Hozirgi kunda xalq topishmoqlari bilan bir qatorda yozuvchilar, o‘quvchilar
va qiziquvchilar tomonidan yangi-yangi topishmoqlar yaratilib, yoshlarning
zehnini o‘stirishga yordam beradigan masala, rebus, krossvordlar, skanvordlar
matbuotlarda keng o‘rin olmoqda. Bu narsalar, albatta, hozirgi kunda ham
10
Topishmoqlar gap xarakterida va o‘z ichki tuzilish xususiyatiga ega. Ana
shu nuqtai nazardan topishmoqlar lingvistik birlik sifatida lingvistikaning
o‘rganish obyekti sanaladi.
Topishmoqlar grammatik tuzilishi, ohangi, mazmuniga ko‘ra, yaxlit bir
butunlikni tashkil etadi. Topishmoqda bu xil butunliklar sodda yoki murakkab
bo‘lishi mumkin: agar ular bir xil, bir turdagi gaplardan tuzilsa sodda, agar bu
butunlik turli xil gaplardan tuzilsa murakkab holatni keltirib chiqaradi.
Fikr turlicha ifodalanadi: sodda yoki qo‘shma gaplar, murakkab qo‘shma
gaplar orqali, ikki yoki bir sostavli gaplar yordamida ifodalanishi mumkin. Bu
shakllarning turi fikrning xususiyatiga, ma’lum maqsadga ko‘ra belgilanadi.
Ammo gap qanday shaklda bo‘lmasin, unda kishining ma’lum maqsadi
ifodalanadi.
Sodda va qo‘shma gaplar o‘rtasidagi differensial belgi predikativlik ma’nosi
va predikativlik shakli miqdoridir. U faqat bitta predikativlik ma’nosiga ega
bo‘lib, bitta predikativlik shakli orqali ifodalansa, sodda gap, ikki va undan ortiq
predikativlik ma’nosi va uni ifodalovchi shaklga ega bo‘lsa, qo‘shma gap
hisoblanadi.
Sodda gap xarakteridagi topishmoqlar − Igna uchi yaltiroq. −
Shudring (o‘zb.t.,23-bet); Suvsiz cho‘lda tozi o‘ynar.− Quyun; Oq kuchugim
aravadan sakradi.−Tupuk.
Qo‘shma gap shaklidagi topishmoqlar − Jar yoqalab tosh qo‘ydim,
jiyronchani bo‘sh qo‘ydim.− Tish, til (o‘zb.t., 39-bet); Besh og‘ayni yosh edi,
ichida biri bosh edi.− Barmoqlar(o‘zb.t., 41-bet); Otamdan bir meros oldim, yerga
ko‘msam chirimas.− Ism.
Ushbu topishmoqlar ikkita sodda gapning o‘zaro grammatik bog‘lovchilar
yordamisiz birikuvidan tuzilgan.
Qo‘shma gap shaklidagi topishmoqlar birdan ortiq sodda gaplarning
birikuvidan tuzilgan bo‘lsa ham, bu sodda gaplar mazmunan yaxlit holda
birikib, umumiy bir fikrni, maqsadni ifodalaydi.
11
Bu turdagi topishmoqlar Muyassar Saparniyozova tomonidan atroflicha
tadqiq qilinganligi uchun to‘xtalib o‘tirishni lozim topmadik
7
.
Xalq topishmoqlari o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular shakl,
mazmun va ohangdagi o‘ziga xos jihatlari bilan murakkab fikrni ifodalaydi. Ular
semantik-grammatik vazifani o‘taydi.
Har qanday til birligi shakliy (moddiy) va mazmuniy jihatlarning muayyan
butunligidan tashkil topadi. Albatta, shakliy jihat deganda, ushbu birlikni boshqa
birliklardan ajratib turuvchi farqlar yig‘indisi nazarda tutiladi.
Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, shakl predmetning mavjud bo‘lish usuli,
mazmunning elementlarini bir butunlikka bog‘laydigan narsadir. Shakl
predmetning borlig‘ini, nima ekanligini ko‘rsatib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: