + uning yuzaga chiqish sababi: Katta-kichik besh
b) narsaga ta’sir etishlik belgisi (eshikni ochishi, daraxtlarni sindirishi va
boshqalar). Ana shu belgilar topishmoqni tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
17
Topishmoqlarni shu jihatdan ikki turga bo‘lish mumkin: 1) emotsional-
ekspressiv bo‘yoqsiz topishmoqlar; 2)
emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlikni
ifodalovchi topishmoqlar.
Emotsional_-ekspressiv_bo‘yoqsiz_topishmoqlarda'>Emotsional-
ekspressiv bo‘yoqsiz topishmoqlarda: so‘zlovchining turli
munosabatini ifodalovchi qo‘shimcha bo‘yoq bo‘lmaydi: avval, ariq, xunuk, katta,
yuz, husn, maza kabi so‘zlar narsa, belgi, harakatning o‘zini ifoda etadi, bularda
so‘zlovchining hech qanday munosabati ifodalanmaydi. Shu sababli bu turdagi
topishmoqlar neytral topishmoqlar deb ham yuritiladi. Masalan: O‘zi katta,
kichikka egiladi. – Choynak(o‘zb.t.,151-bet); Ovozasi azonda, mazaligi qozonda. –
Xo‘roz(68); Ro‘parada turibdi, yuzi dumaloq lo‘ppi. - Choynak.
Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor topishmoqlar: suyish, erkalash,
g‘azab, kinoya, tan berish va shu kabi munosabatlarni ifodalaydi. Bu munosabat
asosiy belgisiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: ijobiy va salbiy. Shu munosabatni
ifodalashiga ko‘ra emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor topishmoqlar ham ikki turga
bo‘linadi: 1) ijobiy emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor topishmoqlar; 2) salbiy
emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor topishmoqlar.
Ijobiy emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor topishmoqlar so‘zlovchining
narsa, belgi va harakatga bo‘lgan turlicha ijobiy munosabatini ifodalaydi. Masalan:
Boshingdagi boshpana, qish-qirovda gulxona. – Telpak (o‘zb.t., 171); O‘zi ko‘m-
ko‘k, yuzi qip-qizil. – Olma.
Salbiy emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor topishmoqlarda so‘zlovchining
narsa, belgi yoki harakatga bo‘lgan mensimaslik, nafrat va shu kabi salbiy
munosabati ifodalanadi. Masalan: O‘zi bitta, kallasi ikkita ... . – Ot mingan odam
(32-bet); O‘zi yo‘rtiq, labi tirtiq. – Quyon (61); Arangday-parangday, ikki ko‘zi
zaparangday. – Chigirtka(78); Beli bog‘li, cho‘tir choldir, qo‘ynida bor bujur
kampir. – Yong‘oq (o‘zb.t., 88-bet); O‘zi pishiq, burni qiyshiq. – No‘xot (o‘zb.t.,
101); Ernazar bobom enkayadi, kallasi qinqayadi ... ... . – Tariq(o‘zb.t., 102).
Demak, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor topishmoqlar narsa, belgi,
harakat kabilarni atash bilan birga, so‘zlovchining shu narsa, belgi yoki harakatga
bahosini, turlicha munosabatini ham ifodalaydi.
18
Ko‘rinadiki, topishmoqlar o‘zlariga xos semantik strukturani hosil qiladi.
Ular shakliy va mazmuniy strukturalarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan
yaxlitlik sanaladi. Uning mazmuniy strukturasi shakliy struktura ostiga yashiringan
bo‘ladi.
Demak, topishmoqlar ikki qatordagi mazmuniy tuzilishga ega. Birinchi
qatorda shakliy tuzilish birliklari ma’nosidan kelib chiqadigan yuza mazmun,
ikkinchi qatorda esa shakliy tuzilish birliklari ostida ifodalanayotgan va
tinglovchining til ko‘nikmasi asosida anglashiladigan tagmazmun. Topishmoqlarda
ana shu tagmazmunning mavjudligi uni metaforik matnga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: