Patsiens (agens ta’siriga uchrovchi subyekt): Janzak bobo tuyasini jar
yoqalab o‘tlatadi.– Toshbaqa (o‘zb. t., 64-bet); Ko‘k ko‘ylakli xotin, sarig‘ bola
ko‘targan.–Jo‘xori (o‘zb.t., 99-bet); birinchi topishmoqda subyekt Janzak bobo,
ikkinchi topishmoqda esa subyekt xotin bo‘lib, harakat-holat faqat ular orqali
ro‘yobga chiqariladi.
Miqdor subyekti: Bir o‘rdakka bir chimdim. Choy (o‘zb.t., 119-bet);
Yigirma besh og‘ayni bir-birining izida. Chig‘iriq (o‘zb.t., 126-bet); Og‘il to‘la
chinoq qo‘y. Uviq va bog‘i (o‘zb.t., 131-bet).
Ko‘rinadiki, topishmoqda sintaktik ko‘p ma’nolilik hodisalari mazmuniy
paradigmatik munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, xalq topishmoqlarida
morfologik ma’nolar sintaktik ma’no paradigmasini hosil qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |